“Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1750-5-son)
08.11.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 8-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1750-5]
Oʻzbekiston Respublikasi “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 4-noyabr,
60-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-oktabr,
2022-35-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 4-noyabrdagi 60-son va 31-oktabrdagi 2022-35-son qaroriga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 17-dekabrdagi 107 va 2007-64-son “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1750, 2007-yil 17-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 531-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 30-iyundagi 47 va 2014-26-son “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1750-1, 2014-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 28-son, 352-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 19-iyundagi 81 va 2017-30-son “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1750-2, 2017-yil 22-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 564-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 41 va 2018-11-son “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1750-3, 2018-yil 9-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1750-3/0872-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 20-yanvardagi 1 va 2020-1-son “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1750-4, 2020-yil 28-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2020-y., 10/20/1750-4/0084-son).
