Buxoro viloyati umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida suv taʼminotini barqaror tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (648-son)
07.11.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ichimlik suv va kanalizatsiyadan foydalanish imkoniyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2020 — 2022-yillardagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida suv taʼminotini kompleks tashkil etish toʻgʻrisidagi homiylik loyihalari (keyingi oʻrinlarda — homiylik loyihalari) doirasida 16 ta umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari “Manba-foydalanish-tozalash” suvdan foydalanish tamoyili asosida ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan taʼminlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJning 2022 — 2025-yillarda Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida “Manba-foydalanish-tozalash” suvdan foydalanishi tamoyili asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi suv taʼminotini barqaror tashkil etish boʻyicha tajriba loyihasini (keyingi oʻrinlarda — tajriba loyihasi) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
yer osti suv manbalarini chiqarish (qazib olish) va ichish uchun tayyorlash hamda ulardan foydalanish va foydalanishdan keyin lokal tozalash tizimini tashkil etish;
markazlashgan ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarini chiqarib yuborish tizimiga ulash, ichimlik suvidan foydalanish va oqova suvlari tozalanishini tashkil etish.
3. Quyidagilar:
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini suv taʼminotini barqaror tashkil etish imkoniyatini aniqlash uchun tanlab olish reja-jadvali 1-ilovaga muvofiq;
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini tajriba loyihasida ishtirok etish uchun tanlab olish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tajriba loyihasi doirasida suv taʼminotini barqaror tashkil etish sxemasi 3-ilovaga muvofiq;
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tajriba loyihasi doirasida suv taʼminotini barqaror tashkil etishning maqsadli koʻrsatkichi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida “Oʻzsuvtaʼminot” AJ buyurtmachi funksiyasini bajaradi;
homiylik loyihalari va tajriba loyihasi (keyingi oʻrinlarda — suv taʼminoti loyihalari) doirasida barpo etilgan infratuzilmani joriy taʼmirlash, boshqarish va ekspluatatsiya qilish (keyingi oʻrinlarda — ekspluatatsiya xizmatlari) Xalq taʼlimi vazirligiga yuklanadi;
xalq taʼlimi tizimi tashkilotlariga ekspluatatsiya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha “Oʻzsuvtaʼminot” AJning tizimiga kiruvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — hududiy tashkilotlar) bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi;
ekspluatatsiya xizmatlari narxi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan xolda belgilanadi;
suv taʼminoti loyihalari doirasida barpo etilgan infratuzilmada tozalangan suvlardan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi organlari bilan kelishilgan holda sugʻorish uchun foydalanilishi mumkin.
Bunda tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va uning hududiy tashkilotlari ushbu qaror doirasida pullik asosda tovarlarni yetkazib beruvchi va xizmatlarni koʻrsatuvchi (ishlarni bajaruvchi) hisoblanadi hamda soliq qonunchiligida belgilangan tartibda soliq toʻlovlarini amalga oshiradi.
5. Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha quyidagilar moliyalashtirish manbasi etib belgilansin:
a) grantlar va boshqa turdagi begʻaraz yordam (keyingi oʻrinlarda — begʻaraz yordam) va homiylik xayriyalari;
b) Moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari:
infratuzilmani barpo etish, shu jumladan qurilish (rekonstruksiya qilish)ni nazarda tutuvchi loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazish va kelishish qismida;
“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning infratuzilmani barpo etish, shu jumladan qurilish (rekonstruksiya qilish)ni nazarda tutuvchi loyihaoldi hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish qismida;
v) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda, tajriba loyihasi doirasida infratuzilmani barpo etish, shu jumladan qurish (rekonstruksiya qilish) turli manbalardan moliyalashtirilishiga ruxsat etiladi, shuningdek, ularga aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi tatbiq etilmaydi.
6. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan tajriba loyihasini moliyalashtirish uchun 20 milliard soʻmdan kam boʻlmagan begʻaraz yordam va homiylik xayriyalari jalb etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda tajriba loyihasini amalga oshirish uchun qoʻshimcha begʻaraz yordam jalb etish choralarini koʻrsin.
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda tajriba loyihasi boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazish va kelishish uchun talab etilayotgan bir milliard soʻm mablagʻni 2022-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirilgan kapital qoʻyilmalar hisobidan ajratilishini taʼminlasin.
8. Moliya vazirligi:
2023-yil va keyingi yillardagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorning 5-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan xarajatlar uchun respublika budjetidan mablagʻlar ajratilishini;
xalq taʼlimi tizimi tashkilotlarining har yillik xarajatlar smetasida suv taʼminoti loyihalari doirasida barpo etilgan, shu jumladan qurilgan (rekonstruksiya qilingan) infratuzilmalarga ekspluatatsiya xizmatlarini koʻrsatish xarajatlarini qoplash uchun respublika budjetidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
9. Quyidagilar:
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tajriba loyihasi tadbirlarini amalga oshirishga jalb qilingan vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul etib hisoblansin;
tajriba loyihasini sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari S.I. Saifnazarovga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
10. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda 2023-yil 1-avgustga qadar tajriba loyihasini amalga oshirishning oraliq natijalari asosida markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan ijtimoiy sohasidagi tashkilotlarda suv taʼminotini barqaror tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-noyabr,
648-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-noyabrdagi 648-son qaroriga 1-ILOVA
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini suv taʼminotini barqaror tashkil etish imkoniyatini aniqlash uchun tanlab olish
REJA-JADVALI
Izoh. Mazkur reja-jadvalda belgilangan oʻrganish muddatlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-noyabrdagi 648-son qaroriga 2-ILOVA
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini tajriba loyihasida ishtirok etish uchun tanlab olish
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi Muddatlar 1-bosqich Xalq taʼlimi vazirligi “Manba-foydalanish-tozalash” suvdan foydalanish tamoyili asosida suv taʼminotini barqaror tashkil etish (keyingi oʻrinlarda — suv taʼminotini barqaror tashkil etish) imkoniyatini aniqlash uchun Buxoro viloyatidagi markazlashgan suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — maktab) tanlab olish. Tashkiliy tadbirlar Reja-jadvalda belgilangan muddatlarda 2-bosqich Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Maktabning suv taʼminotini tashkil etishga qaratilgan investitsiya, grant hamda boshqa dasturlar va loyihalar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash *. Tashkiliy tadbirlar 10 ish kuni davomida 3-bosqich “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 1. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish imkoniyatini dala ishlarini oʻtkazgan holda (zarur hollarda) aniqlash **, shu jumladan: suv taʼminotini barqaror tashkil etishning eng maqbul usulini aniqlash; Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan kelishgan holda maktabni uzoq muddat davomida suv bilan taʼminlash uchun yer osti suvlari yetarliligini aniqlash (suv taʼminoti yer osti suvlarini chiqarish orqali tashkil etilayotganda). 2. Maktabning suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun yer osti suvlarini chiqarishga cheklovlar mavjud emasligini kelishish (suv taʼminoti yer osti suvlarini chiqarish orqali tashkil etilayotganda). Tashkiliy tadbirlar 15 ish kuni davomida 4-bosqich Xalq taʼlimi vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ 1. Maktabni tajriba loyihasida ishtirok etayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritish. 2. Maktab tajriba loyihasida ishtirok etayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritilgani toʻgʻrisida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligini xabardor qilish. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi, Tashkiliy tadbirlar 10 ish kuni davomida
* Maktabning suv taʼminoti investitsiya, grant va boshqa dastur hamda loyihalar doirasida tashkil etilayotgan boʻlsa, keyingi tadbirlar amalga oshirilmaydi.
** Maktabning suv taʼminotini barqaror tashkil etish imkonsiz boʻlsa, keyingi tadbirlar amalga oshirilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-noyabrdagi 648-son qaroriga 3-ILOVA
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tajriba loyihasi doirasida suv taʼminotini barqaror tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Moliyalashtirish manbalari Muddatlar 1-bosqich* “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Xalq taʼlimi vazirligi 1. Tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida “Manba-foydalanish-tozalash” suvdan foydalanish tamoyili asosida suv taʼminotini barqaror tashkil etish (keyingi oʻrinlarda — suv taʼminotini barqaror tashkil etish) uchun zarur infratuzilmani barpo etish boʻyicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni (keyingi oʻrinlarda — TIHK) ishlab chiqish**. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Qonunchilikda belgilangan muddatlarda “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK 2. TIHKni ekspertizadan oʻtkazish. 2-bosqich “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Xalq taʼlimi vazirligi 1. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilma barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish (keyingi oʻrinlarda — loyiha hujjatlari)***. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari 30 kun davomida Ekspert tashkiloti 2. Loyiha hujjatlarini shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazish. Qonunchilikda belgilangan muddatlarda Vakolatli tashkilotlar 3. Loyiha hujjatlarini kelishish. 3-bosqich “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK 1. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur tovarlar va xizmatlar (ishlarni) xarid qilish uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish (zarur hollarda). Grantlar va boshqa turdagi begʻaraz yordam (keyingi oʻrinlarda — begʻaraz yordam) va homiylik xayriyalari Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Xalq taʼlimi va�irligi 2. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur tovarlar va xizmatlarni (ishlarni) xarid qilish. 30 ish kuni (toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma orqali xarid qilinayotganda — 15 ish kuni) davomida 4-bosqich “Oʻzsuvtaʼminot” AJ 1. Qurilish (rekonstruksiya qilish) ishlarini boshlash uchun obyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish. Begʻaraz yordam va homiylik xayriyalari 3 ish kuni davomida Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 2. Yer osti suvlarini chiqarish uchun quduqlarni burgʻilashga ruxsatnoma berish (zarur hollarda). Qonunchilikda belgilangan muddatlarda Pudrat tashkilotlari, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Xalq taʼlimi vazirligi, 3. Qurilish (rekonstruksiya qilish) ishlarini bajarish. Shartnomada belgilangan muddatlarda Vakolatli tashkilotlar 4. Qurilish (rekonstruksiya qilish) ishlarining bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish. Qurilish ishlarini bajarish davomida 5-bosqich “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Xalq taʼlimi vazirligi 1. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani qabul qilib olish uchun tarkibiga, shu jumladan quyidagi tashkilotlarning vakillari kiritiladigan qabul qilib olish komissiyasini tuzish: Xalq taʼlimi vazirligi; “Oʻzsuvtaʼminot” AJ; “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tizimiga kiruvchi tashkilot (keyingi oʻrinlarda — hududiy tashkiloti); tanlab olingan tashkilot. Begʻaraz yordam va homiylik xayriyalari 3 ish kuni davomida Qabul qilib olish komissiyasi 2. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani qabul qilib olish. Shartnomada belgilangan muddatlarda Vakolatli tashkilotlar 3. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berish. Qonunchilikda belgilangan muddatlarda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ 4. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmaga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish. 3 ish kuni davomida 6-bosqich “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Xalq taʼlimi vazirligi 1. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani tanlab olingan tashkilotga yoki hududiy tashkilotga mulk huquqiga asosan begʻaraz topshirish. Talab etilmaydi 15 ish kuni davomida 2. Tanlab olingan tashkilot xodimlarini suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun topshirilgan zarur infratuzilmani ekspluatatsiya qilishga oʻqitish****. 7-bosqich Xalq taʼlimi vazirligi, tanlab olingan tashkilot, hududiy tashkilot 1. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani joriy taʼmirlash, boshqarish va ek�pluatatsiya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha hududiy tashkilot bilan shartnomalar tuzish****. Respublika budjeti mablagʻlari Infratuzilma topshirilgan sanadan boshlab 15 ish kuni davomida 2. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani joriy taʼmirlash, boshqarish va ekspluatatsiya qilish****. Ekspluatatsiya davri davomida 3. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani kapital taʼmirlash****. Zarurat tugʻilganda 8-bosqich Xalq taʼlimi vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ 1. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani ekspluatatsiya qilish monitoringini olib borish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. Talab etilmaydi 15 ish kuni davomida 2. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani ekspluatatsiya qilish monitoringini olib borish. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq
* Mazkur bosqich tadbirlari TIHKni ekspertizadan oʻtkazish uchun “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi “ DUKga taqdim etilishi lozim boʻlgan holdagina amalga oshiriladi.
** Tadbirni amalga oshirish xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi qabul qilingandan soʻng 15 kun davomida boshlanadi.
*** TIHK ekspertizadan oʻtkazish uchun “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga taqdim etilishi lozim boʻlsa, loyiha hujjatlari TIHKga muvofiq ishlab chiqiladi.
**** Ushbu tadbirlar hududiy tashkilotiga topshirilgan suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmaga nisbatan amalga oshirilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-noyabrdagi 648-son qaroriga 4-ILOVA
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tajriba loyihasi doirasida suv taʼminotini barqaror tashkil etishnin
MAQSADLI KOʻRSATKIChI
Izoh. Maqsadli koʻrsatkichi grantlar va boshqa turdagi begʻaraz yordamning zarur summasi maqsadli koʻrsatkich erishishning tegishli sanasiga qadar jalb qilingan taqdirda erishiladi.
