18-modda. Elektron tijoratni amalga oshirish jarayonlari
Elektron tijorat toʻgʻrisida (O‘RQ-792-son) · Sana: 29.09.2022 · Amalda
Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron tijorat ishtirokchilari oʻzaro kelishuvga koʻra quyidagilarni belgilashga haqli:
identifikatsiya qilish, elektron hujjat va xabar almashish tartibini;
shartnoma tuzishga doir harakatlarni amalga oshirish tartibini;
ofertani joylashtirish, yuborish va qabul qilish tartibini;
akseptni yuborish va akseptni chaqirib olish tartibini;
axborotning ishonchliligini tekshirish tartibini;
taraflarning axborot tizimlari dasturiy taʼminotidan foydalanish tartibini.
