Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-427-son)
18.11.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Bolalarni sogʻlomlashtirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish hamda salomatligini tiklashga koʻmaklashish, bu sohada faoliyat olib borish tizimini yangi darajaga olib chiqish maqsadida:
1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining quyidagi takliflari maʼqullansin:
a) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida Bolalar sogʻlomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga koʻmaklashish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hamda Bolalarning dam olishini va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish departamentini (keyingi oʻrinlarda — Departament) tashkil etish;
b) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan:
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari (keyingi oʻrinlarda — oromgoh) va sanatoriylarni taʼmirlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda yangi statsionar oromgohlar va sanatoriylarni qurish;
Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq suv omboriga tutash hududda yil davomida faoliyat koʻrsatadigan xalqaro bolalar sogʻlomlashtirish oromgohini barpo etish;
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining farzandlari dam olishi va ularni sogʻlomlashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir yoʻllanma narxining 50 foizidan oshmagan miqdorda oromgohlarga kompensatsiya toʻlash;
kambagʻal oilalarning “aʼlo” baholarga oʻqigan farzandlarini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam oldirish va sogʻlomlashtirish.
Jamgʻarma va Departament hamda uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini shakllantirish, binolarni saqlash, xodimlariga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash.
v) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi oromgohlarni muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotlari shaklida tashkil etish.
2. Departamentga quyidagi vakolatlar berilsin:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha oromgohlarda bolalarning xavfsiz dam olishlarini taʼminlashga oid qoidalar, jumladan sanitariya qoidalari va meʼyorlariga rioya etilishi boʻyicha monitoring oʻrnatish;
oromgohlarda bolalarning xavfsiz dam olishlarini taʼminlashga oid qoidalar, jumladan sanitariya qoidalari va meʼyorlari buzilishi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli taʼsir chorasi qoʻllash haqida vakolatli mansabdor shaxslarga taqdimnomalar kiritish.
3. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjetidan ajratiladigan maqsadli transfertlar;
Jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari taklifiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlarining qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjeti va tuman (shahar) budjetlarining qoʻshimcha manbalaridan ajratiladigan mablagʻlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi talabnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek, tuman (shahar) budjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan Jamgʻarmaga mablagʻ ajratish yuzasidan tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlariga har chorakda taklif kiritilishini taʼminlaydi;
davlat organlari va tashkilotlarida jamoa shartnomalariga muvofiq oʻz xodimlari tomonidan farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yoʻllanmalari narxi ish beruvchilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, moliyaviy imkoniyatiga qarab, toʻliq miqdorda yoki uning bir qismi toʻlab berilishi mumkin;
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga belgilangan tartibda taqsimlanadigan ijtimoiy soliq tushumlarning bir qismi quyidagi xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi:
xodimlarni sanatoriylarda sogʻlomlashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash;
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari yoʻllanmalari narxining bir qismini qoplash uchun ijtimoiy soliq tushumidan ajratmani hisobga olgan holda oromgohlarga yoki kasaba uyushmalari tashkilotlari orqali uning aʼzolariga bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi miqdorida kompensatsiya berish.
5. Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 2023-yildan boshlab har yili:
Davlat budjeti parametrlarida Jamgʻarmaga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining asoslangan hisob-kitoblariga asosan mablagʻlar ajratilishi nazarda tutilishini;
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi oromgoh va sanatoriylarni taʼmirlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda yangi statsionar oromgohlar va sanatoriylarni qurish uchun kamida 50 milliard soʻm mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, tizimida oromgohlar boʻlgan tashkilotlar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
1-ilovada keltirilgan oromgohlarni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga mulk huquqi asosida bepul berish;
2-ilovada keltirilgan oromgohlarni sotish yoki ularning faoliyat turini oʻzgartirishni taqiqlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
7. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan oromgohlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish hamda ularni 2022-yil yakuniga qadar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga belgilangan tartibda berish choralarini koʻrsin.
Bunda, oromgohlar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga berilguniga qadar ularni saqlab turish xarajatlari tizimida ushbu oromgohlar boʻlgan tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
8. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “General Motors Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatining “Xonobod” sanatoriyasi bino va inshootlarini, “Nazarbek” sanatoriya profilaktoriyasi bino va inshootlarini mulk huquqi asosida hamda “Omonxona” MCHJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga begʻaraz berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzavtosanoat” AJ bir oy muddatda obyektlar va ulushning Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga topshirilishini va Federatsiya tomonidan qabul qilib olinishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani Chorvoq suv omboriga tutash hududdagi 20 gektar yer maydonida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xalqaro bolalar sogʻlomlashtirish oromgohini qurish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining buyurtmasiga asosan vakolatli davlat organlariga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda yangi oromgohlar barpo etish uchun yer uchastkalari ajratib borish choralarini koʻrsin.
10. Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh negizida Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
11. Komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
oromgohlar faoliyatini tizimli va samarali tashkil etish, ulardagi maishiy, kommunal, transport va tibbiy taʼminot tizimlarining ishonchli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishi boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
oromgohlarda bolalarni vatanparvarlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda erkin fikrlash qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan taʼlim-tarbiya ishlarini hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlarni taʼlim, fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohalarining vakillari ishtirokida tashkil etish;
oromgohlarda bolalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini mustahkamlashga, shu jumladan taniqli sportchilar ishtirokida ommaviy sport musobaqalari oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
oromgohlarda sifatli shoshilinch tibbiy yordam xizmatini joriy etish, ularni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash, shuningdek, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, yongʻin xavfsizligi faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlash;
oromgohlarga jalb etiladigan bolalar salmogʻini yildan-yilga oshirib borishni nazarda tutgan holda, oromgohlarda mavjud imkoniyatlar hamda dam oluvchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytirib borish;
oromgohlarda xavfsizlikni taʼminlash hamda tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
oromgohlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
12. Belgilab qoʻyilsinki:
Komissiya qarori asosida bolalarning dam olishi va ularni sogʻlomlashtirish ishlari bosqichma-bosqich maktab taʼtillari (yozgi, kuzgi, qishki va bahorgi) davrida tashkil etiladi, qolgan vaqtlarda oromgohlar dam olish maskani sifatida faoliyat yuritadi. Bunda dam olish maskanining sertifikatlashtirilishi talab etilmaydi;
bolalarning dam olishi va ularni sogʻlomlashtirish mavsumi boshlanishi oldidan oromgohlarning bolalarni qabul qilishga tayyorligini tekshirish hamda xulosa berish uchun ishchi guruhlar tuziladi.
13. Bolalarni sogʻlomlashtirish, ularning boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishni tashkil etish hamda salomatligini tiklashga koʻmaklashish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
14. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi binosiga bevosita tutash boʻlgan va ayni paytda samarasiz foydalanib kelinayotgan “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli binoning bir qismini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi balansiga mulk huquqi asosida bepul oʻtkazish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda Jamgʻarma hamda Departamentning hududiy boʻlimlarini joylashtirish uchun Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga mulk huquqi asosida bepul bino ajratish choralarini koʻrsin.
15. Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q. Rafikov) bilan birgalikda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalari, birlashgan va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamini berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) va Markaziy bank (M. Nurmuratov) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q. Rafikov) bilan birgalikda mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan oʻzgartirishlar rasman kuchga kirgunga qadar yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalari, birlashgan va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining toʻlaqonli faoliyat yuritishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
16. Adliya vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-noyabr,
PQ-427-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-427-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi balansiga oʻtkaziladigan bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari
ROʻYXATI
T/r Oromgohlar nomi Manzili Yer maydoni (ga) Bino va inshootlar (kv.m) Balansda saqlovchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. “Aydin jol” oromgohi Taxiatosh tumani P. Seytov koʻchasi 7,40 3 402,00 Taxiatosh tumani xalq taʼlimi boʻlimi 2. “Turon” oromgohi Nukus shahri, “Grachevaya rosha” dahasi 3,50 1 000,00 Nukus shahri xalq taʼlimi boʻlimi 3. “Orol bolalari” statsionar oromgohi Ellikqalʼa tumani, “Aqshakoʻl” OFY, Ziyoli aholi punkti 8,76 3 416,00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi 4. Sobiq bolalar oromgohi binosi (“Jetkinshek” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi) Nukus shahri, “Shimbay guzari” MFY 6,70 2 826,00 Nukus shahri hokimligi Andijon viloyati 5. “Mashʼal” bolalar oromgohi Asaka tumani, “Yangiobod” MFY 5,80 5 598,78 Asaka tumani hokimligi 6. “Mashʼal” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi Izboskan tumani, “Eloton” MFY 6,00 2 527,27 Izboskan tumani hokimligi 7. “Quyoshcha” bolalar oromgohi Boʻston tumani, oʻrmon xoʻjaligi hududida 3,00 1 907,33 Andijon viloyati hokimligi 8. “Oq buloq” bolalar oromgohi Jalaquduq tumani, Oqbuloq qishlogʻi 4,20 1 907,33 Jalaquduq tumani hokimligi 9. “Navbahor” bolalar oromgohi Oltinkoʻl tumani, “Oxunboboyev” MFY 2,70 1 337,62 Navbahor tuman hokimligi 10. “Mingbuloq” bolalar oromgohi Ulugʻnor tumani, “Mingbuloq” MFY 1,94 967,05 Ulugʻnor tumani hokimligi Buxoro viloyati 11. “Zarafshon” bolalar oromgohi Vobkent tumani, “Kumushkent” MFY 8,60 619,00 Vobkent tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi 12. “Yoshlik” bolalar oromgohi Peshku tumani, “Malishoyak” MFY 3,50 765,00 Peshku tumani hokimligi 13. “Oromitan” bolalar oromgohi Romitan tumani, “Mugʻoncha” MFY 4,00 1 160,00 Romitan tumani xalq taʼlimi boʻlimi 14. “Koinot” bolalar oromgohi Gʻijduvon tuman, “Armechan” MFY, Todon qishlogʻi 6,40 6 744,40 Gʻijduvon tumani hokimligi 15. “Gulxan” bolalar oromgohi Kogon tumani, “Xoʻja Yakshaba” MFY 3,00 621,00 Kogon tumani xalq taʼlimi boʻlimi 16. “Nihol” bolalar oromgohi Jondor tumani, “Poʻloti” MFY 17,50 3 250,00 Jondor tumani hokimligi Jizzax viloyati 17. “Semurgʻ” bolalar oromgohi Yangiobod tumani, “Balandchaqir” MFY 5,70 222,90 Yangiobod tumani hokimligi 18. “Olimpiya” bolalar oromgohi Yangiobod tumani, “Xoʻjamushkent” QFY, Bayat qishlogʻi, Oqtepa koʻchasi 4,90 1 593,60 Yangiobod tumani hokimligi Qashqadaryo viloyati 19. “Yoshlik” bolalar oromgohi Yakkabogʻ tumani, Oʻrta qishlogʻi 8,5 1200 Yakkabogʻ tumani hokimligi 20. “Avtomobilchi” bolalar oromgohi Yakkabogʻ tumani, Yangiobod qishlogʻi 5,60 3 002,99 Yakkabogʻ tumani hokimligi 21. “Zebuniso” bolalar oromgohi Shahrisabz tumani, Qani qishlogʻi 4,00 10 300,00 Qashqadaryo viloyati Suv xoʻjaligi boshqarmasi 22. “Shoʻrtan qaldirgʻochi” bolalar oromgohi Yakkabogʻ tumani, Ishkent qishlogʻi 9,30 2 424,00 Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi 23. “Istiqlol gʻunchalari” bolalar oromgohi Yakkabogʻ tumani, Kenguzar qishlogʻi 0,70 4 282,00 Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi 24. “Shabada” bolalar oromgohi Kitob tumani, Qaynar qishlogʻi 6,10 1119,82 Qashqadaryo viloyati avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi 25. “Gulnora” bolalar oromgohi Shahrisabz tumani, Qani qishlogʻi 3,50 2 429,70 Milliy Olimpiya qoʻmitasi Navoiy viloyati 26. “Doʻstlik” bolalar oromgohi Qiziltepa tumani, “Boʻlakrabot” MFY 3,10 890,95 Qiziltepa tumani xalq taʼlimi boʻlimi 27. “Shodlik” bolalar oromgohi Qiziltepa tumani, “Xomrabot” MFY 1,50 1 108,80 Qiziltepa tumani xalq taʼlimi boʻlimi Namangan viloyati 28. “Shodlik” bolalar oromgohi Chortoq tumani, “Qorabogʻ” MFY 2,80 540,00 Chortoq tumani hokimligi 29. “Mehrjon” bolalar oromgohi Chust tumani, Gʻova qishlogʻi 2,98 1 710,29 Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi 30. “Umid nihollari” bolalar oromgohi Uychi tumani, Soku qishlogʻi 3,20 2 061,20 Uychi tumani hokimligi 31. “Oftobcha” bolalar oromgohi Pop tumani, Chodak qishlogʻi 9,00 1 632,10 Qoʻqon oʻrmon xoʻjaligi 32. “Barkamol avlod” bolalar oromgohi Chust tumani, Ogʻasaroy qishlogʻi 6,10 1 856,70 Chust tumani hokimligi 33. “Sohil” bolalar oromgohi Kosonsoy tumani, Olmazor dahasi 7,00 2 138,20 Namangan viloyati hokimligi 34. “Nilufar” bolalar oromgohi Pop tuman, “Shayxon” MFY 1,10 1 369,90 Fargʻona viloyati Dangʻara tumani xalq taʼlimi boʻlimi Samarqand viloyati 35. “Alpomish” bolalar oromgohi Samarqand tumani, Ohalik qishlogʻi 2,60 1 360,00 Samarqand shahri xalq taʼlimi boʻlimi 36. “Ibn Sino” bolalar oromgohi Kattaqoʻrgʻon tumani, Kalliqoʻrgʻon qishlogʻi 2,50 1 400,00 Kattaqoʻrgʻon shahri xalq taʼlimi boʻlimi 37. “Quvnoq” bolalar oromgohi Ishtixon tumani, Sheyxlar qishlogʻi 2,03 911,95 Ishtixon tumani xalq taʼlimi boʻlimi 38. “Tangitepa gulshani” bolalar oromgohi Ishtixon tumani, “Damariq” MFY 7,50 1 536,00 Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasi 39. “Qoʻshchinor” bolalar oromgohi Nurobod tumani, Sazagʻon qishlogʻi 4,20 1 183,00 Nurobod tumani xalq taʼlimi boʻlimi 40. “Oqdaryo” bolalar oromgohi Samarqand tumani, Safedi mahallasi 3,20 1 680,00 Samarqand tumani xalq taʼlimi boʻlimi 41. “Kamalak” bolalar oromgohi Samarqand tumani, Ohalik qishlogʻi 2,85 3 015,19 Payariq tumani xalq taʼlimi boʻlimi 42. “Yangi Oʻzbekiston” bolalar oromgohi Samarqand tumani, Mironqul qishlogʻi 5,00 8 500,00 Pastdargʻom tumani hokimligi 43. “Goʻzalkent” bolalar oromgohi Urgut tumani, Omonqoʻton qishlogʻi 0,50 1 520,00 Pastdargʻom tumani xalq taʼlimi boʻlimi 44. “Uchqun” bolalar oromgohi Samarqand tumani, “Mironqul” MFY 3,20 1 680,00 Samarqand tumani xalq taʼlimi boʻlimi 45. “Amir Temur” bolalar oromgohi Toyloq tumani, Adas qishlogʻi 2,30 1 044,00 Toyloq tumani xalq taʼlimi boʻlimi 47. Boʻsh turgan sogʻlomlashtirish oromgohi bino va inshootlari Samarqand shahri, “Sulfakabutak” MFY 4,29 4 448,00 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati 48. “X. Qulniyozov” bolalar oromgohi Uzun tumani, “Malandiyon” MFY 2,70 2 699,85 Uzun tumani xalq taʼlimi boʻlimi 49. Sobiq bolalar oromgohi bino va inshootlari Sherobod tumani, “Gʻurjak-2” MFY 7,10 2 011,00 Surxondaryo viloyati hokimligi 50. “Zamondosh” bolalar oromgohi Sariosiyo tumani, “Nilu” MFY, Nilu qishlogʻi, Dunyo koʻchasi 5,70 957,57 Denov tibbiyot kolleji 51. Bolalar oromgohi (“Chashma-Toshpoʻlatboy” bolalar oromgohi) Denov tumani, A. Hidoyatov QFY, Koʻkabuloq mahallasi 7,37 2 866,00 Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Fargʻona viloyati 52. “Yulduz” bolalar oromgohi Oltiariq tumani, Qapchugʻay qishlogʻi 3,00 1 312,44 Oltiariq tumani xalq taʼlimi boʻlimi 53. “Yoshlik” bolalar oromgohi Furqat tumani, Shoʻxay qishlogʻi 1,35 1 839,42 Furqat tumani xalq taʼlimi boʻlimi 54. “Yulduz” bolalar oromgohi Beshariq tumani, Tovul qishlogʻi 3,50 2 352,71 Beshariq tumani xalq taʼlimi boʻlimi 55. “Qaldirgʻoch” bolalar oromgohi Quvasoy shahar, Lashkar qishlogʻi 6,00 2 432,25 Quvasoy tumani xalq taʼlimi boʻlimi 56. Bolalar oromgohi bino va inshootlari Fargʻona tumani, “Logʻon” MFY 7,40 1 606 Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi 57. “Avtomobilchi” bolalar oromgohi Rishton tumani, Qoʻrgʻoncha qishlogʻi 3,20 1 275,54 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasi 571. Sobiq harbiy qism bino va inshootlari Fargʻona tumani, Navkent MFY 3,40 1 376,00 Fargʻona tumani hokimligi Xorazm viloyati 58. “Obi-hayot” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi Urganch tumani, Munis Xorazmiy mahallasi 4,00 5 107,00 Urganch tumani Obodonlashtirish boshqarmasi 59. “Xiva gulshani” bolalar oromgohi Xiva tumani, Gandimyon qishlogʻi 3,19 3 822,00 “Urganchtransgaz” unitar korxonasi 60. “Humo” bolalar oromgohi Qoʻshkoʻpir tumani, Amirqum mahallasi 5,80 1 375,79 Qoʻshkoʻpir tumani hokimligi Toshkent viloyati 61. “Beldersoy” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, “Namuna” MFY 7,76 5 610,61 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi 62. “Asaka” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, Xumson mahallasi 3,20 3 306,41 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 63. “Geolog” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, Qoronkoʻl qishlogʻi 13,80 5 977,77 “Davlat geologiya axborot markazi” DUK 65. “Avtomobilchi” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, Xondayliq qoʻrgʻoni 8,45 2 144,15 Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi 66. Bolalar oromgohi bino va inshootlari Ohangaron tumani, Sanam MFY 20,30 4 193,9 Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi 67. “Transportchi avlod” bolalar oromgohi Ohangaron tumani, Qoʻrama QFY, Beshqoʻl qoʻrgʻoni 30,00 8811,20 “Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi 68. “Chotqol” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, Yusufxona qoʻrgʻoni 18,00 7202,00 Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi 69. “Kosmos” sogʻlomlashtirish oromgohi Boʻstonliq tumani, Koʻktoʻnli MFY 13,76 1 308,00 Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent viloyat boshqarmasi
Izoh: obyektlarning yer uchastkasi hamda bino va inshootlar maydoniga kadastr hujjatlariga muvofiq aniqlik kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-427-son qaroriga 2-ILOVA
Sotish yoki faoliyat turini oʻzgartirish taqiqlanadigan bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari
ROʻYXATI
T/r Oromgohlar nomi Manzili Yer maydoni (ga) Bino va inshootlar (kv.m) Balansda saqlovchi Jizzax viloyati 1. Yo. Normatov nomidagi bolalar oromgohi (Zomin) Zomin tumani, “Gʻallakor” QFY, Qoʻriq qishlogʻi 2,60 2 440,00 Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi 2. “Kamolot” bolalar oromgohi Gʻallaorol tumani, “Yangihayot” MFY 4,80 1 267,00 Gʻallaorol tumani sport maktabi Qashqadaryo viloyati 3. “Sohibqiron” bolalar oromgohi Yakkabogʻ tumani, Kenguzar qishlogʻi 1,62 2 496,00 “Tolimarjon IES” UK 4. “Guliston” bolalar oromgohi Shahrisabz tumani, Shoʻrchi qishlogʻi 5,00 1 194,00 Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Navoiy viloyati 5. “Sarmish” bolalar oromgohi Navbahor tumani, Sarmishsoy darasi 21,10 10 932,30 “NKMK jamgʻarmasi” DM 6. “Zarafshon” bolalar oromgohi Tomdi tumani, Oqtariq qishlogʻi 49,00 6 631,70 “NKMK jamgʻarmasi” DM Namangan viloyati 7. “Temir yoʻlchi” bolalar oromgohi Pop tumani, “Shayxon” MFY 4,00 1 500,00 “Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UKning Qamchiq temir yoʻl masofasi korxonasi Samarqand viloyati 8. “Kelajak” bolalar oromgohi Urgut tumani, “Chor chinor” MFY 8,39 4 720,00 “NKMK jamgʻarmasi” DM 9. “Soʻgʻdiyona” bolalar oromgohi Kattaqoʻrgʻon tumani, “Mullatogʻay” MFY 12,25 7 228,30 “NKMK jamgʻarmasi” DM 10. “Bolajon” bolalar oromgohi Paxtachi tumani, “Hayratobod” QFY 12,94 8 179,68 “NKMK jamgʻarmasi” DM 11. “Yo. Tursunov” nomidagi bolalar oromgohi Urgut tumani, Omonqoʻton qishlogʻi 11,51 23 919,47 Mudofaa vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining Uy-joydan foydalanish qismi Surxondaryo viloyati 12. “Vaxshivor” bolalar oromgohi Oltinsoy tumani, “Katta-vaxshivor” MFY 10,20 1 754,00 “Denov tuman yoʻllardan foydalanish” UK Toshkent viloyati 13. “Oqtosh” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, “Soyliq” QFY 10,53 12 041,37 Ichki ishlar vazirligi xoʻjalik boshqarmasi 14. “Semurgʻ” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, “Soyliq” QFY 13,57 11 748,97 Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati 15. “Pahlavon” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, “Boʻstonliq” QFY 9,04 8 676,64 “NKMK jamgʻarmasi” DM 16. “Yoʻlchi” bolalar oromgohi Angren shahri, Dukent qishlogʻi 9,87 5 107,22 “Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish” UK 19. “Sokol” (“Lochin”) bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, Qizilsuv qishlogʻi, “Chimboyliq” MFY 15,00 8 114,97 “Oʻzavtosanoat” AK 20. “Zangori olov” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, Qoronkoʻl qishlogʻi 10,77 5 950,00 “Toshshahargaz taʼminoti” korxonasi 21. “Tong” bolalar oromgohi Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Xondayliq qishlogʻi 7,50 2 000,00 Mudofaa vazirligi 23. “Gʻazalkent” bolalar oromgohi (“Barkamol avlod”) Boʻstonliq tumani, “Koʻktoʻnli” MFY 2,56 4 179,45 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 24. “Yoshlik” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, “Novobod” MFY 17,60 12 174,83 Prezident taʼlim muassasalari agentligi 25. “Oftobjon” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, “Sijjak” QFY 0,28 453,55 Oqqoʻrgʻon tumani 78-son maktab-internati 26. “Buloqcha” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, Toʻqqizkoʻl qishlogʻi 3,00 204,00 Chirchiq shahri 14-son Mehribonlik uyi 27. “Yangi avlod” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, Soyliq qishlogʻi 0,24 kadastr hujjati mavjud emas Boʻka tumani 15-son bolalar oromgohi 28. “Kamalak” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, Sijjak QFY, Tutzor 0,30 kadastr hujjati mavjud emas Boʻka tumani 15-son bolalar oromgohi 29. “Nur” dala hovli” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, “Soyliq” QFY 3,00 949,37 Toshkent shahri xalq taʼlim bosh boshqarmasi 30. “Raduga” (“Kamalak”) bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, “Koʻktoʻnli” MFY 9,03 7 121,32 Milliy gvardiya 31. Qibray bolalar oromgohi Qibray tumani, Qibray qishlogʻi 8,20 4 380,00 “Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UK 32. “Burchmullo” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, Yangiqoʻrgʻon qishlogʻi 5,50 3 186,00 “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UK 33. “Yangi avlod” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, Qoronkoʻl qishlogʻi 6,56 1 270,00 “Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UK 34. “Botanika” bolalar oromgohi Qibray tumani, “Oqqovoq” QFY 4,12 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati 35. “Sijjak” dala hovli Boʻstonliq tumani, Sijjak qishlogʻi 1,50 850,00 124-son maktab-internati 36. “Kimyogar” bolalar oromgohi Boʻstonliq tumani, Oqtosh qishlogʻi 2,80 3 658,61 “Maxam-Chirchiq” AJ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-427-son qaroriga 3-ILOVA
Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI
Aripov Abdulla Nigmatovich—Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisiRafikov Qudratilla Mirsagatovich—Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosariIshmetov Timur Amindjanovich—moliya vaziriNurmuratov Mamarizo Berdimuratovich—Markaziy bank boshqaruvi raisi1-ishchi guruh. “Oromgohlarda taʼlim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, ularni malakali pedagog va yetakchilar bilan taʼminlash”Saidov Baxtiyor Odilovich—xalq taʼlimi vaziri, 1-guruh rahbariToshkulov Abdukodir Hamidovich—oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriSaʼdullayev Alisher Zafar oʻgʻli—Yoshlar ishlari agentligi direktori2-ishchi guruh. “Bolalarga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish, oromgohlarda oziq-ovqat mahsulotlari sifatini, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qilish”Musayev Behzod Anvarovich—sogʻliqni saqlash vaziri, 2-guruh rahbariFayziyev Zafar Omonovich—“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisiMirzayev Shuhrat Shaxabutdinovich—qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosariYusupaliyev Baxodir Kahramanovich—Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisiSalixbayeva Umida Saidovna—“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi raisi3-ishchi guruh. “Bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va sport musobaqalarini oʻtkazish, ularga madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etish”Nazarbekov Ozodbek Axmadovich—madaniyat vaziri, 3-guruh rahbariKarimov Avazjon Qudratillayevich—sportni rivojlantirish vaziri maslahatchisiHojimatov Minhojiddin Mirzajonovich—Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbariSaidov Sirojiddin Saloxovich—Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisiSheraliyev Davron Turgʻunovich—“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi direktoriAbduxalikov Firdavs Fridunovich—Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktoriLavozimiga koʻra—Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi raisi4-ishchi guruh. “Oromgohlarda jamoat tartibini saqlash, aloqa, transport xizmati va harakat xavfsizligini taʼminlash, favqulodda vaziyatlar boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazish”Bobojonov Poʻlat Razzaqovich—ichki ishlar vaziri, 4-guruh rahbariDjurayev Rustam Mirzayevich—Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoniQuldashev Abdulla Xamidullayevich—favqulodda vaziyatlar vaziriShermatov Sherzod Xotamovich—axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriMaxkamov Ilxam Rustamovich—transport vaziriTursunov Abdulla Karabashovich—mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosariXasilov Xusnutdin Nuriddinovich—“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi v.b.Abduvaliyev Abduraxmon Abdulhayevich—Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi5-ishchi guruh. “Oromgohlarda elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti uzluksizligini taʼminlash, ularga sifatli kommunal xizmat koʻrsatish”Jumanazarov Akmal Ruzikulovich—Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri, 5-guruh rahbariMustafoyev Ulugbek Mavlonovich—“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisiEshmuratov Baxodir Beshimovich—“Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati raisiSaifnazarov Saxib Islamovich—“Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi
Hududiy komissiyalar raislari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-427-son qaroriga 4-ILOVA
Bolalarni sogʻlomlashtirish, ularning boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishni tashkil etish hamda salomatligini tiklashga koʻmaklashish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochilar 1. Bolalarni sogʻlomlashtirish, ularning boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishni tashkil etish hamda salomatligini tiklashga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish. Quyidagi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish: Oromgohlarda bolalarning dam olishini tashkil etish va ularni sogʻlomlashtirish boʻyicha yangi tahrirdagi konsepsiya; Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizom; Statsionar bolalar dam olish va sogʻlomlashtirish oromgohlari bazasida tashkil etiladigan dam olish maskanlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom. 2022-yil dekabr Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kelishuvga asosan (Q. Rafikov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Pedagog kadrlarni bolalar oromgohlarida faoliyat olib borishga tayyorlash. Oromgohlarning pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlab, belgilangan tartibda ularning malakasini oshirib borish; Doimiy Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) toʻgaraklarga malakali oʻqituvchi-mutaxassislarni jalb etish. Har yili taʼtillar davrida 3. Oromgohlarga jalb etilgan kadrlar mehnatiga haq toʻlash tartibini qayta koʻrib chiqish. Mavsum davomida oromgohlarga kechayu kunduz ishga jalb etilgan pedagog va boshqa xodimlarning bazaviy tarif stavkalari hamda lavozim maoshlari miqdorini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Hukumatga taqdim etish. 2023-yil fevral Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kelishuvga asosan (Q. Rafikov) 4. Oromgohlarda dam olayotgan bolalarni har tomonlama kamol topishiga koʻmaklashish. Oromgohlarda dam olayotgan bolalar uchun quyidagilarni tashkil etish: koʻchma kutubxonalar; toʻgaraklar; sport musobaqalari. Oromgohlarni sport jihozlari, malakali sport murabbiylari va suzish boʻyicha yoʻriqchilar bilan taʼminlash. Har yili mavsum davrida Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar 5. Oromgohlarda sogʻlomlashtirilayotgan bolalar va ularga xizmat koʻrsatayotgan xodimlarning sogʻligʻini saqlash. Hududlar va smenalar kesimida oromgohlarning tibbiy xodimlarga boʻlgan talabini aniqlash; biriktiriladigan malakali shifokor va hamshiralar roʻyxatini shakllantirish hamda ularning mavsum davomida biriktirilgan oromgohlarda faoliyat koʻrsatishini taʼminlash; Har yili mavsum boshlanishidan oldin Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalarida oromgohlarga biriktirilgan malakali shifokor va hamshiralar uchun oʻquv dasturlari, oʻquv seminarlarini tashkil etib borish; tez tibbiy yordam uchun zarur dori vositalari, ilon va qoraqurt zardoblarini ehtiyojga qarab har bir oromgohga yetarli miqdorda ajratish, dezinfeksiya qilish ishlarini nazorat qilish va tibbiy xonalar tashkil qilib, ularni malakali mutaxassislar bilan taʼminlash; tibbiyot xodimlariga metodik yordam tariqasida tibbiy qoʻllanmalarni (zarur hujjatlar, jurnal, tibbiyot xonalarini jihozlash hamda bolalar orasida tibbiy profilaktika ishlarini oʻtkazish dasturi, kasalliklar profilaktikasi boʻyicha plakatlar, bukletlar) tayyorlash va barcha oromgohlarga yetkazish; oromgohlarni tozalash, dezinfeksiya qilish, suvni zararsizlantirish, yotoq anjomlarini tozalatish ishlarini nazorat qilib borish; mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda oromgohlarning sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlanganlik holatini oʻrganib chiqish va natijalari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. Har yili har bir smenadan uch kun oldin 6. Oromgohlarda bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish. Oromgohlarda bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va sport musobaqalarini oʻtkazish hamda ularga madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqish va uning ijrosini taʼminlash; bolalar maʼnaviyatini yuksaltirishga qaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop, shuningdek, dunyo manzaralari va tabiatini namoyish etuvchi filmlarni tanlab olish va barcha oromgohlarga yetkazilishini taʼminlash. Har yili Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (lavozimiga koʻra), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) 7. Oromgohlarga olib boruvchi yoʻllar holatini yaxshilash. Oromgohlarga olib boruvchi yoʻllar holatini oʻrganib chiqish; oʻrganish natijalariga koʻra tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritib borilishini va aniqlangan muammolarning mutasaddi idoralar tomonidan oʻz vaqtida bartaraf etilishini nazoratga olish; oromgohlar joylashgan hududda huquqbuzarlik va jamoat tartibi buzilishining oldini olish boʻyicha alohida profilaktik tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish; oromgohlarning ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlariga boʻlgan ehtiyojini hududlar va smenalar kesimida aniqlash, oromgohlarda faoliyat yuritadigan xodimlar roʻyxatini shakllantirish, ularni oʻqitish choralarini koʻrish; bolalarni tashish boʻyicha avtobus saroylarini aniqlash; oromgohlarga jalb etiladigan transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish; haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazgan holda tayyorlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish; bolalarni avtotransport vositalarida oromgohlarga olib borish va olib kelishda ularning xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish; bepul kuzatib borish xizmati koʻrsatilishini taʼminlash; oromgohlarga olib boruvchi yoʻllar holatini oʻrganish natijalari boʻyicha Ichki ishlar vazirligi tomonidan kiritilgan taqdimnomalarga asosan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etib borish. Har yili mavsum boshlanishidan oldin Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (A. Abduvaliyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 8. Bolalarning dam olish mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish. Oromgohlarga olib boruvchi hududlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular haqida ogohlantirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish; oromgohlar va ular joylashgan hududlarda oʻrnatilgan tartibda yongʻin-texnik tekshiruvi yoki qoʻshimcha yongʻin-profilaktika koʻriklarini oʻtkazish; aniqlangan muammolarning mutasaddi idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bartaraf etilishini nazorat qilish; dam olish mavsumida bolalarga xizmatlar koʻrsatish uchun jalb etiladigan soha mutaxassislarini favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishga oʻrgatish yuzasidan oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish; yongʻin kelib chiqish darajasi yuqori boʻlgan va binolarining asosiy qismi yogʻoch konstruksiyalardan tashkil topgan oromgohlarni mutasaddi idoralar tomonidan qoʻshimcha ravishda birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari va yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari bilan taʼminlash hamda binolarga yongʻinga qarshi moddalar bilan ishlov berish choralarini koʻrish; yongʻin xavfi yuqori boʻlgan oromgohlarning murojaatlari asosida oromgohga mavsum davomida navbatchilik qiladigan yongʻin-qutqaruv avtomobillari va malakali xodimlardan iborat guruhlar ajratilishini taʼminlash hamda har bir oromgohga Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini biriktirish; oromgohlarda koʻrgazmalar bilan taʼminlangan yongʻin xavfsizligi va fuqaro muhofazasi burchaklarining tashkil etilishi hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda ishchi-xizmatchilar va bolalarning harakatlanish rejalari ishlab chiqilishini nazorat qilish; statsionar oromgohlarning mavsumga tayyorligini toʻliq qayta oʻrganib chiqish va aniqlangan kamchiliklarni mavsum boshlangunga qadar bartaraf etish choralarini koʻrish. Har yili mavsum boshlanishidan oldin Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Quldoshev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 9. Bolalar oromgohlari obyektlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilish. Barcha oromgohlar va ularga olib boruvchi yoʻllarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sel oqimlari, suv toshqinlari va koʻchki hodisalarini oʻrganish; xavf mavjud boʻlgan har bir obyekt boʻyicha zarur tavsiyalarni ishlab chiqish va mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga taqdim etish. Har yili mavsum boshlanishidan oldin Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (B. Islamov), Gidrometeorologiya xizmati markazi (Sh. Xabibullayev) 10. Oromgohlarni aloqa vositalari bilan taʼminlash. Belgilangan tartibda har bir oromgohgacha optik tolali aloqa liniyalarini tortish va imtiyozli tarif rejalari asosida xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. 2024-yilga qadar Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) 11. Bolalar oromgohlarida kommunikatsiya tizimlarining shay holatda ishlashini taʼminlash. Oromgohlarda ichimlik suv, elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotining uzluksizligini taʼminlash; mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda mavsumda oromgohlarda elektr energiyasi taʼminoti uzluksizligini taʼminlash boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib borish; oromgohlarni qoʻshimcha ravishda dizel yoqilgʻisida ishlaydigan generatorlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish; oromgohlarni tabiiy gaz, tabiiy gaz boʻlmagan hududlarni suyultirilgan gaz bilan taʼminlash sxemasini ishlab chiqish va mavsum davomida uzluksiz taʼminotini yoʻlga qoʻyish; har yili mavsum boshlanishidan avval va uning yakuni boʻyicha belgilangan tartibda oromgohlarning kommunal toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash. Har yili mavsum davomida Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Sh. Xidoyatov), Energetika vazirligi (A. Axmedxadjayev), “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati (S. Saifnazarov), “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati (U. Mustafoyev), “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati (B. Eshmuratov) 12. Oromgohlar hududini tartibga solish. Tabiat qoʻriqxonalari hududlarida joylashgan oromgohlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish hamda hududdagi yovvoyi va xavfli daraxtlarni tartibga solish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash; 2023-yil may Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari belgilangan jadval asosida tabiat qoʻriqxonalari hududlaridan bolalarning xavfsiz tarzda oʻtib, oromgohlarga borib-kelishlarini taʼminlash choralarini koʻrish. Har yili mavsum davomida 13. Dam oluvchi bolalarning sayohatlarini tashkil etish. Oromgohlarga tashrif buyurgan bolalar uchun yaqin hududdagi tarixiy shaharlarga sayohatlar va ekoturizm sayrlarini tashkil etib borish choralarini koʻrish. Har yili mavsum davomida Turizm va madaniy meros vazirligi (A. Abduxakimov)
