“TURKSOY tuzilmasi va faoliyat koʻrsatish prinsiplari toʻgʻrisidagi Shartnomani (Olma-ota, 1993-yil 12-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-964-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (2642-IV-son)
08.11.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“TURKSOY tuzilmasi va faoliyat koʻrsatish prinsiplari toʻgʻrisidagi Shartnomani (Olma-ota, 1993-yil 12-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-964-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 8-noyabrda kiritilgan “TURKSOY tuzilmasi va faoliyat koʻrsatish prinsiplari toʻgʻrisidagi Shartnomani (Olma-ota, 1993-yil 12-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-964-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-noyabr,
2642-IV-son
