7 -modda. Maxsus ahamiyatga molik geodeziya va kartografiya ishlari
Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida (417-I-son) · Sana: 25.04.1997 · Amalda
Quyidagilar maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiya ishlari jumlasiga kiradi:
shaharlar, aholi punktlarining, turli obyektlar kurilish uchastkalarining bosh rejalarini, yer osti tarmoqlari va inshootlari loyihalarini tuzish, binolar va inshootlarni qurilish uchastkalariga bogʻlash, shuningdek boshqa maxsus ishlarni bajarish uchun moʻljallangan topografik rejalarni yaratish va ularni yangilab turish;
maxsus ahamiyatga molik geografik axborot tizimlarini yaratish va ularni boshqarish;
maxsus ahamiyatga molik tematik xaritalar va atlaslar nashr qilish;
muhandislik qidiruv ishlari, turli inshootlarni qurish va ulardan foydalanish, yer uchastkalarining chegaralarini ajratish, kadastrlarni yuritish va boshqa qidiruv ishlari chogʻida geodeziya, topografiya ishlari, aero suratga olish va boshqa maxsus ishlarni bajarish.
