“Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (186-son)
31.10.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining
BuyruGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 9-noyabrda hisobga olindi, hisob raqami 117]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-oktabr,
186-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining raisi B. ISLOMOV
2022-yil 28-oktabr
Suv xoʻjaligi vaziri S. XAMRAYEV
2022-yil 26-oktabr
Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi N. ERNAZAROV
2022-yil 19-sentabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2022-yil 21-sentabr
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi N. OBLOMURADOV
2022-yil 17-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2022-yil 31-oktabrdagi 186-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) sunʼiy suv havzalari (bundan buyon matnda suv havzalari deb yuritiladi), suyuq chiqindi toʻplagich hovuzlar (sanoat chiqindi suvlarini toʻplagich hovuzlari, biologik chiqindilarni toʻplagich hovuzlari, yomgʻir suvlarini toʻplagich hovuzlari, tindirgich hovuzlar, bugʻlanish hovuzlari), qattiq chiqindi toʻplagich hovuzlar (issiqlik elektr stansiyalarining kulini toʻplagich hovuzlari, shlam yigʻuvchi toʻplagich hovuzlar, goʻng toʻplagich hovuzlar, shahar chiqindi tashlash joylari) (bundan buyon matnda chiqindi toʻplagich hovuzlar deb yuritiladi) uchun filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalarni loyihalash va qurish tartibini belgilaydi.
1-bob. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 2.06.05-21 Grunt materiallaridan toʻgʻonlar;
GOST 10354-82 — Polietilen plyonka. Texnik shartlar;
GOST 20477-86 — Yopishqoq qatlamli polietilen tasma. Texnik shartlar;
GOST 10923-93 — Ruberoid. Texnik shartlar;
OʻzDSt 2777: 2013 — Penopoliuretan. Texnik shartlar;
GOST 892-89 — Qogʻoz kalka. Texnik shartlar. N 1 oʻzgarish bilan;
GOST 7338-90 — Rezina va rezina-mato plastinalar. Texnik shartlar;
GOST 6467-79 — Aylana va toʻrtburchak kesimli rezina shnurlar. Texnik shartlar;
GOST 15836-79 — Bitum-rezinali izolyatsion mastika. Texnik shartlar;
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Mazkur SHNQ da quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
polietilen plyonka — polietilendan ishlab chiqarilgan yupqa material;
filtratsiyaga qarshi moslama — filtratsiya oqimi yoʻlidagi filtratsiya koeffitsiyenti kichik boʻlgan materiallardan tayyorlangan va vertikal, qiya yoki gorizontal tarzda oʻrnatiladigan turli toʻsiqlar;
filtratsiyaga qarshi plyonkali moslama — inshootning suv oʻtkazmasligini taʼminlovchi polietilen plyonka, ostki toʻshama va himoya qatlamlardan tashkil topgan konstruksiya.
geomembrana — qurilishda gidroizolyatsiya uchun qoʻllaniladigan geosintetik izolyatsiyalovchi material;
NDPE (yuqori zichlikli polietilen) — monomer etilendan olingan yuqori zichlikli termoplastik polimer material;
LDPE (past zichlikli polietilen) — monomer etilendan olingan past zichlikli termoplastik polimer material;
EPDM (etilen-propilen-diyen-monomer) — etilen-propilenli kauchuk, yaʼni kimyoviy formulasi [-CN2CN2-]n-[-CNCN2-]m boʻlgan sintetik elastik material;
PVX (polivinilxlorid) — rangsiz shaffof plastmassa, termoplastik vinilxlorid polimeri;
fPP (egiluvchan polipropilen) — polipropilen asosidagi yuqori elastiklikka ega boʻlgan geomembrana;
himoya qatlami — plyonka ustidan yotqiziladigan va plyonkaga shikast yetkazmaslik talablariga javob beradigan maxsus gruntli qatlam;
ostki qatlam — plyonka tagidan yotqiziladigan va plyonkaga shikast yetkazmaslik talablariga javob beradigan maxsus gruntli qatlam;
membranali suv hovuzi — tubi va qiyaliklari toʻliq yoki qisman polietilen plyonka yoki geomembrana bilan qoplangan, suvni toʻplash va saqlash uchun moʻljallangan sunʼiy suv havzasi.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Suv havzalari va chiqindi toʻplagich hovuzlar hamda ularning tarkibiga kiruvchi inshootlarni loyihalash va qurish hamda grunt toʻgʻonlar, meliorativ tizimlardagi inshootlar va gidrotexnika inshootlari asoslarini loyihalash SHNQ 2.06.05-21 ga muvofiq bajarilishi kerak.
Membranali suv hovuzlarining loyiha hujjatlarida odamlarning suv havzasiga tasodifan tushib ketishi va choʻkishining oldini olish maqsadida muhandislik-texnik xavfsizlik choralari nazarda tutilishi lozim.
4. Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalar plyonkaga tushadigan bosim 0.2 MPa dan yuqori boʻlmagan chiqindi toʻplagich hovuzlarni qurishda qoʻllaniladi. Suv havzalarini qurishda filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamaga tushadigan bosim gruntli materiallardan tayyorlanadigan toʻgʻonlarni loyihalash meʼyorlariga muvofiq boʻlishi lozim.
5. Chiqindi toʻplagich hovuzlarda quyidagi hollarda filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalar qoʻllanilmaydi:
suyuq va qattiq chiqindilarda erigan, kolloid yoki erimagan xolda mavjud boʻlgan moddalarning kimyoviy tarkibiga va taʼsiriga polietilen plyonka chidamli boʻlmasa;
0.5 m qalinlikdagi himoya qatlami bilan qoplangan polietilen plyonka elementi harorati foydalanish jarayonida 20ºS dan oshsa;
minus havo haroratida ostki va himoya qatlamlar uchun mazkur SHNQ ning 26-bandida belgilangan sifat talablari hamda polietilen plyonka va choklar uchun belgilangan mazkur SHNQ ning 89, 109, 113 — 118-bandlaridagi yaxlitlik va mustahkamlik talablari bajarilishining iloji boʻlmasa;
inshootning asosidagi gruntlar SHNQ 2.06.05-21 ga muvofiq boʻlmasa hamda ushbu gruntlar notekis deformatsiyalanishga moyil, doimiy muzlagan yoki sanoat chiqindilarining agressiv taʼsiriga chidamli boʻlmasa, muzlash taʼsirida asosda yoriqlar paydo boʻlish ehtimoli boʻlsa.
6. Agar saqlanadigan chiqindilarda mazkur SHNQ 1-ilovasidagi 1 va 2-jadvallarda keltirilmagan kimyoviy moddalar boʻlsa, shuningdek ostki qatlam hamda asos gruntlarida mexanik va kimyoviy suffoziya jarayoni sodir boʻlish ehtimoli boʻlsa hamda asosda choʻkuvchan va koʻpchiydigan gruntlar mavjud boʻlsa, bunday hollarda filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamaning qoʻllanilishi texnik jihatdan oʻrganib chiqilishi lozim.
4-bob. Filtratsiyaga qarshi moslamalarning asosiy turlari
7. Polietilen plyonkadan tayyorlangan filtratsiyaga qarshi moslamalar quyidagi turlarga boʻlinadi:
mazkur SHNQning 2-ilovasidagi “a” rasmga muvofiq toʻgʻonlar, dambalar, qirgʻoqlarning bosimli qiyaligida hamda suv havzasi kosasining tubi boʻylab hamda ushbu SHNQning 2-ilovasidagi “d” rasmga muvofiq dambaning asosida oʻrnatiladigan plyonka qoplangan maydonlar;
mazkur SHNQning 2-ilovasidagi “v” va “g” rasmlarda koʻrsatilgan toʻgʻon yoki damba tanasida oʻrnatiladigan vertikal yoki mazkur SHNQning 2-ilovasidagi “b” rasmda koʻrsatilgan qiya diafragmalar;
plyonka qoplangan maydonlarning davomi hisoblanadigan va suv havzasining toʻgʻon yoki dambaning bosimli tarafidan tutashuvchi uchastkasida oʻrnatiladigan ponurlar.
8. Koʻndalang kesim konstruksiyasiga koʻra polietilen plyonkadan tayyorlangan filtratsiyaga qarshi moslamalar mazkur SHNQning 2-ilovasidagi “a”, “b” va “g” rasmlarda koʻrsatilgandek toʻgʻri yoki ushbu SHNQning 2-ilovasidagi “v” rasmda koʻrsatilganidek pogʻonali boʻladi.
Pogʻonali konstruksiyalarning qoʻllanilishi qurilish ishlarini bajarish sharoitlariga bogʻliq boʻlishi kerak.
9. Bevosita yer sathida joylashgan suv oʻtkazuvchanligi kam boʻlgan toʻgʻon (damba)lar uchun qurilish ishlarini bajarish sharoitlariga qarab damba asosida filtratsiya suvlarini yigʻish va chiqarib yuborishga imkon beradigan mazkur SHNQning 2-ilovasidagi “d” rasmda koʻrsatilganidek tutib qoluvchi drenajli plyonka qoplangan maydon oʻrnatilishi lozim.
5-bob. Filtratsiyaga qarshi polietilen plyonkali moslamalarning konstruksiyasi
10. Filtratsiyaga qarshi polietilen plyonkali moslamalarning bir qavatli konstruksiyalari mazkur SHNQning 3-ilovasida hamda ikki qavatli yoki kombinatsiyalashgan konstruksiyalari mazkur SHNQning 4-ilovasida keltirilgan.
11. Filtratsiyaga qarshi polietilen plyonkali moslamalar mazkur SHNQ 3-ilovasining “a” rasmiga muvofiq plyonkali elementdan bir qavatli qilib tayyorlanadi va ular ostki qatlamga yotqiziladi hamda ustidan himoya qatlami bilan toʻldiriladi.
12. Ostki va himoya qatlamlaridagi gruntda plyonkaga shikast yetkazishi mumkin boʻlgan zarrachalar mavjud boʻlganda, himoyalovchi materiallardan foydalangan holda mazkur SHNQ 3-ilovasining “b” rasmiga muvofiq plyonkaning ikkala tomonidan oʻrnatiladigan bir qavatli filtratsiyaga qarshi moslamalardan foydalanish mumkin.
13. Oqova suyuqligida toksik ifloslantiruvchilar mavjud boʻlganda mazkur SHNQning 26-bandida keltirilgan talablarga javob beradigan qumli drenaj qatlami bilan ajratilgan ikki plyonka elementidan, ostki va himoya qatlamidan tashkil topgan ikki qavat plyonkali filtratsiyaga qarshi moslamalar mazkur SHNQ 4-ilovasining “a” rasmiga muvofiq qoʻllanilishi kerak.
14. Ikki qavat filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamada suv oʻtkazuvchanlikni kamaytirish uchun ostki plyonkali element oʻrniga mazkur SHNQ 4-ilovasining “b” rasmiga muvofiq zichlangan gilli gruntdan foydalaniladi, shuningdek drenaj qatlamida vakuum hosil qilib (0.01 MPa atrofida) suyuqlik drenaj qatlamidan chiqarib yuboriladi.
Shu bilan birga, gilli grunt qatlamining (qumoq, gil) zichlangandan keyingi qalinligi 0.6 m dan kam boʻlmasligi hamda grunt skeletining zichligi esa 1.6 g/sm3 dan kam boʻlmasligi kerak.
15. Filtratsiyaga qarshi plyonkali kombinatsiyalashgan moslama plyonkali elementdan va uning ustidan oʻrnatilgan gilli qatlamdan hamda ostki va himoya qatlamlaridan tashkil topgan boʻlishi kerak.
16. Gruntli himoya qatlamining qalinligi 0.5 m dan kam boʻlmasligi kerak, shu bilan birga himoya qatlamidagi grunt mazkur SHNQning 26-bandida keltirilgan talablarga javob berishi kerak.
17. Himoya qatlami sifatida mazkur SHNQning 26-bandida keltirilgan talablarga javob beradigan shlamlar hamda issiqlik elektr stansiyalari (IES) kuli qoʻllanilishi mumkin.
18. Toʻplagich hovuzlarning gorizontal uchastkalarida himoya qatlami sifatida qalinligi kamida 0.15 m boʻlgan suv yoki pulpadan foydalanish mumkin. Gruntni suyuqlik qatlami bilan almashtirish imkoniyati va uni bajarishning konstruktiv-texnologik usuli asoslangan boʻlishi kerak.
19. Ostki qatlamning asos bilan birikish joyi va oʻtish zonalarini hisoblash SHNQ 2.06.05-21 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
20. Toʻgʻon va dambalarning qiyaliklari SHNQ 2.06.05-21 ga muvofiq holda bir qator omillar, jumladan, toʻlqin, muz, suv oqimi, suzib yuruvchi predmetlar, atmosfera yogʻinlari va boshqa iqlimning salbiy taʼsirini inobatga olib hisoblangan maxsus mahkamlagichlar bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
Shu bilan birga, suv havzasida suv sathi oʻzgarishi ehtimoli inobatga olinishi lozim.
6-bob. Materiallarga qoʻyiladigan talablar
1-§. Polimer materiallar
21. Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalarni qurishda GOST 10354 ga muvofiq polietilen plyonka qoʻllanilishi kerak.
Polietilen plyonkalar quyidagi ikkita asosiy turga boʻlinadi:
NDPE (yuqori zichlikli polietilen) — ushbu plyonkalar qattiq, past haroratlarga chidamsiz va deyarli choʻzilmaydi;
LDPE (past zichlikli polietilen) — ushbu plyonkalar esa past haroratlarga chidamli va choʻziluvchan boʻladi.
22. Polietilen plyonkaning xizmat qilish muddati kamida 50 yilni tashkil etadi.
23. Gost 20477 ga muvofiq yopishqoq qatlamli polietilen tasmani filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamali suv havzalarining va chiqindi toʻplagich hovuzlarning gorizontal uchastkalarida havo harorati 0ºS dan 25ºS gacha boʻlganda yelimlab oʻrnatishda hamda nuqsonlarni bartaraf etishda ishlatish kerak.
24. Polietilen plyonkani payvandlovchi pistolet yordamida payvandlashda LDPE granulalari qoʻllaniladi.
25. Polietilen plyonkani qoʻlda ekstruzion payvandlash apparati bilan payvandlashda diametri 4±0.2 mm boʻlgan va payvandlanadigan materialdan tayyorlangan silliq armatura (prutok) ishlatiladi.
2-§. Gruntli materiallar
26. Gruntli qatlamlar (ostki va himoya qatlami)ni barpo etish uchun maksimal zarracha yirikligi 5 mm gacha boʻlgan qumli gruntlardan foydalaniladi.
Qoʻllaniladigan qum granulometrik tarkibining yigʻindi egri chizigʻi 0.25 — 0.5 mm oraligʻida boʻlishi hamda bu mayda va oʻrta qumlar yirikligiga toʻgʻri kelishi kerak. Qum tarkibidagi 0.1 mm dan kichik boʻlgan fraksiyalar miqdori 10% dan oshmasligi lozim. Qum tarkibida plyonkaga shikast yetkazishi mumkin boʻlgan oʻtkir qirrali qoʻshimchalar (silliq boʻlmagan toshlar va boshqa predmetlar) boʻlmasligi kerak. Qum tarkibida diametri 5 sm gacha boʻlgan silliq toshlar boʻlishi mumkin. Ostki va himoya qatlamidagi gruntda muz, qor, toshlar, grunt boʻlaklari va boshqa qoʻshimchalar boʻlmasligi lozim. Yengil qumoq va qumloq gruntlarning qoʻllanilishi loyihada asoslangan boʻlishi kerak. Gruntli qatlamlar (ostki va himoya qatlami)ni barpo etishda maydalangan tabiiy gruntlar hamda qirrali, yirik zarrali tabiiy gruntlar qoʻllanilmaydi.
27. Plyonka ostidagi grunt plyonkaga shikast yetkazishining oldini olish uchun plyonka ostida prokladka materiali toʻshalishi mumkin. Plyonka ostida gruntga shikast yetkazmaydigan qumli grunt yotqizilsa prokladka materiali qoʻllanilmaydi.
Plyonka ostidagi gruntda oʻsimlik oʻsib plyonkaga shikast yetkazmasligi uchun ostki qatlamdagi gruntga pestitsidlar bilan ishlov berilishi kerak.
Koʻtarma dambalar ostidagi gruntning notekis choʻkishi natijasida plyonkada qoʻshimcha zoʻriqish hosil boʻlib plyonka yirtilishi mumkin. Bu holatning oldini olish uchun quyidagi usullar qoʻllaniladi:
asos gruntini qisman yoki toʻliq almashtirish;
asos gruntini zichlash;
qalinroq yoki choʻzilishga boʻlgan mustahkamligi yuqori boʻlgan polietilen plyonkadan foydalanish;
choʻzilish koʻrsatkichlari yuqoriroq boʻlgan boshqa turdagi geomembranadan foydalanish.
29. Himoya qatlami sifatida ikki qatlamli himoyalovchi materiallar qoʻllaniladi.
Bevosita plyonka ustiga yotqiziladigan qatlam plyonkani shikastlanishdan himoya qiladi. Ushbu qatlam grunti mazkur SHNQning 26-bandida keltirilgan talablarga javob berishi kerak. Qum qatlami ustidan yotqiziladigan grunt qatlami toʻlqin taʼsiridan himoya qilish vazifasini bajaradi.
30. Ostki va himoya qatlamlarining grunti inshootda yigʻiladigan oqova suyuqlikning agressiv taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak. Yigʻiladigan suyuqlikda eriydigan tuzlarning gruntdagi miqdori ogʻirligi boʻyicha 5% dan oshmasligi kerak.
31. Filtratsiyaga qarshi gilli qatlam sifatida SHNQ 2.06.05-21 da keltirilgan filtratsiyaga qarshi elementlarni loyihalashda qoʻllaniladigan va oqova suvning agressiv taʼsiriga chidamli gruntlarga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan gilli gruntlar (qumoqlar, gillar) qoʻllanilishi kerak.
3-§. Boshqa materiallar
32. Prokladka sifatida GOST 10923 ga muvofiq ruberoid, OʻzDSt 2777 ga muvofiq elastikporolon (penopoliuretan), shisha tolali mato, elastik va muzga chidamli poroplast ishlatish tavsiya etiladi.
33. Erigan polietilenni issiq uskunaning yuzasiga yopishib qolishining oldini olish uchun prokladkalar sifatida issiqlikka chidamli antiadgeziv (yopishmaydigan) materiallar (ftoroplast plyonka yoki GOST 892ga muvofiq qalinligi 0,05 — 0,15 mm boʻlgan tabiiy qogʻoz kalka) ishlatilishi lozim.
34. Polietilen elementni inshootlar bilan tutashish joyida GOST 7338 ga muvofiq rezina va rezina-mato plastinalar, GOST 6467 ga muvofiq yumaloq va toʻgʻri toʻrtburchak kesimli rezina arqon (shnur) hamda izolyatsiyalovchi neft bitumlari, shuningdek GOST 15836 ga muvofiq bitum-rezina izolyatsiya mastikasi qoʻllaniladi.
7-bob. Materiallarning hisobiy xossalari va hovuzda saqlanadigan suyuqlikning xossalari
35. Sunʼiy suv havzalarining filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalarini loyihalashda gruntlarning hisobiy xossalari sinov natijalari asosida belgilanishi kerak.
36. Ostki va himoya qatlamida qoʻllaniladigan gruntlar quyidagi xossalari boʻyicha tartibga solinadi:
donadorlik tarkibi;
zichligi;
ostki va himoya qatlami materialining polietilenga ishqalanish koeffitsiyenti;
suvda eriydigan tuzlar miqdori;
organik aralashmalar miqdori;
hovuzda saqlanadigan oqova suyuqligida eriydigan tuzlarning miqdori va tarkibi.
37. Filtratsiyaga qarshi gilli qatlam sifatida oʻrnatishga moʻljallangan gruntlar uchun SHNQ 2.06.05-21 ga muvofiq quyidagi xossalar tartibga solinadi:
donadorlik tarkibi;
oquvchanlik va plastiklik chegaralaridagi namliklar va maksimal molekulyar suv sigʻimi;
zichligi;
namligi;
filtratsion mustahkamlik koʻrsatkichlari;
gruntdagi suvda eriydigan tuzlar miqdori;
organik aralashmalarning miqdori va parchalanganligi darajasi.
Bundan tashqari, hovuzda saqlanadigan suyuqlikda eriydigan tuzlarning miqdori, gruntning optimal namligi, loyihada belgilangan miqdorda zichlangan gruntning filtratsiya koeffitsiyenti, gruntning quruq holatdagi zichligi va uning oqova suv filtratsiyasi natijasida oʻzgarishi chegaralari aniqlanishi lozim.
38. Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamani loyihalashda oqova suyuqligining quyidagi xossalari tartibga solinadi:
pN;
kimyoviy tarkibi;
zichligi;
harorati.
39. Oqova suvlarning hisobiy xossalari quyidagicha aniqlanishi kerak:
ishlab turgan korxonalarda — fizik-kimyoviy tahlillarning natijasi boʻyicha;
loyihalanadigan korxonalar uchun — oʻxshash korxonalardan olingan maʼlumotlar yoki texnologiya boʻyicha.
8-bob. Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalarni loyihalash
1-§. Plyonka elementining qalinligini hisoblash
40. Suv bosimi 5 m gacha boʻlgan doimiy inshootlar va suv bosimi 10 m gacha boʻlgan muvaqqat inshootlar uchun hamda mazkur SHNQning 26-bandida keltirilgan talablarga javob beradigan, lekin tarkibida 2 mm dan yirik zarrachalari boʻlmagan ostki va himoya qatlami gruntlarida qoʻllanilgan polietilen plyonkaning qalinligi 0.2 mm boʻlishi kerak. Kattaroq bosimlarda yoki tarkibida 2 mm dan yirik boʻlgan gruntlarda qoʻllaniladigan plyonkaning qalinligi hisoblab aniqlanadi.
41. Plyonkaning qalinligi mazkur SHNQning 5-ilovasida keltirilgan formulalar yordamida hisoblanadi.
42. Hisoblab aniqlangan plyonkaning qalinligini amaldagi davlat standartidagi eng yaqin oʻlchamigacha katta tomonga yoki 5% dan koʻp boʻlmagan miqdorda kichik tomonga yaxlitlash kerak.
43. Plyonkaning qalinligi mazkur SHNQning 5-ilovasidagi formulalar yordamida aniqlangan eng katta qiymat boʻyicha qabul qilinadi (lekin 0.2 mm dan kichik boʻlmasligi kerak).
44. Ostki qatlam sifatida mahalliy gruntlardan foydalanilganda qurilish va foydalanish jarayonlarida gruntda yoriqlar va vertikal siljishlar hosil boʻlish ehtimolini bartaraf etish kerak.
45. Mazkur SHNQning 6-ilovasidagi jadval boʻyicha qoʻshimcha himoya qatlamlarini qoʻllash zarurati qurilishning oʻziga xos shartlariga bogʻliq holda aniqlanadi. Bunda plyonka qalinligi, grunt fraksiyalari yirikligi, gruntda qirrali zarrachalar mavjudligi, himoya qatlamini toʻkish texnologiyasi va plyonka ustidan gilli qatlam oʻrnatish texnologiyasi eʼtiborga olinishi lozim.
2-§. Polietilen plyonka bilan qoplangan qiyaliklar mustahkamligining hisobi
46. Gravitatsion kuch oshishi natijasida grunt qatlamining oʻzida yoki grunt bilan polietilen plyonka orasida plyonka ustidan yotqiziladigan grunt qatlamining siljishi hosil boʻlishi mumkin. Polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamali grunt qiyaligining turgʻunligini hisoblash SHNQ 2.06.05-21 ga muvofiq amalga oshiriladi.
47. Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslama va grunt himoya qatlamli qiyalikning turgʻunligi himoya qatlami gruntining polietilen plyonkaga nisbatan siljishi holati uchun qoʻshimcha tekshirilishi kerak.
48. Qalinligi 5 m dan kam boʻlgan gruntli qatlamning plyonkali elementga nisbatan siljishga turgʻunligi taʼminlanganligini hisoblash usuli mazkur SHNQning 7-ilovasida keltirilgan.
49. Plyonka qoplangan maydon ostidagi gruntning qiyalik darajasi kamida 1:3 boʻlishi kerak.
50. Loyihada himoya qatlami materialining polietilen plyonkaga ishqalanish koeffitsiyenti qiymatini baholashda mazkur SHNQning 8-ilovasida keltirilgan turli materiallarning plyonkaga ishqalanish koeffitsiyentlari qiymatlaridan foydalaniladi. Bosim qiymati 10 m dan ortiq boʻlgan inshootlarni loyihalashda μ qiymatini tajriba yoʻli bilan aniqlash lozim.
51. Grunt qatlamining siljishga turgʻunligini ifodalovchi koeffitsiyent (Kz) mazkur SHNQning 9-ilovasida keltirilgan formula yordamida aniqlanadi.
3-§. Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalarning suv havzasi qirgʻoqlari, tubi va beton inshootlarning elementlari bilan tutashishi
52. Plyonka bilan betonli yoki gruntli (qoya gruntli) asosning tutashish joyida filtratsiyaning oldini olish uchun suv oʻtkazmaydigan ishonchli tutashtirish choralari mazkur SHNQ 10-ilovasining 1 — 9-rasmlariga muvofiq belgilanishi lozim.
53. Plyonkada grunt deformatsiyasidan hosil boʻluvchi qoʻshimcha choʻzuvchi zoʻriqishlarning paydo boʻlish ehtimolini bartaraf etish uchun plyonkaga ehtimoliy zoʻriqishlarga qarama-qarshi tomonga qaratilgan qavariq shakl beriladi.
54. Inshootning, ayniqsa plyonkaning suv havzasi qirgʻoqlari, tubi va beton inshootlarning elementlari bilan tutashish joylarida yirik va notekis choʻkish hamda deformatsiyalanish ehtimoli boʻlganda kompensatsiyalovchi qatlam mazkur SHNQ 10-ilovasining 1, 2, 7 va 10-rasmlariga muvofiq oʻrnatilishi nazarda tutilishi kerak.
55. Plyonkani gruntli (qoya gruntli) asos bilan tutashtirish plastik material (gil, qumoq va h.k.) yoki beton bilan toʻldirilgan shtraba (tish) bilan mazkur SHNQ 10-ilovasining 1 va 2-rasmlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Plyonka bilan uni kesib oʻtuvchi quvurlarni tutashtirish mazkur SHNQ 10-ilovasining 8 va 9-rasmlarida keltirilgan variantlarga muvofiq bajariladi.
56. Shtraba (tish) oʻlchamlari va plyonkali element chetini mahkamlash uzunligi shtraba (tish)ga oʻrnatilgan element chetini aylanib oʻtuvchi filtratsiyaning eng qisqa yoʻli uchun hisoblangan filtratsion oqimning maksimal gradiyenti toʻldiruvchi materialning ruxsat etilgan gradiyentidan katta boʻlmasligini hisobga olgan holda belgilanadi. Plyonkaning mahkamlangan chetining minimal uzunligi 0.5 m boʻlishi kerak.
57. Plyonkaning chetini beton (temir-beton) elementga mahkamlashda tutashtirish uzeli konstruksiyasi tutashish joyining suv oʻtkazmasligini taʼminlashi kerak. Yupqa zichlovchi prokladka sifatida yumshoq rezina, poliuretan va elastik penoplast qoʻllanilishi mumkin. Germetizatsiya uchun tutashish uzeliga 75% dan yuqori boʻlmagan darajada qizdirilgan bitumli mastika quyilishi yoki boʻyalishi kerak. Shu bilan birga, mastikani suv bosimi ostida uzeldan oqib chiqishini oldini oluvchi konstruktiv chora-tadbirlar koʻrilishi lozim.
58. Har bir usul boʻyicha tutashuvni loyihalashda tutashish joyida plyonka elementining ehtimoliy deformatsiyasini bartaraf etishga yoki maksimal kamaytirishga imkon beruvchi kamida 0.5 m uzunlikdagi plyonkaning kompensatsiyalovchi buklamini hisobga olish kerak.
59. Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamaning beton inshootlar va metall (beton) quvurlar bilan tutashishi uzelini loyihalashda tutashish qismlarini korroziyadan himoyalashni hisobga olish kerak.
9-bob. Ishlarni bajarish
60. Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalarni ishlab chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etish loyihasida quyidagi masalalar koʻrilishi lozim:
qurilishning aniq sharoitlarini hisobga olgan holda polietilen plyonkali moslamani oʻrnatish;
ishlarning sifat nazoratini tashkil etish;
ishlarning xavfsiz bajarilishi;
plyonka oʻramlarini yetkazib berish, yuklab tushirish va saqlash;
plyonkalardan payvandlangan polotnoni tayyorlash, saqlash va oʻrnatish joyiga transportirovka qilish.
61. Aniq sharoitlarga bogʻliq holda filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalarni qurish plyonkani sexda ulab yirik polotnolarni tayyorlash sxemasi yoki plyonka qoplangan maydonda oʻramlarni yoyish va ulash sxemasi boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
62. Plyonka bilan qoplangan maydon boʻylab ikkala sxemadan birgalikda foydalanish mumkin. Bunda joyida payvandlanadigan choklarning uzunligi minimal boʻlishi lozim. Ishlar ketma-ketligi mazkur SHNQning 11-ilovasida keltirilgan.
63. Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalarni qurish ishlari havo harorati musbat boʻlgan vaqtda amalga oshirilishi lozim. Havo harorati manfiy boʻlganda mazkur SHNQning 26-bandiga muvofiq ostki qatlam va himoya qatlami gruntining sifati, mazkur SHNQning 93, 113, 118 — 122-bandlariga muvofiq plyonkaning sifati taʼminlanishi lozim.
64. Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamani yaratish boʻyicha barcha ishlar yopiq ishlarni tasdiqlash dalolatnomalari bilan rasmiylashtirilishi lozim.
65. Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalarni qurishda grunt ishlari grunt inshootlar va gidrotexnika, transport, energetika hamda melioratsiya tizimlaridagi inshootlarini bajarish va qabul qilish meʼyorlariga muvofiq bajarilishi lozim.
66. Ostki qatlamni oʻrnatish ishlari bilan joyida oʻramlarni (polotnoni) payvandlash (yelimlash) ishlari orasidagi vaqt plyonkani yotqizish va payvandlash ishlarining ikki smena vaqtidan oshmasligi lozim.
67. Himoya qatlamini oʻrnatish ishlari bilan joyida oʻramlarni (polotno) payvandlash (yelimlash) ishlari orasidagi vaqt 72 soatdan oshmasligi lozim.
68. Plyonka bilan qoplangan maydonda himoya qatlami boʻylab yer qazuvchi mexanizmlarning harakatlanish sxemasini belgilashda buldozer burilish burchagini 15º dan oshmasligini nazarda tutish kerak.
69. Plyonka bilan qoplangan maydondagi grunt tashish uchun moʻljallangan vaqtinchalik yoʻllarda mavjud mexanizmlarni (buldozer, greyder-elevator) ishlatishda oraliq uyum hosil qilinmasligi lozim.
70. Ostki va himoya qatlamini oʻrnatish uchun plyonka bilan qoplangan maydon chegarasida grunt zaxiralarini toʻplash mumkin. Ushbu zaxira toʻplami toʻshalgan plyonka ustida saqlanmasligi kerak.
71. Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalarni SHNQ 2.06.05-21 ga va mazkur SHNQning 26-bandiga javob beradigan gruntli tabiiy asosga ushbu grunt tekislanishi va zichlanishi sharti bilan yotqizish mumkin.
72. Ostki qatlam grunti qalinligi 0.1 — 0.3 m boʻlishi lozim. Ostki qatlam grunti mazkur SHNQning 26-bandi talablariga javob berishi lozim. Ostki qatlam qalinligi ±5 sm aniqlikda boʻlishi zarur.
73. Ostki qatlam yuzasida suv yigʻilishining oldini oluvchi choralar nazarda tutilishi lozim.
74. Ostki qatlamning tayyor yuzasi yirikligi boʻyicha mos kelmaydigan yoki qirrali zarrachalardan, ildizlardan, oʻsimliklardan va boshqa qoʻshimchalardan tozalangan boʻlishi lozim.
75. Tayyor ostki qatlam ustida mexanizm va avtotransport vositalari yurmasligi kerak.
76. Ostki qatlam va himoya qatlam asoslariga gerbitsidlar bilan ishlov berilishi lozim. Bunday ishlov berish zaruriyati loyihada asoslanadi.
77. Grunt turi va himoya qatlami qalinligi mazkur SHNQning 16 va 26-bandlariga muvofiq belgilanadi.
78. Himoya qatlamini toʻkish va tekislash ishlari mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi. Toʻliq yuklangan avtosamosval va buldozerlar kamida 0.5 m qalinlikda boʻlgan himoya qatlami ustida (kichik tezliklarda) harakatlanishi mumkin. Grunt surish usuli bilan yoyilganda buldozer gusenitsalari va plyonka orasidagi himoya qatlami kamida 0.5 m boʻlishi lozim.
79. Himoya qatlamini yoyishda va uni tekislashda buldozer ulanish choklari boʻylab harakatlanishi lozim.
80. Himoya qatlamini yoyishda va uni tekislashda plyonkalarning ustma-ust ulangan joyida plyonkalar orasiga grunt kirib qolmasligi lozim.
81. Qiyalikdagi plyonkali qoplamaning himoya qatlamini oʻrnatishda buldozerlar qiyalik boʻylab faqat pastdan tepaga harakatlanishi lozim. Bunda qirgʻoqning qiyalik darajasi buldozerning pasport xarakteristikalariga mos boʻlishi, shuningdek himoya qatlamining qalinligi kamida 0.8 m boʻlishi shart.
82. Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamani toʻgʻon choʻqqisida mahkamlash ishlari qiyalikda himoya qatlami oʻrnatilgandan keyin amalga oshirilishi lozim.
83. Ostki qatlamning sifat nazorati yuzani mazkur SHNQning 72 — 75-bandlariga muvofiqligini tekshirish maqsadida puxta koʻrikdan oʻtkazish va qatlam qalinligining nazorat oʻlchovlaridan iborat boʻlishi lozim.
84. Himoya qatlamining sifat nazorati mazkur SHNQning 16 va 26-bandlariga mosligini tekshirishdan va qatlam qalinligini oʻlchashdan iborat boʻlishi lozim. Bunda 100 m2 maydon uchun kamida beshta nuqtada qalinlik nazorat oʻlchovi olinishi lozim.
85. Ostki va himoya qatlamlaridagi barcha aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishi lozim.
86. Mazkur SHNQning 68, 78 va 79-bandlarida keltirilgan talablar bajarilmagan taqdirda himoya qatlami olinishi, plyonkaning butunligi tekshirilishi va zarur boʻlganda nuqsonlar bartaraf etilishi lozim.
87. Mazkur SHNQning 11-ilovasida keltirilgan sxema boʻyicha plyonkalardan eni 10 — 12 m va uzunligi 40 m va undan ortiq boʻlgan yirik polotnolarni ishlab chiqish ishlari maxsus jihozlangan sexlarda yoki xonalarda plyonka bilan qoplangan maydondagi polotnolarning joyini, transportirovka qilish imkoniyati va tashish hamda yuklash-tushirish vaqtida butunligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
88. Polotnolarni ishlab chiqarish uchun sex (ustaxona) payvand stollari, oʻramlarni osish uchun stellajlar, tayyor polotnolarni oʻrash uchun stellajlar, oʻram va polotnolarni vaqtinchalik saqlash uchun joy va yuk koʻtaruvchi mexanizm bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Polotnolarni ishlab chiqarish boʻyicha ishlarni tashkil etish sxemasi mazkur SHNQ 12-ilovasining 1-rasmida koʻrsatilgan.
89. Plyonka polotnolarini tayyorlash boʻyicha ishlarni boshlashdan oldin ularni mazkur SHNQ 12-ilovasining 2-rasmiga muvofiq plyonka qoplangan maydonda joylashtirish rejasi tuzilishi lozim.
Payvandlangan har bir polotnoda oʻchib ketmaydigan markirovka belgilari boʻlishi kerak.
90. Plyonka oʻramlari va yopishqoq polietilen tasma zavoddan qadoqlangan holda gorizontal holatda yopiq quruq joyda 30º dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlanishi kerak.
Oʻramlar toʻgʻridan-toʻgʻri tushadigan quyosh nurlaridan himoyalangan boʻlishi va isitish uskunalaridan kamida 1 m uzoqlikda turishi kerak. Ishlatilishidan oldin saqlash muddati bir yildan oshmagan boʻlishi lozim.
91. Plyonka polotnolarini oʻrnatishdan oldin tayyorlangan vaqtidan boshlab 2 oydan koʻp boʻlmagan muddatda va ushbu SHNQning 90-bandiga muvofiq qadoqlab saqlash kerak. Polotnolar 2 oydan ortiq muddat saqlanganda payvandlanadigan yuza kirlanishining oldini olish uchun tayyorlangan polotnolarning chetlariga mazkur SHNQ 13-ilovasining 1-rasmiga muvofiq statsionar sharoitlarda yupqa plyonkalarni payvandlash yoki yelimlash zarur.
Shu bilan birga, qadoqlangan oʻramlarni va polotnolarni saqlash hamda transportirovka qilish vaqtida shikastlanishning oldini olish choralari koʻrilishi kerak.
92. Plyonka oʻramlardan polotnolar tayyorlash ishlari chiqarib olinadigan kontakt moslama, issiq havo yoki infraqizil nur yordamida hamda mazkur SHNQ 13-ilovasining 2-rasmiga muvofiq ustma-ust yoki T-shaklidagi chok hosil qilib payvandlash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Plyonkalarni uchma-uch payvandlash mumkin emas.
93. Statsionar sharoitda payvandlangan chokning mustahkamligi plyonka mustahkamligining kamida 80% ni tashkil etishi kerak.
94. Elektr dazmol bilan kontakt payvandlash maxsus oʻlchamdagi reykadan foydalanib ikkitali chok bilan bajarilishi kerak. Payvandlashdan oldin plyonkaning kirlangan payvandlanadigan yuzalari tozalanishi va atseton bilan yogʻsizlantirilishi kerak.
95. Payvandlash elektr dazmol yoki impulsli payvand apparati yordamida amalga oshirilganda qizigan uskunaning kontakt yuzasiga erigan materialning oqib kelishini oldini olish uchun mazkur SHNQning 33-bandiga muvofiq issiqlikka chidamli antiadgeziv (yopishmaydigan) qoplamali prokladka qoʻllanilishi lozim.
96. Plyonkalarni kontakt payvandlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
payvandlanadigan oʻramlarning uchlarini reyka ustiga joylashtirish va ularning qirralarini birlashtirish (chok T-shaklda boʻlganda);
antiadgeziv (yopishmaydigan) prokladkani oʻrnatish;
payvandlanadigan yuzalarni qizdirish va eritish;
kontakt qizdirgichni olib qoʻyish;
payvandlangan chokni sovutish;
antiadgeziv (yopishmaydigan) prokladkani olib qoʻyish.
97. Kontakt payvandlash jarayonlarining asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi:
qizdiruvchi uskunaning ishchi yuzasi harorati;
payvandlanadigan yuzalarni qizdirish davomiyligi;
mazkur SHNQning 14-ilovasiga muvofiq plyonkani qizdirish va eritishda kontakt bosim kattaligi.
98. Plyonkalarni ekstruder yordamida payvandlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
ekstruderni qizdirish;
ekstrudatning berilgan parametrlarini olish;
payvandlanadigan oʻramlarning chetlarini payvandlash stoliga joylashtirish;
ekstruder mundshtugini payvandlanadigan plyonkalar orasiga kiritish;
payvandlanadigan plyonkalarni qisish;
payvandlangan chokni sovutish;
ekstruderni chiqarib olish va oʻchirish.
99. Ekstruzion payvandlash jarayonining asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi:
ekstrudat harorati;
ekstruder mundshtugining harakatlantirish tezligi;
payvandlanadigan plyonkalarni siqish bosimi kattaligi.
100. Plyonkalarni issiq havo uzatgich yordamida payvandlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
payvandlanadigan oʻramlarning chetlarini payvandlash stoliga joylashtirish va ularning qirralarini birlashtirish (chok T-shaklda boʻlganda);
uskunani qizdirish;
payvandlanadigan yuzalarni issiq havo bilan qizdirish va eritish hamda bir vaqtning oʻzida erigan yuzani valik bilan bosib oʻtish;
payvandlangan chokni sovutish.
101. Tayyorlangan plyonka polotnolarini mazkur SHNQning 90 va 91-bandlariga muvofiq oʻramlash yoki garmoshka shaklida yigʻish, qadoqlash va saqlash kerak.
102. Har bir payvandlangan plyonka polotnosining pasporti boʻlishi kerak.
103. Oʻrnatish joyiga keltirilgan plyonka oʻramlari yoki polotnolari tayyorlangan ostki qatlam boʻylab choʻzmasdan erkin oʻrnatilishi kerak.
104. Plyonka polotnolari shamol tezligi 5 m/s dan yuqori boʻlmagan sharoitda toʻshalishi va toʻshash bilan bir vaqtda ustiga yuk qoʻyib borilishi kerak.
105. Qiyaliklarda plyonka yuqoridan pastga qarab toʻshaladi. Tayyorlangan plyonka polotnolarida payvand choklari damba choʻqqisiga perpendikulyar oʻrnatilishi kerak.
106. Agar mazkur SHNQning 67-bandida keltirilgan talablar boʻyicha himoya qatlamini taʼminlash imkoni boʻlmasa, plyonka polotnolari qadoqdan chiqarilmaydi.
107. Qiyalik choʻqqisida plyonka elementining qirrasi transheyaga kiritilishi va grunt bilan koʻmilishi kerak.
108. Toʻshalgan plyonka ustida faqat oʻta zarur hollarda va yumshoq poyabzalda yurish mumkin.
109. Dala sharoitlarida plyonkani payvandlash quruq ob-havoda kontakt yoki ekstruziv usul bilan hamda mazkur SHNQning 94 — 98-bandlarida keltirilgan talablarni bajargan holda amalga oshiriladi.
110. Payvandlashda plyonka qirralari bir-birining ustiga 0.2-0.3 m qalinlikda yotqizilishi kerak.
111. Plyonka chetlari kirlanishdan himoyalanishi zarur.
112. Dala sharoitlarida kontakt usulda payvandlashda ikkitali chok bajarilishi shart.
113. Dala sharoitida payvandlangan chok mustahkamligi plyonka materiali mustahkamligining kamida 60% ini tashkil etishi kerak.
114. Plyonkalarni yopishqoq polietilen tasma bilan biriktirish ikkitali chok bilan amalga oshiriladi hamda zudlik bilan ustiga grunt yotqiziladi. Jarayonning ketma-ketligi mazkur SHNQning 15-ilovasida keltirilgan.
115. Plyonkaning yopishqoq tasma bilan yelimlanadigan yuzasi toza va quruq boʻlishi kerak. Yelimlash ishlari quruq ob-havo sharoitida bajarilishi kerak.
116. Yopishqoq polietilen tasma bilan yelimlash tekis va qattiq yuza ustida amalga oshiriladi. Yelimlash sxemasi mazkur SHNQning 16-ilovasida keltirilgan moslama yordamida bajariladi. Yopishqoq polietilen tasmaning texnik xossalari mazkur SHNQning 17-ilovasida keltirilgan.
117. Payvandlanadigan plyonkalarning sifat nazorati boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
plyonka oʻramlarini sortirovkalash va ularni tekshirish;
payvandlanadigan plyonkalarning butunligini vizual tekshirish;
zavoddan nuqson bilan chiqqan plyonka boʻlaklari va oʻramlarini ajratib olish.
118. Payvandlash ishlari va payvand choklarining sifat nazorati boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar tarkibga quyidagilar kiradi:
payvandlash uskunalari, mexanizmlari va moslamalarining texnik holatini tekshirish;
polotnolar choklarini payvandlash jarayonida nazorat qilish;
payvand choklarining mustahkamligini tekshirish.
119. Plyonkani payvandlash ishlarini boshlashdan oldin uzunligi 1 m boʻlgan kamida beshta chok sinov sifatida payvandlanishi lozim. Bu choklardan kesib olingan namunalar sinovdan oʻtkaziladi (vakuumli sinov, bosimli sinov, kuch yordamidagi sinov). Payvand choklari namunalarini sinashda qoniqarsiz natija olingan taqdirda sinov uchun ikki barobar koʻp namunalar qaytadan payvand qilinadi.
120. Plyonkalarni payvandlash jarayonidagi nazorat ishlarida payvandlanadigan qirralarning mos tushishi, ekstruder mundshtugi va plyonka orasidagi boʻshliq kattaligi, payvandlash rejimi va payvandlangan choklar sifati tekshiriladi.
121. Payvandlangan barcha choklar nuqsonlarni aniqlash uchun vizual kuzatuvdan oʻtkaziladi hamda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etiladi.
122. Plyonka nuqsonlarini bartaraf etish (10 mm gacha boʻlgan mayda teshiklar, 100 mm gacha boʻlgan yirtilgan va kesilgan joylar) GOST 20477ga muvofiq yopishqoq qatlamli tasma bilan 4 yoki 5 qavat qilib yelimlab chiqiladi. Yuqorida keltirilgan qiymatlardan katta boʻlgan nuqsonlarni bartaraf etish yamoq qoʻyib payvandlash bilan amalga oshiriladi.
123. Payvand choklarining nuqsonlarini bartaraf etishda chokning nuqsonli joyi olib tashlanib yangi payvand choki nuqsonli joyi atrofida aylanib oʻtib bajariladi. Payvand choki nuqsoni teshiksiz boʻlsa (kuygan yoki yetarlicha qizdirilmagan joylar) yopishqoq qatlamli polietilen tasma yordamida chokni kuchaytirish mumkin.
124. Plyonkani dala sharoitida toʻshash va payvandlash yoki yelimlash ishlarini amalga oshirishda sifat nazorati mazkur SHNQning 118 — 122-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
125. Filtratsiyaga qarshi plyonka qoplangan maydonda nuqsonlarni topish uchun geofizik nazoratdan oʻtkazish zarurati loyihada belgilanadi.
126. Turli payvandlash moslamalari va ularning texnik koʻrsatkichlari mazkur SHNQning 18-ilovasida keltirilgan.
10-bob. Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalarni qiyaliklarda oʻrnatish
127. Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalarni qiyaliklarda oʻrnatishda qiyalik darajasi 3:1 (G:V) dan oshmasligi zarur. Bu talab loyihalash nuqtai nazaridan cheklanmagan boʻlib, qurilish ishlarini bajarish nuqtai nazaridan cheklangan taklifdir. 3:1 dan qiyaroq boʻlgan qiyaliklarda plyonkani oʻrnatish mumkin (lekin oʻrnatish jarayoni nisbatan murakkab boʻlib, ishchilar xavfsizlik arqonlari va boshqa xavfsizlik moslamalaridan foydalanishlari kerak boʻladi va ish jarayoni sekinlashadi).
128. Qiyaliklarning uzunligi cheklanishi kerak (chunki bunda plyonkalar va choklar haddan tashqari katta zoʻriqishlarga uchraydi).
129. Plyonka oʻramlari qiyalikda yuqoridan pastga qarab ochiladi, gorizontal choklar esa asosan qiyalikning pastki qismida boʻlishi taʼminlanadi (taxminan qiyalik tagidan 1/3 balandlikkacha boʻlgan masofada). Qiyalikdagi gorizontal choklar butun qiyalik boʻylab bir chiziqda emas, balki shaxmatli tartibda boʻlishi lozim. Tavsiya etiladigan maksimal qiyalik uzunligi 75 m boʻlishi lozim. Agar qiyalik uzunroq boʻladigan boʻlsa, u holda bermalar nazarda tutilishi va gorizontal choklar bermalarga mahkamlanishi zarur.
130. Agar qiyalik uzunligi 75 m dan uzun boʻlsa va berma oʻrnatish loyihada nazarda tutilmagan boʻlsa, plyonkaga tushadigan yukni uning choʻzilishga boʻlgan mustahkamligidan oshmasligi hisoblab tekshirilishi lozim.
11-bob. Turli polimer plyonkalar haqida qoʻshimcha maʼlumotlar
131. NDPE plyonkalar termoplastik kristall polimerlardan tayyorlanib, ular kislotalar, yogʻlar va erituvchilar kabi kimyoviy moddalarga yuqori qarshilikka ega. Ushbu polietilen tarkibida koʻp hollarda ultrafiolet nurlardan himoyalaydigan 2-3% uglerod boʻladi. Ularning yirtilishga va teshilishga qarshiligi juda yuqori boʻladi. Ushbu material nisbatan qattiq boʻlganligi sababli ayniqsa sovuq havoda burchaklarda oʻrnatish murakkab boʻladi. Kengayish koeffitsiyenti yuqori boʻlganligi sababli burmalar boʻlishi mumkin. Oʻrnatish vaqtida NDPE plyonkalar quyosh issiqligidan kengayishi mumkin va bu choklarni payvandlashni hamda himoya qatlamini yotqizish ishlarini sekinlashtirishi mumkin. NDPE plyonkalar issiqlik usuli bilan payvandlanadi.
132. LDPE plyonkalar NDPE plyonkalarga oʻxshash material boʻlib undan farqi zichligining pastligidadir (odatda 0.94 g/cm3 dan kam). Shu sababli, LDPE plyonkalar NDPE plyonkalarga nisbatan egiluvchan va teshilishga qarshiligi yuqoriroq, ammo choʻzilishga mustahkamligi pastroq boʻladi. LDPE plyonkalarning choʻzilish xususiyati yuqori boʻlganligi sababli asos gruntining notekis choʻkishida qulay hisoblanadi. Egiluvchanligi yuqori boʻlganligi sababli sovuq iqlimlarda LDPE plyonkalardan foydalanish mumkin.
133. PVX plyonkalar tarkibida 40% gacha plastifikatorlar boʻlib, ular materialning egiluvchanligini oshiradi. PVX plyonkalarning ishdan chiqishining asosiy sababi tarkibidagi plastifikatorning kamayishi hisoblanadi. Plastifikatorlar yuqori haroratlarda plyonkalar tarkibidan bugʻlanib chiqib ketishi mumkin. Shu sababli, ushbu material himoya qatlami bilan himoyalanganda, uzoq muddat ishlab berishi kuzatilgan. PVX plyonkalar yaxshi choʻzilish, teshilish va ishqalanishga qarshilik xususiyatlariga ega. PVX plyonkalar eritmali usul bilan, yelimlash usuli bilan, termal va dielektrik usullar bilan payvandlanishi mumkin. Ushbu material filtratsiyaga qarshi moslama sifatida keng qoʻllaniladigan material hisoblanadi.
134. EPDM plyonkalarning iqlim sharoitlariga va ultrafiolet nurlarga hamda ishqalanish va yirtilishga chidamliligi katta boʻladi. EPDM plyonkalar ekstremal haroratlarni koʻtara oladi va past haroratlarda egiluvchanligini saqlab qoladi. EPDM plyonkalar termoaktiv polimer boʻlganligi sababli ularni dala sharoitida ulashda payvand choki qoniqarli boʻlishi uchun maxsus bogʻlovchilardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak.
135. fPP plyonkalar polipropilen va termoaktiv rezinadan tayyorlangan boʻlib, PVX va EPDM plyonkalar kabi egiluvchanligi yuqori boʻladi. Shu bilan birga, ularning xizmat qilish muddati yuqori hisoblanadi, ammo ularning organik kislotalarga chidamliligi past boʻladi va ushbu kislotalar taʼsirida buklangan joylari yorilishi mumkin. Ular egiluvchan boʻlganligi sababli ularni oʻrnatish LDPE va NDPE plyonkalarga nisbatan osonroq boʻladi. LDPE va NDPE plyonkalar kabi ularni payvandlashda termal usuldan foydalaniladi. fPP plyonkalarni taʼmirlash ham nisbatan yengil hisoblanadi.
136. CSPE plyonkalar termoplastik rezina boʻlib, ular nisbatan yangi plyonka hisoblanadi. Ushbu plyonkalarga nisbatan yuqori haroratlarda plastik boʻlgan holatida ishlov beriladi va shaklga keltiriladi. Normal havo harorati pasayganda, ushbu plyonka vulkanizatsiyalashgan rezina kabi boʻladi. Ularning choklari NDPE va LDPE plyonkalarniki kabi termal usulda bajarilishi mumkin. Vaqt oʻtishi bilan termoplastik rezinaning vulkanizatsiyalashishi sababli taʼmirlash ishlari murakkab boʻladi.
137. NDPE va LDPE plyonkalarning asosiy parametrlari va xossalari mazkur SHNQning 19-ilovasida keltirilgan.
138. Plyonka turiga qarab choklarni bajarish uchun mavjud boʻlgan usullar mazkur SHNQning 20-ilovasida keltirilgan.
12-bob. Sunʼiy suv havzalarida fuqarolar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsizligini taʼminlash
139. Sunʼiy suv havzalarini loyihalashda choʻkish xavfini baholash uchun havzaning chuqurligi, suv sathining oʻzgarishi, qiyaliklarning tikligi va sirpanuvchanligi, geomembrana qoplamasining xususiyatlari, aholi punktlari, turar joylar, taʼlim tashkilotlari, avtomobil va piyoda yoʻllariga yaqinligi, voyaga yetmaganlar hamda begona shaxslarning hududga kirish ehtimoli, suv olish va suv tashlash qurilmalari, transport harakati, tungi koʻrinish, shuningdek qutqaruv xizmatlarining kirib kelish imkoniyati hisobga olinishi lozim.
140. Sunʼiy suv havzalari, shu jumladan hovuz-tindirgichlar butun perimetri boʻylab yer sathidan balandligi kamida 1,3 m boʻlgan va tirmashib chiqib boʻlmaydigan uzluksiz himoya toʻsigʻi bilan oʻralishi kerak.
Himoya toʻsigʻi iqlim va ekspluatatsiya taʼsirlariga bardoshli (metall, temir-beton yoki boshqa mos konstruksiyalardan) boʻlishi zarur.
141. Sunʼiy suv havzasi hududiga piyodalar kirishi uchun moʻljallangan darvozalar oʻz-oʻzidan yopiladigan, yopilganda avtomatik mahkamlanadigan va qulflash moslamasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
142. Sunʼiy suv havzasining kirish joylarida hamda perimetri boʻylab koʻrinadigan joylarda “Choʻmilish taqiqlanadi”, “Choʻkish xavfi” va “Begona shaxslarning kirishi taqiqlanadi” mazmunidagi ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatilishi lozim.
Bunda belgilar yorugʻlik qaytaruvchi xususiyatga ega boʻlishi, shuningdek ularda sunʼiy suv havzasining chuqurligi hamda “112” yagona dispetcherlik xizmati raqami koʻrsatilishi kerak.
143. Har bir filtratsiyaga qarshi plyonkali moslama qoʻllanilgan sunʼiy suv havzasida suvga tushib ketgan shaxsning mustaqil ravishda chiqishini taʼminlaydigan chiqish joylari nazarda tutilishi lozim.
Chiqish joylari teksturali geomembrana yoki unga mustahkam mahkamlangan sirpanishga qarshi qoplama bilan jihozlanishi, zinapoya (arqonli narvon) yoki qiya yoʻlak hamda tutqichlarga ega boʻlishi kerak.
Chiqish joylari suv sathining hisobiy eng past va eng yuqori qiymatlari oraligʻida foydalanish imkonini taʼminlashi, xavfsiz maydongacha uzluksiz davom etishi hamda kontrast rangli, yorugʻlik qaytaruvchi belgilar bilan belgilanishi lozim.
Chiqish joylari orasidagi masofa sunʼiy suv havzasi perimetri boʻylab 50 m dan oshmasligi, ular sunʼiy suv havzasining kamida ikki turli tomonida joylashtirilishi kerak.
144. Suv olish quvurlari, nasoslarning soʻrish qismlari, suv tashlash qurilmalari va drenaj kirish qismlari odamning tortib ketishi, tiqilib qolishi yoki soʻrilishining oldini oladigan himoya panjaralari, toʻrlar yoki boshqa toʻsiqlar bilan jihozlanishi lozim.
Bunday toʻsiqlarni oʻrnatish texnik jihatdan imkonsiz boʻlganda, tiqilish aniqlanganda nasosni avtomatik oʻchiradigan tizim qoʻllanilishi kerak.
145. Xizmat koʻrsatish maydonchalari, koʻprikchalar, yoʻlaklar, zinapoyalar, shuningdek nasos va suv olish qurilmalariga olib boruvchi yoʻllar sirpanishga qarshi qoplamaga ega boʻlishi lozim.
Quvurlar, kabellar va boshqa muhandislik kommunikatsiyalari harakatlanish yoʻlaklariga toʻsqinlik qilmasligi zarur.
Mazkur joylardan qorongʻi vaqtda foydalanish nazarda tutilganda ishchi yoritish taʼminlanishi kerak.
146. Sunʼiy suv havzasi perimetri boʻylab qirgʻoqqa mahkamlangan qutqaruv halqalari kamida ikkita joyda oʻrnatilishi lozim.
Qutqaruv halqalari sunʼiy suv havzasining eng katta rejaviy oʻlchamidan kam boʻlmagan uzunlikdagi arqon bilan jihozlanishi kerak.
Qutqaruv halqalarining kamida bittasi suv sathida, bevosita foydalanish mumkin boʻlgan joyda joylashtirilishi lozim.
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
LDPE plyonkaning kimyoviy moddalarga chidamliligi
Taʼsiriga 20ºS haroratda LDPE plyonka chidamsiz (Ch.E.) yoki shartli ravishda chidamli (Sh.Ch.) boʻlgan kimyoviy reagentlar
1-jadval Reagent Chidamlilik Reagent Chidamlilik Azot kislotasi (oknsentratsiyasi 50% va undan yuqori) Krotonli aldegid Allilxlorid Moyli aldegid Amiatsetat Amilxlorid Anilin sulfat Anilin gidroxlorid Anilinxlorgidrat Butiatsetat Aromatikasiz gazolin Gazolinobsizol aralashmalar Geptan Dibutilftalat Dixlorbenzol Dixloretan Dimetilamin Dietilamin Dietilanilin Yogʻ va moylar (60ºS) Yod Kamfor moyi Kastor moyi Ketonlar (atseton va x.k.) Krezol Texnik krezol Kislota: oleyk pikrin (10%li kons.) sirka (91%li kons.) gopixlorli xlorsulfonik Ksilol Zigʻir yogʻi Mineral moylar Efir moylar Transformator moyi Metil bromid Metil xlorid Metilenxlorid Nitrobenzol Propilen xlorid Sulfat kislota (100%li kons.) Uglerod disulfid Silikon suyuqliklar Turpentin Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Sh.Ch. Sh.Ch. Ch.E. Sh.Ch. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Sh.Ch. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Sh.Ch. Sh.Ch. Ch.E. Ch.E. Sh.Ch. Sh.Ch. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Atsetaldegid Benzaldegid Benzin Benzin/benzol (80/20) Benzinxlorid Benzol Benzolsulfokislota (10%li konsentratsiya) Suyuq brom Brom, past konsentratsiyali gaz Butilamin Spirt: — alil amil benzil metil oktil furil furfuril (40%li kons.) etil (40% kons.) Oltingugurt xlori Terpentin efir yogʻi Tionilxlorid Toluol Trikrezilfosfat Trixloretilen Trietanolamin Fenilgidrazin Fenol (90%li kons.) Ftor Furfurol Xinolin Xinon Xlor, gaz (quruq, nam) Xloralgidrat Xlorbenzol Xloroform Siklogeksanol Siklogeksanon Toʻrt xlorli uglerod Etil xlorid Etilakrilat Etilatsetat Etilen bromid Etilenxlorid Etilenxlorgidrin Etilenxlorid Efir: atsetosirkali etilli Sh.Ch. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Sh.Ch. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E. Ch.E.
Taʼsiriga LDPE plyonka chidamli boʻlgan reagentlar roʻyxati
2-jadval Reagent Harorat, ºS Konsentratsiya, % Azot kislotasi Aluminiy: gidroksid sulfat Ammoniy gidroksid Atsetaldegid Bariy gidroksid Ohak eritmasi Benzoy kislotasi Borik kislotasi Bura Diol Vismut karbonat Suv: dengiz chuchuk Vodorod bromidi Glitserin Diazosol Dietilenglikol Dubil ekstraktlari Kaliy gidroksid Alum Kislota: tartarik glikolik kremniy ftor vodorod limon maleik sut formik mishyak pikrik salitsil oltingugurt oltingugurtli xlorid gipoxloorik xrom fosfor ftorlangana kremniy ftor fodorod sianid fodorod oksalat Kraxmal Lateks Metil spirti Peshob Sovun eritmasi Qalay bixlorid Qalay tetraxlorid Vodorod peroksid Vodorod sulfid Tuzlar: ammoniy bariy ikki valentli temir uch valentli temir kaliy kalsiy magniy mis natriy nikel qoʻrgʻoshin kumush sink Surma xlorid Tetraetil qoʻrgʻoshin Formaldegid Oq ishqorli suv Yashil ishqorli suv Qora ishqorli suv Etilenglikol 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 24 20 20 24 20 20 20 20 20 24 20 20 24 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 20 24 24 24 20 20 20 20 20 20 25 - 10 Toʻyinguncha 40 Toʻyinguncha 10 - Toʻyinguncha Toʻyinguncha 10 Toʻyinguncha - - 10 Har qanday - Har qanday - - Toʻyinguncha 10 30 32 Toʻyinguncha 25 90 90 - 1 - 50 Har qanday 50 10 20 30 40 40 - - - - 100 - Har qanday - - 30 - - - - - - - - - - - - - - - - 30 - - - -
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalar turlari
a, d — plyonka qoplangan maydonlar;
b, v, g — qiya va vertikal diafragmalar;
1 — plyonkadan qoplama;
2 — gruntli himoya qatlami;
3 — bosib turuvchi yuk;
4 — gruntli toʻshama qatlam;
5 — plyonka qoplama qirrasini mahkamlash;
6 — drenaj.
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Filtratsiyaga qarshi bir qavatli plyonkali moslamalar konstruksiyasining variantlari
a — qumli ostki va himoya qatlami;
b — oʻtkir burchakli zarrachalar qoʻshilgan bogʻlanmagan gruntdan ostki va himoya qatlami, plyonka qoplamalar bilan himoyalangan;
v — suvdan himoya qatlami, ostki qatlam;
g — shlamlardan himoya qatlami, qumdan qilingan ostki qatlam; mahalliy gruntdan qilingan ostki qatlam, qumdan qilingan himoya qatlami;
1 — plyonka;
2 — gruntli ostki qatlam;
3 — gruntli himoya qatlami;
4 —prokladkalar;
5, 6 — mos ravishda, oʻtkir burchakli zarrachalar qoʻshilgan bogʻlanmagan gruntdan qilingan ostki va himoya qatlamlari;
7 — suv qatlami;
8 — shlam qatlami;
9 — asos.
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Filtratsiyaga qarshi ikki qavatli plyonkali (a, b) va kombinatsiyalashgan (v) moslamalar
a — plyonkadan qilingan filtratsiyaga qarshi ustki va ostki qatlamlar;
b — plyonkadan qilingan filtratsiyaga qarshi ustki qatlam, zichlangan gildan qilingan ostki qatlam;
v — filtratsiyaga qarshi qatlam plyonkadan bajarilgan, ustidan gilli grunt yotqizilgan;
1 — plyonka;
2 — gruntli ostki qatlam;
3 — gruntli himoya qatlami;
4 — asos;
5 — drenaj qatlami;
6 — drenaj quvuri;
7 — zichlangan gilli grunt qatlami;
8 — gilli grunt qatlami.
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
Plyonka qalinligini hisoblash
1. Plyonkaga shikast yetmasligi shartidan kelib chiqqan holda plyonkaning qalinligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bu yerda: δ — plyonka qalinligi, mm; dzar — standart elaklardan oʻtkazilgan gruntdagi eng yirik zarrachaning diametri, mm; Kp — qoʻshimcha prokladkalarning samaradorlik koeffitsiyenti (mazkur SHNQ 6-ilovasining 1-jadvaliga muvofiq qabul qilinadi. Qoplamalar boʻlmaganda esa Kp=1 deb qabul qilinadi); q — plyonka qoplangan maydonga tushadigan yuklama, qurilish davri uchun (himoya qatlami grunti, transport yoki zichlovchi mexanizmlar) yoki ekspluatatsiya davri uchun (himoya qatlami grunti, suv qatlami va hovuzda yigʻiladigan choʻkindi) hisoblangan qiymatlardan kattasi qabul qilinadi.
Diafragmaga yuklama qurilish davri uchun mexanizmlarning gruntning himoya qatlami orqali uzatiladigan yuklamasiga, ekspluatatsiya davri uchun tayanch prizmalari yuklamasiga bogʻliq holda aniqlanadi, MPa.
Havoli shinali mexanizmlar massasidan tushadigan q yuklamaning qiymati shinalardagi havo bosimiga, gusenitsali mexanizmlar uchun pasport maʼlumotlariga bogʻliq holda mazkur SHNQ 6-ilovasining 2-jadvalidan olinishi kerak.
2. Gidrostatik bosim taʼsiridan choʻzilishdagi ruxsat etilgan zoʻriqishlar boʻyicha plyonkaning qalinligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bu yerda: qg — gidrostatik bosim, MPa;
E — plyonka materialining elastiklik moduli, 120 MPa ga teng qilib olinadi;
σruxs — plyonka materialining choʻzilishdagi ruxsat etilgan zoʻriqishi, vaqtinchalik inshootlar uchun 1 MPa, doimiy inshootlar uchun esa 0.5 MPa ga teng qilib olinadi.
Agar mazkur ilovaning (2) formulasi boʻyicha hisoblangan plyonka elementining qalinligi boʻlsa, hisob quyidagi bogʻliqlik bilan davom ettirilishi kerak:
Agar mazkur ilovaning (3) formulasi boʻyicha hisoblangan plyonkaning qalinligi δ>13dzar boʻlsa, hisob quyidagi (4) formula bilan davom ettirilishi kerak:
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 6-ILOVA
1-jadval. Kp koeffitsiyentning prokladka grunti turlariga bogʻliqligi.
Prokladka turi Kp RPP markali ruberoid RKM markali ruberoid Shisha tolali mato: 1-qavat 2-qavat 3-qavat Porolon (penopoliuretan) 10 mm Polietilen plyonka 0.2 mm 5.0 2.0 2.02.5 3.0 2.0 1.5
2-jadval. Shinadagi havo bosimiga qarab tushadigan bosim
Shinadagi havo bosimi, MPa Gruntga bosim, MPa 0.1 0.2 0.3 0.4 0.5 0.6 0.25 0.40 0.50 0.57 0.62 0.71
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 7-ILOVA
Qalinligi 5 m dan kam boʻlgan gruntli qatlamning plyonkaga nisbatan siljishga turgʻunligining taʼminlanganligi quyidagi (5) formuladagi shart bilan hisoblanadi:
(Kz)ruxs — grunt turgʻunligining ruxsat etilgan zaxira koeffitsiyenti (Kz)ruxs qiymati gruntli materiallardan toʻgʻonlarni loyihalash meʼyorlariga muvofiq belgilanadi);
μ — himoya qatlami materialining plyonkaga ishqalanish koeffitsiyenti.
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 8-ILOVA
Turli materiallarning plyonkaga ishqalanish koeffitsiyentlari qiymatlari
Himoya qatlami uchun materiallar Himoya qatlami uchun turli materiallarning plyonkaga ishqalanish koeffitsiyenti Gruntni gruntga ishqalanish koeffitsiyenti quruqda suvda Mayda qum Yirik qum Shagʻal Porolon Polietilen Konsistensiyali moylangan polietilen Beton Ruberoid 0.27-0.45 0.27-0.45 0.3-0.45 0.45-0.54 0.40-1 0.08-0.1 0.29-0.39 0.29-0.32 0.25-0.4 0.25-0.4 0.25-0.4 0.25-0.32 0.49-1 0.08-0.1 0.25-0.35 0.25-0.29 0.4-0.5 0.6-0.7 0.7-0.8 - - - - -
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 9-ILOVA
Grunt qatlamining siljishga turgʻunligini ifodalovchi koeffitsiyenti Kz ni aniqlash (6) formulasi (hisob sxemasiga qarang):
Bu yerda:
γ — himoya qatlami gruntining solishtirma ogʻirligi (agar grunt suv ichida boʻlsa, suvning koʻtaruvchi kuchi hisobga olingan solishtirma ogʻirlik), kN/m3
h — himoya qatlami qalinligi, m
L — plyonka oʻtqizilgan qiyalik uzunligi, m
β — qiyalik burchagi, gradus
φ — gruntning ichki ishqalanish burchagi, gradus
δ — grunt va plyonka orasidagi ishqalanish burchagi, gradus
Ca va CP — gruntning plyonkaga ishqalanishi, kN/m2
Himoya qatlami gruntining siljishga turgʻunligini hisoblash sxemasi
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 10-ILOVA
Plyonkaning asos grunti va inshootlar bilan tutashish boʻgʻinlari konstruksiyasining variantlari
1-rasm. Plyonkaning toʻsiq (a, b) va shtraba (c, d) bilan tutashish boʻgʻinlari konstruksiyasining variantlari
1 — plyonka;
2 — kompensatsiyalovchi burushiq;
3 — plyonkaning toʻsiqqa (shtrabaga) kirgizilgan cheti;
4 — shtrabani (toʻsiqni) toʻldiruvchi plastik grunt (beton);
5 — plastmassa profil;
6 — payvand chok;
7 — qumli himoya qatlami;
8 — qumli ostki qatlam.
2-rasm. Plyonkaning kengaytirilgan shtraba bilan tutashish boʻgʻinlari konstruksiyasining varianti
1 — plyonka;
2 — kompensatsiyalovchi burushiq;
3 — plyonkaning shtrabaga kirgizilgan cheti;
4 — shtrabani toʻldiruvchi plastik grunt;
5 — qumli himoya qatlami;
6 — qumli ostki qatlam.
3-rasm. Plyonkaning kengaytirilgan asosda filtratsiyaga qarshi plyonka qoplangan maydon bilan toʻplagich qiyaligida tutashishi
1 — qumli himoya qatlami;
2 — korroziyaga qarshi qoplama;
3 — betonning bitum qoplamasi;
4 — chaqiq toshli asosda monolit beton bilan mahkamlash;
5 — qumli ostki qatlam;
6 — plyonka;
7 — antiseptik bilan ishlov berilgan siquvchi yogʻoch brus;
8 — rezina prokladka;
9 — ankerlovchi bolt;
10 — montaj shayba;
11 — beton;
12 — tekislovchi bitum qatlam.
4-rasm. Plyonkaning beton suv tashlagich quduq bilan tutashishi
1 — plyonka;
2 — tekislovchi bitum qatlam;
3 — rezina prokladka;
4 — rezina arqon;
5 — poʻlat xomut;
6 — qumli himoya qatlami;
7 — qumli ostki qatlam;
8 — beton;
9 — toʻplagich hovuz tubi;
10 — shayba;
11 — gayka;
12 — bolt;
13 — korroziyaga qarshi qoplama.
5-rasm. Plyonkaning beton inshootlar bilan tutashishi
1 — plyonka;
2 — himoya plyonkalari;
3 — filtratsiyaga qarshi shpunt;
4 — rezina arqon;
5 — beton;
6 — tayyorlovchi beton qatlam;
7 — qiyalikni mahkamlovchi konstruksiya;
8 — bolt;
9 — gayka;
10 — shayba;
11 — shveller;
12 — rezina prokladka;
13 — yogʻoch brus;
14 — korroziyaga qarshi qoplama.
6-rasm. Plyonkaning beton inshootlar bilan tutashishi
1 — plyonka;
2 — anker bolt;
3 — gayka;
4 — rezina arqon;
5 — shayba;
6 — antiseptik bilan ishlov berilgan yogʻoch brus;
7 — rezina prokladka;
8 — tekislovchi bitumli qatlam;
9 — qiyalikni mahkamlovchi konstruksiya;
10 — korroziyaga qarshi qoplama.
7-rasm. Plyonkani mahkamlash moslamalarining konstruksiyalari
1 — plyonka;
2 — anker bolt;
3 — antiseptik yogʻoch brus;
4 — rezina prokladka;
5 — plastmassa element;
6 — payvand chok;
7 — korroziyaga qarshi qoplama.
8-rasm. Plyonkani quvur bilan tutashtirish variantlari
a — plastmassa quvur;
b — poʻlat quvur;
c — temir beton (beton) quvur;
d — muvaqqat inshootdagi temir beton (beton) quvur.
1 — quvur;
2 — plyonka;
3 — plastmassa flanets;
4 — payvand chok;
5 — qotirilgan flanets;
6 — erkin turuvchi flanets;
7 — prokladka;
8 — mahkamlovchi element;
9 — poʻlat halqa (xomut);
10 — bitumli qoplama;
11 — zichlovchi arqon.
9-rasm. Plyonkani quvur bilan tutashtirish varianti
1 — qiyalikni mahkamlovchi konstruksiya;
2 — poʻlat quvur;
3 — plyonka;
4 — qumli himoya qatlami;
5 — qumli ostki qatlam;
6 — bolt;
7 — gayka;
8 — shayba;
9 — antiseptik yogʻoch brus;
10 — rezina prokladka;
11 — poʻlat diafragma;
12 — payvand chok;
13 — korroziyaga qarshi qoplama.
10-rasm. Plyonkaning grunt toʻgʻon choʻqqisi (bermasi) bilan tutashtirilishi
1 — qiyalikni mahkamlovchi konstruksiya;
2 — qumli himoya qatlami;
3 — polietilen plyonka;
4 — qumli ostki qatlam;
5 — damba.
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 11-ILOVA
Filtratsiyaga qarshi plyonkali moslamalarni qurishda bajariladigan ishlar ketma-ketligi
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 12-ILOVA
1-rasm. Plyonka polotnolarini tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etish sxemasi
1 — oʻramlarni saqlash joyi;
2 — payvandlash stollari;
3 — kran ishlash zonasi; polotnolarni saqlash joyi.
2-rasm. Plyonka qoplangan maydonda polotnolarni joylashtirish varianti
1 — asosiy polotno;
2 — yon polotno;
3 — burchak polotno;
4 — sexda bajarilgan payvand choklar;
5 — montaj choklari;
6 — Plyonka qoplangan maydonning toʻgʻon choʻqqisida transheyaga kiritiladigan qismi.
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 13-ILOVA
1-rasm. Plyonka polotnosi chetlarining himoya okontovkasi
1 — polotno cheti;
2 — himoya okontovka plyonkasi;
3 — payvand choklar.
2-rasm. Ikkitalik payvand choklar
a — T-shaklida;
b — ustma-ust yotqiziladigan.
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 14-ILOVA
Kontakt payvandlash jarayonlarining asosiy parametrlari
Koʻrsatkich Payvandlanadigan plyonkalarning umumiy qalinligi, mm 0.4 0.5 0.6 Qizdirgich yuzasining harorati, ºS Payvandlash tezligi, m/min Qizdirgichning kontakt bosimi, MPa 200-220 1.5-2.0 0.05-0.08 210-230 1.2-1.5 0.08-0.12 220-240 0.8-1.2 0.12-0.15
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 15-ILOVA
Yopishqoq polietilen tasma yordamida bajarilgan chok konstruksiyasi.
I — VI — ishlarni bajarish bosqichlari;
1 — birinchi plyonka polotnosining qirrasi;
2 — ikkinchi plyonka polotnosining qirrasi;
3 — yopishqoq polietilen tasma;
4 — gruntli himoya qatlami.
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 16-ILOVA
Plyonkalarni yopishqoq qatlamli polietilen tasma yordamida birlashtirish uchun moslamaning sxemasi
1 — rezina qoplamali katok;
2 — tasmali katushka;
3 — tasma;
4 va 5 — plyonka;
6 — plyonka tortilgan yogʻoch asos.
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 17-ILOVA
Yopishqoq qatlamli polietilen tasmaning asosiy parametrlari va xossalari
Tasma eni, mm Asos plyonkasi qalinligi, mm Yelimlovchi qatlam qalinligi, mm Oʻramdagi tasmaning uzunligi, m, kamida Yopishqoqlik, s, kamida Choʻzilishdagi mustahkamlik, MPa, kamida Uzilishdagi nisbiy choʻzilishi, %, kamida 30-150 0.08-0.10 0.03-0.06 70 500-600 10 150
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 18-ILOVA
Choklarni hosil qilish uchun qoʻllaniladigan turli moslamalarga misollar
1. Payvandlash apparati LZ (T) (TN 501)
Texnik koʻrsatkichlari:
Kuchlanishi — 220 V;
Isteʼmol quvvati — 660 Wt;
Payvandlash tezligi — 0-4 m/min;
Qizdirish harorati — 0 — 450ºC;
Material qalinligi — 0.3 mm — 1.5 mm;
Payvand choki eni — 16 mm x 2 (oraliq boʻshliq — 11 mm);
Ogʻirligi — 5.5 kg.
Payvandlash qizdirilgan yuzalarni siqish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Plyonkaga bosim roliklari orqali richag bilan beriladi. Oʻrtasida “nazorat havo kanali” bilan ikkitali chok hosil boʻladi. Payvand chokining mustahkamligi asosiy material mustahkamligining 85 foizini tashkil etadi.
2. Elektr dazmol ART-SI-819
Texnik koʻrsatkichlari:
Kuchlanishi V — 220;
Isteʼmol quvvati — 2600 Wt;
Kontakt yuzaning 180 ºC haroratgacha qizishi — 3 min dan koʻp emas;
Ogʻirligi — 4 kg;
Shnur uzunligi — 1.8 m.
3. Payvandlovchi ekstruder 3007 CS
Texnik koʻrsatkichlari:
Kuchlanishi — 220 V;
Isteʼmol quvvati — 3700 Wt;
Prutok diametri — 3-4 mm;
Havo sarfi — 300;
l/min; Ogʻirligi — 7.9 kg;
Kabel uzunligi — 3 m.
Payvandlovchi ekstruderning havo beruvchi moslamasi bor. Plastifikatsiya kamerasi alohida joylashgan boʻladi. Harorat, massa va havo uchun raqamli kontrollerlari mavjud.
4. Payvandlovchi gorelka GQ20
Texnik koʻrsatkichlari:
Kuchlanish — 220 V;
Isteʼmol quvvati — 2000 Wt;
Havo sarfi — 8 m3/soat;
Harorat rejimi — 0 — 550ºC;
Ogʻirligi — 1.0 kg.
GQ20 payvandlash gorelkasi maxsus turdagi sanoat feni boʻlib, polietilen plyonkalar bilan ishlash boʻyicha qurilish sohasi texnik talablariga javob beradi va xorijiy funksional xususiyatlarni hisobga olgan xolda ishlab chiqilgan. Ushbu qurilish feni qurilishda va gidroizolyatsiyalovchi inshootlarni qurishda foydalaniladigan polietilen plyonkalar bilan ishlash boʻyicha maxsus qurilish quroli hisoblanadi.
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 19-ILOVA
NDPE va LDPE plyonkalarning asosiy parametrlari va xossalari
Koʻrsatkich NDPE LDPE Nominal qalinligi, mm 1.0 1.5 2.0 2.5 3.0 1.0 1.5 2.0 2.5 3.0 Yirtilishdagi mustahkamligi, kN/m 27 40 53 67 80 27 40 53 66 80 Yirtilishdagi nisbiy choʻzilishi, kamida % 700 800 Yirtilishga qarshiligi, N 125 187 249 311 370 100 150 200 250 300 Past haroratga chidamliligi, ºC -60 -60 Choʻzilishga mustahkamligi, MPa 25 23 400 soat ultrafiolet nurlanishdan keyin mustahkamligining pasayishi, % 10 10 30 ta muzlatish-eritish siklidan soʻng mustahkamligining pasayishi, boshlangʻich mustahkamlikdan %, 15 20 Teshilishga mustahkamligi, N 320 480 640 800 960 250 370 500 620 750
SHNQ 2.06.16-22 “Sunʼiy suv havzalari uchun polietilen plyonkadan filtratsiyaga qarshi moslamalarni loyihalash va qurish boʻyicha qoʻllanma” shaharsozlik normalari va qoidalariga 20-ILOVA
Plyonkalarni payvandlash uchun qoʻllaniladigan apparatura va moslamalar
Chok turlari va choklash usullari
Sex sharoitida yoki dala sharoitida plyonkalarni ulashda foydalaniladigan usullar:
Kimyoviy usullar:
erituvchi moddalar yordamida choklash; maxsus
erituvchi moddalar yordamida choklash; maxsus yelimlar yordamida choklash.
Termal usullar:
issiqlik feni bilan choklash;
siquvchi issiqlik uskuna yordamida choklash;
dielektrik usulda choklash;
ekstruder yordamida choklash;
issiq klin moslamasi yordamida choklash;
ultrasonik usulda choklash.
Polietilen plyonka turiga qarab choklarni hosil qilish uchun mavjud boʻlgan usullar
Plyonka turi Ekstruziv usullar Termal usullar Kimyoviy usullar Yelimlash usullari NDPE X1 X - - LDPE X X - - PVC - X X X CSPE - X X X fPP X X - - EPDM - - - X
1 X — usul mavjudligini bildiradi.
