Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (2602-IV-son)
01.11.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi QL-921-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-946-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
3. “Davlat moliyaviy nazorati tizimi hamda begʻaraz yordam doirasida keltirilgan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-943-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
4. “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shu jumladan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanini oʻqitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri B. Saidovning javobi haqida.
5. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P. Bobojonovga “Yarashilganligi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilishga oid qonundagi normalarning ijrosi yuzasidan” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
6. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I. Abdurahmanovga “Hududlarda Yoshlar texnoparklarini yanada rivojlantirish, shuningdek iqtidorli yoshlarning gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
7. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatovga “Hududlarda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parklari, raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini yanada rivojlantirish, shuningdek iqtidorli yoshlarning gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A. Abduxakimovga “Madaniy meros obyektlari hisobini yuritish, saqlash va himoyasini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-noyabr,
2602-IV-son
