Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida (2832-IV-son)
30.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga nomzodni koʻrib chiqib hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 221-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga Sherzod Xotamovich Shermatovning nomzodi maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-dekabr,
2832-IV-son
