“Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-943-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Davlat moliyaviy nazorati tizimi hamda begʻaraz yordam doirasida keltirilgan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”) (2695-IV-son)
22.11.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Davlat moliyaviy nazorati tizimi hamda begʻaraz yordam doirasida keltirilgan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-943-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3.Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-noyabr,
2695-IV-son
