Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida (14-son)
12.01.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda davlat soliq xizmati organlari tomonidan ularga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Davlat soliq xizmati organlari uchastka soliq inspektorlari lavozimi joriy etilishi munosabati bilan uchastka soliq inspektorlari soni 1659 nafar etib belgilansin, shu jumladan, 1419 nafari qishloq va shaharchalar fuqarolar yigʻinlarining hisobchi-kassir lavozimlarini tegishli ravishda qisqartirish hisobiga beriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 1419 qishloq va shaharchalar fuqarolar yigʻinlarining hisobchi-kassir shtatlarining davlat soliq xizmati organlariga berilishini taʼminlasinlar.
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi:
davlat soliq organlari tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida qoʻshimcha undirib olingan summalar (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlardan tashqari, shu jumladan, penyalar) hamda soliq haqidagi qonunchilikni buzganlik uchun solingan moliyaviy jazo choralari summalarining 40 foizi miqdoridagi;
davlat soliq organlariga tegishli maʼmuriy huquqbuzarlik uchun solingan jarimalar summasining 40 foizi miqdoridagi;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan musodara qilingan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotish summasining 25 foizi miqdorida.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi ishtirokida Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik taʼminlash jamgʻarmasini tuzish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi har yilgi investitsiya dasturlarini tuzishda ularga Davlat soliq qoʻmitasi obyektlarini qurish, kengaytirish va rekonstruksiya qilish kiritilishini nazarda tutsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirishda Davlat soliq qoʻmitasining joriy xarajatlariga va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga har yili zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bazasida 1998-yildan boshlab davlat soliq xizmati organlarining surishtiruv ishlarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha maxsus kurslar tashkil etsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uchastka soliq inspektorlarini funksiyalariga tegishli faoliyatni amalga oshirishlari uchun joylar bilan taʼminlasinlar.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida”gi 1994-yil 4-martdagi 114-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 12-yanvar,
14-son
