8-modda. Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalarini shakllantirish
2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida (O‘RQ-813-son) · Sana: 30.12.2022 · Amalda
2023-yil uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hajmi 800,0 mlrd soʻm miqdorida belgilansin.
2023-yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari tegishli budjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining (bundan tumanlar va shaharlar budjetlarining jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga doir mablagʻlari mustasno) kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetini, viloyatlarning viloyat budjetlarini va Toshkent shahrining shahar budjetini, tumanlar va shaharlar budjetlarini ijro etish chogʻida yuqori turuvchi budjetdan ajratiladigan budjetlararo transfertlar miqdorlari oshgan taqdirda tegishli budjetlar zaxira jamgʻarmalarining belgilangan miqdorlari qayta koʻrib chiqilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratilgan taqdirda ushbu Qonunga oʻzgartishlar kiritilmaydi.
