“Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (3211-2-son)
21.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi DIREKTORIning
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3211-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor F. PULATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-dekabr,
14-2022-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
2022-yil 29-noyabr
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Direktori A. ORTIKOV
2022-yil 5-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 6-dekabrdagi 14-2022-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019-yil 17-dekabrdagi 11-son “Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3211, 2020-yil 17-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2020-y., 1-2-son, 21-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-son “Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3211-1, 2022-yil 9-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son).
