28-modda. Ishonchli uchinchi taraf xizmati
Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida (O‘RQ-793-son) · Sana: 12.10.2022 · Amalda
Ishonchli uchinchi taraf xizmati axborot va elektron hujjatlarni almashish chogʻida ishonchni taʼminlash maqsadida elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning unga imzo qoʻygan shaxsga tegishliligini tekshirishga doir faoliyatdir.
Ishonchli uchinchi taraf xizmatining vazifalarini amalga oshiradigan shaxs vakolatli davlat organi tomonidan tayinlanadi hamda idoralararo va transchegaraviy axborot hamkorligi jarayonida elektron hujjatlarning daxlsizligi hamda ishonchliligini saqlash kafolatlarini vaqtning muayyan paytida taʼminlash boʻyicha axborot vositachisi sifatida ish yuritadi, shuningdek ularning yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Chet davlatlarning elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda yoki Ishonchli uchinchi taraf xizmati tomonidan haqiqiylikni tasdiqlash yoʻli bilan tan olinadi.
Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatining tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
