Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻrtoq Islom Abdugʻaniyevich Karimovning dasturiy nutqi toʻgʻrisida (477-XII-son)
04.01.1992
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti dasturiy nutqini tinglab va muhokama etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻrtoq I.A. Karimovning respublikaning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini izchil mustahkamlab borish yoʻlida joriy yilda va kelgusi davrda asosiy muammolarni hal etishning muhim yoʻnalishlari koʻrsatib berilgan dasturiy nutqidagi qoidalar asosan maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi mehnat jamoalarini, respublikaning butun aholisi, millati, ijtimoiy ahvoli, dinga munosabatidan qatʼi nazar, Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi har bir kishini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻrtoq I.A. Karimovning bayon etgan dasturini roʻyobga chiqarish uchun kuch-gʻayratlarni birlashtirishga, respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni bundan buyon ham barqarorlashtirishga Oʻzbekiston davlat mustaqilligini mustahkamlashga oʻzlarining hissalarini qoʻshishga daʼvat etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 4-yanvar,
477-XII-son
