Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-405-son)
20.10.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6061-sonli Farmoniga asosan, yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish boʻyicha ishlar toʻliq yangilangan formatda olib borilmoqda.
Xususan, yangi integratsiyalashgan axborot tizimi ishga tushirilib, hozirga qadar respublikadagi 40,5 mln gektar yer maydonining elektron xaritasi yaratildi va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar raqamlashtirildi.
Ushbu yoʻnalishdagi islohotlarni izchil davom ettirish, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning toʻliq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash, yer va kadastr sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish, sohada yangi standartlarni joriy qilish, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) organlari va tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-73-son qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan yerlarda joylashgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlari hamda avtomobil yoʻllarini saqlash va taʼmirlash uchun budjet mablagʻlari ajratilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab tegishli huquqlari kadastr organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan davlat koʻchmas mulk obyektlarini saqlash xarajatlari Davlat budjeti hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari manbalari hisobidan moliyalashtirilmaydi.
2. Suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayev, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi A. Abduvaliyev, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi v.b. X. Xasilov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari davlat organlari va tashkilotlari foydalanishida boʻlgan yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqining belgilangan tartibda toʻliq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlamaganligi uchun ogohlantirilsin.
3. 2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Kadastr agentligi direktori F. Poʻlatov mazkur prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash uchun masʼul etib belgilansin.
4. Quyidagilarni oʻz ichiga olgan 2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish dasturi tasdiqlansin:
2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarini oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot va mebel bilan taʼminlashning asosiy koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
2023 — 2026-yillarda fazoviy maʼlumotlar sohasida qabul qilinadigan standartlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
2023 — 2026-yillarda davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya sohasini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq.
Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) mazkur Dasturda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
5. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlimlar), Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi), uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va ularga umumiy rahbarlik qilish vertikal boshqaruv tizimi hamda yakkaboshchilik asosida Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
Kadastr agentligining hududiy boʻlimlari faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, saqlash, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Kadastr agentligining hududiy boʻlimlari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining qonuniy faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aralashish yoki taʼsir oʻtkazish qatʼiy taqiqlanadi.
6. Kadastr agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2023-yil 1-iyulga qadar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muvofiq Kadastr agentligi organlariga taalluqli boʻlgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani Ichki ishlar vazirligining “E-maʼmuriy ish” tizimi bilan toʻliq integratsiya qilingan maxsus mobil dastur orqali elektron hujjat shaklida tuzish imkoniyatini yaratsin.
7. Quyidagilar:
Kadastr agentligi markaziy apparati tuzilmasida — Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi;
Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari tuzilmalarida — chegara masalalari boʻyicha bosh mutaxassis lavozimi;
Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji tuzilmasida — yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;
“Geoinnovatsiya markazi” DUK tuzilmasida — geodeziya va kartografiya sohasida qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasi, kadastr sohasida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash boʻyicha tayanch doktorantura faoliyati, Fazoviy maʼlumotlar sohasida standartlash boshqarmasi hamda Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tashkil etilsin.
8. Belgilansinki:
Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi uchun qoʻshimcha 16 ta shtat birligi Davlat kadastrlari palatasidagi tegishli shtat birliklari qisqartirilishi hisobiga tashkil etiladi, ushbu shtat birliklarini saqlash va Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish xarajatlari har yili geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish ishlari uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi;
13 nafar chegara masalalari boʻyicha bosh mutaxassis lavozimi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish hisobidan joriy etiladi.
9. Belgilansinki, yangi oʻzlashtirilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar Qishloq xoʻjaligi vazirligining xulosasiga muvofiq qabul qilinadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qaroriga asosan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasining tegishli turiga kiritiladi.
Kadastr agentligi 2023-yil 1-martga qadar Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda yer fondi toifalari va turlarini oʻzgartirish hamda ushbu oʻzgarishlarni hisobga olish tartibini nazarda tutsin.
10. Belgilansinki, Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash doirasida:
buyurtmachi — Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari hisoblanadi;
bosh loyihachi va pudrat tashkilotlari — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov yoki tenderlar natijalari boʻyicha aniqlanadi.
11. Mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalarini xarid qilish qismi boʻyicha — Davlat budjeti mablagʻlari;
bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash qismi boʻyicha — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari, tizim tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarini oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy taʼminot va zarur jihozlar bilan taʼminlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish qismi boʻyicha — Davlat budjeti mablagʻlari, Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari, tizim tashkilotlarining oʻz mablagʻlari, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan ilmiy loyihalar tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
12. Kadastr agentligining respublika hududlarining tabiiy-iqtisodiy salohiyati yagona umumdavlat kompleks hisobga olinishini taʼminlash, hududlarda amalga oshiriladigan davlat va maxsus ahamiyatga ega geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarining aniqligi va sifatini oshirish, sunʼiy yoʻldosh geodezik tarmogʻi qamrovini kengaytirish maqsadida mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq, 80 ta doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalarini xarid qilish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Kadastr agentligi (F. Pulatov):
uch oy muddatda doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalarini joylashtirish (qurish) uchun texnik loyiha ishlab chiqish va tasdiqlash;
doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalarini xarid qilish, ishlab chiqilgan texnik loyihaga muvofiq ularni 2023 — 2025-yillarda tegishli hududlarga joylashtirish (qurish) choralarini koʻrsin.
13. Kadastr agentligi Qurilish vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga 3-ilovada belgilangan obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari vakolatli ekspertiza organlarida belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqilishi va kelishilishi hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish choralarini koʻrsin.
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi sarf-xarajatlar uchun Davlat budjetidan Kadastr agentligiga zarur mablagʻlarni ajratsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili Kadastr agentligining hududiy boʻlimlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev va Kadastr agentligi direktori F.J. Pulatov belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-oktabr,
PQ-405-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga 1-ILOVA
2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari faoliyatining
ASOSIY PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r Maqsadli koʻrsatkichlarning nomi Oʻlchov birligi Jami Shundan 2023-yil 2024-yil 2025-yil 2026-yil 1. Yer uchastkalarini oʻlchash va ularning elektron xaritalarini yaratish ming gektar 25 169 5 453,6 5 414,7 6 856,2 7 444,8 2. Bino va inshootlarni oʻlchash va ularning elektron bazasini yaratish ming dona 8 200 1 600 2 200 2 200 2 200 3. Aero va kosmik suratga olish ishlarini bajarish ming kv.km 448,9 90,0 100,0 125,0 133,9 4. Raqamli ortofotoplanlar yaratish ming kv.km 380,5 70,5 85,0 105,0 120,0 5. Topografik xaritalarni yangilash ming kv.km 320,5 60,0 70,5 85,0 105,0 6. Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash dona 1 665 380 410 430 445 7. Mahallalar chegaralarini belgilash mahalla 9 370 2 300 2 335 2 350 2 385 8. Yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish tuman 111 28 28 28 27 9. Noqonuniy qurilmalar va oʻzboshimcha egallangan yerlarni aniqlash ming dona 49,5 10,5 12,5 13,0 13,5 10. Topografik xaritalarni nashr qilish ming nusxa 66,60 12,25 16,85 17,50 20,00 11. Umumgeografik va turli mavzuli xaritalar hamda boshqa poligrafik mahsulotlarni nashr qilish ming nusxa 1 875,0 375,0 450,0 500,0 550,0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga 2-ILOVA
2023 — 2026-yillarda Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarini oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot va mebel bilan taʼminlashning
ASOSIY KOʻRSATKICHLARI
T/rNomiOʻlchov birligiSoniRejalashtirilgan summa***(mlrd soʻm)Shu jumladan, yillar boʻyichaMoliyalashtirish manbai2023-yil2024-yil2025-yil2026-yil1.Elektron taxeometrkomplekt25238,879,3014,5715,00Davlat budjeti2.GPS priyomniklar, jumladan:komplekt26331,5010,0011,5010,001) baza+rover;2) rover.2317,102,402,402,303.GPS (yerlarni oʻlchash uchun)komplekt1005,003,00*2,00**Davlat budjeti, Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari4.Trassa qidirgichlarkomplekt200,750,39*0,36*5.Kompyuterkomplekt103213,602,504,103,503,50Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hamda tizim tashkilotlarining mablagʻlari6.Plotterdona90,450,250,207.Maxsus avtotransport vositasidona415,005,008.Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan:komplekt691,201,20Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari1) oʻlchash vositalari va texnika bilan jihozlash;2) mebel bilan jihozlash.20113,003,009.1) V1 (70x100) formatdagi ofset chop etish uskunasi;komplekt112,7012,70Davlat budjeti2) rulondagi qogʻozlarni kerakli formatda kesib beruvchi uskuna;11,301,30Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hamda tizim tashkilotlarining mablagʻlari3) yuqori tezlikda qogʻoz kesuvchi uskuna;11,501,504) qogʻoz varaqlarini bloklarga yigʻib beruvchi uskuna10,800,8010.Raqamli kartografiya-geodeziya arxivi geofondini yaratish uchun katta hajmdagi elektron materiallarni (maʼlumotlarni) saqlaydigan server qurilmasikomplekt18,508,500,00Davlat budjeti11.A0 formatli planshet skaner, kitob va albomlar uchun A3 formatli maxsus skanerdona41,501,50Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hamda tizim tashkilotlarining mablagʻlari12.Mebelkomplekt100,100,1013.Kartografik materiallarni saqlash uchun stellajdona1000,230,2314.Dasturiy taʼminot (topografik suratga olish maʼlumotlarini qayta ishlash)dona160,640,400,2415.Dasturiy taʼminot (GPS oʻlchash maʼlumotlarini qayta ishlash)dona80,920,500,4216.Kompleks geoaxborot dasturiy taʼminoti (korporativ joylashtirish, maʼlumotlarni boshqarish, vizualizatsiya, fazoviy tahlil qilish, GAT — server)dona11,001,00**Davlat budjeti, Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hamda tizim tashkilotlarining mablagʻlari17.GAT dasturiy taʼminoti (GAT maʼlumotlarini tahrir qilishning toʻliq imkoniyatlaridan foydalanish, koʻp foydalaniladigan korporativ geomaʼlumotlar bazasini tahrir qilish, maydonda ajratilgan tahrir qilishdan foydalanish, maʼlumotlarni, suratlarni saqlash, sifat nazoratini avtomatlashtirish, skanerlangan xaritalardan fazoviy maʼlumotlarni yaratish va boshqa imkoniyatlarga ega platforma)dona182,901,40**1,50*18.GAT va masofadan zondlash dasturiy taʼminoti (harakatdagi tasvir xizmatlari, rastr tahlili, ortofotoplan, rasm xostingi, rastr maʼlumotlariga tezkor kirish, ish oqimlari vazifalarini boshqarish va boshqa funksiyalar)dona10,380,38**19.GAT platformasi (raqamli xaritalar va shahar rejalarini yaratish va tahrir qilish, masofaviy zondlash maʼlumotlarini qayta ishlash, turli oʻlchashlar va hisob-kitoblarni bajarish, qoplama operatsiyalari, 3D modellarni yaratish, rastr maʼlumotlarini qayta ishlash, raqamli va bosma shaklda grafik hujjatlarni tayyorlash vositalariga ega universal geoaxborot tizimi)dona1031,261,26*20.Raqamli fotogrammetrik tizim (har xil turdagi tasvir tizimlarini qoʻllab-quvvatlash, boshqa fotogrammetrik va geoaxborot tizimlari bilan moslikni taʼminlaydigan keng doiradagi almashinuv formatlari, koʻp sonli koordinatalar tizimlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, oʻz koordinatalar tizimini oʻrnatish imkoniyati, texnologik jarayonning barcha bosqichlarida sifat nazorati, stereo kuzatishning turli usullari, turli xil kiritish vositalarini qoʻllab-quvvatlash va boshqa funksiyalar)dona396,10 3,00*3,10**Davlat budjeti, Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hamda tizim tashkilotlarining mablagʻlari21.Dron Matrice 600 (teplovizion kamera + LiDar)komplekt12,402,40Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hamda “Geoinnovatsiya markazi” DUKning mablagʻlari22.Kadastr agentligining hududiy boshqarmalariga berilgan dronlar parkini yangilash uchun uchuvchisiz uchish apparatlaridona422,102,10Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hamda tizim tashkilotlarining mablagʻlari23.Geodezik oʻlchash vositalarini taʼmirlash va kalibrlash laboratoriyasini tashkil etishkomplekt19,005,203,8024.Planshetdona10908,008,00Davlat budjeti25.Ratsiyadona10901,001,0026.Bodi kameradona10903,003,00Jami:171,8076,5816,4933,3745,36Shundan, budjet mablagʻlari120,1849,850,0028,4741,86Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hamda tizim tashkilotlarining mablagʻlari51,6226,7316,494,903,50
* Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
** Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi va tizim tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
*** Yakuniy narx koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender (tanlov) natijalari asosida batafsil belgilanadi.
Izoh:
Kadastr agentligi tomonidan 2023 — 2026-yillarda Kadastr agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarni oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy taʼminot va mebel bilan taʼminlashning asosiy koʻrsatkichlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Kadastr agentligining tizimidagi tashkilotlarga ularning mablagʻlari hisobidan belgilangan oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot va mebellar xarid qilish ushbu tashkilotlarning moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga 3-ILOVA
2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash
PARAMETRLARI
T/r Yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan obyektlar nomi Loyihaning dastlabki qiymati* (mlrd soʻm) shu jumladan, yillar boʻyicha Moliyalashtirish manbai 2023-yil 2024-yil 2025-yil 2026-yil I. Qurilish 1. Respublika aerogeodeziya markazining Surxondaryo hududlararo boʻlinmasi binosi 2 1,5 0,5 - - Respublika aerogeodeziya markazi mablagʻlari 2. Kadastr agentligining Kegeyli tumani boʻlimi binosi 2,5 - 2,5 - - Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi va Davlat kadastrlari palatasining mablagʻlari 3. Kadastr agentligining Andijon shahri boʻlimi binosi 3 1,5 1,5 - - 4. Kadastr agentligining Shahrixon tumani boʻlimi binosi 3 1,5 1,5 - - 5. Kadastr agentligining Vobkent tumani boʻlimi binosi 3 1,5 1,5 - - 6. Kadastr agentligining Qorovulbozor tumani boʻlimi binosi 3 - 1,5 1,5 - 7. Kadastr agentligining Buxoro tumani boʻlimi binosi 3 1,5 1,5 - - 8. Kadastr agentligining Zafarobod tumani boʻlimi binosi 3 - 1,5 1,5 - 9. Kadastr agentligining Kitob tumani boʻlimi binosi 3 1,5 1,5 - - 10. Kadastr agentligining Nishon tumani boʻlimi binosi 3 1,5 1,5 - - 11. Kadastr agentligining Muborak tumani boʻlimi yordamchi binosi 3 1,5 1,5 - - 12. Kadastr agentligining Navoiy shahar boʻlimi binosi 2,4 2,4 - - - 13. Kadastr agentligining Qiziltepa tumani boʻlimi binosi 2,5 - 2,5 - - 14. Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi binosi 5 3 2 - - 15. Kadastr agentligining Samarqand shahri boʻlimi binosi 4 2 2 - - 16. Kadastr agentligining Jomboy tumani boʻlimi binosi 2,3 - 2,3 - - 17. Kadastr agentligining Ishtixon tumani boʻlimi binosi 2,5 - 1 1,5 - 18. Kadastr agentligining Termiz shahri boʻlimi binosi 2,5 1,5 1 - - 19. Kadastr agentligining Ohangaron tumani boʻlimi binosi 3 1,5 1,5 - - 20. Kadastr agentligining Chinoz tumani boʻlimi binosi 3 1,5 1,5 - - Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi va Davlat kadastrlari palatasining mablagʻlari 21. Kadastr agentligining Yuqori Chirchiq tumani boʻlimi binosi 3 1,5 1,5 - - 22. Kadastr agentligining Oltiariq tumani boʻlimi binosi 2,8 - - 1,5 1,3 23. Kadastr agentligining Oʻzbekiston tumani boʻlimi binosi 3 1,5 1,5 - - 24. Kadastr ?gentligining Quvasoy shahri boʻlimi arxivi binosi 1,5 - 1,5 - - 25. Kadastr agentligining Xonqa tuman boʻlimi binosi 2,1 1 1,1 26. Kadastr agentligining Bogʻot tumani boʻlimi binosi 2,5 2,5 - - - 27. Kadastr agentligining Hazorasp tumani boʻlimi binosi 2,5 2 0,5 - - 28. Kadastr agentligining Shovot tumani boʻlimi binosi 2,5 1 1,5 - - 29. Kadastr agentligining Yangihayot tumani boʻlimi binosi 5 2,5 2,5 - - Jami 83,6 34,9 40,3 7,1 1,3 II. Rekonstruksiya 1. Kadastr agentligining Qonlikoʻl tumani boʻlimi binosi 2 2 - - - Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi va Davlat kadastrlari palatasining mablagʻlari 2. Kadastr agentligining Toʻrtkoʻl tumani boʻlimi binosi 1 1 - - - 3. Kadastr agentligining Qarshi tumani boʻlimi binosi 0,7 0,7 - - - 4. Kadastr agentligining Beshariq tumani boʻlimi binosi 1,1 1,1 - - - 5. Kadastr agentligining Fargʻona tumani boʻlimi binosi 1,5 - - 1,5 - 6. Kadastr agentligining Rishton tumani boʻlimi binosi 1 - 1 - - Jami 7,3 4,8 1 1,5 0 III. Mukammal taʼmirlash 1. Kadastr agentligining Mirzaobod tumani boʻlimi binosi 1,6 1,6 - - - Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi va Davlat kadastrlari palatasining mablagʻlari 2. Kadastr agentligining Yangiobod tumani boʻlimi binosi 1,5 1,5 - - - 3. Kadastr agentligining Norin tumani boʻlimi binosi 1,5 - 1,5 - - 4. Kadastr agentligining Namangan tumani boʻlimi binosi 1,5 1,5 - - - 5. Kadastr agentligining Kosonsoy tumani boʻlimi binosi 1,5 - 1,5 - - 6. Davlat kartografiya-geodeziya fondi binosi 2,5 0,5 2 - - Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari 7. Respublika aerogeodeziya markazi binosi 5,5 3,5 2 - - Respublika aerogeodeziya markazi mablagʻlari 8. Respublika aerogeodeziya markazining Xorazm hududlararo boʻlinmasi binosi 1,5 1,0 0,5 - - 9. Respublika aerogeodeziya markazining Fargʻona hududlararo boʻlinmasi binosi 1,3 - 1 0,3 - 10. Respublika aerogeodeziya markazining Jizzax hududlararo boʻlinmasi binosi 2,5 1 1,5 - - 11. Kadastr agentligi markaziy apparati maʼmuriy binosini mukammal taʼmirlash va yordamchi bino-inshootlar barpo etish 30 23 7 - - Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hamda uning hududiy boshqarmalari maxsus hisobvaraqlaridagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklaridan tushgan kompensatsiya toʻlovining qoldiq mablagʻlari Jami 50,9 33,6 17 0,3 0 Hammasi 141,8 73,3 58,3 8,9 1,3
* Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, tasdiqlangandan soʻng bajariladigan ishlar qiymatiga aniqlik kiritiladi.
Izoh: Kadastr agentligi, zarur hollarda, ushbu obyektlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, obyektlarni oʻzgartirish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga 4-ILOVA
2023 — 2026-yillarda fazoviy maʼlumotlar sohasida qabul qilinadigan standartlar
ROʻYXATI
T/r Standartlashtirish obyekti nomi Indeks 2023-yil 1. Geografik axborot — Metamaʼlumotlar (Geographic information — Metadata) ISO 19115 2. Geografik axborot — Qoʻllash sxemasi qoidalari (Geographic Information — Rules for Application Schema) ISO 19109 2024-yil 3. Etalon model (Reference model) ISO 19101 4. Konseptual sxema tili (Conceptual schema language) ISO 19103 2025-yil 5. Geografik maʼlumotlar — Koordinatalar boʻyicha fazoviy bogʻlash (Geographic information — Referencing by coordinates) ISO 19111 6. Yer resurslari boshqaruvining asosiy modeli (Land Administration Domain Model) ISO 19152 7. Geografik identifikatorlar boʻyicha fazoviy havolalar (Spatial referencing by geographic identifiers) ISO 19112 2026-yil 8. Tasvirlash (Portrayal) ISO 19117 9. Axborot mahsuloti tasnifi (Data product specification) ISO 19131 10. Maʼlumotlar sifati (Data Quality) ISO 19157
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga 5-ILOVA
2023 — 2026-yillarda davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya sohasini rivojlantirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirlar nomi Chora-tadbirlarning asosiy mazmuni Amalga oshirish mexanizmi Bajarish muddati Ijro uchun masʼullar 1. Kadastr agentligi tizimida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish. 1. Kadastr agentligi tizimida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi nizomini ishlab chiqish. 2. Markaz nizomini tasdiqlash va shtat birliklarini shakllantirish. Kadastr agentligi buyrugʻi 2023-yil 1-aprel Kadastr agentligi 2. Geodeziya va kartografiya sohasida qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash ishlarini tashkil etish. 1. Geodeziya va kartografiya sohasida qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasini tashkil etish. 2. Laboratoriyani zarur uskunalar bilan jihozlash. Tashkiliy chora-tadbirlar 2024-yil 1-iyul Kadastr agentligi 3. 2023 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida Milliy koordinatalar tizimini joriy etish. 1. Milliy koordinatalar tizimini joriy etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. Amaliy chora-tadbirlar 2023-yil 1-iyul Kadastr agentligi 2. Milliy koordinatalar tizimini yaratish boʻyicha texnik loyiha ishlab chiqish va tasdiqlash. Amaliy chora-tadbirlar 2023-yil 1-oktabr 3. Respublikaning yetuk olimlari va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Milliy koordinatalar tizimini yaratish va sinovdan oʻtkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2025-yil 1-dekabr 4. Milliy koordinatalar tizimini respublikada joriy qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2025-yil 1-dekabr 4. Mahalliy koordinatalar tizimi oʻrnatilmagan 1076 ta aholi punktini toʻliq mahalliy koordinatalar tizimi bilan qamrab olish va boshqa koordinatalar tizimiga oʻtish parametrlarini ishlab chiqish. 1. Mahalliy koordinatalar tizimi oʻrnatilmagan aholi punktlarini aniqlash, tegishli ishlarni bajarish uchun texnik loyiha ishlab chiqish hamda tasdiqlash. Amaliy chora-tadbirlar 2023-yil 1-iyun Kadastr agentligi, Qurilish vazirligi 2. Mahalliy koordinatalar tizimi oʻrnatiladigan hududlardagi mavjud davlat geodeziya tarmogʻi punktlari koordinatalaridan foydalanib, mahalliy koordinatalar tizimiga oʻtish parametrlarini hisoblab chiqish. Shundan: 2023-yilda — 80 ta; 2024-yilda — 296 ta; 2025-yilda — 345 ta; 2026-yilda — 355 ta aholi punkti. 2023 — 2026-yillar 3. Mahalliy koordinatalar tizimini joriy qilish va boshqa koordinatalar tizimiga oʻtish parametrlarini belgilovchi idoraviy normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish. Idoraviy normativ hujjat loyihasi 2026-yil 1-dekabr 5. Davlat koordinatalar tizimidan (SK-42) butunjahon koordinatalar tizimiga (WGS-84) oʻtish parametrlarini ishlab chiqish. 1. Davlat koordinatalar tizimidan (SK-42) butunjahon koordinatalar tizimiga (WGS-84) oʻtish parametrlarini aniqlash. 2. Davlat koordinatalar tizimidan (SK-42) butunjahon koordinatalar tizimiga (WGS-84) oʻtish parametrlarini belgilovchi normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish. 3. Loyihani belgilangan tartibda tasdiqlashga kiritish. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasi 2023-yil 1-oktabr Kadastr agentligi 6. Maʼmuriy hududiy birliklar oʻzgarishi hamda maʼlumotlarning axborot tizimlarida yuritilishini inobatga olgan holda kadastr raqamlarini shakllantirish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. 1. Maʼmuriy hududiy birliklar oʻzgarishi hamda maʼlumotlarning axborot tizimlarida yuritilishini tahlil qilish. 2. Kadastr raqamlarini shakllantirish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 3. Loyihani kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2023-yil 1-iyul Kadastr agentligi 7. Yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish. 1. Yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish geoportalini yaratish. 2. Yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish. Amaliy chora-tadbirlar 2023-yil 1-iyul Kadastr agentligi 8. Doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmogʻini kengaytirish (ularning sonini 50 tadan 130 tagacha yetkazish). 1. Doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalarini joylashtirish (qurish) joylarini aniqlash. Amaliy chora-tadbirlar 2023-yil 1-aprel Kadastr agentligi 2. Doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha texnik loyiha ishlab chiqish va tasdiqlash. Amaliy chora-tadbirlar 2023-yil 1-avgust 3. Texnik loyihaga asosan, joylarda doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari geodezik punktlarini qurish va uskuna saqlanadigan xonalarni tayyorlash. Amaliy chora-tadbirlar 2025-yil 1-aprel 4. Doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari uskunalarini xarid qilish va joylarga oʻrnatish (ishga tushirish). Amaliy chora-tadbirlar 2025-yil 1-dekabr 9. Geografik obyektlarga nom berish tartibini yanada takomillashtirish. Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida geografik obyektlarga nom berish sohasida kadastr organlariga yuklatilgan vazifalarni bajaradigan xodimlarning ish haqi xarajatlarini Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga muvofiq tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ijara va mulk huquqi asosida sotishdan tushgan mablagʻlarning Davlat kadastrlari palatasiga yoʻnaltiriladigan qismi (“Yerelektron” AATni texnik koʻllab-quvvatlash va uni yuritish bilan bogʻliq shtat birliklarini saqlash uchun) hisobidan moliyalashtirish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yildan boshlab Kadastr agentligi 10. Kadastr sohasida oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim jarayonlari va ishlab chiqarishdagi uzviylikni taʼminlash maqsadida Kadastr agentligining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarda tegishlicha oliy taʼlim muassasalari kafedralarining amaliyot filiallarini ochish. 1. Kadastr agentligining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi quyidagi tashkilotlarda tegishlicha oliy taʼlim muassasalari kafedralarining amaliyot filiallarini ochish: a) “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazida; b) Oʻzbekiston milliy universiteti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasida; v) Toshkent davlat texnika universiteti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasida; g) Termiz muhandislik-texnologiya instituti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Surxondaryo hududlararo boʻlinmasida; d) Guliston davlat universiteti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo viloyati boshqarmasida; e) Qoraqalpoq davlat universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasida; j) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti kafedrasi filialini — Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasida; z) Fargʻona politexnika instituti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Fargʻona hududlararo boʻlinmasida; i) Urganch davlat universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Xorazm hududlararo boʻlinmasida; k) Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kafedrasi filialini — Respublika aerogeodeziya markazining Samarqand hududlararo boʻlinmasida. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil mart Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kadastr agentligi 2. Kafedralar amaliyot filiallarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan oʻlchash vositalari, texnika va mebel bilan jihozlash. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil may Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kadastr agentligi 11. Kadastr sohasida oliy taʼlim muassasalari va Kadastr agentligining tizim tashkilotlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Oliy taʼlim va ishlab chiqarishdagi uzviylikni taʼminlash maqsadida Agentlikning hududiy tuzilmalarida tegishlicha oliy taʼlim muassasalari kafedralarining amaliyot filiallarini ochish ishlarini amalga oshirish. Hamkorlik shartnomalari 2024-yil mart Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kadastr agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 3-avgustdagi “Jahon banki ishtirokida “Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2571-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“period realizatsii proyekta opredelen v techeniye 7 let (3-avgusta 2016 goda — 31-dekabrya 2022 goda”.
b) 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ispolnitelnom organom, otvetstvennim za realizatsiyu ukazannogo proyekta, selevoye i effektivnoye ispolzovaniye zayma MAR, a takje obespecheniye dostijeniya vsex selevix pokazateley proyekta, yavlyayetsya Agentstvo po kadastru pri Gosudarstvennom nalogovom komitete (daleye — Agentstvo po kadastru)”;
v) 5-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi hamda 9-banddagi “Goskomgeodezkadastra” soʻzlari “Agentstva po kadastru” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3639-son qarorida:
a) 2-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“fazoviy maʼlumotlarni standartlash boʻyicha ishlarni tashkil etish;
kadastr sohasida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash boʻyicha tayanch doktorantura faoliyatini yuritish”;
toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Direktor Direktor oʻrinbosari Direktor oʻrinbosari Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi 3 Buxgalteriya 2 Ekspluatatsion-texnik boshqarma Fazoviy maʼlumotlar sohasida standartlashtirish boshqarmasi 4 Yuriskonsult Ekspluatatsiya boʻlimi 4 Strategik rejalashtirish va marketing boʻlimi 3 Tahlil-ishlab chiqarish boshqarmasi Ishlar boshqaruvchisi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi 2 Ish yurituvchi Topografiya boʻlimi 4 Texnik xizmat koʻrsatish boʻlimi 4 Maxsus boʻlim Fotogrammetriya boʻlimi 4 Kadrlar masalalari boʻyicha mutaxassis Uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlari*
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 40 nafar.
* Kadastr agentligi tizimi xodimlari”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4819-son qarorida:
a) 5-bandning oltinchi xatboshisidagi “hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “111 nafardan” soʻzlari “128 nafardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“zarur hollarda Kadastr agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlarining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish”;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Kadastr agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlariga Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish”;
g) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Hayʼat Direktor Direktor yordamchisi Direktorning birinchi oʻrinbosari Direktor oʻrinbosari Direktor oʻrinbosari Direktor oʻrinbosari — “Geoinnovatsiya markazi” DUK direktori* Iqtisodiy tahlil va strategik rivojlantirish boshqarmasi 5 Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiyasi qilish boshqarmasi 5 Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi 16 Davlat tili toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya qilish masalalari boʻyicha maslahatchi* Direktor maslahatchisi* Yer va kadastr nazorati boshqarmasi 14 Komplayens-nazorat xizmati 3 Ishlar boshqarmasi 3* Metodologiya boshqarmasi 8* Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya boshqarmasi 4 Kadastr va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi 9 Geodeziya nazorati boshqarmasi 10 Moliya-iqtisod va buxgalteriya boshqarmasi 6* Axborot xizmati 2* Soliq organlari bilan ishlarni muvofiqlashtirish va marksheyderlik xizmati boshqarmasi 6 Respublika aerogeodeziya markazi “Geoinnovatsiya markazi” DUK Xalqaro aloqalar va reytinglar boʻlimi 2* Yuridik boshqarma 3 Yer, bino va inshootlar kadastrlarini yuritishda hududlar bilan ishlash boshqarmasi 5 Maʼmuriy amaliyot boʻlimi 3 Davlat kartografiya-geodeziya fondi Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Tashkiliy nazorat va tahlil boshqarmasi 6* Kadrlar boʻlimi 3 “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi IT-texnologiyalar va axborot xavfsizligi boʻlimi 3 Birinchi boʻlim 2 (1*) Ichki audit boʻlimi 2 Davlat kadastrlari palatasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 128 nafar.
* Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(Boshqarmalar tarkibidagi boʻlim va shuʼbalar Kadastr agentligi direktori tomonidan belgilanadi)”.
d) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshliq Boshliq oʻrinbosari Komplayens-nazorat xizmati** 1* Yer va kadastr nazorati boʻlimi 4* Tashkiliy-nazorat va murojaatlar bilan ishlash shuʼbasi 2 (1*) Maʼmuriy amaliyot boʻlimi 2* Bosh yuriskonsult 1 Chegara masalalari boʻyicha bosh mutaxassis *** 1 Birinchi boʻlim 1* Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining tuman (shahar) boʻlimlari Buxgalteriya 1 Kadrlar masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1* Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari Axborot xizmati 1*
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 17 nafar
* Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
** Oʻz faoliyatiga doir vazifalarni amalga oshirishda bevosita Kadastr agentligiga boʻysunadi.
*** Toshkent shahar boshqarmasi bundan mustasno”.
e) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi hududiy organlari xodimlarining
CHEKLANGAN SONI
T/r Hududlar Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari soni Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni (budjet/jamgʻarma) shundan: Hududiy boshqarmalarda Tumanlar (shaharlar) boʻlimlarida 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 17 117 (23/94) 17 (6/11) 100 (17/83) 2. Andijon viloyati 16 93 (22/71) 17 (6/11) 76 (16/60) 3. Buxoro viloyati 13 81 (19/62) 17 (6/11) 64 (13/51) 4. Jizzax viloyati 13 81 (19/62) 17 (6/11) 64 (13/51) 5. Qashqadaryo viloyati 16 106 (22/84) 17 (6/11) 89 (16/73) 6. Navoiy viloyati 11 64 (17/47) 17 (6/11) 47 (11/36) 7. Namangan viloyati 14 82 (20/62) 17 (6/11) 65 (14/51) 8. Samarqand viloyati 16 99 (22/77) 17 (6/11) 82 (16/66) 9. Sirdaryo viloyati 11 65 (17/48) 17 (6/11) 48 (11/37) 10. Surxondaryo viloyati 15 93 (21/72) 17 (6/11) 76 (15/61) 11. Toshkent viloyati 22 116 (28/88) 17 (6/11) 99 (22/77) 12. Fargʻona viloyati 19 104 (25/79) 17 (6/11) 87 (19/68) 13. Xorazm viloyati 13 79 (19/60) 17 (6/11) 62 (13/49) 14. Toshkent shahri 12 64 (17/47) 16 (5/11) 48 (12/36) Jami: 208 1 244 (291/953) 237 (83/154) 1 007 (208/799) ”.
