Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 252-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1-son)
02.01.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi PF-3161-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qarorining 8-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 12-iyundagi 252-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 29-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1-bandning uchinchi xatboshida “88 kishidan” soʻzlari “58 kishidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasi” deb nomlangan 2-ilova yangi tahrirda bayon qilinsin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 2-yanvar,
1-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 252-son qaroriga 2-ILOVA (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-yanvardagi 1-son qarori bilan kiritilgan tahrirda)
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati
tuzilmasi
Jami xodimlar soni: 58 kishi
