Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari uchun texnik mutaxassislar tayyorlash toʻgʻrisida (444-son)
06.09.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Qurolli Kuchlarni texnik ixtisoslarni egallagan harbiy burchli kishilar bilan taʼminlash zaruriyati munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 1993-1994 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkiloti maktablarida va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining hunar-texnika oʻquv yurtlarida Qurolli Kuchlar uchun texnik mutaxassislar tayyorlash toʻgʻrisidagi taklifi ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
* Ilova berilmaydi.
2. Mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkilotining Markaziy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi reja topshiriqlarini bajarish va mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash ustidan nazoratni kuchaytirsin, Mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkilotining va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining oʻquv yurtlarini zarur harbiy texnika, aslaha-anjom va mol-mulk bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatsin.
4. Qopaqalpogʻicton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mutaxassislarni sifatli tayyorlash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishda zarur yordam koʻrsatsinlar, shuningdek, Mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi oʻquv yurtlarining moddiy-texnika bazasini zarur darajada rivojlantirishni taʼminlasinlar.
5. “Oʻzshartnomasavdo” va respublikaning boshqa taʼminot-sotish tashkilotlari Qurolli Kuchlar uchun mutaxassislar tayyorlash rejasiga muvofiq Mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkilotining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining moddiy-texnika resurslariga boʻlgan buyurtmalarini bajarishni belgilangan tartibda taʼminlashni koʻzda tutsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-sentabr,
444-son
