Qashqadaryo viloyati tajribasi asosida suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (703-son)
12.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qashqadaryo viloyatida qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlar yildan-yilga chuqurlashib, bugungi kunda agroklasterlar ijara huquqi asosida berilgan 34,5 ming gektar, shuningdek, fyuchers shartnomasi asosida 258,7 ming gektar maydonda faoliyat koʻrsatib, ularning qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidagi oʻrni ortib bormoqda.
Viloyatda suv resurslarini samarali boshqarish jarayoniga agroklasterlar daromadining bir qismi ajratilib, suv xoʻjaligi obyektlari davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarishga berilmoqda, suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, suvni boshqarish, uning hisobi va hisobotini zamonaviy texnologiyalar asosida yuritish yoʻlga qoʻyilmoqda, shuningdek, suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlardagi nosoz va yaroqsiz lotokli va boshqa sugʻorish tarmoqlari oʻrniga quvurli sugʻorish tarmogʻi tashkil etilmoqda.
Shu bilan birga, respublikada suv resurslarini boshqarish, uning hisobi va hisobotini yuritish jarayoniga xususiy sektorni jalb qilish darajasi pastligicha qolmoqda.
Suv resurslarini samarali boshqarish, ularning hisobi va hisobotini zamonaviy texnologiyalar asosida yuritish hamda suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqarishga xususiy sektor daromadining bir qismini ajratishda Qashqadaryo viloyati tajribasini keng joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining agroklasterlar hududidagi:
davlat suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish natijalari boʻyicha Suv xoʻjaligi vazirligi va agroklaster oʻrtasida tuziladigan bitim tuzgan holda boshqaruvga berish;
barcha ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini yerning ijara muddatiga mos davrga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan tekin foydalanish huquqi asosida maqsadli foydalanishga berish orqali ularni saqlash, taʼmirlash-tiklash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlarini agroklasterlar mablagʻining bir qismini jalb qilgan holda amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
Agroklasterlarga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yerning ijara muddatiga mos davrga tekin foydalanish huquqi asosida boshqaruvga beriladigan davlat suv xoʻjaligi obyektlarining asosiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Agroklasterlarga yerning ijara muddatiga mos davrga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qaroriga muvofiq tekin foydalanish huquqi asosida maqsadli foydalanish uchun beriladigan ichki sugʻorish hamda kollektor-drenaj tarmoqlarining asosiy koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Agroklasterlarga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yerning ijara muddatiga mos davrga boshqaruvga beriladigan davlat irrigatsiya tizimi kanallarida suv sarfini onlayn monitoring qilish va masofadan boshqarish tizimini joriy qilish prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Davlat suv xoʻjaligi obyektlarini agroklasterlarga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yerning ijara muddatiga mos davrga tekin foydalanish huquqi asosida boshqaruvga berish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Suv xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan davlat suv xoʻjaligi obyektlarini obyektlar kesimida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida agroklasterlar boshqaruviga berish boʻyicha hududiy “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi bilan birgalikda mazkur qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari tegishli qarorlar bilan yerning ijara muddatiga mos davrga tekin foydalanish huquqi asosida maqsadli foydalanish uchun uch oy muddatda agroklasterlarga berilishini taʼminlasin.
5. Belgilansinki:
a) ushbu qaror qabul qilingunga qadar davlat-xususiy sheriklik bitimlari asosida agroklasterlar va boshqa tadbirkorlik subyektlariga boshqaruvga berilgan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotilgan davlat suv xoʻjaligi obyektlari tuzilgan bitim yoki shartnoma shartlari asosida ular tomonidan maqsadli foydalaniladi;
b) agroklasterlar:
ichki suv xoʻjaligi xizmatini tashkil qilgan holda, mazkur qarorga muvofiq davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida berilgan davlat suv xoʻjaligi obyektlarini samarali boshqarish, shuningdek, ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlaridan maqsadli foydalanish, ularni oʻz vaqtida taʼmirlash-tiklash, bosqichma-bosqich rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda texnik soz holatda saqlash, suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, zamonaviy texnologiyalar asosida suvning hisobi va hisobotini yuritish, ajratilgan suv olish limiti doirasida berilgan suvdan oqilona foydalanishni tashkil qiladi;
boshqaruvga berilgan davlat suv xoʻjaligi obyektlariga va maqsadli foydalanish uchun berilgan ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlariga bogʻlangan sugʻoriladigan yer maydonlarida faoliyat yuritayotgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari hamda tomorqa yer egalarini ajratilgan suv olish limiti doirasida suv yetkazib berish, shuningdek, boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnoma va kelishilgan toʻlov asosida suv bilan ishonchli taʼminlaydi;
boshqaruvga berilgan davlat suv xoʻjaligi obyektlari va maqsadli foydalanish uchun berilgan ichki sugʻorish hamda kollektor-drenaj tarmoqlarini oʻz mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlarini Suv xoʻjaligi vazirligining hududiy organlari bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda amalga oshiradi;
boshqaruvga berilgan davlat suv xoʻjaligi obyektlarini va maqsadli foydalanish uchun berilgan ichki sugʻorish hamda kollektor-drenaj tarmoqlarini oʻzboshimchalik bilan buzish, koʻmib tashlash, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish, bosh suv olish joylarini belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
xizmat koʻrsatuvchi suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan har yili 1-oktabrga qadar har bir agroklasterga kelgusi sugʻorish mavsumi uchun ekinlarni oqilona joylashtirish va suv resursining kutilayotgan zaxirasini eʼtiborga olgan holda suv olish limitini ajratadi hamda suv isteʼmoli shartnomalarini rasmiylashtirishni tashkil qiladi;
xizmat koʻrsatuvchi suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan ajratilgan suv olish limitlari doirasida agroklasterlarga shartnoma asosida suv yetkazib berilishini taʼminlaydi.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari agroklasterlarga boshqaruvga berilgan davlat suv xoʻjaligi obyektlarini hamda maqsadli foydalanish uchun berilgan ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini taʼmirlash-tiklash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suvning hisobi va hisobotini zamonaviy texnologiyalar asosida yuritish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish, shuningdek, ichki suv xoʻjaligi xizmatini tashkil qilish uchun agroklasterlar mablagʻlarining bir qismini, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalarini, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarini, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni belgilangan tartibda yoʻnaltirishni tashkil qilsin.
Bunda, agroklasterlar hisobot yilidan oldingi yil sof foydasining 2 foizdan kam boʻlmagan qismini hisobot yilida mazkur bandda sanab oʻtilgan maqsadlarga yoʻnaltirishi tavsiya etilsin.
8. Suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar har bir agroklaster tomonidan ularga boshqaruvga berilgan davlat suv xoʻjaligi obyektlarini va maqsadli foydalanish uchun berilgan ichki sugʻorish hamda kollektor-drenaj tarmoqlarini taʼmirlash-tiklash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suvning hisobi va hisobotini zamonaviy texnologiyalar asosida yuritish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining tasdiqlanishini tashkil qilsin hamda ijrosi yuzasidan tizimli monitoring yuritsin.
9. Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda belgilangan tartibda:
suv toʻgʻrisidagi qonunchilik, shu jumladan, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga qatʼiy rioya etilishi ustidan;
suv isteʼmoli boʻyicha shartnomaviy majburiyatlar ijrosi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-dekabr,
703-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-dekabrdagi 703-son qaroriga 1-ILOVA
Agroklasterlarga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yerning ijara muddatiga mos davrga tekin foydalanish huquqi asosida boshqaruvga beriladigan davlat suv xoʻjaligi obyektlarining
ASOSIY KOʻRSATKICHLARI
T/r Tumanlar nomi Davlat suv xoʻjaligi obyektlari kanallar, km kollektor-drenaj tarmoqlari, km nasos stansiyalari, ta vertikal sugʻorish quduqlari, ta RESPUBLIKA BOʻYICHA JAMI 1 920 19 154 66 108 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Toʻrtkoʻl 313 2. Beruniy 224 3. Ellikqalʼa 160 4. Amudaryo 279 5. Xoʻjayli 150 1 6. Taxiatosh 5 26 7. Shumanay 143 146 8. Qonlikoʻl 72 167 3 9. Qoʻngʻirot 204 146 10. Moʻynoq 40 11. Kegeyli 124 12. Chimboy 248 13. Qoraoʻzak 108 14. Taxtakoʻpir 168 1 Jami 463 2 258 5 Andijon viloyati 1. Andijon 14 44 1 2. Baliqchi 355 3. Buloqboshi 80 4. Boʻston 7 235 5. Jalaquduq 183 6. Izboskan 3 201 7. Ulugʻnor 1 257 8. Oltinkoʻl 200 9. Marhamat 9 203 3 10. Paxtaobod 53 11. Xoʻjaobod 122 12 1 12. Shahrixon 21 184 13. Qoʻrgʻontepa 7 59 Jami 182 2 065 5 Buxoro viloyati 1. Buxoro 255 2. Vobkent 183 122 3. Jondor 382 4. Kogon 260 5. Qorakoʻl 333 6. Qorovulbozor 132 7. Olot 72 68 4 8. Peshku 69 3 9. Romitan 200 10. Shofirkon 289 11. Gʻijduvon 153 125 Jami 407 2 235 7 Jizzax viloyati 1. Sh. Rashidov 45 2. Doʻstlik 7 3. Paxtakor 42 Jami 49 45 Qashqadaryo viloyati 1. Chiroqchi 23 2. Yakkabogʻ 43 3. Gʻuzor 303 4. Kasbi 67 5. Koson 654 6. Qamashi 191 2 7. Qarshi 332 2 8. Muborak 199 9. Mirishkor 208 10. Nishon 387 11. Dehkonobod Jami 2 407 4 Navoiy viloyati 1. Konimex 23 126 2. Navbahor 71 184 3. Xatirchi 201 2 4. Karmana 123 189 5. Kiziltepa 159 374 Jami 376 1 073 2 Namangan viloyati 1. Mingbuloq 497 2. Kosonsoy 4 3. Namangan 249 4. Toʻraqoʻrgʻon 40 1 5. Chust 202 6. Norin 204 7. Uychi 179 2 8. Uchqoʻrgʻon 21 9. Chortoq 61 10. Yangiqoʻrgʻon 10 Jami 1 456 3 10 Samarqand viloyati 1. Jonboy 28 2. Ishtixon 219 5 3. Kattaqoʻrgʻon 149 1 4. Paxtachi 81 5. Payariq 129 6. Pastdargʻom 117 7. Oqdaryo 35 1 8. Nurobod 33 Jami 789 7 Surxondaryo viloyati 1. Angor 13 2. Bandixon 78 3. Jarqoʻrgʻon 65 2 4. Qiziriq 7 5. Qumqoʻrgʻon 27 2 6. Muzrabot 55 1 7. Oltinsoy 2 8. Sariosiyo 5 9. Uzun 27 10. Shoʻrchi 32 1 Jami 309 8 Sirdaryo viloyati 1. Mirzaobod 19 1 2. Sardoba 6 22 3 3. Sirdaryo 26 176 3 4. Sayxunobod 5 195 1 5. Oqoltin 6 6. Boyovut 219 7. Guliston 251 8. Xovos 136 Jami 62 999 8 Toshkent viloyati 1. Boʻka 56 327 3 2. Bekobod 108 144 14 3. Oqqoʻrgʻon 43 46 4. Chinoz 131 5. Oʻrtachirchiq 43 250 6. Piskent 85 7. Yuqorichirchiq 141 Jami 381 993 17 Fargʻona viloyati 1. Beshariq 333 2. Bogʻdod 287 3. Buvayda 133 4. Dangʻara 283 1 5. Yozyovon 268 6. Quva 224 7. Oltiariq 211 8. Qoʻshtepa 217 9. Rishton 178 1 10. Toshloq 115 11. Oʻzbekiston 64 12. Uchkoʻprik 224 13. Fargʻona 36 46 Jami 2 571 2 46 Xorazm viloyati 1. Bogʻot 3 2. Gurlan 250 3. Qoʻshkoʻprik 378 4. Urganch 2 5. Xazorasp 234 6. Honqa 253 7. Shovot 372 8. Yangiariq 165 9. Yangibozor 213 10. Tuproqqalʼa 133 Jami 1 998 5
Izoh. Asosiy koʻrsatkichlarga xatlov natijalari va klasterlar bilan kelishuvlarga asosan aniqlik kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-dekabrdagi 703-son qaroriga 2-ILOVA
Agroklasterlarga yerning ijara muddatiga mos davrga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qaroriga muvofiq tekin foydalanish huquqi asosida maqsadli foydalanish uchun beriladigan ichki sugʻorish hamda kollektor-drenaj tarmoqlarining
ASOSIY KOʻRSATKICHLARI
T/r Ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari sugʻorish tarmogʻi, km kollektor-drenaj tarmogʻi, km 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4 463 16 058 viloyatlar: 2. Andijon 1 140 4 357 3. Buxoro 10 687 4 508 4. Jizzax 917 4 884 5. Qashqadaryo 14 424 5 050 6. Navoiy 2 423 898 7. Namangan 4 386 3 230 8. Samarqand 2 123 2 019 9. Surxondaryo 1 484 5 621 10. Sirdaryo 1 271 5 858 11. Toshkent 5 770 5 571 12. Fargʻona 10 490 9 841 13. Xorazm 798 6 260 JAMI 60 376 74 153
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-dekabrdagi 703-son qaroriga 3-ILOVA
Agroklasterlarga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yerning ijara muddatiga mos davrga boshqaruvga beriladigan davlat irrigatsiya tizimi kanallarida suv sarfini onlayn monitoring qilish va masofadan boshqarish tizimini joriy qilish
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r Tumanlar nomi Kanallar nomi Umumiy uzunligi, km Suv oʻtkazish qobiliyati, m kub/sek Biriktirilgan sugʻoriladigan maydon, ga Oʻrnatiladigan qurilmalar soni, ta RESPUBLIKA BOʻYICHA JAMI 1 903,5 394 253,1 169 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Taxiatosh Keneges 5,0 7,5 419,2 1 2. Tik ozek 15,0 6,0 1 111,0 1 3. Laxali jap 14,6 8,0 2 702,0 4. Jamal jap 4,0 5,0 524,0 5. Musayev 8,4 8,0 935,0 1 6. Maylq ozek jap 3,8 3,0 616,0 1 7. Nuray jap 5,2 2,0 336,0 1 8. Shor jap 11,0 5,0 1 020,0 1 9. Alim jap 2,0 3,0 280,0 1 10. Mamiy jap 7,6 3,0 506,0 1 11. Ak jap 5,0 8,0 1 954,0 1 12. Kindik ozek 7,4 25,0 2 237,0 1 13. Ak jap 3,0 8,0 1 172,0 1 14. Birleshik jap 9,0 3,0 470,0 1 15. Toshkent jap 4,0 4,0 190,0 16. Ulken jap 12,9 4,0 512,0 1 17. Taxiatosh Ulken jap 4,9 4,0 195,0 18. Ulken jap 8,2 4,0 325,0 19. Qonlikoʻl Sheriushi 25,0 8,0 2 900,0 1 20. Qonlikoʻl 17,0 6,0 1 523,0 1 21. Bazarbay 17,0 6,0 1 700,0 2 22. Nurmuxammedov 13,0 7,0 2 346,0 1 23. Qoʻngʻirot Kazak jap 22,5 6,0 3 162,2 1 24. Xan jap 15,6 2,0 237,7 25. RPL Ajiniyaz 10,1 10,0 3 004,0 5 26. Birlik 27,2 15,0 3 854,9 1 27. Jinishke 9,0 15,0 4 991,7 4 28. Alim Abat 18,6 45,0 7 672,0 29. Kokdaryo 9,0 40,0 5 821,7 3 30. Altinkoʻl 11,8 80,0 3 193,9 31. Kindikoʻzak 15,0 35,0 933,1 32. Raushan 43,4 40,0 2 650,0 33. Nasos jap (Ajiniyaz) 1,8 3,5 4 055,7 34. R1a 19,0 15,0 1 916,0 1 35. Chimboy Mayjap 10,0 51,0 6 456,0 2 36. Oʻng mayjap 10,0 10,0 2 024,0 1 37. Gone Kegeyli 6,0 3,0 1 032,0 1 38. Utemurat 6,0 6,5 1 320,0 1 39. Shoxarik 8,0 3,0 830,0 1 Jami 446,0 77 128,1 39 Andijon viloyati 1. Andijon Fayzobod 2,3 10,0 1 600,0 1 2. Qatortol 2,9 1,0 3 647,0 1 3. Koʻk gumbaz 2,8 0,5 2 586,0 1 4. Tojik 3,1 5,0 1 932,0 1 5. Darmonqul 1,5 1,0 770,0 1 6. Kech-kech 1,8 2,0 780,0 1 7. Boʻston Bobur 1,0 3,0 488,0 1 8. Ulugʻbek 5,5 1,5 337,0 1 9. Izboskan Elatan 2,5 0,5 386,0 1 10. Qoʻrgʻontepa Toʻrtkoʻl 2,0 4,0 1 346,0 1 11. Ishkol 1,5 1,5 1 687,0 1 12. Dardoq 2,0 1,0 5 512,0 1 13. Dexqonchek 1,0 2,0 730,0 1 14. Marhamat MK-1 Orzu 2,2 1,5 762,0 1 15. MK Tuyamoʻyin-2 6,4 0,7 452,0 1 16. Ulugʻnor Takalli-1 1,2 1,5 506,0 1 17. Xoʻjaobod Korongʻilik 9,0 2,0 170,0 1 18. Dilkushod 6,0 6,0 580,0 1 19. Robdon 8,8 4,0 270,0 1 20. Ayritom 28,0 2,0 1 150,0 1 21. Simariq 5,4 1,0 300,0 1 22. Kanda 4,8 2,0 120,0 1 23. Baliqchilik 5,8 3,5 550,0 1 24. Bogʻdorchilik 4,5 3,0 450,0 1 25. Orday 6,4 3,0 460,0 1 26. Robdon 1 4,1 1,0 430,0 1 27. Oʻzbekiston (K-1) 4,3 5,0 390,0 1 28. Qurama 1,2 3,0 1 390,0 1 29. Qurama-1 3,5 1,0 720,0 1 30. Qurama-2 5,7 1,0 680,0 1 31. Xoʻjaobod Markaziy 3,4 1,0 150,0 1 32. Xoʻjaobod 3,2 1,0 1 300,0 1 33. Zavroq-1 4,7 3,0 1 050,0 1 34. Zavroq-2 5,4 1,0 90,0 1 35. Qoratayt 5,7 3,0 1 310,0 1 36. Zaurak GES 1,7 2,0 700,0 1 37. Shahrixon Doʻlan 3,3 2,0 1 414,0 1 38. Toʻqay tumor 6,6 0,5 861,0 1 39. Paxta uchun 3,6 0,8 478,0 1 40. Saxovat 3,4 0,2 493,0 1 41. Qalmoq-1 1,1 1,8 323,0 1 42. Maslahat 2,5 1,0 987,0 1 Jami 181,8 40 337,0 42 Buxoro viloyati 1. Vobkent Eski Elach 8,1 6,0 2 307,0 2 2. Komi Charx 8,3 2,0 1 325,0 2 3. Komi aka 8,3 7,0 1 856,0 1 4. Mirsulaymon 7,0 0,7 765,0 1 5. Kukun 8,5 1,5 811,0 6. Roxkent 3,5 2,1 655,0 1 7. Xajivon 5,2 0,5 933,0 2 8. Qipchoq 5,8 0,2 781,0 9. Shirin 12,0 2,0 585,0 1 10. Bekniyozov 4,0 4,5 525,0 1 11. Govuzduvon 4,0 0,4 718,0 1 12. Komi kasaba 20,0 6,0 1 958,0 1 13. Xarmana 9,0 4,5 1 801,0 1 14. Kamzar 13,1 5,0 2 058,0 1 15. Yangi Elach 7,2 5,5 565,0 2 16. Uba 1,2 1,5 89,0 1 17. Xalach 6,6 1,5 554,0 1 18. Vobkent Panob 11,1 3,0 280,0 1 19. Xoʻja 7,0 0,5 958,0 20. Bodomcha 9,0 2,0 853,0 1 21. Farovez 8,6 2,5 1 416,0 1 22. R.Xusenov 10,0 3,0 1 758,0 2 23. Nioʻgon 5,0 2,0 1 219,0 1 24. Olot Taykir-2 13,0 3,5 4 190,0 2 25. Gʻoribek 6,6 2,0 991,0 1 26. Baxt 14,5 5,0 2 116,0 2 27. Quyi Taykir 11,1 8,3 2 275,0 1 28. Sari bozor 7,1 6,5 2 298,0 1 29. Gʻijduvon Dehkonobod 7,8 0,6 4 283,0 1 30. Yangi Sayinkal 2,9 3,2 2 703,0 2 31. Eski Sayinkal 3,4 1,1 1 182,0 2 32. Kesakli 5,0 2,0 1 483,0 1 33. Kalkankut 1 7,4 12,0 1 967,0 2 34. Permast 11,9 6,0 3 404,0 2 35. Sultonobod 5,9 30,0 3 393,0 2 36. Mazragan 10,1 4,5 2 480,0 1 37. Chukurak 1,6 0,8 410,0 1 38. Namatgaron 1,8 0,8 256,0 2 39. Roxaton 1 1,6 0,2 710,0 1 40. Roxaton 2 1,6 0,2 980,0 2 41. Xasakent 2,0 0,2 935,0 1 42. Uba 1,8 1,2 319,0 1 43. Armechan 1,1 1,0 373,0 2 44. Kuchchi 1 16,7 4,0 1 967,0 1 45. Kuchchi 2 15,0 3,0 882,0 1 46. Kalkonrut 2 5,7 9,0 3 303,0 2 47. Kalkonrut 2,7 35,0 812,0 2 48. Shoʻrkoʻl 9,8 3,0 254,0 2 49. Gʻijduvon Gʻijduvon 14,5 7,0 321,0 2 50. Soktari suv kirish 5,0 12,0 563,0 2 51. Soktari suv kirish (S.Ayniy) 7,2 12,0 703,0 1 52. Ishsho 4,6 1,0 460,0 53. Batrak 16,0 5,0 3 508,0 2 54. Gʻijduvon 1-2 9,5 7,0 382,0 1 Jami 407,3 74 673,0 71 Jizzax viloyati 1. Doʻstlik YUR-18 4,8 16,0 11 560,0 2. YUR-18-3 2,5 9,0 3. Mirzachoʻl PR-8 25,9 17,5 13 869,0 2 4. R-2 15,8 10,5 851,0 Jami 49,0 26 280,0 2 Navoiy viloyati 1. Konimex Mavlon 5,0 3,0 290,0 2. Chordara 12,0 5,0 1 780,0 3. Eski rud 6,0 5,0 504,0 4. Navbahor R-1 4,7 2,0 463,0 5. K-3500 5,8 2,0 584,0 6. Naukar 12,3 4,0 645,0 7. Arabsaroy 10,0 5,0 796,0 8. Armijon 6,5 5,0 654,0 9. Dul-dul 4,1 3,0 425,0 10. Naukar toʻydiruvchi 12,3 2,0 530,0 11. 60 KP 10,7 0,5 235,0 12. Beshrabot 5,0 1,0 13. Karmana Chap qirgʻoq 19,2 15,0 3 847,0 14. Tok guzar 5,8 0,5 658,0 15. Xonim 9,2 1,5 1 969,0 16. Kasaba Doʻrmon 14,5 3,0 3 754,0 17. Narpay 9,7 8,0 3 963,0 18. Dash nagornaya 12,9 0,6 1 007,0 19. Xazara 17,5 6,0 2 332,0 20. Navoiy 34,6 15,0 7 529,0 21. Qiziltepa Abamuslim 7,6 15,0 2 234,0 22. Yangi-obod 6,3 1,0 23. Nimkon 2,0 2,0 621,0 24. Oq-soch 2,0 2,0 2 404,0 25. Yangi-ariq 8,8 5,0 2 264,0 26. Xayrobod 1,7 3,0 685,0 27. Zarmitan 6,0 10,0 8 465,0 28. Malikobod 13,9 5,0 531,0 29. Bobodoʻgʻi 3,0 3,0 1 991,0 30. Xoʻjaqoʻrgʻon 2,0 2,0 1 618,0 31. Oʻrtachoʻl 22,5 23,0 5 492,0 32. Qarnab 34,1 10,0 2 202,0 33. MK-2 7,9 3,0 867,0 34. MK-3 12,4 5,0 1 102,0 35. MK-4 5,7 5,0 465,0 36. MK-1 6,3 3,0 324,0 37. 3-8-K 9,4 1,0 230,0 38. Shodiobod 3,0 1,0 324,0 39. Ir-4-1 1,3 0,3 250,0 40. Rassvet 2,8 0,3 291,0 Jami 376,4 64 325,0 Sirdaryo viloyati 1. Sardoba Janubiy tarmoq-13 5,6 2,0 1 548,0 1 2. Sirdaryo Mashkanal 26,3 25,0 7 895,0 1 3. Sayxunobod Oʻng tarmoq-8r-2 5,4 1,7 1 198,1 1 4. Oqoltin Oʻng tarmoq-1-4 6,0 2,0 2 675,0 1 5. Mirzaobod Doʻstlik-3-20a 11,0 1,7 1 399,0 1 6. Doʻstlik-9 5,2 3,8 2 410,0 1 7. Doʻstlik-9-3-1 2,9 1,4 814,0 1 Jami 62,4 17 939,1 7 Toshkent viloyati 1. Boʻka Mixiyenko 2,2 1,0 139,0 2. Oʻng tarmoq 24,0 16,0 8 217,0 3. Kuldan chiqish 2,0 1,0 4. Tinchlik 2,0 3,0 699,0 5. Oxunboboyev 1,0 0,7 489,0 6. Doʻstlik-5 1,8 0,5 350,0 7. Rus ariq 8,0 7,0 5 057,0 8. Koʻk orol-3 (R-6) 7,8 1,5 688,0 9. Gijigen 7,2 20,0 4 068,0 10. Bekobod Bekobod 15,2 7,5 5 920,4 11. Xos-yaz 13,5 13,0 7 920,9 12. Dalvarzin (chap irmoq) 22,4 24,0 11 039,0 13. Dalvarzin (oʻng irmoq) 32,4 14,0 6 778,9 14. Navbahor-1 (R-11) 12,5 5,5 5 573,0 15. Koʻk orol-1 (R-4) 12,0 2,5 1 437,0 16. Oqqoʻrgʻon Qozoq ariq 9,6 550,0 550,0 17. Shoxmalik 10,0 6,0 1 550,0 18. Toʻldi buloq (R-7) 20,0 2,5 592,0 19. Sultonobod 3,0 0,2 160,0 20. Chinoz Jun 10,2 15,0 9 980,7 21. RL-6 (113) 9,2 2,5 1 329,6 22. RL-7 (115) 11,7 1,2 769,3 8 23. RL-8 (121) 4,7 2,5 921,3 24. RL-8 (121)16 4,6 0,8 442,8 25. Karakulduk 30,8 10,0 5 660,3 26. Eski Toshkent 18,5 3,0 1 653,4 27. Chinoz Yallama 4,8 2,0 253,9 28. Chinoz ariq 5,5 2,0 467,8 29. Kustamboy 0,7 0,1 20,0 30. Bel ariq 0,4 2,0 846,2 31. R-27 8,9 2,5 2 539,4 32. R-17 8,9 0,7 215,0 33. Agronom ariq 1,3 0,5 202,0 34. R-26 chap 1,2 0,1 37,0 35. R-28 3,1 0,3 56,0 36. R-29 3,2 0,7 35,0 37. R-14 tashlama 3,1 1,2 346,0 38. Oʻrtachirchiq Qozon oqdi 2,8 2,7 284,0 39. Xon ariq 11,8 4,2 1 092,0 40. A-4 prim 7,3 4,2 2 914,0 41. Angar 10,5 1,0 956,0 42. Oq tepa 6,5 4,0 837,0 43. Ganda 4,3 1,5 484,0 Jami 380,6 93 570,9 8
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-dekabrdagi 703-son qaroriga 4-ILOVA
Davlat suv xoʻjaligi obyektlarini agroklasterlarga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yerning ijara muddatiga mos davrga tekin foydalanish huquqi asosida boshqaruvga berish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddati Moliyalashtirish manbasi Masʼul ijrochilar 1. Agroklasterlarga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yerning ijara muddatiga mos davrga tekin foydalanish huquqi asosida boshqaruvga beriladigan mazkur qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan davlat suv xoʻjaligi obyektlari va ularning texnik holatini xatlovdan oʻtkazish. 1. Har bir tuman boʻyicha ishchi guruh tashkil qilish. 2022-yil 20-dekabr Mablagʻ talab etilmaydi Suv xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari, agroklasterlar 2. Ishchi guruhlar tomonidan klasterlarga boshqaruvga beriladigan davlat suv xoʻjaligi obyektlari va ularning texnik holatini toʻliq xatlovdan oʻtkazish. 2023-yil 20-yanvar 3. Xatlov natijalariga koʻra tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirish. 2023-yil 31-yanvar 2. Agroklasterlarga suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish boʻyicha roʻyxatlarni shakllantirish. 1. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga beriladigan suv xoʻjaligi obyektlarini agroklasterlar kesimida roʻyxatini shakllantirish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2023-yil 5-fevral Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, agroklasterlar 2. Loyihaning dastlabki bosqichida loyiha konsepsiyasi va loyiha baholash hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Loyiha konsepsiyalarini Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqish va tasdiqlash. Jadval boʻyicha Davlat va xususiy sheriklarning mablagʻlari hisobidan 3. Suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqaruvga berish boʻyicha agroklasterlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish hamda natijasi boʻyicha tegishli bitim loyihasini ishlab chiqish. Suv xoʻjaligi vazirligi va agroklasterlar oʻrtasida tuziladigan bitim loyihasini ishlab chiqish. Bitim loyihasini joylarga foydalanish uchun yetkazish. Bunda, davlat suv xoʻjaligi obyektlarini saqlash, taʼmirlash-tiklash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlariga agroklasterlar mablagʻining bir qismini jalb qilishni nazarda tutish. 2022-yil 25-dekabr Mablagʻ talab etilmaydi Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari 4. Suv xoʻjaligi obyektlari boshqaruvini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish. 1. Davlat budjetidan moliyalashtirish talab qilinadigan loyihalarga Moliya vazirligining tegishli xulosasini olish. Belgilangan tartibda Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, agroklasterlar rahbarlari 2. Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan loyihalarni Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan kelishish. 3. Moliya vazirligining tegishli xulosasi olinib, loyiha hujjatlarini Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan kelishilgandan soʻng, agroklasterlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida tender oʻtkazmasdan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi Bitimni imzolash va oʻrnatilgan tartibda reyestrga kiritish. Davlat va xususiy sheriklarning mablagʻlari hisobidan 5. Davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berilgan davlat suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish yuzasidan monitoring yuritish. 1. Xususiy sheriklar bilan imzolangan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish. Yil davomida belgilangan tartibda Mablagʻ talab etilmaydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, agroklasterlar 2. Davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berilgan obyektlardan foydalanish va davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim doirasida amalga oshirilgan ishlarni belgilangan tartibda maqsadli oʻrganish, natijalarini tahlil qilib borish hamda mavjud muammolar yechimi yuzasidan tegishli choralar koʻrish. Jadval boʻyicha
