“Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2791-3-son)
21.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2791-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Direktor F. PULATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-noyabr,
13-2022-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 30-noyabrdagi 13-2022-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2016-yil 27-apreldagi 34-son “Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2791, 2016-yil 24-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 21-son, 245-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2017-yil 15-dekabrdagi 9-son “Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2791-1, 2017-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 51-son, 1255-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 28-sentabr 10-son “Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2791-2, 2021-yil 21-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2791-2/0984-son).
