7-modda. Standartlashtirishning asosiy vazifalari
Standartlashtirish toʻgʻrisida (O‘RQ-800-son) · Sana: 03.11.2022 · Amalda
Standartlashtirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning hayotini, sogʻligʻini va mol-mulkini muhofaza qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
mahsulotning sifati masalalarida isteʼmolchilarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish;
mahsulotning oʻzaro almashuvchanligini va moslashuvchanligini taʼminlash;
aholining va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun mahsulotning sifatini hamda raqobatbardoshliligini ilm-fan va texnologiyalarning rivojlanish darajasiga qarab oshirish;
barcha turdagi resurslarni tejashga koʻmaklashish, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilash;
ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik dasturlarni hamda loyihalarni roʻyobga chiqarish chogʻida amaliy jihatdan koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiyotini rivojlantirishga va ilmiy-texnik taraqqiyotiga koʻmaklashish;
ishlab chiqariladigan mahsulotning nomenklaturasi va sifati toʻgʻrisidagi axborotning ochiqligini hamda ishonchliligini taʼminlash;
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotning xorijiy bozorlarga olib chiqilishiga koʻmaklashish;
oʻlchash birligini taʼminlash.
