Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (660-8-son)
18.10.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 18-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 660-8]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 304-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-oktabr,
55-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 5-oktabrdagi 55-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 1999-yil 1-martda 42-son bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 660, 1999-yil 3-mart).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2006-yil 23-avgustdagi 2006-06-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya) qilish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 660-1, 2006-yil 14-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 421-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 15-dekabrdagi 2008-43-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya) qilish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 660-2, 2009-yil 20-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 4-son, 31-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 29-yanvardagi 2010-03-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya) qilish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 660-3, 2010-yil 11-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 10-11-son, 78-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 4-iyuldagi 2011-11-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 660-4, 2011-yil 9-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 32-33-son, 338-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-12-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 660-5, 2013-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 51-son, 682-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 30-iyuldagi 2015-07-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 660-6, 2015-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 31-son, 422-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 28-avgustdagi 2017-07-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 660-7, 2017-yil 21-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1062-modda).
