Chet elda hisobvaraqlar ochish uchun ruxsatnomalar berish tartibi (610-son)
22.01.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 28-martda 390-son bilan TASDIQLANGAN (4-sonli bayonnoma)
TARTIBI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 22-yanvarda 610-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, unda rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida chet el valyutasida hisobvaraqlar ochilishining shartlari belgilab qoʻyilgan.
1.2. Yuridik va jismoniy shaxslar — rezidentlar chet elda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ruxsatnomasiga asosan hisobvaraqlar ochadilar.
II. Yuridik shaxslar tomonidan chet elda hisobvaraqlar ochish
2.1. Rezident — yuridik shaxslarga, taʼsis hujjatlari, bitimlar, kontrakt yoki shartnomalarga muvofiq ularning faoliyat koʻrsatish davri mobaynida chet elda hisobvaraqlar ochishga ruxsat beriladi.
2.2. Rezident — yuridik shaxslar chet elda hisobvaraqlar ochishga ruxsatnomalarni olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagilarni taqdim etishlari lozim:
2.2.1. Quyidagilar koʻrsatilgan iltimosnomalar:
a) hisobvaraqlarni ochishdan koʻzda tutilgan maqsad;
b) hisobvaraqlarning turlari va ular boʻyicha amalga oshirilishi moʻljallanayotgan operatsiyalar;
v) hisobvaraqlarni ochish koʻzda tutilgan chet el bank muassasalari;
g) respublikamiz vakolatli banklaridagi oʻz valyuta hisobvaraqlarining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
d) ochilishi moʻljallanayotgan hisobvaraqqa mablagʻlarning kelib tushish manbalari;
e) hisobvaraqlarning amal qilish muddati.
2.2.2. Taʼsis hujjatlarining nusxalari;
2.2.4. Vakolatli banklarning chet elda hisobvaraqlarni ochishning maqsadga muvofiqligi va ularga xizmat koʻrsatishga roziligi toʻgʻrisidagi (Oʻzbekiston Respublikasi bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha) maʼlumotnoma;
IV. Chet eldagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan nazorat va javobgarlik
4.1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki chet elda hisobvaraqlarni ochishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun arizachidan qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilish, shuningdek, majburiy tartibda respublika Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Davlat soliq qoʻmitasidan tegishli xulosalarni soʻrash huquqiga ega.
Rezidentlar tomonidan chet elda hisobvaraqlar ochishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi masala ijobiy hal etilganda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki amal qilish muddati koʻrsatilgan yozma ruxsatnoma beradi.
4.2. Arizachilarning Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklaridagi hisobvaraqlarida saqlanayotgan valyuta mablagʻlarining chet eldagi hisobvaraqlarga oʻtkazilishi amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4.3. Chet elda hisobvaraqlar ochish uchun ruxsat olgan rezidentlar — yuridik va jismoniy shaxslar vakolatli banklarga ushbu hisobvaraqlardagi mablagʻlar harakati toʻgʻrisida har oyda axborot beradilar.
Vakolatli banklar, har oyda yuridik va jismoniy shaxslarning chet elda ochilgan hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (ushbu Tartibga ilova qilingan shakl boʻyicha) taqdim etadilar.
Vakolatli banklar soliq idoralarining soʻrovlari oʻz mijozlari boʻlgan korxonalarning soliq toʻlovlarini toʻlaligicha va toʻgʻri toʻlanishi ustidan nazorat qilish maqsadida ular tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha maʼlumotnomalarni taqdim etadilar.
4.4. Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli banklar oʻz mijozlarining chet elda ochilgan hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarning amalga oshirilishi va ushbu hisobvaraqlardagi mablagʻlarning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etilishini nazorat qiladilar.
Ushbu maʼlumotlar mijozlardan talab qilib olinadigan hisobvaraqlar koʻchirmalari va rezident — yuridik shaxslarning chet eldagi hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi xorijiy banklarning boshqa tasdiqlovchi hujjatlari asosida vakolatli banklar tomonidan tekshirib koʻriladi. Bunda berilgan ruxsatnoma shartlariga muvofiq chet el valyutasidagi mablagʻlardan foydalanish tartibi va ularni hisobvaraqqa hisoblab yozilishi va oʻchirilishining asosliligi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq chet el valyutasida olingan tushumning bir qismi majburiy tartibda sotilganligiga alohida eʼtibor beriladi.
4.5. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el banklarida ochilgan hisobvaraqlarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ruxsatisiz mablagʻlarning hisoblab yozilishi ularni yashirish deb hisoblanadi.
4.6. Yuridik tomonidan chet el valyutasidagi tushumning yashirilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
4.7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki arizachilar tomonidan amaldagi qonunchilikni buzish hollariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanganda va chet eldagi hisobvaraqlar boʻyicha mablagʻlarning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻz vaqtida taqdim etilmaganda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda berilgan ruxsatnomani bekor qilish huquqiga ega.
Markaziy bank raisi oʻrinbosari S. RAHIMOV
