Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha belgilangan loyihalar ijrosini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (KQ-423-IV-son)
08.11.2022
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan respublika boʻyicha 5 284 ta mahalladagi 6 mingdan ortiq obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, 2022-yilda ushbu maqsadlar uchun 2,7 trln soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi belgilangan.
Shu bois har bir hudud boʻyicha ishlab chiqilgan 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturini tasdiqlash hamda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Hududlarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini nazorat qilib borish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish hamda mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlarini tashkil etish jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari:
belgilangan muddatda hududlarga chiqib, ichki yoʻllar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz taʼminotini yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlarini taʼmirlash borasidagi loyihalar ijrosining borishini oʻrgansin, oʻrganish jarayoniga xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari hamda loyihalar ijrosi uchun masʼul idora va tashkilotlar vakillarini jalb qilsin;
oʻrganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar, ijrosi muddatidan orqada qolayotgan loyihalar boʻyicha muammolarni tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda joyida hal etish choralarini koʻrsin;
aholi oʻrtasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash orqali ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish boʻyicha ishlar koʻlami, bu boradagi islohotlar mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borsin;
amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan 2022-yil 15-noyabrdan boshlab har 15 kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasiga maʼlumot kiritsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar Kengashlariga:
2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturlarini sessiyalarda muhokama qilish hamda tasdiqlash;
dasturda belgilangan har bir loyiha ijrosi ustidan doimiy deputatlik nazoratini yoʻlga qoʻyish maqsadida loyihalar kesimida deputatni biriktirish;
aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida mahallalar kesimida 2022-yil noyabr-dekabr oylariga moʻljallangan targʻibot tadbirlari rejasini va masʼul deputatlar roʻyxatini tasdiqlash hamda ijrosini tashkil etish;
biriktirilgan deputatlarning har hafta joylarga chiqqan holda, mahallalarda belgilangan loyihalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini nazorat qilib borishini taʼminlash, ortda qolayotgan loyihalar, aniqlangan muammolar yuzasidan takliflarni mahalliy hokimliklarga, zarur hollarda, Hukumatga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etib borish;
har oyda sessiyalarda loyihalar ijrosining borishi yuzasidan tuman (shahar) sektorlari va boshqa hududiy tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish hamda muhokama qilish;
mahalla infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek, mazkur ishlar ustidan deputatlik nazoratini olib borish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish tavsiya etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi:
hududlarda 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturlari ijrosining borishini tanlov asosida oʻrgansin hamda natijalarini Qoʻmita majlislarida koʻrib chiqsin, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi muhokamasiga kiritsin;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, senatorlar tomonidan taqdim etilgan respublika darajasida hal etiladigan muammolar boʻyicha takliflarni Hukumatga kiritsin.
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)ga mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash borasida senatorlar va deputatlar tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi hududlarda 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturlari ijrosini oʻrganish yakunlari boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirib, tahlil qilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Axborot xizmati senatorlarning hududlarda 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturlari ijrosini oʻrganish jarayonlarini keng yoritib borish choralarini koʻrsin.
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 8-noyabr,
KQ-423-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 8-noyabrdagi KQ-423-IV-sonli Qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish hamda mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlarini tashkil etish
JADVALI
№ Hududlar nomi, mahalliy Kengashlar deputatlari soni Senat aʼzolari Biriktirilgan tuman va shaharlar Fuqarolar yigʻinlari soni Oʻrganish sanasi 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatlari soni — 490 nafar 1. Matmuratov Batir Djoldasovich Kegeyli t. (9), Moʻynoq t. (6), Qonlikoʻl t. (4), 19 2022-yil noyabr-dekabr oylari 2. Annaklicheva Gulistan Axmedovna Toʻrtkoʻl t. (21), Beruniy t. (28) va Ellikqalʼa t. (25) 74 3. Ataniyazova Oral Aminovna Xoʻjayli t. (18), Shumanay t. (5), Qoʻngʻirot t. (27) 50 4. Daniyarov Abatbay Saparbayevich Taxtakoʻpir t. (8), Chimboy t. (9), Qoraoʻzak t. (6) 23 5. Jalmenov Ulikbek Abilayevich Nukus sh. (44), Amudaryo t. (31), Nukus t. (3), Taxiatosh t. (8) 86 JAMI: 252 2. Andijon viloyati Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari soni — 511 nafar 1. Alimov Ravshanbek Azadbekovich Jalaquduq t. (31), Xoʻjaobod t. (16), Baliqchi t. (32), Paxtaobod t. (42), Oltinkoʻl t. (15), 136 2022-yil noyabr-dekabr oylari 2. Ganiyeva Matluba Maxamajanovna Andijon t. (52), Boʻston t. (12), Izboskan t. (33), Ulugʻnor t. (9), Shahrixon t. (44) 150 3. Gʻaniyev Akrom Toʻlqinovich Andijon sh. (41), Xonobod sh. (4), Asaka t. (50), Buloqboshi t. (18), Marhamat t. (32), Qoʻrgʻontepa t. (42) 187 JAMI: 473 3. Buxoro viloyati Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari soni — 424 nafar 1. Gadoyev Erkin Fayziyevich Buxoro sh. (55) va Kogon sh. (13) 68 2022-yil noyabr-dekabr oylari 2. Achilov Nurmuxamed Nurullayevich Jondor t. (41), Olot t. (29), Qorakoʻl t. (42), Gʻijduvon t. (57) 169 3. Raxmatov Murtaza Axmedovich Vobkent t. (34), Peshku t. (29), Romitan t. (31), Shofirkon t. (32) 126 4. Xuseynova Abira Amanovna Buxoro t. (28), Kogon t. (14), Qorovulbozor t. (3) 45 JAMI: 408 4. Jizzax viloyati Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari soni — 396 nafar 1. Siddiqov Riskul Ergashboyevich Baxmal t (17), Gʻallaorol t. (10) 27 2022-yil noyabr-dekabr oylari 2. Alimova Xalida Raufovna Zafarobod t. (3), Zarbdor t. (15) 18 3. Muxtorova Nazira Abdusattarovna Jizzax sh. (21), Mirzachoʻl t. (4), Forish t. (13) 38 4. Pardayev Nusuratulla Arnasoy t. (5), Doʻstlik t. (7), Zomin t. (27) 39 5. Suyarova Sanobar Zarfullayevna Sharof Ranshdov t. (30), Paxtakor t. (7) 37 JAMI: 159 5. Navoiy viloyati Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari soni — 345 nafar 1. Tursunov Kobul Beknazarovich Karmana t. (30), Xatirchi t. (52) 82 2022-yil noyabr-dekabr oylari 2. Orziyeva Dilbar Adizovna Nurota t. (16), Navbahor t. (30) 46 3. Tulekova Ziba Tolibekovna Zarafshon sh. (8), Tomdi t. (3) 11 4. Fayziyev Ulugʻbek Ganiyevich Qiziltepa t. (30), Konimex t. (9) 39 5. Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich Navoiy sh. (26), Uchquduq t. (7) 33 JAMI: 211 6. Namangan viloyati Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari soni — 417 nafar 1. Parpiyev Maxmud Mamatovich Namangan t. (32), Chortoq t. (10), Toʻraqoʻrgʻon t. (38) 80 2022-yil noyabr-dekabr oylari 2. Abdullaxanov Nosirbek Abdurashitovich Namangan sh. (11), Yangi Namangan t. (6), Davlatobod t. (14), Mingbuloq t. (11) 42 3. Najmiddinov Ikromxon Uychi t. (20), Uchqoʻrgʻon t. (35), Chust t. (37), Yangiqoʻrgʻon t. (26) 118 4. Umarov Baxtiyor Ganiyevich Kosonsoy t. (34), Norin t. (28), Pop t. (26) 88 JAMI: 328 7. Samarqand viloyati Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari soni — 450 nafar 1. Boqiyev Farxod Esanovich Kattaqoʻrgʻon t. (32), Qoʻshrabot t. (23) 55 2022-yil noyabr-dekabr oylari 2. Alimova Gavxar Zayirovna Kattaqoʻrgʻon sh. (26), Jomboy t. (15), Bulungʻur t. (29), Payariq t. (11) 81 3. Djalolov Shavkat Amonovich Samarqand t. (42), Toyloq t. (15), Urgut t. (53) 110 4. Toshev Farmon Isxakovich Paxtachi t. (24), Narpay t. (29), Nurobod t. (21), Ishtixon t. (31), 105 5. Xalmuradov Rustam Ibragimovich Samarqand sh. (152), Pastdargʻom t. (65), Oqdaryo t. (17) 234 JAMI: 585 8. Sirdaryo viloyati Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari soni — 370 nafar 1. Tuychiyev Anvar Mirzaaxmedovich Mirzaobod t. (7), Xovos t. (13) 20 2022-yil noyabr-dekabr oylari 2. Artukbayeva Xaytxan Shirin sh. (4), Boyovut t. (16), Guliston t. (15) 35 3. Sotiboldiyev Ulugʻbek Norxojayevich Oqoltin t. (7), Sayxunobod t. (7), Sardoba t. (6) 20 4. Uralova Dilfuza Djumanovna Guliston sh. (16), Yangiyer sh. (5), Sirdaryo t. (26) 47 JAMI: 122 9. Surxondaryo viloyati Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari soni — 487 nafar 1. Iminov Odiljon Karimovich Bandixon t. (13), Boysun t. (23), Shoʻrchi t. (34) 70 2022-yil noyabr-dekabr oylari 2. Boʻtayeva Baxtigul Abraxmatovna Qiziriq t. (15), Sherobod t. (26), Qumqoʻrgʻon t. (44), 85 3. Kadirov Baxadir Tuxtayevich Jarqoʻrgʻon t. (50), Oltinsoy t. (25), Termiz t. (12) 87 4. Sanginov Abdugʻani Abdurahmonovich Sarios?yo t. (40), Uzun t. (38), Denov t. (55) 133 5. Soatov Arzikul Chorshanbiyevich Termiz sh. (23), Angor t. (17), Muzrabot t. (23) 63 JAMI: 438 10. Toshkent viloyati Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari soni — 674 nafar 1. Kadirxanova Malika Akbarovna Yangiyoʻl sh. (13), Chinoz t. (45), Quyichirchiq t. (29), Yangiyoʻl t. (49) 136 2022-yil noyabr-dekabr oylari 2. Burxanov Kutbidin Nukritdinovich Nurafshon sh. (13), Oʻrtachirchiq t. (31), Oqqoʻrgʻon t. (17) 61 3. Toirov Mahmudjon Ohangaron sh. (14), Chirchiq sh. (34), Boʻstonliq t. (42), Ohangaron t. (22), Parkent t. (46), Qibray t. (39), Yuqorichirchiq t. (38) 235 4. Xursanov Abdullo Xalmuradovich Angren sh. (34), Bekobod sh. (23), Olmaliq sh. (43), Bekobod t. (40), Boʻka t. (35) va Piskent t. (13) 188 5. Marufova Gulnora Maxmudovna Zangiota t. (52), Toshkent t. (40) 92 JAMI: 712 11. Fargʻona viloyati Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari soni — 627 nafar 1. Salimova Manzura Alimovna Fargʻona sh. (59), Quvasoy sh. (20), Soʻx t. (15), Fargʻona t. (33) 127 2022-yil noyabr-dekabr oylari 2. Sidikova Enaxon Abduraximovna Qoʻqon sh. (56), Beshariq t. (40), Dangʻara t. (23), Oʻzbekiston t. (59), Furqat t. (20) 198 3. Sultanov Ibroxim Ashiraliyevich Margʻilon sh. (36), Yozyovon t. (20), Quva t. (45), Qoʻshtepa t. (27), Toshloq t. (41), Bagʻdod t. (39), Buvayda t. (41), Oltiariq t. (54), Rishton t. (52), Uchkoʻprik t. (36) 391 JAMI: 716 12. Xorazm viloyati Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari soni — 440 nafar 1. Tajiyev Baxadir Sadullayevich Shovot t. (35), Qoʻshkoʻpir t. (40) 75 2022-yil noyabr-dekabr oylari 2. Durdiyeva Gavhar Salayevna Xiva sh. (10), Xiva t. (14), Yangiariq t. (24) 48 3. Sadullayeva Faraxat Aminovna Urganch sh. (17), Yangibozor t. (16), Gurlan t. (36) 69 4. Sharipov Umarbek Kuranbayevich Bogʻot t. (22), Hazorasp t. (27), Tuproqalʼa t. (7) 56 5. Kurbanov Ravshanbek Davletovich Urganch t. (31), Xonqa t. (23) 54 JAMI: 302 13. Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari soni — 518 nafar 1. Madumarov Tolibjon Abdumalikovich Kasbi t. (31), Kitob t. (40), Koʻkdala t. (28) 99 2022-yil noyabr-dekabr oylari 2. Irkayev Abduraxim Pandjiyevich Qarshi sh. (38), Koson t. (52), Qarshi t. (17) 107 3. Kurbonov Ilxam Uzakovich Mirishkor t. (28), Nishon t. (28), Chiroqchi t. (47) 103 4. Fozilov Xurshid Gʻayratovich Shahrisabz sh. (28), Shahrisabz t. (20), Yakkabogʻ t. (50) 98 5. Shamsiyev Shermat Joʻraqulovich Dehqonobod t. (36), Muborak t. (18), Qamashi t. (27), Gʻuzor t. (23) 104 JAMI: 511 14. Toshkent shahri Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari deputatlari soni — 420 nafar 1. Tashmuxamedova Diloram Gafurdjanovna Chilonzor t. (5), Olmazor t. (1) 6 2022-yil noyabr-dekabr oylari 2. Ziyo Azamat Xamid oʻgʻli Uchtepa t. (9), Shayxontoxur t. (6) Bektemir t. (5) 20 3. Kalanov Rustam Abduxakimovich Sergeli t. (7), Yangihayot t. (3), Mirobod t. (1) Yunusobod t. (3) 14 4. Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich Mirzo Ulugʻbek t. (11), Yakkasaroy t. (4), Yashnobod t. (12) 27 JAMI: 67 HAMMASI: 5 284
