9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining standartlashtirish sohasidagi vakolatlari
Standartlashtirish toʻgʻrisida (O‘RQ-800-son) · Sana: 03.11.2022 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
standartlashtirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining standartlashtirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
milliy standartlashtirish tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi, davlat dasturlarining ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi;
talablariga rioya etilishi majburiy boʻlgan standartlarni belgilaydi;
standartlashtirish sohasidagi ilmiy-texnikaviy faoliyatni tashkil etadi;
standartlashtirish sohasidagi xoʻjalik faoliyati subyektlarini iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni va ragʻbatlantirishni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
