Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan taʼminlash va mahalliy korxonalarning global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qoʻshimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-393-son)
12.10.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholi farovonligini uzluksiz oshirib borish, chakana savdo sohasida jahon yetakchilarini jalb qilish va xalqaro brendlar koʻlamini oshirish orqali investorlarning xalqaro kooperatsiyani rivojlantirishga, global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirishga qiziqishini oshirish, mahalliy ishlab chiqarishga xalqaro standartlar, ekologiya va sertifikatlash talablarini joriy qilish, turistlar oqimini koʻpaytirish uchun eng qulay shart-sharoitlar va shaffof mexanizmlar yaratish maqsadida:
1. 2023-yil 1-yanvardan boshlab xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
mazkur qaror bilan tasdiqlangan import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan yuritiladigan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) asosan qoʻllaniladi;
Tarif va notarif tartibga solish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) xulosasiga asosan Reyestrga xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan import qiluvchilar kiritiladi;
mazkur qarorga ilovada nazarda tutilgan tovarlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchilar tomonidan maʼlum qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda shaffof mexanizmlar asosida Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, Reyestrni 2022-yil 1-dekabrdan boshlab ishga tushirish hamda unga kirish uchun xalqaro brendlar tovarlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilarga qoʻyiladigan talablar nazarda tutilsin.
4. 2023-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy davlatlar fuqarolari Oʻzbekiston hududidagi chakana savdo bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan tovarlarni sotib olganda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish (“tax free”) tizimi Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Urganch xalqaro aeroportlarida tajriba tariqasida joriy etilsin.
Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda “tax free” tizimini joriy etish yuzasidan qaror loyihasini kiritsin. Bunda, 2023-yil 1-yanvardan boshlab respublikaning barcha hududlaridagi chakana savdo obyektlari orqali xorijiy davlatlar fuqarolariga sotilgan mahsulotlarga “tax free” tizimi soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali qoʻllanishi nazarda tutilsin;
2023-yil 1-oktabrga qadar “tax free” tizimining samaradorligini oʻrgansin va oʻrganish natijalariga koʻra 2024-yil 1-yanvardan boshlab mazkur tizimni barcha xalqaro aeroportlar, vokzallar va bojxona hududidan oʻtkazish punktlarida bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Xalqaro brendlar egalari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida xalqaro kooperatsiyani rivojlantirish va mahalliy korxonalarning global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirishini taʼminlash maqsadida:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (N. Xolmurodov) “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov), “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev) va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (D. Samatov) bilan birgalikda ikki oy muddatda mahalliy korxonalarga xalqaro brendlar egalarining buyurtmalarini kooperatsiya asosida joylashtirish dasturlarini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Xaydarov) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattarov) bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahridagi mavjud 5 ta yengil sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyalarini modernizatsiya qilish orqali xalqaro standartlar boʻyicha 30 dan ortiq sinov turlarining oʻzlashtirilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattarov) mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti (D. Vahobov) Oʻzbek-Koreya Oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki laboratoriyasi negizida xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasining tashkil etilishini taʼminlasin.
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-oktabr,
PQ-393-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qaroriga ILOVA
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari
T/rTIF TN kodiMahsulot nomiBoj stavkasi(tovarning bojxona qiymatidan % da yoki oʻlchash birligi AQSH dollarida)1.0901Qovurilgan yoki qovurilmagan, kofeinli yoki kofeinsiz qahva; kofe qobigʻi va qahva donalarining qobigʻi; har qanday nisbatdagi qahvani oʻz ichiga olgan qahva oʻrnini bosuvchi moddalar02.330300Parfyum va atir53.3304Kosmetika yoki boʻyanish va terini parvarish qilish mahsulotlari (dorivor mahsulotlardan tashqari), shu jumladan, oftobdan qorayishga qarshi yoki qorayish uchun vositalari; manikyur yoki pedikyur mahsulotlari54.3305Soch uchun vositalar55.3306Ogʻiz boʻshligʻi yoki tishlarning gigiyenasi uchun vositalar, shu jumladan, protezlar uchun mahkamlash kukunlari va pastalari; chakana savdo uchun alohida qadoqlangan interdental boʻshliqlarni tozalash uchun ishlatiladigan ip (tish ipi)56.3307Soqol olishdan oldin, soqol olish paytida yoki undan keyin ishlatiladigan mahsulotlar, shaxsiy foydalanish uchun dezodorantlar, vannalar uchun preparatlar, sochni tozalash vositalari va boshqa parfyumeriya, boshqa joyda koʻrsatilmagan yoki kiritilmagan kosmetika yoki hojatxona preparatlari; dezinfeksiyalash xususiyatiga ega yoki ega boʻlmagan, hidli yoki hidsiz xona dezodorantlari57.3401Sovun va tarkibida sovun boʻlgan organik moddalar va vositalar58.3406000000Shamlar, ingichka mumli shamlar va shunga oʻxshash buyumlar109.3924Oshxona idishlari, oshxona buyumlari va oshxona jihozlari, boshqa uy-roʻzgʻor buyumlari va plastik buyumlari yoki plastmassadan tayyorlangan gigiyena va hojatxona buyumlari1010.4202Sayohat sumkalari, chamadonlar, kosmetika yoki shaxsiy gigiyena toʻplamlari uchun qutilar, ish qogʻozlari uchun qutilar, portfellar, sumkalar va maktab sumkalari, koʻzoynaklar, durbinlar, kameralar, musiqa asboblari, qurollar uchun gʻiloflar va shunga oʻxshash buyumlar; oziq-ovqat yoki ichimliklar uchun termos sumkalar, kosmetika yoki shaxsiy gigiyena toʻplamlari uchun sumkalar, ryukzaklar, ayollar va erkaklar uchun sumkalar, xoʻjalik sumkalar, portmonlar, hamyonlar, geografik xaritalar uchun futlyarlar, sigaret qutilari, kisetlar, ish asboblari uchun sumkalar, sport sumkalari, shisha idishlar uchun futlyarlar, zargarlik uchun qutilar, upa qutilari, toʻliq yoki qisman materiallar yoki qogʻoz bilan qoplangan tabiiy yoki kompozitsion charmdan, plastmassa listlardan, toʻqimachilik materiallaridan, vulkanizatsiyalangan tolalardan yoki kartondan yasalgan asboblar va shunga oʻxshash narsalarni kesish uchun moʻljallangan qutilar7,511.4203Haqiqiy charmdan yoki kompozitsion charmdan tikilgan kiyim-kechak buyumlari va ular uchun aksessuarlar‚ quyidagidan tashqari:7,512.4203 10 000 1Tabiiy teridan tikilgan kiyimlar7,5, biroq bir donasi uchun 1 AQSH doll. kam boʻlmagan13.4205 00Haqiqiy charmdan yoki kompozitsion charmdan boshqa buyumlar7,514.4419Oshxona jihozlari, yogʻochdan1015.4602Toʻqish uchun materiallardan yoki 4601-tovar pozitsiyasining tovarlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri shakl boʻyicha tayyorlangan savatsimon, toʻqilgan va boshqa buyumlar1016.5702Matoli gilamlar va boshqa toʻqimachilik pol qoplamalari, taftingli emas yoki floklanmagan, tayyor yoki tayyor emas, shu jumladan, “kilim”, “sumax”, “kermani” va analogik qoʻl mehnati gilamlari1017.6101Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun, 6103-pozitsiyadagi buyumlardan tashqari, mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj paltolar, kalta paltolar, plashlar, kurtkalar (shu jumladan, changʻi kurtkalari), vetrovkalar, shtormovkalar va shunga oʻxshash buyumlar7,518.6102Ayollar yoki qizlar uchun 6104-pozitsiyadagi buyumlardan tashqari, mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj paltolar, kalta paltolar, plashlar, kurtkalar (shu jumladan, changʻi kurtkalari), vetrovkalar, shtormovkalar va shunga oʻxshash buyumlar7,519.6103Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj kostumlar, toʻplamlar, pidjaklar, blayzerlar, shimlar, lyamkali va nagrudnikli kombinezonlar, bridjilar va shortilar (suzish kiyimidan tashqari)7,520.6104Ayollar yoki qizlar uchun mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj kostumlar, toʻplamlar, jaketlar, blayzerlar, koʻylaklar, yubkalar, yubka-shimlar, shimlar, lyamkali va nagrudnikli kombinezonlar, bridjilar va shortilar (choʻmilish kiyimlaridan tashqari)7,521.6105Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj koʻylaklar7,522.6106Ayollar yoki qizlar uchun trikotajdan mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan bluzkalar, bluzlar va bluzonlar7,523.6107Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotajdan kalsonlar, ichki kiyimlar, tungi koʻylaklar, pijamalar, choʻmilish uchun xalatlar, uy uchun xalatlar va shunga oʻxshash buyumlar7,524.6108Ayollar yoki qizlar uchun mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj kombinatsiyalar, ichki yubkalar, ichki kiyimlar, pantalonlar, tungi koʻylaklar, pijamalar, penyuarlar, yuvinish uchun xalatlar, uy uchun xalatlar va shunga oʻxshash buyumlar7,525.6109Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj maykalar, yengli fufaykalar va boshqa ichdan kiyiladigan fufaykalar7,526.6110Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj sviterlar, puloverlar, kardiganlar, jiletlar va shunga oʻxshash buyumlar7,527.6111Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj bolalar kiyimlari va bolalar kiyimlari uchun aksessuarlar528.6112Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj sport kostumlari, changʻi va choʻmilish kostumlari7,529.6113 00Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matodan tayyorlangan 5903, 5906 yoki 5907-tovar pozitsiyalaridagi kiyimlar predmetlari7,530.6114Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj boshqa kiyimlar predmetlari7,531.6115Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj kolgotkalar, chulkilar, golfilar, paypoqlar va podsledniklar hamda boshqa paypoq buyumlar, shu jumladan, taqsimlangan bosimli kompression paypoq buyumlar (masalan, vena tomirlarining varikoz kengayishi bilan ogʻriganlar uchun chulki) va poshnasiz poyabzal:7,532.6116Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj qoʻlqoplar, rukavitsalar va mitenkalar7,533.6117Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj kiyimlar uchun boshqa tayyor aksessuarlar; Mashina yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj kiyim qismlari yoki kiyim buyumlari qismlari7,534.6201Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun 6203-pozitsiyasidagi buyumlardan tashqari paltolar, kalta paltolar, plashlar, kurtkalar (shu jumladan, changʻi kurtkalari), vetrovkalar, shtormovkalar va shunga oʻxshash buyumlar7,5, biroq bir kilogrammi uchun 2 AQSH doll. kam boʻlmagan35.6202Ayollar yoki qizlar uchun 6204-pozitsiyasidagi buyumlardan tashqari paltolar, kalta paltolar, plashlar, kurtkalar (shu jumladan, changʻi kurtkalari vetrovkalar, shtormovkalar va shunga oʻxshash buyumlar7,536.6203Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun kostumlar, komplektlar, pidjaklar, blayzerlar, shimlar, nagrudnikli va lyamkali kombinezonlar, bridjilar va shortilar (suzish kiyimidan tashqari)7,537.6204Ayollar yoki qizlar uchun kostumlar, komplektlar, jaketlar, blayzerlar, koʻylaklar, yubkalar, yubka-shimlar, shimlar, nagrudnikli va lyamkali kombinezonlar, bridjilar va shortilar (suzish kiyimidan tashqari)7,538.6205Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun koʻylaklar7,539.6206Ayollar yoki qizlar uchun bluzkalar, bluzlar va bluzonlar7,540.6207Erkaklar yoki oʻgʻil bolalar uchun maykalar va boshqa ichdan kiyiladigan fufaykalar, kalsonlar, ichki kiyimlar, tungi koʻylaklar, pijamalar, choʻmilish uchun xalatlar, uy uchun xalatlar va shunga oʻxshash buyumlar7,541.6208Ayollar yoki qizlar uchun maykalar va boshqa ichdan kiyiladigan fufaykalar, ichdan kiyiladigan yubkalar, ichki kiyimlar, pantalonlar, tungi koʻylaklar, pijamalar, penyuarlar, yuvinish uchun xalatlar, uy uchun xalatlar va shunga oʻxshash buyumlar7,542.6209Bolalar kiyimlari va bolalar kiyimlari uchun aksessuarlar543.62105602, 5603, 5903, 5906 yoki 5907 tovar pozitsiyalari materiallaridan tayyorlangan kiyim-kechak buyumlari7,544.6211Sport, changʻi va choʻmilish kostumlari; boshqa kiyim-kechak buyumlari7,545.6212Mashinada yoki qoʻlda tikilgan trikotaj yoki trikotaj boʻlmagan matodan tayyorlangan byustgalterlar, kamarlar, korsetlar, podtyajkalar, podvyazkalar va shunga oʻxshash buyumlar va ularning qismlari7,546.6213Roʻmollar7,547.6214Shallar, sharflar, kashnelar, mantillalar, vuallar va shunga oʻxshash buyumlar7,548.6215Boʻyinbogʻlar, kapalaksimon boʻyinbogʻlar va boʻyinga bogʻlanadigan roʻmollar7,549.6216 00 000 0Qoʻlqoplar, rukavitsalar va mitenkalar7,550.6217Boshqa tayyor kiyim aksessuarlari; kiyim-kechak qismlari yoki kiyim-kechak aksessuarlari, 6212 tovar pozitsiyasidan tashqari7,551.6301Odeyallar va sayohat pledlari552.6302Yotoqxona, oshxona, yuvinish-taranish va oshxona choyshab, yostiq jild, sochiq, dasturxon va h.k.1053.6303Pardalar va ichki pardalar; krovatlar uchun lambrekenlar yoki podzorlar554.6304Boshqa bezak buyumlari, 9404-pozitsiyadagi buyumlardan tashqari7,555.6307Boshqa tayyor buyumlar, shu jumladan, kiyim namunalari7,556.6402Kauchuk yoki plastmassadan yasalgan taglik va ustki qismi boʻlgan boshqa poyabzal7,5, biroq bir jufti uchun 1,1 AQSH doll. kam boʻlmagan57.6403Tagligi rezinadan, plastmassadan, tabiiy yoki kompozitsion charmdan va ustki qismi tabiiy charmdan yasalgan poyabzallar7,5, biroq bir jufti uchun 1,5 AQSH doll. kam boʻlmagan58.6404Tagligi rezinadan, plastmassadan, tabiiy yoki kompozitsion charmdan va ustki qismi tekstil ashyolardan yasalgan poyabzallar7,5, biroq bir jufti uchun 1,5 AQSH doll. kam boʻlmagan59.6405Boshqa poyabzallar7,5, biroq bir jufti uchun 1,5 AQSH doll. kam boʻlmagan60.6405 10 000 0Ustki qismi tabiiy yoki kompozit teridan qilingan7,5, biroq bir jufti uchun 1,5 AQSH doll. kam boʻlmagan61.6911Chinnidan tayyorlangan oshxona va boshqa xoʻjalik hamda hojatxona buyumlari1062.691200Keramikadan tayyorlangan oshxona va boshqa xoʻjalik hamda hojatxona buyumlari, chinnidan tashqari1063.6913Keramikadan tayyorlangan haykalchalar va boshqa dekorativ buyumlar1064.7013Oshxona va oshxona idish-tovoqlari, hojatxona va kanselyariya jihozlari, uy saranjomligi yoki shu kabi maqsadlar uchun buyumlar, shishadan (7010- yoki 7018-tovar pozitsiyasining buyumlaridan tashqari)1065.7113Qimmatbaho metallar yoki qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va ularning qismlari566.7114Qimmatbaho metallardan yoki qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallardan yasalgan oltin yoki kumush buyumlar va ularning qismlari567.7117Bijuteriya568.7323Qora metallardan tayyorlangan stol, oshxona yoki maishiy ehtiyojlar uchun boshqa buyumlar va ularning qismlari; qora metallardan “jun”; temir yoki poʻlatdan tozalovchi shimgichlar, tozalash yoki sayqallash yostiqchalari, qoʻlqoplar va shunga oʻxshashlar1069.8215Qoshiqlar, vilkalar, chelaklar, choʻmich, tort uchun qoshiq, baliq uchun pichoq, sariyogʻ pichogʻi, shakar qisqichlar va shunga oʻxshash oshxona yoki ovqat idishlari1070.9004Koʻzoynaklar va shunga oʻxshash himoya qiluvchi optik asboblar5
