Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida (262-II-son) · Sana: 30.08.2001 · Amalda
Ushbu Qonunning maqsadi investorlarning huquqlarini taʼminlash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat boʻlib, emissiya jarayonidan hamda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkaziladigan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlar ularning investitsiyalash obyekti hisoblanadi.
Ushbu Qonun banklar, boshqa kredit va sugʻurta tashkilotlari tomonidan jamgʻarmalarga pul mablagʻlarini jalb etish bilan, depozit sertifikatlar, veksellar va qonun hujjatlariga muvofiq emissiya jarayonidan oʻtkazilmaydigan boshqa qimmatli qogʻozlar muomalasi bilan bogʻliq munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-28689
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida (262-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-6270/1 (lex.uz/docs/-28689)