Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Akademik litseyning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (629-son)
01.11.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 23-iyuldagi PQ-330-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakat tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat hamda xalqaro huquq sohalari uchun iqtidorli yoshlarni saralab olish, zamonaviy bilimlar va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan mustaqil fikrlovchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan milliy taʼlim tizimining uzluksizligi va izchilligini roʻyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 23-iyuldagi PQ-330-son qarorining 14-bandiga muvofiq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Akademik litseyning (keyingi oʻrinlarda — Akademik litsey) moddiy-texnika bazasini mustahkamlash belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Akademik litseyning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Akademik litseyning oʻquv, yordamchi va boshqa bino hamda inshootlarini kapital taʼmirlash, hududini obodonlashtirish;
Akademik litsey hududida oʻquvchilar uchun 200 oʻrinli yotoqxona (xorijdan keladigan oʻqituvchilar uchun 20 oʻrinli mehmon uylari) qurish va uni zamonaviy talablar asosida jihozlash;
ikki qavatli zamonaviy sport-sogʻlomlashtirish majmuasini qurish va uni zamonaviy talablar asosida jihozlash;
Akademik litseyda uzluksiz elektr energiyasi manbai (quvvati) bilan taʼminlash qurilmasini oʻrnatish.
3. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Akademik litsey faoliyati uchun zarur asbob-uskuna va jihozlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Akademik litsey infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi etib Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti belgilansin.
Bunda, bosh loyiha tashkiloti va pudrat tashkiloti belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender yoki tanlov orqali aniqlanadi.
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2023-yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi mablagʻlari hisobidan Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri V.I. Norov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-noyabr,
629-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 629-son qaroriga 1-ILOVA
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Akademik litseyning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
ChORA-TADBIRLARI DASTURI
T/r Chora-tadbirlar Bajarish muddatlari Dastlabki qiymati (mln soʻm) Moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar I. Muhandislik tarmoqlari, bino va inshootlarni qurish hamda kapital taʼmirlash ishlari 1. Akademik litsey sport maydonini futbol va regbi maydonlariga ixtisoslashtirish hamda sugʻorish — muhandislik tarmoqlari bilan taʼminlash. 2023-yil may 6 000,0 Davlat budjeti mablagʻlari Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Qurilish vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 2. Ikki qavatli zamonaviy sport-sogʻlomlashtirish majmuasini qurish va uni zamonaviy talablar asosida jihozlash. 2023-yil iyun 14 000,0 Davlat budjeti mablagʻlari Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 3. Akademik litseyda avtonom uzluksiz isitish va sovitish tizimlarini tashkil etish uchun zarur qurilmalarni oʻrnatish. 2023-yil iyun 400,0 Davlat budjeti mablagʻlari Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 4. Akademik litseyda uzluksiz elektr energiyasi manbai (quvvati) bilan taʼminlash qurilmasini oʻrnatish. 2023-yil iyun 600,0 Davlat budjeti mablagʻlari Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 5. Avtotransport vositalari uchun turargoh qurish. 2023-yil iyun 80,0 Davlat budjeti mablagʻlari Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi 6. Yotoqxona oldida 50 kishilik soyabonli oʻtirish joylari (oʻrindiqlar) qurish. 2023-yil iyun 300,0 Davlat budjeti mablagʻlari Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi 7. Akademik litseyning oʻquv, yordamchi, shuningdek, boshqa bino va inshootlarini kapital taʼmirlash, hududini obodonlashtirish. 2023-yil iyul 17 300,0 Davlat budjeti mablagʻlari Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 8. Akademik litsey hududida yer osti ichimlik suvi bilan taʼminlash va umumiy yer maydonlarini sugʻorish tizimini oʻrnatish. 2023-yil iyul 800,0 Davlat budjeti mablagʻlari Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 9. Akademik litsey binosini kapital taʼmirlash va uning hududida tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda namunaviy loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqqan holda 200 oʻrinli yotoqxona (xorijdan keladigan oʻqituvchilar uchun 20 oʻrinli mehmon uylari) qurish. 2024-yil may 14 000,0 Davlat budjeti mablagʻlari Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi II. Moddiy-texnik bazani zamon talablari asosida mustahkamlash 10. Akademik litsey konferensiyalar zalini, maʼmuriy-boshqaruv va pedagog-oʻqituvchilar uchun xonalarni zamonaviy kompyuter jamlanmasi, asbob-uskuna, jihoz va inventarlar bilan taʼminlash. 2023-yil iyun 2 000,0 Davlat budjeti mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 11. Masofaviy taʼlim uchun sinf xonasini tegishli kompyuterlar, ekran, videokamera, mikrofonlar, audio moslamalar va videokonferensaloqa tizimi bilan jihozlash. 900,0 12. Fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha laboratoriya xonalarini tashkil etish, shuningdek, ularni zamonaviy asbob-uskunalar, mebel va inventarlar bilan jihozlash. 600,0 13. Axborot-resurs markazi va chet tili sinflarini 100 komplekt shaxsiy kompyuter bilan jihozlash, shuningdek, har bir oʻquvchini tegishli oʻquv materiallari yuklangan planshetlar bilan taʼminlash. 1 500,0 14. Akademik litseyning kutubxonasini badiiy, ilmiy-ommabop, oʻquv-uslubiy hamda maxsus adabiyotlar bilan taʼminlash, shuningdek, elektron kutubxonadan foydalanish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bogʻliq masalalarni hal qilish. 1 250,0 15. Sport zalida sport inventarlari, 2 ta yugurish yoʻlakchalari, 2 ta velotrenajyor, 1 ta umumiy trenajyor va 2 ta komplekt zamonaviy kuch trenajyorini oʻrnatish. 250,0 16. Akademik litseyni quyidagilar bilan taʼminlash, jumladan: “Gentra” rusumli avtotransport vositasi — 1 ta; 160,0 “Mikroavtobus” avtotransport vositasi — 1 ta; 350,0 Avtobus — 1 ta. 800,0 17. Litsey hududi, oʻquv xonalari, laboratoriya, sport majmualarini, bino va inshootlari hamda yotoqxonalarini zamonaviy videokuzatuv tizimi bilan jihozlash. 200,0 18. Hududga kirish joyida nazorat-turniket oʻrnatish. 60,0 19. Tibbiy xonani maxsus asbob-uskunalar, jihoz va mebellar bilan taʼminlash. 200,0 20. Akademik litsey oshxona va bufet zallarini zamonaviy asbob-uskunalar hamda mebellar bilan jihozlash. 1 000,0 21. Radio-uzelni jihozlash. 50,0 22. Akademik litsey ichki qismi (katta xol, foye, yoʻlaklar) interyerini zamonaviy talablarga mos holda oʻzgartirish. 300,0 JAMI: 63 100,0
Izoh. Yakuniy mablagʻlar qiymati loyiha-smeta va boshqa zarur hujjatlarni tayyorlash natijalariga koʻra aniqlanadi. Moliyaviy xarajatlarning yakuniy summasi belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan keyin aniqlashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 629-son qaroriga 2-ILOVA
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Akademik litsey faoliyati uchun zarur asbob-uskuna va jihozlar
ROʻYXATI
T/r Asbob-uskuna va jihozlar nomi Xonalar soni Oʻrinlar soni Jami zaruriy miqdori 1. Oʻquvchilar uchun parta (ikki kishilik) 46 13 598 2. Oʻquvchilar uchun stul (bir oʻrindiqli) 46 26 1196 3. Oʻqituvchilar uchun parta 46 1 46 4. Oʻqituvchilar uchun stul (bir oʻrindiqli) 46 1 46 5. Elektron doska (interaktiv 82 dm oʻlchamli) 46 1 46 6. Printer (har bir sinf xonasi uchun) 46 1 46 7. Faollar zaliga kreslo (uch kishilik) 1 100 100 8. Proyektor (har bir sinf xonasi uchun) 46 1 46 9. Noutbuk (har bir sinf xonasi uchun) 46 1 46 10. Televizor plazma (49 dm) 46 1 46 11. Printer 1 1 1 12. Kitoblar uchun shkaf (har bir sinf xonasi uchun) 46 1 46 13. Muzokaralar xonasi uchun mebellar (shkaf, kreslo, stol, stul) 1 1 1 14. Faollar zali, Axborot-resurs markazi va talabalar oshxonasi zaliga ustunli konditsioner (120 — 150 kvm) 3 2 6 15. Sinf xonalari uchun konditsioner 46 1 46 16. Akademik litsey boshqaruv maʼmuriyati uchun (monoblok, printer, televizor) toʻplamlari 6 1 6 17. Boshqaruv maʼmuriyati uchun mebellar (kitob javoni, kiyim javoni, ishchi stol va stullari, divan, kreslolar) toʻplami 6 1 6
