Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (3352-1-son)
11.11.2022
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3352-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 5-martdagi 52-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3352, 2022-yil 09-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2022-y., 10/22/3352/0199-son) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 24-oktabr,
450-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 24-oktabrdagi 450-son buyrugʻiga ILOVA
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-bandning “d” kichik bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ekspert-kriminalistika, ish yuritish hamda tahliliy va yuridik taʼminlash boʻlinmalaridagi lavozimlarga nomzodlar.”.
2. 31-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“chidamlilikka oid mashq — 3 000 metrga yugurish.”.
3. 37-bandning birinchi xatboshisidagi “1000 metrga” degan soʻzlar “3000 va 1000 metrga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 1-ilovada:
birinchi pozitsiyadagi “va kiberxavfsizlik” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ Kiberxavfsizlik boʻlinmalari boʻyicha Markaz boshligʻi, oʻrinbosari va boʻlim boshligʻi, bosh mutaxassis, mutaxassis, oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakil, katta tezkor vakil. axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohasi (tibbiyotda kompyuter tizimlari televizion texnologiyalar, audiovizual texnologiyalar, telestudiya tizimlari va ilovalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment, pochta aloqasi texnologiyasi, televideniye, radioaloqa va radioeshittirish, audio-video texnologiyalar, maxsus yoritish texnologiyalari taʼlim yoʻnalishlari bundan mustasno); taʼlimda axborot texnologiyalari; intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi; elektronika; mikroelektronika; matematik injiniring; elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar boʻyicha) mutaxassisliklari; texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha); mexatronika va robototexnika; intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha); texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari, elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi; amaliy kosmik texnologiyalar; dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish taʼlim yoʻnalishlari. ”;
ikkinchi — oʻn yettinchi pozitsiyalar tegishli ravishda uchinchi — oʻn sakkizinchi pozitsiyalar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ Ekspert-kriminalistika bosh markazining Genetik tadqiqotlar va shaxsning genom axborotini davlat roʻyxatiga olish boʻlimi boʻyicha Boʻlim boshligʻi, bosh ekspert, katta ekspert biologiya (turlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi. ”;
oʻn oltinchi — oʻn sakkizinchi pozitsiyalar tegishli ravishda oʻn yettinchi — oʻn toʻqqizinchi pozitsiyalar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi yigirmanchi pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻlinmalarining Mafkuraviy targʻibot yoʻnalishi boʻyicha Bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis dinshunoslik; islomshunoslik, psixologiya (din sotsopsixologiyasi). ”.
5. 8-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. 9-ilovaning 1-jadvali matnidagi “1000 metrga yugurish” degan soʻzlar “3000 metrga yugurish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 8-ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini
BAHOLASh MEZONLARI
1. Erkak jinsidagi nomzodlar uchun:
T/r Mashqning nomi Oʻlchov birligi Baholash koʻrsatkichlari aʼlo asosiy ball yaxshi asosiy ball qoniqarli asosiy ball 1. Turnikda tortilish marta 16 va undan yuqori 10 14-15 7 12-13 5 2. 100 metrga yugurish soniya 14,0 ichida 10 14,1 — 14,4 7 14,5 — 15,0 5 3. 3000 metrga yugurish daqiqa, soniya 12,30 ichida 10 12,31 — 12,50 7 12,51 — 13,25 5
2. Ayol jinsidagi nomzodlar uchun:
T/r Mashqning nomi Oʻlchov birligi Baholash koʻrsatkichlari aʼlo asosiy ball yaxshi asosiy ball qoniqarli asosiy ball 1. Kuch ishlatish mashqlari kompleksi marta 34 va undan yuqori 10 32-33 7 28 — 31 5 2. 100 metrga yugurish soniya 17,0 ichida 10 17,01 — 17,8 7 17,9 — 18,4 5 3. 1000 metrga yugurish daqiqa, soniya 4,30 ichida 10 4,31 — 4,50 7 4,51 — 5,20 5 ”.
