Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (562-son)
03.10.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, issiqxona xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy sogʻlomlashtirish orqali yanada jadal rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, shuningdek, eksportbop va raqobatbardosh qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini uzluksiz yetishtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoʻyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra, 2022-yil 20-sentabr holatida bojxona omborlarida respublikaga olib kelingan ogʻirligi 10,2 ming tonna va umumiy qiymati 24,9 mln AQSH dollariga teng boʻlgan issiqxona komplekslari hamda ularning butlovchi qismlari bojxona ombori bojxona rejimida saqlanayotganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 329-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq uzoq muddatlarga va bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilishi mumkinligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan issiqxona komplekslari va ularning butlovchi qismlarini ilovaga muvofiq erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona toʻlovlarini taʼminotsiz 2023-yil 1-yanvarga qadar kechiktirib, boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 3-oktabr,
562-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 562-son qaroriga ILOVA
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona toʻlovlarini taʼminotsiz 2023-yil 1-yanvarga qadar kechiktirib, boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan issiqxona komplekslari va ularning butlovchi qismlari
ROʻYXATI
T/r Issiqxona xoʻjaliklari nomi STIR Issiqxona komplekslari va butlovchi qismlar Nomi ogʻirligi (tonna) JAMI - - 10 168,9 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 84,9 1. “Nukus green agro impex” MCHJ 307463258 Issiqxona kompleksi 84,9 Buxoro viloyati 1 292,6 2. “Kyeong gi-agro-logistics” MCHJ 307112005 Issiqxona kompleksi 946,6 3. “Buxara varnet” QK MCHJ 305704187 Issiqxona kompleksi 142,0 4. “Malikobod Raximjon agro” MCHJ 306306278 Issiqxona kompleksi 204,0 Qashqadaryo viloyati 1,6 5. “Tezda-kor invest” XF 302016602 Issiqxona kompleksi va butlovchi qismi 1,6 Navoiy viloyati 310,0 6. “Sardoba agro eksport” MCHJ 307305610 Issiqxona kompleksi 150,2 7. “Gani bobo bogi” MCHJ 307279794 Issiqxona kompleksi va butlovchi qismi 159,8 Namangan viloyati 151,5 8. “Namangan vegatables” MCHJ 307289616 Issiqxona kompleksi 1,6 Surxondaryo viloyati 202,9 9. “Elnurbek-surxon” FX 303366436 Issiqxona kompleksi 86,4 10. “Laym-Garant” XF 304750694 Issiqxona kompleksi 79,2 11. “Javohir Jabborzoda” MCHJ 306426421 Issiqxona kompleksi 37,3 Sirdaryo viloyati 788,6 12. “Maks-tekstil-servis” MCHJ 301568534 Issiqxona kompleksi 344,5 13. “Mirzaobod limon yigirma ikki” MCHJ 307284876 Issiqxona kompleksi 222,0 14. “Mirzaobod limon yigirma uch” MCHJ 307315170 Issiqxona kompleksi 222,0 15. “Vek metal production” QK MCHJ 306277434 Issiqxona kompleksi 15,7 Toshkent viloyati 2 136,9 16. “Intertrade holding” QK MCHJ 307315242 Issiqxona kompleksi 1 854,2 17. “Piskent mega omega” MCHJ 307411353 Issiqxona kompleksi 252,9 18. “Eurogarden export” MCHJ 308181047 Issiqxona kompleksi 29,8 Xorazm viloyati 5 092,0 19. “Xorazm agrotex” MCHJ 301202284 Issiqxona kompleksi 669,9 20. “Global Food impex” QK MCHJ 304534320 Issiqxona kompleksi 3 048,9 21. “Gurlan avtosalon” MCHJ 305735480 Issiqxona kompleksi 244,7 22. “Yanagro system” QK MCHJ 307872438 Issiqxona kompleksi 645,8 23. “Gurlan eksport” MCHJ 304978092 Issiqxona kompleksi 145,5 24. “Javohir-shohjahon” MCHJ 307409314 Issiqxona kompleksi 337,2 Toshkent shahri 107,9 25. “Energy progress metall” MCHJ 300497093 Issiqxona kompleksi 42,0 26. “Agro park demeter” MCHJ 305628732 Issiqxona kompleksi 46,6 27. “Bo'chi agro” MCHJ 306988411 Issiqxona kompleksi 19,3 28. “Naldun Can Agro” MCHJ 307553232 Issiqxona kompleksi 11,9 29. “Nayotxon Yunusbek” MCHJ 306424432 Issiqxona kompleksi 45,0
