Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-438-son)
07.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yer hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirish, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Direktorlar kengashi tomonidan “Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun 18 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan 199,96 million AQSH dollari miqdorida kredit ajratish maʼqullanganligi;
Loyihaning umumiy qiymati 247,51 million AQSH dollarini tashkil etishi, shu jumladan Loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi 47,55 million AQSH dollari ekvivalentida, shundan 33,95 million AQSH dollari respublika budjeti hisobidan qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplab berish va bojxona bojidan ozod etish shaklida boʻlishi;
Loyihani amalga oshirishda “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida rasmiylashtirilgan maxsus texnikalar, mexanizmlar va texnologik uskunalar bojxona bojlari va soliq toʻlovlaridan shartli ozod etilishi;
Loyihani amalga oshirish davri 4 yil (2023 — 2027-yillar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Suv xoʻjaligi vazirligi — Loyihani amalga oshirish, kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanish, shuningdek, Loyihaning barcha maqsadli koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish funksiyalari Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yuklanadi;
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kreditini qaytarish, shuningdek, kredit boʻyicha foiz, vositachilik haqi va boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplanadi.
3. “Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida erishiladigan natijalar boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev Andijon (Sh.Q. Abduraxmonov), Namangan (Sh.Sh. Abdurazakov) va Fargʻona (X.X. Bozarov) viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda:
a) mazkur qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarga muvofiq Loyihani amalga oshirish davri yakuniga qadar kamida:
30 ming gektar foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlarining qayta foydalanishga kiritilishini;
57 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlarining suv taʼminoti yaxshilanishini;
4 500 ta tomorqa xoʻjaligi barqaror suv bilan taʼminlanishini;
287 mln kVt/s elektr energiyasi iqtisod qilinishini taʼminlasin;
b) tegishli hududlardan Loyiha doirasida Markazga tekin foydalanish huquqi bilan zarur bino va inshootlar (xonalar) ajratilishini taʼminlasin.
4. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev):
Loyihani amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Markaz tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin;
Loyihani amalga oshirish guruhining har yillik xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar boʻyicha bosh pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlagan holda tender savdolari asosida aniqlasin.
5. Quyidagilar:
“Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
“Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasi uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan jalb etiladigan kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va foizlar toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Andijon (Sh.Q. Abduraxmonov), Namangan (Sh.Sh. Abdurazakov) va Fargʻona (X.X. Bozarov) viloyatlari hokimliklari 2023-yil 1-iyunga qadar oʻz hududida Loyihaning samaradorligini oshirish, qaytadan foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarini ishlatish hamda suv taʼminoti yaxshilanadigan maydonlardan qoʻshimcha daromad olish yoʻnalishlari boʻyicha aniq chora-tadbirlarni qamrab oladigan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga (Sh.M. Gʻaniyev) taqdimot qilsin.
7. Suv xoʻjaligi vazirligi (B. Kamalov) Loyihani amalga oshirish doirasida qarz shartnomasida belgilangan mablagʻ hisobidan mahsulotlar va xizmatlarning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilinishi taʼminlasin.
8. Belgilansinki, Loyiha mablagʻlari bilan bogʻliq bank operatsiyalari tijorat banklarida ochiladigan talab qilib olguncha alohida depozit hisobvaraqlari (ikkilamchi) orqali amalga oshiriladi.
Bunda, mazkur hisobvaraqlar orqali ish haqi, soliq toʻlovlari, shuningdek, Loyiha doirasidagi boshqa xarajatlar qoplanadi. Ushbu hisobvaraqlardan Markazning boshqa loyihalari boʻyicha majburiyatlarni qoplash uchun mablagʻlarni yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Moliya vaziri T.A. Ishmetovga Loyiha doirasida kredit kelishuvini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
10. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi kredit kelishuvi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (N.K. Xolmurodov) Moliya vazirligi (O.R. Isakov) bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarida har bir yil uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, Loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlarni inobatga olsin.
12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) hamda Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) 2023-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda Loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hissasini moliyalashtirish uchun kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
14. Suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan:
Tashqi ishlar vazirligi — Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
Ichki ishlar vazirligi — Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini (muddati uzaytirilishini);
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — belgilangan tartibda Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini taʼminlasin.
15. Quyidagilar:
suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmonov, Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov va Fargʻona viloyati hokimi X.X. Bozarov Loyihani amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni taʼminlashga, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tartib-taomillari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq zarur hisobot va hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishi va taqdim etilishini tashkil etishga;
qurilish vaziri B.I. Zakirov Loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatilishiga;
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.E. Burxanov Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatilishiga shaxsan masʼul va javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-dekabr,
PQ-438-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-438-son qaroriga 1-ILOVA
“Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida erishiladigan natijalar boʻyicha
PROGNOZ KOʻRSATKICHLAR*
T/r Hudud nomi Yangilanadigan nasos agregatlari soni, ta Suv taʼminoti yaxshilanadigan yer maydoni, ming gektar Qaytadan foydalanishga kiritiladigan yer maydoni, ming gektar Suv bilan barqaror taʼminlanadigan tomorqalar soni, ta Yillik iqtisod qilinadigan elektr energiyasi, mln kVt/s Respublika boʻyicha jami 118 57 749 30 172 4 513 287,185 Andijon viloyati 30 13 043 8 989 605 35,151 1. Andijon 6 2 289 893 140 4,582 2. Asaka 5 1 302 736 - 5,231 3. Baliqchi 1 1 283 220 - 0,175 4. Buloqboshi 2 1 087 925 68 1,379 5. Jalaquduq 5 1 492 585 112 1,254 6. Marhamat 7 4 413 2 130 215 20,162 7. Paxtaobod 2 677 1 846 70 1,626 8. Ulugʻnor 2 500 1 654 - 0,742 Namangan viloyati 72 35 153 9 616 1 361 206,272 1. Kosonsoy 13 4 042 1 299 660 11,528 2. Mingbuloq 1 965 235 - 0,623 3. Namangan 5 2 437 86 - 12,103 4. Norin 1 451 99 - 0,252 5. Pop 16 6 142 1 517 - 98,487 6. Toʻraqoʻrgʻon 10 6 177 372 - 18,100 7. Uychi 5 2 272 3 898 - 5,057 8. Chortoq 8 6 031 1 002 246 12,108 9. Chust 5 1 615 237 - 9,637 10. Yangiqoʻrgʻon 8 5 021 871 455 38,377 Fargʻona viloyati 16 9 553 11 567 2 547 45,762 1. Bagʻdod 3 713 667 131 1,582 2. Beshariq 1 942 258 264 1,000 3. Yozyovon 2 997 583 190 0,643 4. Qoʻshtepa 2 1 327 1 223 262 1,428 5. Quva 1 1 141 759 124 12,263 6. Oltiariq 1 499 601 96 0,896 7. Rishton 1 590 510 85 0,683 8. Uchkoʻprik 1 803 1 177 70 0,543 9. Oʻzbekiston 1 1 970 5 030 1 268 23,874 10. Fargʻona 3 571 759 57 2,850
* prognoz koʻrsatkichlar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgandan soʻng oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-438-son qaroriga 2-ILOVA
“Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasining
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY KOʻRSATKICHLARI
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami Moʻljallangan moliyalashtirish manbalari YETTB krediti Davlat budjeti 1. Loyihaning umumiy qiymati* ming AQSH dollari ekvivalentida 247 508,9 199 960,8 47 548,1 2. Kapital qoʻyilmalar qiymati, jami ming AQSH dollari ekvivalentida 247 508,9 199 960,8 47 548,1 shundan: asbob-uskunalar xarid qilish ming AQSH dollari 101 763,5 101 763,5 qurilish-montaj ishlari** ming AQSH dollari 70 725,8 70 725,8 loyihaning ishchi hujjatlarini ishlab chiqish ming AQSH dollari 4 312,2 4 312,2 konsalting xizmatlari ming AQSH dollari 3 852,6 3 852,6 loyihani amalga oshirish guruhi ming AQSH dollari ekvivalentida 1 877,9 1 708,0 169,9 buyurtmachining boshqa xarajatlari ming AQSH dollari ekvivalentida 121,6 121,6 taqsimlanmagan xarajatlar ming AQSH dollari 15 618,9 15 618,9 qoʻshilgan qiymat soligʻi ming AQSH dollari ekvivalentida 28 863,1 28 863,1 bojxona bojlaridan ozod etish*** ming AQSH dollari ekvivalentida 5 088,2 5 088,2 investitsiya davri uchun moliyaviy xarajatlar ming AQSH dollari ekvivalentida 15 285,1 1 979,8 13 305,3 3. Sugʻoriladigan jami maydon, ga 87 921 jumladan: Namangan viloyati ga 45 558 Andijon viloyati ga 21 912 Fargʻona viloyati ga 21 120 4. Loyihaning taxminiy qoplanish muddati yil 8,0 5. Investitsiya davrining davomiyligi oy 60 6. Qarz va boshqa mablagʻlarni qaytarish muddati yil 18 shu jumladan, imtiyozli muddat yil 4
* loyihaning yakuniy qiymati tender savdolari natijalari asosida va kreditning haqiqiy qiymati hamda uni taqdim etish shartlariga muvofiq belgilanadi.
** qurilish-montaj ishlarida agregatlarni montaj qilish, nasos stansiyasi binolarini qurish va taʼmirlash, tashqi tarmoqlarni qayta tiklash, obodonlashtirish ishlari, yordamchi mexanik uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish hamda kutilmagan xarajatlar koʻzda tutilgan;
*** loyihani amalga oshirish jarayonida loyiha tashabbuskori soliqni moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqadi, Moliya vazirligi bilan birgalikda toʻlovlarni belgilangan stavkalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qarori asosida amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-438-son qaroriga 3-ILOVA
“Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish” loyihasi uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan jalb etiladigan kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va foizlar toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Kredit miqdori 199,96 mln AQSH dollari Kreditni qaytarish muddati 18 yil, shundan imtiyozli muddat 4 yil Foiz stavkasi 6 oylik SOFR + CAS oʻzgaruvchan stavkasi + 1,0 foiz Majburiyat uchun toʻlov 0,50 foiz (oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan) Boshlangʻich bir martalik toʻlov 1,0 foiz (umumiy qarz miqdoridan) ming AQSH dollari Toʻlov davri Qarz oʻzlashtirilishi Qarz qoldigʻi Toʻlov miqdori Jami toʻlanadigan summa **** asosiy qarz foizlar* boshlangʻich bir martalik toʻlov** majburiyatlar uchun toʻlov*** 01.03.2023 1 979,81 1 979,81 - - 1 979,81 - 1 979,81 01.07.2023 49 495,25 51 475,1 - - - - - 01.01.2024 - 51 475,1 - 1 012,0 - 374,3 1 386,2 01.07.2024 49 495,25 100 970,3 - 1 001,0 - 370,2 1 371,2 01.01.2025 - 100 970,3 - 1 985,0 - 249,5 2 234,5 01.07.2025 49 495,25 150 465,6 - 1 952,6 - 245,4 2 198,1 01.01.2026 - 150 465,6 - 2 958,0 - 124,8 3 082,8 01.07.2026 49 495,25 199 960,8 - 2 909,8 - 122,7 3 032,5 01.01.2027 - 199 960,8 - 3 931,1 - - 3 931,1 01.07.2027 - 193 065,5 6 895,3 3 867,0 - - 10 762,3 01.01.2028 - 186 170,2 6 895,3 3 795,5 - - 10 690,8 01.07.2028 - 179 274,9 6 895,3 3 620,2 - - 10 515,5 01.01.2029 - 172 379,6 6 895,3 3 524,1 - - 10 419,4 01.07.2029 - 165 484,3 6 895,3 3 333,6 - - 10 228,9 01.01.2030 - 158 589,0 6 895,3 3 253,3 - - 10 148,6 01.07.2030 - 151 693,7 6 895,3 3 066,9 - - 9 962,2 01.01.2031 - 144 798,4 6 895,3 2 982,2 - - 9 877,5 01.07.2031 - 137 903,1 6 895,3 2 800,2 - - 9 695,5 01.01.2032 - 131 007,8 6 895,3 2 711,1 - - 9 606,4 01.07.2032 - 124 112,5 6 895,3 2 547,5 - - 9 442,8 01.01.2033 - 117 217,2 6 895,3 2 439,9 - - 9 335,2 01.07.2033 - 110 321,9 6 895,3 2 266,8 - - 9 162,1 01.01.2034 - 103 426,6 6 895,3 2 168,8 - - 9 064,1 01.07.2034 - 96 531,3 6 895,3 2 000,1 - - 8 895,4 01.01.2035 - 89 636,0 6 895,3 1 897,7 - - 8 793,0 01.07.2035 - 82 740,7 6 895,3 1 733,4 - - 8 628,7 01.01.2036 - 75 845,4 6 895,3 1 626,6 - - 8 521,9 01.07.2036 - 68 950,1 6 895,3 1 474,9 - - 8 370,2 01.01.2037 - 62 054,8 6 895,3 1 355,5 - - 8 250,8 01.07.2037 - 55 159,5 6 895,3 1 200,1 - - 8 095,4 01.01.2038 - 48 264,2 6 895,3 1 084,4 - - 7 979,7 01.07.2038 - 41 368,9 6 895,3 933,4 - - 7 828,7 01.01.2039 - 34 473,6 6 895,3 813,3 - - 7 708,6 01.07.2039 - 27 578,3 6 895,3 666,7 - - 7 562,0 01.01.2040 - 20 683,0 6 895,3 542,2 - - 7 437,5 01.07.2040 - 13 787,7 6 895,3 402,2 - - 7 297,5 01.01.2041 - 6 892,4 6 895,3 271,1 - - 7 166,4 01.07.2041 - - 6 892,4 133,3 - - 7 025,7 Jami 199 960,8 - 199 960,8 74 261,5 1 979,8 1 486,9 277 689,0
* kredit boʻyicha foizlarni hisoblab chiqishda 6 oylik SOFR (2,48978 foiz) + CAS (0,41 foiz) oʻzgaruvchan foiz stavkasi 2,89978 foizga teng deb hisoblangan.
** boshlangʻich bir martalik toʻlov kredit hisobidan toʻlanadi.
*** majburiyat uchun toʻlov kredit bitimi imzolangandan soʻng 60 kundan keyin hisoblanadi.
**** toʻlov summasi kreditning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
