“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-808-son)
06.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 11-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2022-yil 19-noyabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 5-moddaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13) chet el tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilganlik uchun”;
2) 11-modda 5-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“banklardagi omonatlar, shaxsiy va mulkiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta summalari, davlat zayom obligatsiyalari, ish haqi summalari, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari uchun”;
3) 16-moddaning:
toʻrtinchi qismi “davlat organlari va tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “shuningdek xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi qismi “davlat organlari va tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “shuningdek xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) ilovaning:
4-bandi:
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ a) koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun agar koʻchmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashgan boʻlsa — BHMning 1 baravari agar koʻchmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan boʻlsa — BHMning 50 foizi Izoh. Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning er�ga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga koʻchmas mol-mulkni oʻtkazish bilan bogʻliq shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. ”;
“g”, “d” va “e” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“z” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o” va “p” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“f” kichik bandining izohi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summalarini undirish toʻgʻrisidagi ijro varaqalarini berganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi”;
18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-dekabr,
OʻRQ-808-son
