“Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida (616-son)
24.10.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, oʻzining yuqori kasb mahorati, yorqin isteʼdodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt oʻrtasida hurmat qozongan, faol va tashabbuskor, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna koʻrsatib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari taʼsis etilsin.
2. Quyidagilar:
“Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 1a va 1b-ilovalarga muvofiq;
“Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
“Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2a va 2b-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
“Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari mukofotlangan shaxslarga 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi;
“Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri buyrugʻi asosida amalga oshiriladi;
“Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari, ularning guvohnomasini tayyorlash va mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmasiga asosan “Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 24-oktabr,
616-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 616-son qaroriga 1-ILOVA
“Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
2. Koʻkrak nishoni bilan oliy taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, oʻzining yuqori kasb-mahorati, yorqin isteʼdodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt oʻrtasida hurmat qozongan, faol va tashabbuskor, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna koʻrsatib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.
Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham mazkur Nizom talablari asosida taqdirlanishi mumkin.
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi
4. Davlat oliy taʼlim tashkilotlari, shuningdek, davlat ishtirokida tashkil etiladigan oliy taʼlim tashkilotlari (davlat ulushi boʻlgan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari, qoʻshma taʼlim muassasalari, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan taʼlim muassasalari va boshqalar) (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim tashkiloti) va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni har yili 20-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) taqdim etadi.
Nomzod boʻyicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzod haqida maʼlumotnoma, soʻnggi uch yil davomida u tomonidan oliy taʼlim tizimida samarali faoliyati aks ettirilgan tavsifnoma hamda nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi taqdim etiladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (keyingi oʻrinlarda — Vazir) tomonidan har yili 1-avgustga qadar koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuziladi.
Komissiya tarkibiga tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar vakillari, oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, yetakchi olimlar va mutaxassislar, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat va xalqaro tashkilotlar vakillari kiritiladi.
6. Komissiya yigʻilishida nomzodlar boʻyicha hujjatlar oʻrganilib, har yili 15-sentabrga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
7. Komissiya tomonidan nomzodlarni koʻkrak nishoni bilan taqdirlashda quyidagilar inobatga olinadi:
oliy taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari faoliyatini oʻrganish mezonlarida qayd etilgan koʻrsatkichlar boʻyicha olingan yuqori baholar;
talabalar orasida ilm-fanga boʻlgan qiziqishni oshirish, “ustoz-shogird” anʼanalarini targʻib qilishdagi faol ishtiroki;
olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari, ijodiy faoliyati va yaratayotgan oʻquv-metodik qoʻllanmalarida yangiliklarning koʻpligi tan olinganligi;
oʻz pedagogik faoliyatida turli innovatsion samarali usullarning ishlab chiqqanligi;
oʻzi faoliyat olib borayotgan oliy taʼlim tashkilotida amalga oshirgan ishlari tufayli hamkasblari tomonidan chuqur hurmatga sazovorligi.
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi
8. Komissiya xulosasi asosida Vazirning koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 25-sentabrga qadar chiqariladi.
9. Koʻkrak nishoni mukofotlangan shaxslarga har yili 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida Vazir (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
10. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari Vazirlikning Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanadi.
11. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Vazirning buyrugʻiga asosan alohida holatlarda (yubileyi munosabati bilan, xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan samarali hamkorlik oʻrnatgani uchun, yaratgan sanoat mulki namunalari amaliyotga keng joriy etilganligi uchun va boshqa muhim sabablarga koʻra) ham amalga oshirilishi mumkin.
12. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati Vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
13. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
14. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Vazirlik ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
16. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
“Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
SXEMASI
Bosqichlar Masʼullar Tadbirlar Muddati 1-bosqich Davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlarni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi Har yili 20-iyulga qadar 2-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun komissiya tuzadi Har yili 1-avgustga qadar 3-bosqich Komissiya Nomzodlarning tegishli hujjatlarini oʻrganib, eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qiladi Har yili 15-sentabrga qadar 4-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 1. Koʻkrak nishonini bilan taqdirlash toʻgʻrisida oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻini chiqaradi. 1. Har yili 25-sentabrga qadar 2. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi. 2. Har yili 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 616-son qaroriga 1a-ILOVA
“Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonining
TAVSIFI
“Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Koʻkrak nishonining old tomoni markaziy qismida ochiq holatdagi kitob ustida magistrlik bosh kiyimi va ustida yuqoriga taralayotgan nurlar zarhal rangda tasvirlangan.
Koʻkrak nishoni aylanasi boʻylab yuqori qismida oq emal fonida zarhallangan “OLIY TAʼLIM AʼLOCHISI” yozuvi, quyi qismida esa bitta sakkiz qirrali yulduzga tutashgan ikkita dafna novdasi joylashgan. Harflar balandligi — 2 millimetr, yulduzning diametri — 2,2 millimetr.
Koʻkrak nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.
Koʻkrak nishonining qalinligi — 2,5 millimetr.
Yozuv va tasvirlar — boʻrtma.
Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat.
Qadagʻich eni 22 millimetrli toʻq koʻk rangdagi shoyi lenta qoplangan boʻlib, oʻrtasidan 2 millimetrli hamda ikki chetidan eni 1,5 millimetrli sariq rangli yoʻl vertikal holatda oʻtgan.
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
“Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 616-son qaroriga 1b-ILOVA
“Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
TAVSIFI
“Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonining guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 33 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 6 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “OLIY TAʼLIM AʼLOCHISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bold” shrifti, 14 kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bold” shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 9 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bold” shrifti, 20 kegl) soʻzi yozilgan.
Yozuvlar oq rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) koʻk-sariq (medaldagi oltin rang) — koʻk rangdagi gradiyent 25 % shaffoflikda boʻyalgan.
Guvohnoma ichki tomonining chap tomonida (ikkinchi beti), markazda, koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times New Roman” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 16 millimetrli chiziq joylashgan.
Undan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 9 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Pastki chiziqdan 10 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 7 millimetr pastda oraligʻi 3,5 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20___ yil “___” _________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bold” shrifti, 8 kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “OLIY TAʼLIM AʼLOCHISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bold” shrifti, 11 kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan”, uchinchi satrda “mukofotlandi” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda, “Vazir” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.
“Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni GUVOHNOMASI
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 616-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
2. Koʻkrak nishoni bilan oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, oʻzining yuqori kasb-mahorati, yorqin isteʼdodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt oʻrtasida hurmat qozongan, faol va tashabbuskor, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna koʻrsatib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.
Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham mazkur Nizom talablari asosida taqdirlanishi mumkin.
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
4. Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni tegishlicha oliy taʼlim tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga har yili 10-iyulga qadar taqdim etadi.
Nomzod boʻyicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzod haqida maʼlumotnoma, soʻnggi uch yil davomida u tomonidan oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida samarali faoliyati aks ettirilgan tavsifnoma hamda nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi taqdim etiladi.
5. Oliy taʼlim tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) har yili 20-iyulga qadar taqdim etadi.
Koʻkrak nishoni bilan boshqa vazirliklar va idoralar tizimidagi oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining pedagog va xodimlari ham yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda erishgan muvaffaqiyatlari uchun ushbu vazirliklar va idoralar rahbarlari takliflariga asosan taqdirlanishi mumkin.
6. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (keyingi oʻrinlarda — Vazir) tomonidan har yili 1-avgustga qadar koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuziladi.
7. Komissiya yigʻilishida nomzodlarning tegishli hujjatlari oʻrganilib, har yili 15-sentabrga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
8. Komissiya tomonidan nomzodlarni koʻkrak nishoni bilan taqdirlashda quyidagilar inobatga olinadi:
oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari faoliyatini oʻrganish mezonlarida qayd etilgan koʻrsatkichlar boʻyicha olingan yuqori baholar;
oʻquvchilar orasida ilm-fanga boʻlgan qiziqishni oshirish, “ustoz-shogird” anʼanalarini targʻib qilishdagi faol ishtiroki;
olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari, ijodiy faoliyati va yaratayotgan oʻquv-metodik qoʻllanmalarida yangiliklarning koʻpligi tan olinganligi;
oʻz pedagogik faoliyatida turli innovatsion samarali usullarning ishlab chiqqanligi;
oʻzi faoliyat olib borayotgan oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasasida amalga oshirgan ishlari tufayli hamkasblari tomonidan chuqur hurmatga sazovorligi.
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi
9. Komissiya xulosasi asosida Vazirning koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 25-sentabrga qadar chiqariladi.
10. Koʻkrak nishoni mukofotlangan shaxslarga har yili 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida Vazir (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
11. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari Vazirlikning Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanadi.
12. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Vazirning buyrugʻiga asosan alohida holatlarda (yubileyi munosabati bilan, xorijiy oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari bilan samarali hamkorlik oʻrnatgani uchun, yaratgan sanoat mulki namunalari amaliyotga keng joriy etilganligi uchun va boshqa muhim sabablarga koʻra) ham amalga oshirilishi mumkin.
13. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati Vazirlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
14. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
15. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Vazirlik ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
17. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
“Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
SXEMASI
Bosqichlar Masʼullar Tadbirlar Muddati 1-bosqich Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari Oliy taʼlim tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga taqdim etadi Har yili 10-iyulga qadar 2-bosqich 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari. 2. Tizimida oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlari. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlarni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi Har yili 20-iyulga qadar 3-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun komissiya tuzadi Har yili 1-avgustga qadar 4-bosqich Komissiya Nomzodlarning tegishli hujjatlarini oʻrganib, eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qiladi Har yili 15-sentabrga qadar 5-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrga maxsus taʼlim vazirligi 1. Koʻkrak nishonini bilan taqdirlash toʻgʻrisida oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻini chiqaradi. 1. Har yili 25-sentabrga qadar 2. Koʻkrak nishonini bilan taqdirlaydi. 2. Har yili 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 616-son qaroriga 2a-ILOVA
“Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonining
TAVSIFI
“Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Koʻkrak nishonining old tomoni markaziy qismida varaqlariga innovatsiya va kasb-hunarni ifodalovchi belgilar tushirilgan ochiq holdagi kitob va uning ustida nur taratayotgan quyosh shakli zarhal rangda tasvirlangan.
Koʻkrak nishoni aylanasi boʻylab oq emal fonida zarhallangan “OʻRTA MAXSUS VA PROFESSIONAL TAʼLIM AʼLOCHISI” yozuvi bitilgan boʻlib, yozuvlar sakkiz qirrali yulduz bilan ajratilgan. Harflar balandligi — 2 millimetr, yulduzning diametri — 2,2 millimetr.
Koʻkrak nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.
Koʻkrak nishonining qalinligi — 2,5 millimetr.
Yozuv va tasvirlar — boʻrtma.
Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat.
Qadagʻich eni 22 millimetrli yashil rangdagi shoyi lenta qoplangan boʻlib, oʻrtasidan 2 millimetrli hamda ikki chetidan eni 1,5 millimetrli sariq rangli yoʻl vertikal holatda oʻtgan.
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
“Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 616-son qaroriga 2b-ILOVA
“Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
TAVSIFI
“Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonining guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 30 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 4 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “OʻRTA MAXSUS VA PROFESSIONAL” (katta harflarda, “Times new Roman Bold” shrifti, 12 kegl), ikkinchi satrda “TAʼLIM AʼLOCHISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bold” shrifti, 12 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bold” shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 9 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bold” shrifti, 20 kegl) soʻzi yozilgan.
Yozuvlar oq rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) koʻk-sariq (medaldagi oltin rang) — koʻk rangdagi gradiyent 25 % shaffoflikda boʻyalgan.
Guvohnoma ichki tomonining chap tomonida (ikkinchi beti), markazda, koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times New Roman” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 16 millimetrli chiziq joylashgan.
Undan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 60 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Pastki chiziqdan 10 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 4 millimetr pastda oraligʻi 3.5 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20___ yil “___” __________dagi”, ikkinchi satrda “___-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bold” shrifti, 8 kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 4 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “OʻRTA MAXSUS VA PROFESSIONAL” (katta harflarda, “Times new Roman Bold” shrifti, 11 kegl), ikkinchi satrda “TAʼLIM AʼLOCHISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bold” shrifti, 11 kegl), keyingi ikkita satrning oraligi 3,5 millimetrli boʻlib, uchinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan”, toʻrtinchi satrda “mukofotlandi” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda, “Vazir” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.
“Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni GUVOHNOMASI
