Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-471-son)
30.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2023-yilda ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi 3-ilovaga muvofiq;
Foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagi soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida quyidagi miqdorlarda qoldirilsin:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻliq hajmda;
foyda soligʻi toʻliq hajmda (mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning toʻlov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan toʻlanadigan foyda soligʻi bundan mustasno);
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 100 foizi, qolgan hududlarda esa 60 foizi (mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno).
Bunda soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq toʻlovchilardan tushumlar (mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) hududlar kesimida inobatga olinadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari oʻzgarishidan kelib chiqib, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha daromadlar prognozini tasdiqlangan koʻrsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berilsin.
Belgilansinki, 2022-yil IV chorak yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetiga daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini oʻtkazish 2023-yil yanvar oyida amalga oshiriladi va 2022-yilgi hisobotlarda aks ettiriladi.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
2023-yilda ijtimoiy soliq tushumlari boʻyicha 2022-yilda amal qilgan taqsimlash meʼyorlari saqlab qolinadi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi maʼmurchiligidagi korxonalarga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish imkoniyatini beruvchi tartib tatbiq etiladi;
jismoniy shaxslarga ular tomonidan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi toʻlovlar respublika budjeti daromadlari qismida qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishga rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga 6-ilovada nazarda tutilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkalarini qoʻllash tartibi 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
5. 2023-yil uchun quyidagi soliq stavkalari:
a) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun:
rentabellik darajasidan kelib chiqqan holda foyda soligʻi 5-ilovaga muvofiq;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq oltin boʻyicha — 10 foiz, palladiy, kumush va mis boʻyicha — 15 foiz;
b) “Oʻzbekneftgaz” AJ uchun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati boʻyicha — 15 foiz;
v) oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yigʻim 1 gramiga 1 000 soʻm miqdorida tasdiqlansin.
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2023-yil 1-aprelga qadar:
“Oʻzdaverloyiha” ilmiy-loyiha instituti, Soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi yerlariga ega boʻlgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻini hisoblash uchun ushbu yerlarning normativ qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro tajribani hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlash tartibini koʻrib chiqsin va uni takomillashtirish boʻyicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Jismoniy shaxslarga soliq yukining keskin oshishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlariga, shuningdek, ular egallab turgan yer uchastkalariga nisbatan quyidagilar belgilansin:
2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi summasi 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;
jismoniy shaxslardan olinadigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi summasi 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda barcha hududlarda birinchi — toʻrtinchi sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlashni tashkil etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Qaror loyihasida ajratiladigan mablagʻlar sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish boʻyicha aniq mexanizmlar nazarda tutilsin.
9. 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlariga nisbatan tumanlarning toifasidan kelib chiqib, quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilsin:
5-toifadagi tumanlarda — 25 foiz;
4-toifadagi tumanlarda — 25 foiz;
3-toifadagi tumanlarda (shahar aholi punktlaridan tashqari) — 15 foiz.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilangan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning qoʻshimcha vakolatlari quyidagi tartiblarda amalga oshirilsin:
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning rahbarlari oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning jamlanma xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, jamlanma daromadlar va xarajatlar, daromadlar va xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi va roʻyxatga oladi;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar oʻziga ajratiladigan mablagʻlar doirasida joriy xarajatlarini qayta taqsimlash, jumladan tarmoqni rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlarni bir rivojlantirish dasturidan boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlash orqali mablagʻlarni mustaqil tasarruf etadi;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan rivojlantirish dasturlariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan ushbu dasturlarda nazarda tutilmagan xarajatlar boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tashabbusi bilan yangidan ishlab chiqiladigan rivojlantirish dasturlari va tadbirlarni moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablagʻlar tegishli birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
12. Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning rahbarlari:
oʻz tasarrufidagi tizimda budjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilish;
oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning jamlanma xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, jamlanma daromadlar va xarajatlar, daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
budjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, jumladan ularning xarajatlar smetalariga oʻzgartirishlar kiritilishi;
budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlar toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
davriy jamlanma moliyaviy hisobotlar toʻgʻri shakllantirilishi va oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun shaxsan masʼul ekanliklari belgilansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tartiblarni tegishli axborot tizimlari orqali amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga qoʻshimcha vakolatlar berilishi munosabati bilan ular tomonidan budjet intizomiga rioya etilishi hamda ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan doimiy nazoratni kuchaytirsin va 2023-yil I chorak yakunlari boʻyicha joriy etilgan yangi tartib natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.
13. Belgilansinki, birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan foydalanishi bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarning bajarilishi:
har chorak yakuni boʻyicha vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari tomonidan baholanadi;
hisobot yili yakuni boʻyicha Hisob palatasi tomonidan auditdan oʻtkaziladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga har chorak yakunida:
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan foydalanishi bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini;
Soliq qoʻmitasi va Bojxona qoʻmitasining Davlat budjeti daromadlari prognozi toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash, qoʻllanilgan soliq va bojxona imtiyozlarining samaradorligi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borish tavsiya etilsin.
14. Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati faoliyati samaradorligini oshirish orqali ularga ajratilgan budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
2023-yil 15-fevralga qadar vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibini ishlab chiqsin;
2023-yil 1-iyunga qadar vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholasin va ularning faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrsin;
2023-yil 1-apreldan boshlab vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari xodimlarini davlat sektorida ichki audit va ichki nazorat sohasida doimiy oʻqitib borish tizimini joriy etsin.
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:
kelgusida mahalliy budjetlarga ajratiladigan budjet ssudalarini belgilangan muddatda qaytarish yuzasidan shaxsiy javobgar ekanligi koʻrsatib oʻtilsin;
birinchi navbatda mazkur qarorning 2-bandi yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan respublika budjetidan oʻtkazib beriladigan mablagʻlar hisobidan mahalliy budjetlarga ajratilgan maqsadli budjet ssudalarini qoplash choralarini koʻrsin.
16. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
2023-yil 1-yanvardan boshlab soliqlar, majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga kelib tushgan mablagʻlarning hamda mazkur jamgʻarmalarning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olingan daromadlarning 40 foizi har oy yakunlari boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi, bundan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar mustasno;
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti taqchillik bilan tasdiqlangan davrda budjet ssudalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga faqatgina yil yakuniga qadar qaytarish sharti bilan vaqtinchalik yuzaga kelgan kassa uzilishini qoplash uchun ajratiladi.
17. Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek, 2022-yilni sifatli yakunlash hamda 2023-yilni muvaffaqiyatli boshlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
2023-yil 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoniga asosan “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 9-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
22. Mazkur qaror 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-dekabr,
PQ-471-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga 1-ILOVA
2023-yilda ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari
mln soʻm T/r Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari va uning tarkibidagi ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari nomi* Summa 1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 3 713 586,9 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 1.1. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati 295 115,1 2. Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi 1 218 692,4 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 2.1. Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 5 064,5 2.2. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi 220 000,0 2.3. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi 34 620,0 3. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi 363 353,9 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 3.1. Madaniy meros agentligi 203 575,8 4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 931 153,1 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 4.1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi 73 426,8 5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 1 522 703,0 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 5.1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi 131 754,4 6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1 948 979,0 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 6.1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 7 052,8 6.2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 20 048,5 6.3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi 2 948,1 6.4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita 133 191,8 6.5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi 7 398,2 6.6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi 3 694,9 6.7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 14 470,4 6.8. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi 3 898,8 6.9. “Nurli jol” va “Ovozi tojik” gazetalari tahririyatlari 4 169,5 6.10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi 16 398,5 6.11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi 11 700,8 6.12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 10 602,6 6.13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi 5 000,0 6.14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi 63 998,6 6.15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi 2 759,8 6.16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi 25 757,1 6.17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 5 432,8 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi 1 199 844,5 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 7.1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi 28 311,3 7.2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi 12 490,5 7.3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti 28 351,2 7.4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 179 787,0 7.5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 20 728,7 7.6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi 131 399,5 8 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 394 533,0 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 8.1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi 226 490,0 8.2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti 11 887,0 9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 1 504 225,7 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 9.1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi 446 398,6 shundan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 25 000,0 9.2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti 198 408,6
*Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga 2-ILOVA
2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari
mln soʻm Budjetlar nomi Aylanma kassa mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti 1 000 000,0 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti 28 200,0 Andijon viloyatining mahalliy budjeti 21 714,0 Buxoro viloyatining mahalliy budjeti 24 828,0 Jizzax viloyatining mahalliy budjeti 13 157,0 Qashqadaryo viloyatining mahalliy budjeti 22 709,0 Navoiy viloyatining mahalliy budjeti 12 100,0 Namangan viloyatining mahalliy budjeti 19 524,0 Samarqand viloyatining mahalliy budjeti 36 279,0 Surxondaryo viloyatining mahalliy budjeti 17 260,0 Sirdaryo viloyatining mahalliy budjeti 12 078,0 Toshkent viloyatining mahalliy budjeti 32 417,0 Fargʻona viloyatining mahalliy budjeti 26 900,0 Xorazm viloyatining mahalliy budjeti 17 747,0 Toshkent shahrining mahalliy budjeti 34 324,0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga 3-ILOVA
2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi
mlrd soʻm T/r Koʻrsatkichlar Summa Jami — daromadlar 232 607,1 1. Bevosita soliqlar 73 955,9 1.1. Foyda soligʻi 42 848,3 shu jumladan: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati 11 252,6 “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati 5 265,5 1.2. Aylanmadan olinadigan soliq 2 811,7 1.3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 28 295,8 2. Bilvosita soliqlar 88 411,3 2.1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 63 775,4 2.2. Aksiz soligʻi 17 883,9 shu jumladan: alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo 2 339,0 tamaki mahsulotlari 2 439,4 mobil aloqa xizmati uchun aksiz soligʻi 1 003,3 2.3. Bojxona boji 6 752,0 3. Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻi 26 473,2 3.1. Mol-mulk soligʻi 4 332,6 3.2. Yer soligʻi 5 805,5 3.3. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 15 535,6 shu jumladan: noruda qurilish materiallari boʻyicha 755,5 3.4. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 799,5 4. Dividendlar 29 532,2 shu jumladan: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati 16 050,4 “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati 9 481,7 5. Boshqa daromadlar va soliq boʻlmagan boshqa tushumlar 14 234,6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga 4-ILOVA
Foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati
T/r Soliq toʻlovchilarning nomi Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) 1. “Andijon gidroelektrstansiya” UK 200248365 2. “Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ 200595949 3. “Asia Trans Gas” MCHJ 206948470 4. “Baraka holding” MCHJ 305162024 5. “Bekobodsement” AJ 200459808 6. “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ 202080378 7. “Chirchiq gidroelektrstansiyalar kaskadi” UK 200942018 8. “Chirchiq transformator zavodi” AJ 200941525 9. “Coca-cola ichimligi Uzbekiston, Ltd” MCHJ 200798458 10. “Coscom” MCHJ 201788904 11. “Epsilon development company” MCHJ 305922787 12. “Fargʻona issiqlik elektr markazi” AJ 200202146 13. “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ 200202099 14. “Fargʻonaazot” AJ 200202240 15. “Farhod GES” UK 202256591 16. “Gissarneftgaz” MCHJ 205678302 17. “Nisorak gidroelektrstansiya” UK 206976058 18. “International beverages Tashkent” MCHJ 301975029 19. “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MCHJ 200640719 20. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 306349304 21. “JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ 301305243 22. “Ketring” MCHJ 201676062 23. “Koʻkdumaloqgaz” MCHJ 205222807 24. “Maxam-Chirchiq” AJ 200941518 25. “Jarkurgonneftqaytaishlash” MCHJ 204917978 26. “Muborak issiqlik elektr markazi” AJ 200698044 27. “Natural gas-stream” MCHJ 207245357 28. “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ 200850647 29. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 308425864 30. “Navoiyuran” DK 201204514 31. “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ 200003243 32. “Navoiyazot” AJ 200002933 33. “Oʻztemiryo`lkonteyner” AJ 203607858 34. “Ohangaronsement” AJ 200463344 35. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ 202328794 36. “Oʻzaeronavigatsiya” markazi” DUK 201052000 37. “Oʻzavtosanoat” AJ 201053918 38. “Katta Fargʻona kanalidagi kichik gidroelektrostansiyalar kaskadi” UK 305909492 39. “Oʻrta Shirchiq gidroelektrstansiyalari kaskadi” UK 200439436 40. “Ohangaron gidroelektrostansiya” UK 301266689 41. “Tuyamoʻyin gidroelektrostansiyasi” UK 200209151 42. “Qodiriya gidroelektrstansiyalar kaskadi” UK 200605332 43. “Oʻzbekgidroenergo” AJ 304952767 44. “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ 200460222 45. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 306347741 46. “Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ 200933985 47. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 201051951 48. “Oʻzbekneftgaz” AJ 200837914 49. “Oʻzbektelekom” AJ 203366731 50. “Oʻzelektroapparat-Electroshield” AJ 201052167 51. “Oʻztransgaz” AJ 200626188 52. “Qizilqumsement” AJ 200002878 53. “Quvasoysement” AJ 200124805 54. “Quyi-Boʻzsuv gidroelektrstansiyalar kaskadi” UK 200588275 55. “Rubicon wireless communication” MCHJ 201501439 56. “Samarqand avtomobil zavodi” MCHJ QK 202137344 57. “Samarqand gidroelektrstansiyalar kaskadi” UK 205240509 58. “Samarqand xalqaro aeroporti” MCHJ 200791776 59. “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MCHJ 203195074 60. “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJ 201169179 61. “Taxiyatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ 200366401 62. “Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ 201284979 63. “Tashkent tobacco” MCHJ 205442074 64. “Toʻpalang gidroelektrostantsiyasi” UK 206695638 65. “Toʻraqo'rg'on issiqlik elektr stansiyasi qurish direksiyasi” UK 302586084 66. “Toshkent gidroelektrstansiyalari kaskadi” UK 200796373 67. “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” UK 200605388 68. “Toshkent issiqlik elektr markazi” UK 200624673 69. “Toshkentvino kombinati” AJ 200547634 70. “Unitel” MCHJ 201838002 71. “Universal mobile systems” MCHJ 303020732 72. “Uzauto motors” AJ 200244767 73. “Uzauto trailer” MCHJ 302320834 74. “Uzbat” AJ 200987017 75. “Uzbekistan airways” AJ 306628114 76. “Uzbekistan airways technics” MCHJ 200640797 77. “Uzbekistan GTL” MCHJ 207041936 78. “VL Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi” MCHJ 200897524 79. “Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ 200595838 80. “Sanoat energetika guruhi” MCHJ XK 304936120 81. “Nududgaztaʼminot” AJ 306605769 82. “Uzgastrade” MCHJ 309702449 83. “Uzbekistan airports” AJ 306646884 84. “Oʻztransgaz” AJ “Urganchtransgaz” UK 200407848 85. “Nududiy elektr tarmoqlari” AJ 306350099 31 ta tijorat banklari
*Izoh: roʻyxatda qayd etilgan korxonalar boshqa korxonalar tarkibiga kirganda va boshqa korxona bilan birlashganda yoki qayta tashkil etilgan holatlarda ushbu roʻyxatga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga 5-ILOVA
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun foyda soligʻi stavkalari
T/r Soliq solish obyekti Soliq stavkasi, foizda 1. Soliq solish bazasining, tovar (xizmat) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 15 foiziga teng miqdordagi qismiga 15 2. Soliq solish bazasining qolgan qismiga 50
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish shakli Ijro muddatlari Masʼul ijrochilar 1. Budjet xarajatlarining samaradorligi va natijadorligini yanada oshirish maqsadida dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlari taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Vazirlar Mahkamasi qarori 2023-yil 1 mart Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi 2. Mahalliy budjetlar qoʻshimcha manbalari hisobidan maʼlum bir sohalar va tadbirlarga aniq foizlarda mablagʻ ajratish amaliyoti bekor qilinishi munosabati bilan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023-yil 1-aprel Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 3. “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” (nodavlat-bogcha.uz) axborot tizimini takomillashtirish va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga joriy etish orqali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qoʻllagan holda xodimlar va tarbiyalanuvchilarining davomatini yuritish, axborot tizimida shakllangan maʼlumotlar asosida xodimlar ish haqi, oziq-ovqat xarajatlari, bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlari va boshqa toʻlovlarning avtomatlashtirilgan tarzda hisoblanishini yoʻlga qoʻyish. Chora-tadbirlar 2023-yil 10-yanvar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi qarori 2023-yil 10-sentabr 4. Budjet tashkilotlarining shtatlar jadvali, tarifikatsiya roʻyxatlari hamda xarajatlar smetasini shakllantirish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ushbu jarayonlarning har bir bosqichida masʼul xodimlarga tegishli vazifalar belgilanishini nazarda tutuvchi yoʻriqnomani ishlab chiqib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash hamda ushbu tartiblar asosida tegishli axborot tizimlarini takomillashtirish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023-yil 1-iyul Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi 5. Ichimlik va oqava suv taʼminoti korxonalarining mulki va obyektlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish hamda foydalanishda boʻlmagan va boʻsh turganlarini belgilangan tartibda sotish hamda sotishdan kelib tushgan mablagʻlarni kreditor qarzdorliklarni soʻndirishga yoʻnaltirish. Chora-tadbirlar rejasi 2023-yil 1-iyun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 6. Fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarni “Agro-subsidiya” YAAT — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga subsidiya ajratish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishishning yagona axborot tizimi bilan integratsiya qilgan holda toʻlashni joriy qilish. Shuningdek, chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihalari 2023-yil 1-mart Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 7. Xorijiy davlatlar tajribasini joyiga chiqib oʻrgangan holda ichimlikva oqava suv taʼminoti xizmatlari boʻyicha tarif siyosatini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023-yil 1-may Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminoti” AJ, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 8. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublikada suv balansini yuritish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish: suv havzalarida mavjud suv miqdori, suv havzalariga kirishi va chiqishi kutilayotgan suv miqdori, shuningdek, yogʻingarchilik koʻp boʻlgan yillarda kelgusi yillarda foydalanish uchun suv zaxirasini yaratish; mavjud suv resurslari va kutilayotgan sersuvlik darajasidan kelib chiqib ekinlarni joylashtirish; suv yetkazib berish obyektlariga (nasos stansiyasi, kanal, suv ombori va hokazo) biriktirilgan ekin maydoni va unga yetkazib berilgan/beriladigan suv miqdori; yetkazib berilgan suv va uni yetkazib berish uchun sarflangan elektr energiyasi miqdorini oʻzaro bogʻlash; suv va elektr energiyasi resurslaridan unumli foydalanish va uni boshqarish uchun masʼullar va ularning vazifalarini belgilash. Vazirlar Mahkamasi qarori 2023 yil 1 may Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Statistika agentligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 9. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fanva innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalarda ish haqiga qoʻshimcha va ustama toʻlovlarning hisoblanishiga oid normativ-xuquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda ularni yagona tartibga birlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Vazirlar Mahkamasi qarori 2023-yil 1-aprel Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 10. Xorazm viloyatida oʻtkazilgan tajribadan kelib chiqib, ayrim soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan hisoblab chiqarish va shakllantirish imkoniyatini kengaytirish. Axborot xati 2023-yil 15-yanvar Soliq qoʻmitasi Soliq toʻlovchilar takliflarini inobatga olgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Vazirlar Mahkamasi qarori 2023-yil 1-aprel 11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining budjet sohasidagi vakolatlarini yanada oshirish maqsadida hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan yillik faoliyati toʻgʻrisida mahalliy Kengashlarga hisobot berishni toʻliq joriy etish. Reja-grafik Har yili 15-yanvar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi 12. Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksida budjet mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari boʻyicha moliyaviy huquqbuzarliklar turlari tasnifi kesimida elektron hisobot hamda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobi yuritilishini joriy etish hamda uni takomillashtirib borish. Amaliychora-tadbirlar 2023-yil 1-fevral Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 13. Budjetning birlamchi xarajatlarini qoplash uchun Yagona gʻazna hisobvaragʻida saqlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarning eng kam miqdorini aniqlash va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqish. Vazirlar Mahkamasi qarori 2023-yil 1-iyun Iqtisodiyot va moliya vazirligi 14. Suv xoʻjaligi tizimiga qarashli nasos stansiyalari hududida elektr energiyasini hisobga olish uskunasi oʻrnatilganligini tahlil qilib, hisobga olish uskunalari toʻliq oʻrnatilishini taʼminlash. Chora-tadbirlar 2023-yil 1-may Suv xoʻjaligi vazirligi 15. Budjet mablagʻlari hisobidan qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) salbiy farqini asossiz qaytarish xavfining oldini olish, tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan QQS summalarini oʻzaro hisobga olish imkoniyatini beruvchi yangi joriy etilayotgan institut natijalari hamda QQS qoplashda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovi zanjiri uzilishi koeffitsiyentini qoʻllash amaliyoti boʻyicha xalqaro auditorlik tashkilotlari xulosalari asosida QQS maʼmurchiligini yanada soddalashtirish va budjetga undirilgan summalar hisobini yuritishni takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritish. Axborot xati 2023-yil 1-may Iqtisodiyot va moliya vazirligi 16. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini tumanbay joylashtirish metodikasi va tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, ekinlarni joylashtirish Adliya vazirligining “E-qaror” ATT va yer uchastkalarining kadastr raqamlariga oʻzaro bogʻlangan holda integratsiyalangan tarzda amalga oshirilishi inobatga olinadi. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023-yil 1-aprel Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻzdaverloyiha” ilmiy-loyiha instituti, Soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Statistika agentligi 17. Masofaviy (kameral) nazoratni takomillashtirish orqali budjet tashkilotlarida nazorat tadbirlari samaradorligini oshirish. Bunda, Navoiy, Namangan va Xorazm viloyatlari misolida mahalliy budjet mablagʻlarining maqsadli va oqilona sarflanishi yuzasidan oʻrganishni davom ettirish. Yillik ish reja 2023-yil davomida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat moliyaviy nazoratii inspeksiyasi 18. Mavzuli nazorat tadbirlarini joriy etish orqali budjet tashkilotlarida oʻrganish qamrovini kengaytirish, bunda, birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalariga eʼtibor qaratish. Yillikish reja 2023-yil davomida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi 19. Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning 2023 — 2025-yillar uchun budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023-yil 1-iyun Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga 7-ILOVA
Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek, 2022-yilni sifatli yakunlash hamda 2023-yilni muvaffaqiyatli boshlash boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddatlari Masʼul ijrochilar 1. Vazirlik va idoralar tomonidan vaqtinchalik xarajatlar smetalarini belgilangan tartibda tuzish va taqdim etish. Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan ularga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish va taqdim etish. 2023-yil 5-yanvar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar 2. 2023-yil uchun tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlari doirasida xarajatlar smetalarini tuzish va taqdim etish. Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan 2023-yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida xarajatlar smetasini tuzish va taqdim. 2023-yil 15-yanvar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar 3. Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlariga muvofiq 2023-yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun tasdiqlangan cheklangan miqdorlarni qaytadan koʻrib chiqish va takliflar tayyorlash. 1. Qaytadan tashkil qilinayotgan vazirlik va idoralar boʻyicha qabul qilingan tegishli qarorlar asosida tegishli hisob-kitoblarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish. 2023-yil 1-mart Manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Qaytadan tashkil qilinayotgan vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun tasdiqlangan cheklangan miqdorlarni qayta taqsimlash boʻyicha takliflar tayyorlash. 2023-yil 10-mart Iqtisodiyot va moliya vazirligi 4. Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunni qayta koʻrib chiqish. “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. 2023-yil 1-iyun Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Hisob palatasi 5. Qayta tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari xarajatlar smetasini roʻyxatdan oʻtkazish. 1. Qayta tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidagi tashkilotlar xarajatlar smetasi tuzilishini, tasdiqlanishini taʼminlash. 2. Qayta tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan jamlanma xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini t?zish. 3. Qayta tuzilgan jamlanma xarajatlar smetasini xarajatlar guruhi kesimida roʻyxatdan oʻtkazish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish. 2023-yil 1-may Manfaatdor vazirlik va idoralar 6. Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining moliyaviy mustaqilligini taʼminlash yuzasidan tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish. 1. Tegishli qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish. 2023-yil 10-yanvar Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash. 2023-yil 1-fevral 3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2023-yil 1-iyun 7. Qayta tashkil etilayotgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ish faoliyati uzluksizligini taʼminlash. 1. Vazirlik va idoralarda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni, ularni saqlash xarajatlarini ushbu vazirlik va idoralar uchun amaldagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan amalga oshirish. 2. Mavjud debitor va kreditorlik qarzdorliklarni qoplash. Yangi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochilgunga qadar Manfaatdor vazirlik va idoralar 8. 2022-yil va 2023-yil 1-chorak uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish. 1. Qayta tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan 2022-yilda budjetdan ajratilgan mablagʻlarga masʼul etib belgilangan vazirlik va idoralar boʻyicha qonunchilikka muvofiq: 2022-yil uchun yillik moliyaviy hisobotlarni; 2023-yil 1-chorak uchun hisobotlarni tuzish va taqdim etish. Qonunchilikda belgilangan muddatlarda Barcha vazirlik va idoralar 9. Davlat budjeti parametrlari tasdiqlangandan soʻng vazirlik va idoralarning xarajatlar smetasini roʻyxatga olishda mablagʻlarning xarajatlar iqtisodiy tasnifining moddalari boʻyicha emas, faqat xarajat guruhlari boʻyicha ajratilishini taʼminlash. 1. Texnik talab ishlab chiqish. 2023-yil yanvar Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2. Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlariga (“DMBAT” va “UzAsbo” DT) tegishli oʻzgartirish kiritish. 2023-yil 1-mart 3. Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida vazirlik va idoralarga tegishli vakolatlar berish. 2023-yil 15-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4755-son qarori 1-bandi “v” kichik bandining beshinchi va oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qarorida:
a) 1-ilovada:
13-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sugʻurta nazoratchilari xalqaro uyushmasi Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti Shaffoflik va soliq maqsadlarida axborot almashinuvi boʻyicha global forum ”;
quyidagi mazmundagi 391-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 391. Hisob palatasi Oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (INTOSAI) Osiyo oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (ASOSAI) ”;
b) 2-ilovada:
4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar hisobini yuritish hamda monitoring qilib borish Moliya vazirligining axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) amalga oshiriladi”;
6-band “Moliya vazirligiga taqdim etadi” soʻzlaridan keyin “hamda axborot tizimiga kiritadi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
9-band “xabarnomalariga muvofiq toʻlanadi” soʻzlaridan keyin “hamda toʻlangan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot va toʻlovni tasdiqlovchi hujjatlar axborot tizimiga 3 (uch) ish kuni ichida kiritiladi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
“121. Badallar toʻlovchilar tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng 1 (bir) oy muddatda toʻlovlar xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinganligi tasdigʻini olish choralarini koʻradi va olingan tasdiq xabarnomalarini 3 (uch) ish kuni ichida axborot tizimiga yuklaydi”;
quyidagi mazmundagi 131-band bilan toʻldirilsin:
“131. Badallar toʻlovchilar tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng 1 (bir) oy muddat ichida toʻlovlar xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinganligi tasdigʻini olish choralarini koʻradi va olingan tasdiq xabarnomalarini 3 (uch) ish kuni ichida axborot tizimiga yuklaydi”;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Markaziy banki axborot tizimdagi maʼlumotlar asosida xalqaro shartnomalar va tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar toʻlanishini doimiy monitoring qilib boradi”;
quyidagi mazmundagi 211-band bilan toʻldirilsin:
“211. Aʼzolik badali toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlgan hollarda, ushbu qarzdorlik yuzasidan maʼlumotlar va tasdiqlovchi hujjatlar ular olingan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida badal toʻlovchilar tomonidan axborot tizimiga yuklanishi lozim”;
quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin:
“221. Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimiga barcha maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishi va doimiy yangilab borilishi uchun masʼul hisoblanadi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qarori bilan tasdiqlangan Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 43-pozitsiyasining “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Davlat budjeti mablagʻlari,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4888-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisidagi “35” raqami “12,5” raqami bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4986-son qarorining 10-bandidagi “2023” raqami “2025” raqami bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5017-son qarorining 3-bandida:
a) “a” kichik bandda:
birinchi xatboshidagi “2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “4 000 soʻm” va “400 soʻm” soʻzlari tegishincha “2 000 soʻm” va “200 soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “2 500” raqami “1 250” raqami bilan almashtirilsin;
b) “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2024-yil 1-yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan baliqchilik xoʻjaliklariga — intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr)ning har bir kilogrammi uchun 1 500 soʻm, qolgan turdagi baliqlar uchun 500 soʻm miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratiladi”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5144-son qarori 5-bandining yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5270-son qaroriga 2-ilovaning 13-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Sport-taʼlim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-5280-son qaroriga 3-ilovaning 1-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-52-son qarorining 6-bandida:
a) birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev),” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “2022” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-73-son qarorida:
a) 11-bandda:
birinchi xatboshidagi “2023” raqami “2026” raqami almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “2022” raqami “2025” raqami almashtirilsin;
b) 8-ilovaning 22-pozitsiyasi “Ijro muddatlari” ustunidagi “2022” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-84-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda amalga oshiriladi”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarorida:
a) 6-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli mahalliy hokimliklarga Davlat budjeti hisobidan ehtiyojga qarab hamda mahalliy budjetlar imkoniyatlarini hisobga olgan holda 2023-yilda moliya yili davomida qaytarish sharti bilan 200 milliard soʻmgacha budjet ssudasini ajratsin”;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 10-ilova 40-pozitsiyasining “Tadbirlar nomlanishi” ustunidagi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hududlarning master rejalarini ishlab chiqish va yer uchastkalarini zarur infratuzilma bilan taʼminlash ishlarini moliyalashtirish uchun tegishli mahalliy hokimliklarga Davlat budjeti hisobidan ehtiyojga qarab hamda 2023-yilda moliya yili davomida qaytarish sharti bilan 200 milliard soʻmgacha budjet ssudasini ajratish”.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-128-son qarori 13-bandining oltinchi xatboshisidagi “2023-yil 1-sentabrdan” soʻzlari “2024-yil 1-yanvardan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-139-son qarorining 5-bandida:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda”;
b) ikkinchi xatboshidagi “2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-168-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshisidagi “2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi “Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-178-son qarorida:
a) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PQ-178-son qaroriga 1-ILOVA
Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy PARAMETRLARI
ming AQSH dollari T/r Komponent nomi Jami* Moliyalashtirishning taxminiy hisobi Kredit Davlat budjeti mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati 72 000 60 000 12 000 2. Investitsiyalar miqdori, jami 60 000 60 000 1-komponent. Soliq maʼmuriyatchiligining asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish 48 700 48 700 2.1. 1.1-subkomponent — soliq organlarining yangi integratsiyalashgan axborot tizimini joriy etish 300 300 2.2. 1.2-subkomponent — texnik infratuzilmani yangilash (Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi) 43 500 43 500 2.3. 1.3-subkomponent — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini boshqarish va rejalashtirish sohasida salohiyatni oshirish 100 100 2.4. 1.4-subkomponent — tabiiy ofatlar xavfini boshqarish va faoliyatning uzluksizligini taʼminlash 4 800 4 800 2-komponent. Yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish uchun soliq toʻsiqlarini bartaraf etish 6 000 6 000 2.5. 2.1-subkomponent — soliq talablarini taʼminlash sohasida Davlat soliq qoʻmitasining salohiyatini oshirish 2 000 2 000 2.6. 2.2-subkomponent — talablarga ixtiyoriy rioya qilishni ragʻbatlantirish 3 000 3 000 2.7. 2.3-subkomponent — xususiy sektor bilan konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish 1 000 1 000 3-komponent. Kadrlar va institutsional salohiyatni oshirish 3 300 3 300 2.8. 3.1-subkomponent — xodimlarni yanada samarali boshqarish uchun Davlat soliq qoʻmitasining institutsional salohiyatini oshirish 1 700 1 700 2.9. 3.2-subkomponent — davlat soliq xizmati organlarining strategik maqsadlarga erishishini qoʻllab-quvvatlash uchun tashkiliy funksiyalar yaratish 800 800 2.10. 3.3-subkomponent — davlat soliq xizmati organlari xodimlarini kasbiy rivojlantirish 800 800 4-komponent. Notexnik komponent — loyiha boshqaruvini qoʻllab-quvvatlash 2 000 2 000 3. Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona toʻlovlariga qoʻshgan hissasi 12 000 12 000 4. Loyihani amalga oshirish davri 2022 — 2027-yillar 5. Kreditni qaytarish muddati 30 yil shu jumladan, asosiy qarzning imtiyozli davri 5 yil
Izoh. Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi, tovarlarni yetkazib berish boʻyicha tenderlar va xizmatlarni bajarish natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Davlat soliq qoʻmitasiga Loyiha doirasida ajratilib, iqtisod qilingan mablagʻlarni moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, Jahon banki bilan kelishilgan holda qayta taqsimlash vakolati beriladi”;
b) 3-ilovaning 13-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Respublikada goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-224-son qarori 3-bandining birinchi xatboshisidagi “200 milliard soʻm” soʻzlari “30 milliard soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-232-son qarorida:
a) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “30 milliard soʻm, jumladan uning birinchi bosqichini moliyalashtirish uchun bir hafta muddatda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 20-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 1-ilovaning 15-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar” ustunining ikkinchi xatboshisidagi “10 milliard soʻm” soʻzlari “5 milliard soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-maydagi “Gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-262-son qarori quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Jamgʻarma 2022-yil 1-iyundan boshlab toʻlaqonli qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida eʼtirof etilsin”.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-295-son qarori bilan tasdiqlangan Mis va noyob metallarni qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 11-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 11. Texnopark hududida temir yoʻl tarmogʻini qurish. 1. Texnopark hududiga temir yoʻl tarmogʻi tortish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Texnopark hududida temir yoʻl tarmogʻini qurish va foydalanishga topshirish. 2022-yil oktabr 2023-yil mart Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A. Ramatov Transport vazirligi (I. Mahkamov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xasilov) Transport vazirligi (I. Mahkamov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xasilov) ”.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-308-son qarorining 6-bandida:
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2023-yildan boshlab Paxtachilik kengashi faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi orqali moliyalashtirish tartibi joriy etilsin”;
b) ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan mablagʻlar Paxtachilik kengashi va uning boshqaruv guruhi aʼzolari hamda 13 ta tumanlar ishchi guruhlari aʼzolariga ish haqi toʻlash, Paxtachilik kengashiga mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, 13 ta tumanlarga yangi ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalarni (shu jumladan, dronlar va raqamli texnologiyalar asosidagi) joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi”.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi “Chirchiq shahrida qishloq xoʻjaligi mashinasozligi klasterini tashkil etishni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-335-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Moliya vazirligi 2022-yil davomida qishloq xoʻjaligi texnikalarini kredit yoki lizing shartlari asosida xarid qilish uchun tijorat banklarining soʻrovnomalariga asosan 10 yil muddatga 7 foiz stavkada 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha milliy valyutadagi mablagʻlarni depozitga joylashtirsin. Bunda”;
b) 2-ilovaning 1-pozitsiyasida:
“Chora-tadbirning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022-yilda qishloq xoʻjaligi texnikalarini kredit yoki lizing shartlari asosida xarid qilish uchun Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklarining soʻrovnomalariga asosan 10 yil muddatga 7 foiz stavkada 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha milliy valyutadagi mablagʻlarni depozitga joylashtirish”;
“Ijro muddati” ustunining birinchi xatboshisidagi “ikki hafta muddatda” soʻzlari “2022-yil davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 414-son qarori 4-bandining birinchi xatboshisidagi “2023” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 8-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablagʻlar budjet tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli boʻlinmalarida ochilgan budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar “E-auksion” elektron savdo platformasi tomonidan avtomatik tarzda quyidagi tartibda taqsimlanadi”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50 foizi — budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion savdolarida sotilgan taqdirda ularni baholash va sotish xarajatlari budjet tashkilotlari tomonidan toʻlanadi”;
b) 9-banddagi “tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan” soʻzlari “tashkilotlariga yoʻnaltiriladigan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning oʻn birinchi xatboshisidagi “yuridik shaxs” soʻzlari “yuridik yoki jismoniy shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) II boʻlim 5-paragrafning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-§. Baliqchilik hovuzlari, imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band boʻlgan yerlarning, shuningdek jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlarida va dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yerlarning meʼyoriy qiymatini aniqlash”;
v) quyidagi mazmundagi 341-band bilan toʻldirilsin:
“341. Jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi va dehqon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlarning normativ qiymati mos ravishda tuman (shahar)ning sugʻoriladigan yoki sugʻorilmaydigan yerlarining oʻrtacha normativ qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi”.
31. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankini oʻzgartirish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 523-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomda 9010-banddagi “(uning barcha loyihalari boʻyicha)” soʻzlari “(innovatsion, amaliy va fundamental loyihalar boʻyicha)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-oktabrdagi “Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi 602-son qarorida:
a) 1-ilovada:
3-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
3-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-ilovada:
1-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3 va 4-boblar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandida:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“parrandachilik xoʻjaliklariga — oʻz xoʻjaliklarida yetishtirilib, sotilgan parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar 1 250 soʻm (bunda subsidiya qoʻshilgan qiymat soligʻidan vaqtincha ozod qilish boʻyicha imtiyoz amalda boʻlgan davr uchun ham toʻlanadi)”;
b) uchinchi xatboshidagi “2022-yil”, “4 000 soʻm” va “400 soʻm” soʻzlari tegishincha “2023-yil”, “2 000 soʻm” va “200 soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 630-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisidagi “har oy” soʻzlari “mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorak” soʻzlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 71-son qaroriga 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlik va idoralar foydalanishidagi yer uchastkalari hamda dehqon xoʻjaliklarida yer tuzish, geodeziya va xatlov ishlari, kadastr pasportlarini tayyorlash va yerga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun 2022-yilda ajratiladigan mablagʻlar HISOB-KITOBI
mln soʻm T/r Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi (oluvchi) yerdan foydalanuvchilar Ishlar bajariladigan yer turlari 2022-yil uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan 1. Suv xoʻjaligi vazirligi Suv fondi yerlari 10 547,0 2. Mudofaa vazirligi Mudofaa maqsadlariga moʻljallangan yerlar 1 048,8 3. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Oʻrmon fondi yerlari 9 351,9 3 349,3 4. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Davlat qoʻriqxonalari, davlat biosfera rezervatlari va boshqa muassasalar yerlari 129,3 5. Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanuvchi budjet tashkilotlari Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar 1 818,1 6. Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari yerlari 23 691,1 7. Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Moddiy madaniy meros obyektlari yerlari 4 738,2 3 938,6 8. Tuman (shahar) hokimliklarining obodonlashtirish boʻlinmalari Ichki yoʻllar, obodonlashtirish yerlari 28 259,5 9. Tuman (shahar) hokimliklari Zaxira toifasidagi yerlar 2 088,9 10. Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Dehqon xoʻjaliklari yerlari 10 394,9 Jami 91 938,5 7 417,1 ”.
37. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi “Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda budjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 129-son qarorining 5-bandida:
a) “a” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “1-iyundan” soʻzlari “1-sentabrdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab DXSH tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari faqat shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyalari orqali yigʻilgan elektron maʼlumotlar asosida NMTTBATda hisoblanadi va 2022-yil 1-oktabrdan boshlab shakllantirilgan elektron buyurtmanoma va hisobotlar asosida toʻlanadi.
Bunda, 2022-yil yakuniga qadar subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari shakllantirilgan elektron buyurtmanoma va hisobotlar asosida toʻlanishi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi”.
38. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomning 37-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlari tasdiqlangandan soʻng moliya organlari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida har bir obyekt boʻyicha alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi.
Tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga asosan obyektlarning xarajatlar smetasi buyurtmachilar tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
Bunda:
2023-yil 1-iyuldan boshlab buyurtmachilar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali har bir obyekt boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga xarajatlar smetasi va unga oʻzgartirish (qoʻshimcha)lar kiritiladi;
buyurtmachilarga ochilgan gʻazna hisobvaragʻida (qayta taqsimlanadigan) nazarda tutilgan mablagʻlar manzilli roʻyxatlarga asosan tasdiqlangan har bir obyektning xarajatlar smetasidan kelib chiqib, buyurtmachilar tomonidan mustaqil ravishda qayta taqsimlanadi”.
39. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son “2022-yilda kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida qishloq xoʻjaligi ekinlarini suv bilan ishonchli taʼminlashga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida:
a) 7-bandda:
birinchi xatboshidagi “300” raqami “200” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “200” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin;
b) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga 3-ILOVA
2022-yilda amalga oshiriladigan irrigatsiya tizimlari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini, nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarini taʼmirlash-tiklash va qurish ishlari
REJASI
T/r Hududlar nomi Jami ajratiladigan mablagʻ shu jumladan: irrigatsiya obyektlarida dastlabki taʼmirlash ishlariga talab etiladigan mablagʻ shundan: nasos stansiyalari energetika boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladigan ishlariga talab etiladigan mablagʻ shundan: sugʻorish tarmoqlarini tozalash xarajatlari gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish nasos agregatlari sotib olish nasos agregatlarini taʼmirlash nasos stansiyalarining bosimli quvurlarini taʼmirlash Sugʻorish quduqlarini qurish uzunligi, km talab etiladigan mablagʻ soni, dona talab etiladigan mablagʻ uzunligi, km talab etiladigan mablagʻ soni, dona talab etiladigan mablagʻ soni, dona talab etiladigan mablagʻ uzunligi, km talab etiladigan mablagʻ soni, dona talab etiladigan mablagʻ, mln soʻm* 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 20 590 11 070 436 8 231 150 2 839 9 520 323 7 410 188 1 873 2,4 237 2. Andijon 22 383 1 258 160 660 132 598 21 125 123 8 125 75 2 000 3,6 2 000 40 9 000 3. Buxoro 19 955 5 372 72 2 345 122 3 027 14 583 250 6 783 78 7 800 4. Jizzax 16 344 6 411 252 3 165 280 3 246 9 933 67 5 754 44 994 14 3 185 5. Qashqadaryo 22 150 7 996 334 7 025 782 971 14 153 12 720 68 353 0,03 31 58 13 050 6. Navoiy 6 071 2 202 42 410 43 1 792 3 869 22 924 26 2 045 4 900 7. Namangan 14 047 6 683 511 2 315 275 4 368 7 364 29 6 321 55 193 0,45 650 2 200 8. Samarqand 15 181 12 131 182 4 141 58 5 235 7 2 755 3 050 10 800 10 2 250 9. Surxondaryo 16 587 2 981 119 2 100 88 881 13 606 22 1 945 145 2 464 2,38 3 796 24 5 400 10. Sirdaryo 14 949 7 354 170 5 097 308 2 257 7 595 14 2 800 20 1 000 0,14 1 413 10 2 382 11. Toshkent 9 131 6 725 203 5 696 64 1 029 2 406 9 600 14 456 6 1 350 12. Fargʻona 14 800 8 191 211 4 856 122 3 335 6 609 49 1 709 30 2 200 12 2 700 13. Xorazm 7 812 4 433 404 3 206 96 1 227 3 379 9 455 280 2 016 1 908 Jami 200 000 82 806 3 095 49 246 2 520 30 805 7 2 755 117 193 929 43 547 955 16 393 10 9 035 258 48 217 ”.
40. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 276-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “2022-yil 1-sentabriga” hamda “2022 — 2026-yillar” soʻzlari tegishincha “2023-yil 1-martga” hamda “2023 — 2027-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab Moliya vazirligi har yilning yakuniga koʻra Yagona yetkazib beruvchilar reyestridagi roʻyxatni qayta koʻrib chiqadi hamda uni doimiy tarzda yangilab boradi”.
41. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 352-son qarorining 1-ilovasida:
a) 576-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 576. 8802, 8803, 8805 Samolyotlar va ularning qismlari (uskunalari) ** ”;
b) quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“**Oʻzbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan ishlab chiqarilganiga 15 yildan oshmagan samolyotlarga nisbatan tatbiq etiladi”.
42. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi beshinchi xatboshisidagi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4095-son qarori 3-bandining “b” kichik bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5146-son qarorining 2-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5233-son qarorining 4-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktabrdagi “Sugʻurta bozorini raqamlashtirish va hayot sugʻurtasi sohasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5265-son qarorining 3-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-son qaroriga 2-ilovaning 34-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi “Mehmonxona xoʻjaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 433-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi “Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi 1030-son qarori 3-bandining “d” kichik bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi “Sport-taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 90-son qarorining 1-bandi, shuningdek, unga 1-ilova.
10. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi “Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 313-son qarorining 7-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 696-son qarorining 16-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi “Chorvachilik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 368-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi , shuningdek, unga 2-ilova.
