2-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Standartlashtirish toʻgʻrisida (O‘RQ-800-son) · Sana: 03.11.2022 · Amalda
Ushbu Qonunning amal qilishi standartlarni va standartlashtirishga doir tegishli hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish hamda qoʻllash, shuningdek standartlashtirish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Harbiy sohada, davlat sirlarini va boshqa axborotni himoya qilish sohasida, atom energiyasidan foydalanish, yadroviy hamda radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida, moliya va taʼlim sohasida standartlashtirishning oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining alohida qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
