“Davlat moliyaviy nazorati tizimi hamda begʻaraz yordam doirasida keltirilgan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-943-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2478-IV-son)
19.09.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Davlat moliyaviy nazorati tizimi hamda begʻaraz yordam doirasida keltirilgan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-943-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 11-avgustda kiritilgan “Davlat moliyaviy nazorati tizimi hamda begʻaraz yordam doirasida keltirilgan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-943-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-sentabr,
2478-IV-son
