Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini amalga kiritish haqida (262-I-son)
29.08.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavi 1996-yil 1-oktabrdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatining qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustaviga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari oʻzlarining mazkur ustavga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 29-avgust,
262-I-son
