“Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-428-son)
18.11.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoniga muvofiq Toshkent shahri aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarini toza ichimlik suv bilan taʼminlash, oqova suv xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, sohaga ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlarga muvofiq texnologiyalarni tatbiq qilish, mavjud ichimlik suv taʼminoti hamda oqova suv tarmoqlari va inshootlarini modernizatsiya qilish, suv resurslari sifati va xavfsizligini monitoring qilishning samarali tizimini yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent shahri hokimligi, “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ va “SUEZ International SAS” (Fransiya) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) oʻrtasida 2020-yil 7-mart kuni “Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) boʻyicha 7 yil davomida amal qiladigan birgalikda boshqarish toʻgʻrisida shartnoma (keyingi oʻrinlarda — Shartnoma) tuzilganligi;
b) Loyihaning umumiy qiymati — 218,8 mln yevroni, shu jumladan:
Yevropa banklarining kredit mablagʻlari — 154,5 mln yevroni;
Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — 64,3 mln yevroni tashkil etishi;
v) ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari sifatini xalqaro standartlar darajasigacha koʻtarish maqsadida Kompaniya Toshkent shahridagi ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini birgalikda boshqarishga jalb etilishi;
g) Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini takomillashtirish maqsadida ichimlik suv isteʼmolining nazorati va hisobini yuritishda elektron suv hisoblagichlardan keng foydalanish, innovatsion texnologiyalar, uskunalar va dasturiy taʼminotni tatbiq etish, shuningdek, suv taʼminoti va oqova suv tizimi obyektlarini raqamlashtirishda sohada ilgʻor uskuna va texnologiyalarni qoʻllash, zarur maʼlumotlarni kiritish, saqlash, davriy tarzda yangilash va onlayn rejimda monitoring olib borishni nazarda tutuvchi yagona tizim joriy qilinishi;
d) Loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish va unga bevosita rahbarlik qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq Kompaniyaning doimiy muassasasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi;
e) Kompaniya tomonidan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimlarini qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish boʻyicha mahalliy soha mutaxassislarini zamonaviy jahon standartlari asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish nazarda tutilganligi;
j) Loyihani moliyalashtirish uchun:
Fransiya Gʻaznachiligi Oʻzbekiston Respublikasiga 33,4 mln yevro miqdorida qarz;
“Deutsche Bank” banki Oʻzbekiston Respublikasiga Fransiyaning “BPI France” investitsiya banki tomonidan sugʻurtalangan 98,8 mln yevro miqdorida qarz;
“Deutsche Bank” banki Oʻzbekiston Respublikasiga 22,3 mln yevro miqdorida muayyan maqsadli tijorat krediti sifatida qarz ajratayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishdan kutilayotgan asosiy koʻrsatkichlar 2-ilovaga muvofiq;
“Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasi doirasida Fransiya Gʻaznachiligi qarzining birinchi transhidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq;
“Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasi doirasida Fransiya Gʻaznachiligi qarzining ikkinchi transhidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali 4-ilovaga muvofiq;
“Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasi doirasida Fransiyaning “BPI France” investitsiya banki tomonidan sugʻurtalangan “Deutsche Bank” banki qarzining birinchi transhidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali 5-ilovaga muvofiq;
“Toshkent shahri ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasi doirasida Fransiyaning “BPI France” investitsiya banki tomonidan sugʻurtalangan “Deutsche Bank” banki qarzining ikkinchi transhidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali 6-ilovaga muvofiq;
“Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasi doirasida “Deutsche Bank” bankining muayyan maqsadli tijorat kreditidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Loyiha doirasida jalb qilingan qarz mablagʻlaridan oqilona foydalanish va Loyihani samarali amalga oshirish uchun Toshkent shahri hokimligi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ masʼul hisoblanadi;
asosiy qarzni qaytarish, foizlar, komissiya, qarzga xizmat koʻrsatish toʻlovi hamda Loyihani amalga oshirishni moliyalashtirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni qoplash Toshkent shahri mahalliy budjetining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayevga Loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Fransiya Respublikasi Hukumati nomidan ish koʻruvchi “Natixis” banki bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi nomidan “Deutsche Bank” banki bilan qarz bitimlarini imzolash vakolati berilsin.
5. Adliya vazirligi Loyiha doirasida qarz bitimlariga belgilangan tartibda yuridik xulosalar berilishini taʼminlasin.
6. Kompaniyaga:
“Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ obyektlarining kartografiya materiallari, loyiha-texnik hujjatlari, muhandislik infratuzilmasi, Toshkent shahri suv taʼminoti hamda oqova suv tizimlarining sxemalari va chizmalaridan foydalanish;
Loyihani amalga oshirish doirasida suv taʼminoti, oqova suv tarmoqlari va boshqa obyektlarda asbob va oʻlchash vositalarini oʻrnatish maqsadida, Toshkent shahri hokimligi bilan kelishgan holda, zaruratga koʻra, belgilangan tartibda alohida muhim va toifalangan obyektlar hamda inshootlarga (suv olish, suv taʼminoti va oqova suv tozalash inshootlari, nasos stansiyalari va tarmoqlari) kirish huquqi berilsin.
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ bilan birgalikda ushbu bandga muvofiq tegishli materiallardan foydalanish va obyektlarga kirish masalalarida Kompaniyaga koʻmaklashsin.
7. Kompaniya Loyihani amalga oshirish doirasida imzolangan Shartnomaga muvofiq Toshkent shahrida:
yuridik shaxslardan tashqari isteʼmolchilarning barcha toifalari uchun ichimlik suv isteʼmolining nazorati va hisobini yuritish boʻyicha masofadan maʼlumot uzatuvchi “aqlli” suv hisoblagichlarning toʻliq oʻrnatilishiga;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimlari obyektlariga oid barcha zarur maʼlumotlarni kiritish, saqlash, davriy ravishda yangilash va real vaqt rejimida monitoring qilish boʻyicha yagona axborot tizimining joriy etilishiga;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimi isteʼmolchilarining toʻlovlari va hisobi maʼlumotlari respublika yagona billing tizimining (Uzwater) joriy etilishiga va unga toʻliq integratsiya qilinishiga;
Shartnomada belgilangan boshqa tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishiga masʼul etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda “Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasi doirasida ichimlik suvni hisobga olish va nazorat qilishning “aqlli” uskunalarini sotib olish, oʻrnatish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlashga oid Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Loyihani amalga oshirish doirasida hosil boʻladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi, toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
10. “Oʻzsuvtaʼminot” AJning buyurtmanomalariga binoan:
Tashqi ishlar vazirligi — Loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirmasdan, zarur hollarda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini);
Ichki ishlar vazirligi — Kompaniya va uning yordamchi pudrat tashkilotlarining xorijiy mutaxassislari hamda ularning oila aʼzolariga koʻp martalik viza muddatlari uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
11. Bosh prokuratura (E.T. Yuldashev) Loyiha doirasida jalb qilingan qarz va kredit mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
12. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) Loyiha doirasida jalb qilingan mablagʻlarning ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh.S. Hidoyatov va Toshkent shahri hokimi J.A. Ortiqxoʻjayev belgilansin.
14. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, shuningdek, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-noyabr,
PQ-428-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-428-son qaroriga 1-ILOVA
“Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
ming yevro ekv. T/r Xarajatlar kategoriyasining nomi Jami * Moliyalashtirish manbai, shu jumladan: Fransiya gʻaznachiligi va Yevropa banklari kreditlari Oʻzbekiston Respublikasi ulushi 1. Loyihaning umumiy qiymati 218 806,7 154 486,4 ** 64 320,3 2. Kapital qoʻyilmalar qiymati, jami 201 536,8 154 486,4 47 050,4 shu jumladan: 2.1. Qurilish-taʼmirlash ishlari 28 948,8 28 948,8 2.2. Mashina va uskunalar 70 301,0 70 301,0 2.3. Boshqa xarajatlar (boshqaruv xizmatlari va oʻqitish) 73 683,3 71 682,4 2 000,9 shundan: 2.3.1. Koʻzda tutilmagan xarajatlar 21 115,8 21 115,8 3. Investitsiya davridagi moliyaviy va sugʻurta xarajatlari 28 603,7 12 503,0 16 100,7 4. Qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplab berish va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish 17 269,9 17 269,9
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.
** “Deutsche Bank” banki kreditlari boʻyicha foizlarni kapitallashtirish mablagʻlarni oʻzlashtirish surʼatidan kelib chiqib hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-428-son qaroriga 2-ILOVA
“Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishdan kutilayotgan asosiy koʻrsatkichlar
T/r Koʻrsatkich nomi Oʻlchov birligi Jami shu jumladan: 1-yil 2-yil 3-yil 4-yil 5-yil 6-yil 7-yil 1. “Aqlli” hisoblagichlar oʻrnatish dona 673 000 50 000 250 000 350 000 23 000 2. Ichimlik suv taʼminoti tizimida suv yoʻqotishlarni kamaytirish foiz 12 6 2 2 2 3. Dispetcherlik nazorati hamda maʼlumotlar yigʻish (SCADA) tizimini joriy etish foiz 100 20 30 50 4. Geoaxborot tizimini joriy etish foiz 100 20 30 40 10 5. Ichimlik suv tozalash inshootini laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash foiz 100 100 6. Ichimlik suv tozalash inshootlariga sarf oʻlchagichlar oʻrnatish dona 20 20 7. Ichimlik suv taʼminoti tizimlarining bosh rejasini ishlab chiqish foiz 100 30 70 8. Oqova suv tizimlarining bosh rejasini ishlab chiqish foiz 100 30 70 9. Kadrlar malakasini oshirish nafar / kun 1 500 100 150 280 280 250 240 200
Izoh: mazkur asosiy koʻrsatkichlar Loyihani amalga oshirish jarayonida aniqlashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-428-son qaroriga 3-ILOVA
“Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasi doirasida Fransiya Gʻaznachiligi qarzining birinchi transhidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali
Jami qarz summasi 19,5 mln yevro shundan: Boshlangʻich qarz summasi 17,6 mln yevro Sugʻurta toʻlovi 1,9 mln yevro Qarz muddati 13 yil Imtiyozli davr 3 yil Foiz stavkasi Fransiya Hukumati tomonidan belgilanadigan tijorat foiz stavkasi (CIRR) Majburiyat uchun toʻlov 0,5 foiz Oʻzbekiston Respublikasi marjasi 0,5 foiz ming yevro Toʻlov davri * Qarz qoldigʻi Toʻlov miqdori Jami toʻlanadigan summa **** asosiy qarz foizlar ** majburiyat uchun toʻlov *** 20.11.2022 10.01.2023 3 257,33 10.07.2023 6 514,66 51,92 40,94 92,86 10.01.2024 9 771,99 105,55 33,30 138,85 10.07.2024 13 029,32 156,61 24,70 181,31 10.01.2025 16 286,65 211,10 16,65 227,75 10.07.2025 19 544,17 259,58 8,19 267,77 10.01.2026 18 566,96 977,21 316,66 1 293,87 10.07.2026 17 589,75 977,21 295,92 1 273,13 10.01.2027 16 612,54 977,21 284,99 1 262,20 10.07.2027 15 635,33 977,21 264,77 1 241,98 10.01.2028 14 658,12 977,21 253,33 1 230,54 10.07.2028 13 680,91 977,21 234,91 1 212,12 10.01.2029 12 703,70 977,21 221,66 1 198,87 10.07.2029 11 726,49 977,21 202,47 1 179,68 10.01.2030 10 749,28 977,21 190,00 1 167,21 10.07.2030 9 772,07 977,21 171,32 1 148,53 10.01.2031 8 794,86 977,21 158,33 1 135,54 10.07.2031 7 817,65 977,21 140,17 1 117,38 10.01.2032 6 840,44 977,21 126,66 1 103,87 10.07.2032 5 863,23 977,21 109,63 1 086,84 10.01.2033 4 886,02 977,21 95,00 1 072,21 10.07.2033 3 908,81 977,21 77,87 1 055,08 10.01.2034 2 931,60 977,21 63,33 1 040,54 10.07.2034 1 954,39 977,21 46,72 1 023,93 10.01.2035 977,18 977,21 31,67 1 008,88 10.07.2035 977,18 15,57 992,75 Jami 19 544,17 4 085,74 123,78 23 753,69
* Toʻlov davrining aniq sanalari mablagʻ yechib olingandan soʻng Fransiya Gʻaznachiligi tomonidan taqdim etiladi.
** Qarz boʻyicha foizlarni hisoblab chiqishda Fransiya Hukumati tomonidan belgilanadigan tijorat foiz stavkasi (CIRR) 2022-yil 15-noyabr holatiga oʻrtacha 3,17 foizga teng deb hisoblangan.
*** Majburiyat uchun toʻlov birinchi mablagʻ yechib olingan kundan boshlab hisoblanadi.
**** Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-428-son qaroriga 4-ILOVA
“Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasi doirasida Fransiya Gʻaznachiligi qarzining ikkinchi transhidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali
Jami qarz summasi 13,8 mln yevro shundan: Boshlangʻich qarz summasi 12,4 mln yevro Sugʻurta toʻlovi 1,4 mln yevro Qarz muddati 14 yil Imtiyozli davr 4 yil Foiz stavkasi Fransiya Hukumati tomonidan belgilanadigan tijorat foiz stavkasi (CIRR) Majburiyat uchun toʻlov 0,5 foiz Oʻzbekiston Respublikasi marjasi 0,5 foiz ming yevro Toʻlov davri * Qarz qoldigʻi Toʻlov miqdori Jami toʻlanadigan summa **** asosiy qarz foizlar ** majburiyat uchun toʻlov *** 20.11.2022 10.01.2023 9,79 9,79 10.07.2023 34,75 34,75 10.01.2024 35,32 35,32 10.07.2024 34,94 34,94 10.01.2025 35,32 35,32 10.07.2025 34,75 34,75 10.01.2026 1 727,82 35,32 35,32 10.07.2026 3 455,64 27,54 30,40 57,94 10.01.2027 5 183,46 55,99 26,49 82,48 10.07.2027 6 911,28 82,61 21,72 104,33 10.01.2028 8 639,10 111,98 17,66 129,64 10.07.2028 10 366,92 138,45 13,10 151,55 10.01.2029 12 094,74 167,97 8,83 176,80 10.07.2029 13 822,57 192,77 4,34 197,11 10.01.2030 13 131,44 691,13 223,96 915,09 10.07.2030 12 440,31 691,13 209,29 900,42 10.01.2031 11 749,18 691,13 201,56 892,69 10.07.2031 11 058,05 691,13 187,26 878,39 10.01.2032 10 366,92 691,13 179,16 870,29 10.07.2032 9 675,79 691,13 166,14 857,27 10.01.2033 8 984,66 691,13 156,77 847,90 10.07.2033 8 293,53 691,13 143,20 834,33 10.01.2034 7 602,40 691,13 134,37 825,50 10.07.2034 6 911,27 691,13 121,17 812,30 10.01.2035 6 220,14 691,13 111,98 803,11 10.07.2035 5 529,01 691,13 99,14 790,27 10.01.2036 4 837,88 691,13 89,58 780,71 10.07.2036 4 146,75 691,13 77,53 768,66 10.01.2037 3 455,62 691,13 67,19 758,32 10.07.2037 2 764,49 691,13 55,08 746,21 10.01.2038 2 073,36 691,13 44,79 735,92 10.07.2038 1 382,23 691,13 33,05 724,18 10.01.2039 691,10 691,13 22,40 713,53 10.07.2039 691,10 11,01 702,11 Jami 13 822,57 3 111,94 342,73 17 277,24
* Toʻlov davrining aniq sanalari mablagʻ yechib olingandan soʻng Fransiya Gʻaznachiligi tomonidan taqdim etiladi.
** Qarz boʻyicha foizlarni hisoblab chiqishda Fransiya Hukumati tomonidan belgilanadigan tijorat foiz stavkasi (CIRR) 2022-yil 15-noyabr holatiga oʻrtacha 3,17 foizga teng deb hisoblangan.
*** Majburiyat uchun toʻlov birinchi mablagʻ yechib olingan kundan boshlab hisoblanadi.
**** Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-428-son qaroriga 5-ILOVA
“Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasi doirasida Fransiyaning “BPI France” investitsiya banki tomonidan sugʻurtalangan “Deutsche Bank” banki qarzining birinchi transhidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali
Jami qarz summasi 62,91 mln yevro shundan: Boshlangʻich qarz summasi 52,6 mln yevro Sugʻurta toʻlovi 5,72 mln yevro Kapitallashtiriladigan foiz toʻlovlari 4,59 mln yevro Qarz muddati 13 yil Imtiyozli davr 3 yil Foiz stavkasi 6 oylik EURIBOR + 0,70 foiz Boshlangʻich bir martalik toʻlov 0,70 foiz Majburiyat uchun toʻlov 0,21 foiz Oʻzbekiston Respublikasi marjasi 0,50 foiz ming yevro Toʻlov davri * Qarz qoldigʻi Toʻlov miqdori Jami toʻlanadigan summa **** asosiy qarz foizlar ** boshlangʻich bir martalik toʻlov majburiyat uchun toʻlov *** 20.12.2022 15.04.2023 10 485,73 368,22 42,57 410,79 15.10.2023 20 971,46 159,91 55,97 215,88 15.04.2024 31 457,19 319,81 44,77 364,58 15.10.2024 41 942,92 479,72 33,58 513,30 15.04.2025 52 428,65 636,13 22,26 658,39 15.10.2025 62 914,42 799,54 11,19 810,73 15.04.2026 59 768,70 3 145,72 954,20 4 099,92 15.10.2026 56 622,98 3 145,72 911,47 4 057,19 15.04.2027 53 477,26 3 145,72 858,78 4 004,50 15.10.2027 50 331,54 3 145,72 815,53 3 961,25 15.04.2028 47 185,82 3 145,72 767,56 3 913,28 15.10.2028 44 040,10 3 145,72 719,58 3 865,30 15.04.2029 40 894,38 3 145,72 667,94 3 813,66 15.10.2029 37 748,66 3 145,72 623,64 3 769,36 15.04.2030 34 602,94 3 145,72 572,52 3 718,24 15.10.2030 31 457,22 3 145,72 527,69 3 673,41 15.04.2031 28 311,50 3 145,72 477,10 3 622,82 15.10.2031 25 165,78 3 145,72 431,75 3 577,47 15.04.2032 22 020,06 3 145,72 383,78 3 529,50 15.10.2032 18 874,34 3 145,72 335,81 3 481,53 15.04.2033 15 728,62 3 145,72 286,26 3 431,98 15.10.2033 12 582,90 3 145,72 239,86 3 385,58 15.04.2034 9 437,18 3 145,72 190,84 3 336,56 15.10.2034 6 291,46 3 145,72 143,92 3 289,64 15.04.2035 3 145,74 3 145,72 95,42 3 241,14 15.10.2035 3 145,74 47,97 3 193,71 Jami 62 914,42 12 446,73 368,22 210,34 75 939,71
* Toʻlov davrining aniq sanalari qarz bitimi imzolangandan soʻng aniqlanadi.
** Qarz boʻyicha foizlarni hisoblab chiqishda 6 oylik EURIBOR 2022-yil 15-noyabr holatiga 2,30 foizga teng deb hisoblangan.
*** Majburiyat uchun toʻlov qarz bitimi imzolangan kundan boshlab hisoblanadi.
**** Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-428-son qaroriga 6-ILOVA
“Toshkent shahri ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasi doirasida Fransiyaning “BPI France” investitsiya banki tomonidan sugʻurtalangan “Deutsche Bank” banki qarzining ikkinchi transhidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali
Jami qarz summasi 46,59 mln yevro shundan: Boshlangʻich qarz summasi 37,04 mln yevro Sugʻurta toʻlovi 4,41 mln yevro Kapitallashtiriladigan foiz toʻlovlari 5,14 mln yevro Qarz muddati 17 yil Imtiyozli davr 7 yil Foiz stavkasi 6 oylik EURIBOR + 0,75 foiz Boshlangʻich bir martalik toʻlov 0,70 foiz Majburiyat uchun toʻlov 0,26 foiz Oʻzbekiston Respublikasi marjasi 0,50 foiz ming yevro Toʻlov davri * Qarz qoldigʻi Toʻlov miqdori Jami toʻlanadigan summa **** asosiy qarz foizlar ** boshlangʻich bir martalik toʻlov majburiyat uchun toʻlov *** 20.12.2022 15.04.2023 326,10 39,03 365,13 15.10.2023 61,57 61,57 15.04.2024 61,57 61,57 15.10.2024 61,57 61,57 15.04.2025 61,23 61,23 15.10.2025 61,57 61,57 15.04.2026 5 823,20 61,23 61,23 15.10.2026 11 646,40 88,80 53,87 142,67 15.04.2027 17 469,60 176,64 45,93 222,57 15.10.2027 23 292,80 266,41 38,48 304,89 15.04.2028 29 116,00 355,22 30,79 386,01 15.10.2028 34 939,20 444,02 23,09 467,11 15.04.2029 40 762,40 529,91 15,31 545,22 15.10.2029 46 585,58 621,63 7,70 629,33 15.04.2030 44 256,30 2 329,28 706,55 0,00 3 035,83 15.10.2030 41 927,02 2 329,28 674,91 3 004,19 15.04.2031 39 597,74 2 329,28 635,89 2 965,17 15.10.2031 37 268,46 2 329,28 603,87 2 933,15 15.04.2032 34 939,18 2 329,28 568,34 2 897,62 15.10.2032 32 609,90 2 329,28 532,82 2 862,10 15.04.2033 30 280,62 2 329,28 494,58 2 823,86 15.10.2033 27 951,34 2 329,28 461,78 2 791,06 15.04.2034 25 622,06 2 329,28 423,93 2 753,21 15.10.2034 23 292,78 2 329,28 390,74 2 720,02 15.04.2035 20 963,50 2 329,28 353,27 2 682,55 15.10.2035 18 634,22 2 329,28 319,69 2 648,97 15.04.2036 16 304,94 2 329,28 284,17 2 613,45 15.10.2036 13 975,66 2 329,28 248,65 2 577,93 15.04.2037 11 646,38 2 329,28 211,96 2 541,24 15.10.2037 9 317,10 2 329,28 177,61 2 506,89 15.04.2038 6 987,82 2 329,28 141,31 2 470,59 15.10.2038 4 658,54 2 329,28 106,56 2 435,84 15.04.2039 2 329,26 2 329,28 70,65 2 399,93 15.10.2039 2 329,26 35,52 2 364,78 Jami 46 585,58 9 925,43 326,10 622,94 57 460,05
* Toʻlov davrining aniq sanalari qarz bitimi imzolangandan soʻng aniqlanadi.
** Qarz boʻyicha foizlarni hisoblab chiqishda 6 oylik EURIBOR 2022-yil 15-noyabr holatiga 2,30 foizga teng deb hisoblangan.
*** Majburiyat uchun toʻlov qarz bitimi imzolangan kundan boshlab hisoblanadi.
**** Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-428-son qaroriga 7-ILOVA
“Toshkent shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish” loyihasi doirasida “Deutsche Bank” bankining muayyan maqsadli tijorat kreditidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali
Qarz summasi 22,34 mln yevro Qarz muddati 5 yil Imtiyozli davr 0,5 yil Foiz stavkasi 6 oylik EURIBOR + 4,25 foiz Boshlangʻich bir martalik toʻlov 0,70 foiz Majburiyat uchun toʻlov 1,28 foiz Oʻzbekiston Respublikasi marjasi 0,50 foiz ming yevro Toʻlov davri * Qarz qoldigʻi Toʻlov miqdori Jami toʻlanadigan summa **** asosiy qarz foizlar ** boshlangʻich bir martalik toʻlov majburiyat uchun toʻlov *** 20.12.2022 15.04.2023 22 339,89 156,38 92,14 248,52 15.10.2023 20 105,90 2 233,99 743,83 2 977,82 15.04.2024 17 871,91 2 233,99 669,44 2 903,43 15.10.2024 15 637,92 2 233,99 595,06 2 829,05 15.04.2025 13 403,93 2 233,99 517,83 2 751,82 15.10.2025 11 169,94 2 233,99 446,30 2 680,29 15.04.2026 8 935,95 2 233,99 369,88 2 603,87 15.10.2026 6 701,96 2 233,99 297,53 2 531,52 15.04.2027 4 467,97 2 233,99 221,93 2 455,92 15.10.2027 2 233,98 2 233,99 148,76 2 382,75 15.04.2028 2 233,98 74,38 2 308,36 Jami 22 339,89 4 084,94 156,38 92,14 26 673,35
* Toʻlov davrining aniq sanalari qarz bitimi imzolangandan soʻng aniqlanadi.
** Qarz boʻyicha foizlarni hisoblab chiqishda 6 oylik EURIBOR 2022-yil 15-noyabr holatiga 2,30 foizga teng deb hisoblangan.
*** Majburiyat uchun toʻlov qarz bitimi imzolangan kundan boshlab hisoblanadi.
**** Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
