Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiya va koʻrsatiladigan xizmatlarning chakana narxlarini hamda tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida (45-son)
27.01.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikaga keltirilayotgan yoqilgʻi, moddiy-texnika va boshqa resurslar narxlarining oshishi munosabati bilan, energiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish va xalq xoʻjaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yil 1-fevraldan boshlab yoqilgʻi, energiya, shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmati va aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarning ayrim turlariga chakana narxlar va tariflar ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Respublika aholisining ayrim toifalariga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq amalda boʻlgan imtiyozlar saqlab qolinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda yoqilgʻi, energiya, xizmatlar ayrim turlarining yangi chakana narxlarini tasdiqlasin va narx preyskurantlarini chiqarsin hamda barcha manfaatdor vazirlik, idora, korxona va tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari koʻmirning chakana narxi preyskurantlarini mazkur qarorga muvofiq tasdiqlasinlar.
5. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar suyultirilgan gaz va koʻmir qoldiqlarini 1994-yil 1-fevraldagi holatga koʻra qayta baholab chiqsinlar, qayta baholashdan tushgan summani oʻzlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltirsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 16-iyuldagi 359-son, 1993-yil 17-sentabrdagi 462-son, 1993-yil 14-oktabrdagi 494-son va 1993-yil 27-noyabrdagi 572-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 27-yanvar,
45-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 27-yanvardagi 45-son qaroriga ILOVA
Yoqilgʻi, energiya, shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchilarni tashuvchi transport xizmati va aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarning ayrim turlariga belgilanadigan chakana narx va tariflarning
cheklangan miqdorlari
