2022-sentabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi hamda Qonunchilik palatasi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar toʻgʻrisida (2465-IV-son)
12.09.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. 2022-yil sentyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar kalendar rejasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2022-yil sentyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar kalendar rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1- va 2-ilovalar berilmaydi.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-sentabr,
2465-IV-son
