Reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida (KQ-410-IV-son)
28.09.2022
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimidagi muammolarni oʻrganish hamda takliflar tayyorlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi O. Iminovning Reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish boʻyicha Ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga;
Reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish boʻyicha savolnoma 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ishchi guruh (O. Iminov):
bir oy muddatda hududlarda reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganishni tashkil etsin;
oʻrganishga soha mutaxassislari jalb qilinishini, shu jumladan, hududlardan jalb qilinishini taʼminlasin;
joriy yilning 1-noyabriga qadar oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy materiallarni va aniq takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashiga kiritsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) bilan birgalikda hududlarda oʻrganish oʻtkaziladigan tibbiy muassasalarda Ishchi guruh aʼzolari uchun tegishli sharoitlarni yaratsin.
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 28-sentabr,
KQ-410-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 28-sentabrdagi KQ-410-IV-sonli qaroriga 1-ILOVA
Reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish boʻyicha Ishchi guruh
TARKIBI
1. Iminov Odiljon Karimovich — Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari 2. Kadirxanova Malika Akbarovna — Gender tenglik va xotin-qizlar masalalari qoʻmitasi raisi 3. Tashmuxamedova Diloram Gafurdjanovna — Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari 4. Salimova Manzura Alimovna — Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator 5. Marufova Gulnora Maxmudovna — Gender tenglik va xotin-qizlar masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator 6. Fozilov Xurshid Gʻayratovich — Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi 7. Ataniyazova Oral Aminovna — Oliy Majlis Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi 8. Durdiyeva Gavhar Salayevna — Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi 9. Huseynova Abira Amanovna — Gender tenglik va xotin-qizlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi 10. Ga�jayev Xamdam Abdullayevich — Oliy Majlis Senatining Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari 11. Sanayev Ilxom Maxmatkulovich — Oliy Majlis Senatining Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi 12. Toʻxtayev Zafar Shoxatamovich — Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati shuʼba mudiri 13. Yuldashev Erkin Turakulovich — Bosh prokuror oʻrinbosari 14. Basitxanova Elmira Irkinovna — Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari 15. Parpiboyeva Ozoda Abduqodirovna — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari 16. Kariyev Sardor Xikmatovich — Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori 17. Atabekov Nurmat Satiniyazovich — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining boshligʻi oʻrinbosari 18. Tegishligiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri, viloyatlar hokim oʻrinbosarlari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshliqlari 19. Tegishligiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahri, viloyatlar Kengashi Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raislari 20. Mirtalipov Mirazim Mirsamatovich — Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi 21. Nadirxanova Natalya Suratovna — Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori 22. Zufarova Shaxnoza Alimjanovna — Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi direktori 23. Axmedova Dilorom Ilhomovna — Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori 24. Sharipova Madina Karimovna — Respublika “Ona va bola” skrining markazi direktori 25. Nasirova Umida Feruzovna — Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh neonatologi 26. Nishanova Firuza Pulatovna — Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor oʻrinbosari 27. Axmedova Shirin Abdullayevna — Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallar boʻyicha direktor oʻrinbosari 28. Kipshakbayev Azad Muratovich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi boʻlim boshligʻi 29. Jalolov Xusniddin Raxmiddinovich — Andijon viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi 30. Zaripov Dilshod Gʻafurjonovich — Buxoro viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi 31. Xolboyev Baxtiyor Mamadiyorovich — Jizzax viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi 32. Sabirov Alibek Rustamovich — Navoiy viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi 33. Amanov Dilshod Chinmirzayevich — Namangan viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi 34. Lavozimiga koʻra — Samarqand viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi 35. Lavozimiga koʻra — Qashqadaryo viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi 36. Raxmonov Bobur Baxodirovich — Surxondaryo viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi 37. Mukumov Qaxxorjon Salimovich — Sirdaryo viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi 38. Ubaydullayev Xojiakbar Ravshanovich — Toshkent viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi 39. Qalandarov Jaloliddin Davronovich — Xorazm viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi 40. Salimova Gulrux Mamayusupovna — Toshkent shahar prokuraturasi boʻlim boshligʻi 41. Orshboyev Jumabay Tulibayevich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosh patalogoanatomi 42. Zoxidov Xusniddii Ibroximovich — Andijon viloyati bosh patalogoanatomi 43. Fayziyev Yusupjon Kadirovich — Buxoro viloyati bosh patalogoanatomi 44. Axmedov Toʻlqin Juraqulovich — Jizzax viloyati bosh patologoanatomi 45. Boltayev Nodir Abdusalomovich — Navoiy viloyati bosh patalogoanatomi 46. Jalolov Baxriddin Nuriddinovich — Namangan viloyati bosh patalogoanatomi 47. Jumanov Ziyodulla Eshmamatovich — Samarqand viloyati bosh patologoanatomi 48. Sherdanaqulov Adxam Sharapovich — Surxondaryo viloyati bosh patalogoanatomi 49. Nazarov Rixsitilla Xikmaatullayevich — Sirdaryo viloyati bosh patologoanatomi 50. Norov Alisher Tursunmuratovich — Toshkent viloyati bosh patologoanatomi 51. Rajabov Odilbek Anvarbekovich — Xorazm viloyati bosh patalogoanatomi 52. Artikov Joxongir Juraboyevich — Toshkent shahar bosh patologoanatomi 53. Qosimova Umida Shavkatovna — Fargʻona viloyati perinatal markazi bosh shifokor oʻrinbosari 54. Ishmatova Nigora — Jizzax viloyati perinatal markazi direktori oʻrinbosari 55. Usmonova Malika Shamsiddinovna — Toshkent shahar perinatal markazi bosh shifokori oʻrinbosari 56. Razikova Muattar — Toshkent viloyati perinatal markazi direktori oʻrinbosari 57. Ortiqxoʻjayeva Muattar Rizayevna — Toshkent shahar perinatal markazi boʻlim boshligʻi 58. Yusupov Usmon Yuldashevich — Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ambulator poliklinikalar ilmiy rahbari 59. Irisbekova Gulmira Turapovna — Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori 60. Mikirtichev Karen Djanovich — Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori 61. Tegishligiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari masʼul xodimlari 62. Tegishligiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli OIVga Barshi kurashish, boʻlimi masʼul xodimlari 63. Xoʻjaxmedov Jamoliddin Djololovich — Toshkent shahridagi “GennoTexnologiya” xususiy tibbiyot markazi direktori
Izoh. Zaruratga koʻra Ishchi guruh tarkibiga Ishchi guruh rahbari tomonidan qoʻshimcha mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 28-sentabrdagi KQ-410-IV-sonli qaroriga 2-ILOVA
Reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish boʻyicha
SAVOLNOMA
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi holati;
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi, bolalarni koʻkrak suti bilan boqishni qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarning holati;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-4513-sonli qarori ijrosi holati (Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish kengashi faoliyati);
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-dekabrdagi “2018 — 2022-yillar davrida bolalarda tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-3440-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar holati;
5. Birlamchi tibbiy yordam muassasalari, tugʻruq va tugʻruqqa yordam beruvchi muassasalarda mavjud shtat birliklarining malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishi holati, mavjud muammolar;
6. Tugʻruq muassasalarida reanimatsion boʻlimlaridagi sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlanganligi hamda kadrlar salohiyati;
7. Hududda tugʻilish koʻrsatkichlari (dinamikasi), erta hamda 35 yoshdan yuqori boʻlgan ayollarning tugʻruqlari, asoratli tugʻruqlar tahlili (2020-yil, 2021-yil, 2022-yil 8 oyi davomida);
8. Istalmagan homiladorlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar (kontratseptiv vositalari bilan qamrovi, 2020-yil, 2021-yil, 2022-yil 8 oyi davomida);
9. Onalar va goʻdaklar oʻlimi koʻrsatkichlari, oʻlim sabablarining tuzilishi (2020-yil, 2021-yil, 2022-yil 8 oyi davomida);
10. Reproduktiv salomatlikni mustahkamlash borasida oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari holati (erta turmush, qarindoshlar oʻrtasida nikohni oldini olishga qaratilgan tadbirlar);
11. Tugʻruq muassasalarida onalar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifati, protokol va standartlar asosida olib borilishi;
12. Aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻibot qilishda mahalliy hokimlik, oila va xotin-qizlar qoʻmitalari va mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan olib borilayotgan ishlar holati, tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikdagi ishlar;
13. Oilaviy shifokorlik punkti, oilaviy poliklinika va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada homilador ayollarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam holati, milliy standartlarning amalga tatbiq etilishi;
14. “Onko-nazorat” xonalari, “Ayollar maslahatxonasi” hamda “Ona-bola klasteri” xonalarining faoliyati, mavjud muammolar;
15. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordam muassasalari (oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar), bolalar boʻlimlari/shifoxonalar, tugʻruq muassasalari va skrining markazlari orasidagi bogʻliqlik, shu bilan birga yagona tibbiy axborot tizimi, bemor yoki homiladorning yagona maʼlumotlar bazasi mavjudligi;
16. Oʻlim holatlarini qayd etish tartibi, patalogoanatomik tekshiruvlarning oʻtkazilishi, tibbiy hujjatlarning yuritilishi, mavjud muammolar;
17. “Ayollar maslahatxonasi boʻlimida” imtiyozli toifaga kiruvchi davlat budjeti mablagʻlari hisobiga akusherlik va ginekologiya boʻyicha ixtisoslashgan yordamga muhtoj boʻlgan bemorlar roʻyxati va ularni ixtisoslashgan markazlarga yoʻnaltirish holati;
18. Tugʻruq muassasalarining moddiy-texnika bazasi, dori-darmon hamda zarur tibbiy jihozlar hamda zamonaviy uskunalar bilan taʼminlanish holati (2020-yil, 2021-yil, 2022-yil 8 oyi davomida);
19. Onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, hududiy perinatal markazlari va bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalarining maxsus zarur uskunalar bilan jihozlangan reanimobillar bilan taʼminlanganligi;
20. Tugʻruq muassasalarda tibbiy materiallar va asboblarni sterilizatsiya qilish uchun uskunalar yoki zamonaviy jihozlar bilan taʼminlanganligi;
21. Tugʻruq muassasalarida laboratoriya va tashxislash xizmatining yoʻlga qoʻyilganligi, tekshiruvlarda zamonaviy, yuqori texnologik usullarning joriy etilganligi;
22. Tumanlararo perinatal markazlarni tashkil etish holati;
23. Perinatal markazlarida qon quyish boʻlimlarining tashkil etilganligi (qon va uning tarkibiy qismlari zaxirasining mavjudligi), ularni saqlash uchun zamonaviy uskunalar hamda mutaxassislar bilan taʼminlanganligi;
24. Tugʻruq muassasalari uchun budjetdan ajratilayotgan mablagʻlarining samaradorligini tahlil qilish
25. Homilador ayollarning OIVga tekshirilish qamrovi, hisobotlar almashinuvi (birlamchi boʻgʻin, OITSga qarshi kurash markazi, SSB mutaxassislari oʻrtasida);
26. OIVga chalingan homilador ayollarning va ulardan tugʻilgan bolalarning ART va ARP bilan qamrovi (SSVning 206 buyrugʻi ijrosi);
27. OIV bilan kasallangan fuqarolarning turmush qurishida shifokorlarning tavsiyalariga rioya qilinishi, shifokorlar tomonidan oʻtkazilayotgan targʻibot tadbirlari holati.
28. Sohada mavjud muammo va takliflar.
