Oʻzbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasida chet el valyutasida tuzilgan eksport shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, hisob-kitoblarni va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1482-son)
23.06.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKINING BOShQARUVI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 23-iyunda 1482-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisidagi” Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi toʻgʻrisida”gi 2005-yil 10-martdagi PQ-24-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan “Oʻzauksionsavdo” tashkilotini tugatish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 11-yanvardagi 13-sonli qaroriga binoan qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasida chet el valyutasida tuzilgan eksport shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, hisob-kitoblarni va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* asosan tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-iyun,
55-son
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-iyun,
59-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-iyun,
263-V-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-iyun,
01-02/19-16-son
