“Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi QL-931-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Davlat hisobidan yuridik yordam toʻgʻrisida”) (2716-IV-son)
05.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 2-avgustda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Davlat hisobidan yuridik yordam toʻgʻrisida”gi QL-931-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-dekabr,
2716-IV-son
