“Izmir Shartnomasini (Izmir, 1996-yil 14-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-961-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (2632-IV-son)
08.11.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 2-noyabrda kiritilgan “Izmir Shartnomasini (Izmir, 1996-yil 14-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-961-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-noyabr,
2632-IV-son
