Toshkent viloyatida qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-435-son)
01.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmonining Toshkent viloyatida ijrosini taʼminlash va qulay agrobiznes muhitini yaratish maqsadida:
1. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan yangi tartib asosida Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridagi mavjud muammo va imkoniyatlar chuqur oʻrganilgan holda, hududlar kesimida muhim loyihalar shakllantirilganligi va mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Toshkent viloyatida qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, zamonaviy intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish hamda intensiv sabzavotchilikni yoʻlga qoʻyish orqali hosildorlikni oshirish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro faol hamkorlik qilish hamda sohaga bosqichma-bosqich innovatsion yechimlar (nou-xau) joriy etish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ichki bozor talabini qondirish hamda ularni eksport qilish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish va urugʻchiligini tashkil etishda ilgʻor ilm-fan yutuqlarini qoʻllash.
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining:
1-ilovaga muvofiq 2022-2023-yillarda Toshkent viloyati tumanlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish;
Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaligining 20 ming gektar yaylov yerlarini tuman zaxirasiga qaytarish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
5. Toshkent viloyatida 2028-yil 1-yanvarga qadar qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan hamda yangidan oʻzlashtirishga moʻljallangan yer maydonlaridan qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun foydalanishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etilsin:
a) yer uchastkalariga ijara huquqini berish boʻyicha “E-AUKSION” savdo platformasida ochiq elektron tanlovlarini oʻtkazish muddati 7 kun etib belgilanadi, bunda bitta talabgor ishtirok etganda ham gʻolib deb eʼtirof etiladi;
b) yer uchastkalari koʻp tarmoqli yoʻnalishda ochiq tanlovlarga chiqariladi hamda yerdan foydalanuvchiga ixtisosligini ixtiyoriy belgilash (oʻzgartirish) huquqi beriladi. Bunda, yerdan foydalanuvchi ijaraga beruvchini rasmiy ravishda xabardor qiladi;
v) yer osti suvlaridan foydalanish boʻyicha gidrogeologik xulosalar toʻlovlarsiz taqdim etiladi.
6. Toshkent viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, tumanlar hokimliklari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda oʻzlashtiriladigan yangi yer uchastkalarini ijaraga berish uchun ularning qisqa muddatlarda ochiq elektron tanlovga chiqarilishini taʼminlasin.
7. Quyidagilar:
Toshkent viloyati tumanlarida 2022 — 2025-yillarda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Toshkent viloyati tumanlarida 2023-yilda intensiv usulda sabzavot ekinlarini ekish va mahsulot yetishtirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) ikki hafta muddatda 2023 — 2025-yillarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq, Toshkent viloyatida qishloq xoʻjaligi yerlarini foydalanishga kiritish va oʻzlashtirish uchun sugʻorish infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligiga mablagʻ ajratish yuzasidan taklif kiritsin.
9. Bosh vazir oʻrinbosari Sh. Gʻaniyev Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Norqobilov) bilan birgalikda Toshkent viloyati tumanlarida 2022-2023-yillarda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
10. Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov) bilan birgalikda Toshkent viloyatida 2023-yilda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatini tasdiqlasin.
11. Toshkent viloyati tumanlarida qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish boʻyicha Respublika ishchi guruhi tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Respublika ishchi guruhi) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Respublika ishchi guruhi (I. Abduraxmonov):
a) mazkur qarorda belgilangan topshiriqlarning samarali va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlasin hamda natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga har chorakda maʼlumot kiritib borsin;
b) ixtisoslashtirilayotgan hududlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlariga qarab plantatsiya shaklida eksportbop ekin turlarini joylashtirish va yetishtiriladigan mahsulot hajmlarini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilasin hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilishni tashkil etsin;
v) Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (N. Abdullayev) bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan davlat-xususiy sheriklik asosida agrologistika markazlarini tashkil etish, jumladan saralash va qadoqlash uskunalarini va yuk avtomashinalarini xarid qilishni oʻz ichiga olgan loyihalarning manzilli dasturini tasdiqlasin va har chorakda uning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga batafsil maʼlumot kiritib borsin.
13. Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov) bilan birgalikda bir oy muddatda Ohangaron tumanidagi tabiiy oʻrmonzorlar mavjud boʻlgan yer maydonlarini Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi balansiga oʻtkazish boʻyicha taklif kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
15. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mazmun-mohiyatini atroflicha yoritib borsin.
16. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Toshkent viloyati hokimi Z.T. Mirzayev va qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov belgilansin.
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-dekabr,
PQ-435-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi PQ-435-son qaroriga 1-ILOVA
2022-2023-yillarda Toshkent viloyati tumanlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish
T/r Tumanlar nomi Hozirgi holat 2022-2023-yillarda ixtisoslashtirish rejasi Ixtisoslashtirilgandan soʻng hudud soni maydoni, gektar hudud soni yoʻnalishi maydoni, gektar foiz, % maydoni, gektar farq, +/- 1. Bekobod 16 4 105 16 Sholichilik 2 384 112 4 608 503 Uzumchilik 829 Sabzavotchilik 1 395 Jami 4 608 2. Boʻka 22 2 264 15 Chorvachilik 1595 103 2 343 79 Bogʻdorchilik-uzumchilik 256 Dukkakli ekinlar 492 Jami 2 343 3. Piskent 11 1 840 11 Uzumchilik 1100 141 2 591 751 Sabzavotchilik 680 Kartoshkachilik 811 Jami 2 591 4. Yuqori Chirchiq 12 7 198 2 Bogʻdorchilik 78 107 7 704 506 Sabzavotchilik 3 132 Chorvachilik 4 494 Jami 7 704 5. Parkent 11 11 968 11 Uzumchilik 1 500 26 14 102 2 134 Sabzavotchilik 743 Kartoshkachilik 859 Jami 3 102 6. Oʻrta Chirchiq 17 2 292 15 Bogʻdorchilik-uzumchilik 85 142 3 262 970 Sabzavotchilik 2 142 Sholichilik 1 035 Jami 3 262 7. Oqqoʻrgʻon 13 2304 13 Dukkakli ekinlar 550 100 2 309 5 Chorvachilik 1 221 Sabzavotchilik 538 Jami 2 309 8. Toshkent 14 3 023 11 Bogʻdorchilik-uzumchilik 800 153 4 640 1 617 Sabzavotchilik 2 360 Kartoshkachilik 1 480 Jami 4 640 9. Quyi Chirchiq 15 9 675 15 Baliqchilik 4 000 129 12 500 2 825 Chorvachilik 5 000 Sholichilik 3 500 Jami 12 500 10. Yangiyoʻl 21 4 470 13 Kartoshkachilik 1 565 106 4 735 265 Sabzavotchilik 2 980 Bogʻdorchilik 190 Jami 4 735 11. Chinoz 14 1 924 14 Polizchilik 145 108 2 078 154 Sabzavotchilik 1194 Kartoshkachilik 739 Jami 2 078 12. Zangiota 11 2 639 11 Bogʻdorchilik-uzumchilik 1 084 143 3 775 1 136 Sabzavotchilik 1 924 Kartoshkachilik 767 Jami 3 775 13. Boʻstonliq 16 1 629 16 Bogʻdorchilik-sabzavotchilik 861 182 2 964 1 335 Sabzavotchilik 850 Kartoshkachilik 1 253 Jami 2 964 14. Ohangaron 10 10 630 10 Chorvachilik 11 184 145 15 445 4 815 Moyli ekinlar 2 000 Sabzavotchilik 2 261 Jami 15 445 15. Qibray 14 7 757 14 Uzumchilik 2 000 131 10 190 2 433 Sabzavotchilik 3 003 Kartoshkachilik 923 Chorvachilik 4264 Jami 10 190 Viloyat boʻyicha jami 217 73718 187 82 246 93 246 19 528
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi PQ-435-son qaroriga 2-ILOVA
Toshkent viloyati tumanlarida 2022 — 2025-yillarda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiMoliyaviy manbalariIjro muddatiMasʼullarI.Bekobod tumani1.Tumanning Oybek, Navbahor, Doʻstlik va Bekobod hududlarini suv bilan taʼminlash uchun R-12, R-9, R-4i kanallarining 16 km qismini beton qoplama bilan qoplash hamda 51 ta tik quduq qazish, 25 km elektr energiyasi tarmogʻini tortish.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Respublika budjeti mablagʻlari2022-yil dekabrSuv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev),Energetika vazirligi(Sh. Xodjayev)Toshkent viloyat hokimligi(Z. Mirzayev)2. Qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratish.2023-yil mart3. Qurilish ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil mart4. Qurilish ishlarini yakunlash va obyektlarni foydalanishga topshirish.2023-yil dekabr2.Tumandagi hosildorligi past boʻlgan tomorqalarda, xususan 300 ta xonadonda 5 sotixdan yengil konstruksiyali issiqxona qurish.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari2022-yil dekabrOʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari Kengashi(A. Xaitov),Toshkent viloyat hokimligi(Z. Mirzayev)2. Qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun mablagʻ ajratish.2023-yil yanvar3. Qurilish ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil fevral4. Qurilish ishlarini yakunlash va obyektlarni foydalanishga topshirish.2023-yil iyunII.Boʻka tumani3.Boʻka tumanining Boʻston hududidan oqib oʻtuvchi “Chillisoy” oqova suv tarmogʻiga nasoslar oʻrnatish va 25 km suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Respublika budjeti mablagʻlari2022-yil dekabrSuv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev),Toshkent viloyat hokimligi(Z. Mirzayev)2. Qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratish.2023-yil mart3. Qurilish ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil mart4. Qurilish ishlarini yakunlash va obyektlarni foydalanishga topshirish.2023-yil dekabr4.Sirdaryo daryosidan Boʻka nasos stansiyasiga suv oluvchi kanalni rekonstruksiya qilish. 1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Respublika budjeti mablagʻlari2022-yil dekabrSuv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev),Toshkent viloyat hokimligi(Z. Mirzayev)2. Qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratish.2023-yil mart3. Qurilish ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil mart4. Qurilish ishlarini tugatish va obyektni foydalanishga topshirish.2023-yil dekabr5.Boʻston hududidan oʻtuvchi “Oʻris ariq” kanaliga qoʻshimcha suv tashlash uchun chegara kollektoriga nasos oʻrnatish.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Respublika budjeti mablagʻlari2022-yil dekabrSuv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev),Toshkent viloyat hokimligi(Z. Mirzayev)2. Nasos oʻrnatish uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratish.2023-yil mart3. Nasos oʻrnatish ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil mart4. Nasos oʻrnatish va foydalanishga topshirish.2023-yil dekabr6.Tumandagi 94 ta xonadonga jami 3 ta artezian qudugʻini qazish orqali ushbu hududlar suv taʼminotini yaxshilash.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari2022-yil dekabrOʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi(A. Xaitov),Suv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev),Toshkent viloyat hokimligi(Z. Mirzayev)2. Artezian quduqlarini qazish ishlarini moliyalashtirish uchun mablagʻ ajratish.2023-yil yanvar3. Artezian quduqlarini qazish ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil fevral4. Artezian quduqlarini qazish va foydalanishga topshirish.2023-yil iyunIII.Boʻstonliq tumani7.Boʻstonliq kanalining Yenbek hududidagi 7-sonli dyukerni taʼmirlash loyihasini tayyorlash.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Respublika budjeti mablagʻlari2022-yil dekabrSuv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev),Toshkent viloyati hokimligi(Z. Mirzayev)2. Taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratish.2023-yil mart3. Taʼmirlash ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil mart4. Taʼmirlash ishlarini yakunlash va obyektni foydalanishga topshirish.2023-yil dekabr8.Tumandagi fermer va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari foydalanuvida boʻlgan 0,1 — 1,0 gektargacha boʻlgan yer maydonlarida baliqxona, issiqxona binolarini qurish.1. Yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish.Tashabbuskorlar mablagʻlari2022-yil dekabrToshkent viloyati hokimligi(Z. Mirzayev),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(A. Voitov)Qurilish vazirligi(B. Zakirov)2. Tashabbuskorlarni aniqlash va loyihalarni shakllantirish.2023-yil yanvar3. Hukumat komissiyasiga yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha taklif kiritish.2023-yil fevral4. Loyihani ishga tushirish.2023-yil iyunIV.Zangiota tumani9.Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Zangiota tuman boʻlimiga tegishli 0,5 gektar yer maydonda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan yangi oʻsimliklar klinikasini tashkil etish.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Tashabbuskorlar mablagʻlari2022-yil dekabrOʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi(I. Ergashev)2. Qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun mablagʻ ajratish.2023-yil yanvar3. Qurilish ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil fevral4. Qurilish ishlarini yakunlash va obyektni foydalanishga topshirish.2023-yil iyunV.Oqqoʻrgʻon tumani10.“Sultonobod” MFYda joylashgan “Agroservis operator” DUKga qarashli jami 106 gektar yer maydonining 80 gektarida bogʻ barpo etish va 26 gektarida intensiv usulda sabzavot yetishtirishni yoʻlga qoʻyish.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Tashabbuskor mablagʻlari va Jahon bankining kredit mablagʻlari2022-yil dekabrQishloq xoʻjaligi vazirligi(A. Voitov),Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi(X. Karimov),Toshkent viloyat hokimligi(Z. Mirzayev)2. Bogʻ barpo etish va sabzavot yetishtirishni moliyalashtirish uchun mablagʻ ajratish.2023-yil yanvar3. Bogʻ barpo etish va sabzavot yetishtirish ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida amalga oshirish.2023-yil iyunVI.Ohangaron tumani12.Tumanda yashil hududlarni kengaytirish va chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida qashqarbeda oʻsimligini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish.1. Qashqarbeda oʻsimligini ekishga moʻljallangan tajriba yer maydonlarini tanlab olish.Mablagʻ talab etilmaydi2023-yil aprelInnovatsion rivojlanish vazirligi(I. Abduraxmanov),Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi(B. Norqobilov),Davlat ekologiya qoʻmitasi(J. Kazbekov),Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi(A. Mamatqulov),Toshkent viloyati hokimligi(Z. Mirzayev)2. Qashqarbeda oʻsimligi urugʻchiligini tashkil etish maqsadida tanlangan tajriba yer maydonlariga ekish.2023-yil noyabr3. Qashqarbeda oʻsimligi hosilini yigʻishtirish va urugʻini tayyorlash.2024-yil iyun4. Qashqarbeda oʻsimligining 6,2 tonna elita urugʻini tayyorlash.2024-yil dekabrVII.Parkent tumani13.Super elita kartoshka urugʻligi yetishtirishni yoʻlga qoʻyish uchun mablagʻ ajratish.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Tashabbuskorlar mablagʻlari va bank krediti2023-yil yanvarToshkent viloyat hokimligi(Z. Mirzayev),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(A. Voitov)2. Kartoshka urugʻligi yetishtirishni moliyalashtirish uchun mablagʻ ajratish.2023-yil fevral3. Kartoshka urugʻlarini yetishtirish.2023-yil noyabrVIII.Piskent tumani14.“Oʻzbekiston” hududidagi yerlarning iqlim sharoitini hisobga olib, hududni uzumchilikka ixtisoslashtirish hamda 520 gektar zamonaviy tokzor barpo etish.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Tashabbuskorlar mablagʻlari va bank krediti2022-yil dekabrToshkent viloyati hokimligi(Z. Mirzayev),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(M. Roʻzmetov),Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi(R. Boboyev)2. Tokzor barpo etishni moliyalashtirish uchun mablagʻ ajratish.2023-yil yanvar3. Tokzor barpo etish ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda “tayyor holda topshirish” sharti asosida amalga oshirish.2023-yil iyunIX.Chinoz tumani15.Tumanda joylashgan xoʻjaliklararo Karakuldyuk kanalining PK 157+00 qismidagi suv toʻsuvchi inshootni taʼmirlash.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Respublika budjeti mablagʻlari2022-yil dekabrToshkent viloyati hokimligi(Z. Mirzayev),Suv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(A. Voitov)2. Taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratish.2023-yil mart3. Taʼmirlash ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil mart4. Taʼmirlash ishlarini yakunlash va obyektni foydalanishga topshirish.2023-yil dekabr16.Tumanning “Kanalobod” MFYdagi 300 gektar maydonga Boʻzsuv kanalidan nasos agregatlari yordamida 3,1 km masofaga quvur tortib, suv chiqarish. 1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Respublika budjeti mablagʻlari2022-yil dekabrToshkent viloyati hokimligi(Z. Mirzayev),Suv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(A. Voitov)2. Quvur tortish ishlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratish.2023-yil mart3. Quvur tortish ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil mart4. Quvur tortish ishlarini yakunlash va suv chiqarish.2023-yil dekabr17.Tumanning “Kanalobod” MFY hududidagi 2 384 ta aholi xonadoni tomorqalari uchun 66 gektar maydonga suv yetkazib berish.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari2022-yil dekabrOʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi(A. Xaitov),Suv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev),Toshkent viloyat hokimligi(Z. Mirzayev)2. Suv yetkazib berishni moliyalashtirish uchun mablagʻ ajratish.2023-yil yanvar3. Suv yetkazib berish ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil fevral4. 2 384 ta aholi xonadoni tomorqalari suv yetkazib berish.2023-yil iyunX.Yuqori Chirchiq tumani19.Yuqori Chirchiq tumani Jambul, Sohibkor va Olgʻa hududlaridagi 42,5 km suv tarmogʻini taʼmirlash.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Respublika budjeti mablagʻlari2022-yil dekabrSuv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev),Toshkent viloyati hokimligi(Z. Mirzayev)2. Suv tarmogʻini taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratish.2023-yil mart3. Suv tarmogʻini taʼmirlash ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil mart4. Suv tarmogʻini taʼmirlash ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish.2023-yil dekabrXI.Yangiyoʻl tumani20.Tumanning “Ozod” hududidan oʻtuvchi kanaldagi toʻgʻon (shlyuz)ni taʼmirlash.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Respublika budjeti mablagʻlari2022-yil dekabrToshkent viloyati hokimligi(Z. Mirzayev),Suv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev)2. Taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratish.2023-yil mart3. Taʼmirlash ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil mart4. Taʼmirlash ishlarini yakunlash va obyektni foydalanishga topshirish.2023-yil dekabrXII.Oʻrta Chirchiq tumani21.Ohangaron tumani “Galaquduq” 35/10 kVt nasos stansiyasiga chiquvchi “Galaquduq” FIDR 10 kVt kuchlanishli 18-quticha moslamalarini yangilash.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Respublika budjeti mablagʻlari2022-yil dekabrEnergetika vazirligi(Sh. Xodjayev),Suv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev),Toshkent viloyati hokimligi(Z. Mirzayev)2. Qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratish.2023-yil mart3. Qurilish ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil mart4. Qurilishni tugatish va foydalanishga topshirish.2023-yil dekabrXIII.Qibray tumani22.“Yan-Ariq” tumanlararo kanalining yangi oʻzanini qurish va PK 11+80 dan PK 32+00 gacha boʻlgan 2,02 km qismini rekonstruksiya qilish.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Respublika budjeti mablagʻlari2022-yil dekabrMoliya vazirligi(T. Ishmetov),Suv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(A. Voitov),Toshkent viloyati hokimligi(Z. Mirzayev)2. Rekonstruksiya ishlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratish.2023-yil mart3. Rekonstruksiya ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil mart4. Rekonstruksiya ishlarini yakunlash va obyektni foydalanishga topshirish.2023-yil dekabr23.Tumandagi “Ivish” xoʻjaliklararo kanalining PK 108+50da joylashgan 42 metr uzunlikdagi akvedukni rekonstruksiya qilish.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Respublika budjeti mablagʻlari2022-yil dekabrMoliya vazirligi(T. Ishmetov),Suv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(A. Voitov),Toshkent viloyati hokimligi(Z. Mirzayev)2. Rekonstruksiya ishlarini moliyalashtirish uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratish.2023-yil mart3. Rekonstruksiya ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil mart4. Rekonstruksiya ishlarini yakunlash va obyektni foydalanishga topshirish.2023-yil dekabr24.Tumandagi TashGRES nasos stansiyasining nasos agregatlarini modernizatsiya qilish.1. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.Respublika budjeti mablagʻlari2022-yil dekabrMoliya vazirligi(T. Ishmetov),Suv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(A. Voitov),Toshkent viloyati hokimligi(Z. Mirzayev)2. Modernizatsiya ishlari uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratish.2023-yil mart3. Modernizatsiya ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tashkilotni tanlash.2023-yil mart4. Modernizatsiya ishlarini yakunlash va obyektni foydalanishga topshirish.2023-yil dekabrXIV.Quyi Chirchiq tumani25.Chirchiq daryosining tuman hududidan oʻtgan qismidagi daryo oʻzani va foydalanishdagi yerlar atrofida boʻsh turgan 120 gektar, Ohangaron daryosi qirgʻogʻidagi 90 gektar yer maydonlarini oʻrganib, belgilangan tartibda tadbirkorlik obyektlari tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish.1. Yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish.Tashabbuskor mablagʻlari2022-yil dekabrFavqulodda vaziyatlar vazirligi(A. Qoʻldoshev),Suv xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xamrayev),Toshkent viloyati hokimligi(Z. Mirzayev)2. Tashabbuskorlarni aniqlash va loyihalarni shakllantirish.2023-yil mart3. Hukumat komissiyasiga yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha taklif kiritish.2023-yil aprel4. Loyihani ishga tushirish.2023-yil iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi PQ-435-son qaroriga 3-ILOVA
Toshkent viloyati tumanlarida 2023-yilda intensiv usulda sabzavot ekinlarini ekish va mahsulot yetishtirish boʻyicha
PROGNOZ KOʻRSATKICHLAR
T/r Tumanlar nomi Shundan 2023-yilda intensiv sabzavotchilik tashkil etiladigan maydon, gektar Intensiv sabzavotchilikni tashkil qiluvchi subyektlar Talab etiladigan jami mablagʻ, mln soʻm Shundan Yaratiladigan ish oʻrni fermer xoʻjaliklari klaster korxonalari oʻz mablagʻi, mln soʻm bank krediti, mln soʻm 1. Oqqoʻrgʻon 130 130 6 829 2 049 4 780 391 2. Ohangaron 302 232 70 15 497 4 649 10 848 907 3. Bekobod 530 280 250 30 505 9 152 21 354 1 591 4. Boʻstonliq 162 82 80 9 242 2 773 6 469 486 5. Boʻka 251 101 150 15 206 4 562 10 644 753 6. Quyi Chirchiq 156 26 130 8 829 2 649 6 180 467 7. Zangiota 380 260 120 21 499 6 450 15 050 1 140 8. Toshkent 361 181 180 20 969 6 291 14 678 1 083 9. Yuqori Chirchiq 289 289 16 528 4 959 11 570 868 10. Qibray 497 400 97 27 303 8 191 19 112 1 491 11. Parkent 172 172 9 578 2 873 6 704 515 12. Piskent 198 198 10 595 3 179 7 417 594 13. Oʻrta Chirchiq 449 300 149 24 603 7 381 17 222 1 346 14. Chinoz 225 225 12 398 3 720 8 679 675 15. Yangiyoʻl 614 314 300 33 892 10 167 23 724 1 842 Jami: 4 716 3 190 1 526 263 474 79 042 184 432 14 149
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi PQ-435-son qaroriga 4-ILOVA
Toshkent viloyati tumanlarida qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish boʻyicha Respublika ishchi guruhi
TARKIBI
1.I. Abduraxmonov—qishloq xoʻjaligi vaziri, Ishchi guruh rahbari2.R. Qarshiyev—suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari3.A.Toʻrayev—qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari4.Sh. Mirzayev—qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari5.M. Ruzmetov—qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari6.A. Kamalov—Markaziy bank boshqaruvi raisining oʻrinbosari7.A. Xaydarov—moliya vaziri oʻrinbosari8.B. Rahimov—investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari9.A. Mamatkarimov—Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari10.Sh. Jabborov—Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari11.J. Kazbekov—Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari12.T. Sattorov—Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining oʻrinbosari13.I. Ergashev—Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori15.A. Miraliyev—Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining oʻrinbosari16.N. Abdullayev—Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori v.b.17.X. Niyozov—Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi PQ-435-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6198-son Farmoniga 1-ilovaning 23-pozitsiyasida:
a) “Amalga oshirish mexanizmi” ustunining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) “Bajarish muddatlari” ustunidagi “2022-yil 1-noyabr” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4803-son qaroriga 2a-ilovaning “IV. Agrologistika komplekslarini tashkil etish” boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-373-son qaroriga 1.11-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qaroriga 1.11-ILOVA
Toshkent viloyati tumanlarida fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
T/r Tumanlar nomi Jami yer maydoni, gektar shundan, 2022-2023-yillarda 2022-yilda 2023-yilda 1. Bekobod 1942 892 1050 2. Boʻka 1796 716 1080 3. Boʻstonliq 520 320 200 4. Zangiota 446 246 200 5. Ohangaron 1176 676 500 6. Oqqoʻrgʻon 1237 387 850 7. Parkent 778 578 200 8. Piskent 1210 490 720 9. Toshkent 378 228 150 10. Chinoz 1349 499 850 11. Yuqori Chirchiq 870 320 550 12. Yangiyoʻl 1235 535 700 13. Oʻrta Chirchiq 1386 486 900 14. Qibray 653 445 208 15. Quyi Chirchiq 1570 640 930 Jami 16 546 7 458 9 088 ”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-oktabrdagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bosh Vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi korxonalarning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga 2 yil muddatga, shu jumladan 12 oylik imtiyozli davr bilan 10 million AQSH dollari miqdorida yillik 2 foiz stavkada mablagʻ ajratsin”.
