Favqulodda vaziyatlarda bank operatsiyalarini va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi (799-son)
06.08.1999
tartibi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 6-avgustda roʻyxatga olingan, roʻyxat raqami 799]
1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa meʼyoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, favqulodda vaziyatlar davrida respublikaning butun iqtisodiy hududida hisob-kitoblarning uzluksizligini taʼminlashga moʻljallangan.
2. Dasturiy yoʻl (PK AISKB, PK ASBT, AVRAXSYS va boshqalar) bilan olingan shaxsiy hisobvaraqlar va qoldiq qaydnomalariga muvofiq, favqulodda vaziyatlar (FV) yuz bergan kuni har bir analitik hisobga alohida shaxsiy hisobvaraq ochiladi va shu sanadagi qoldiq qoʻl bilan yozib qoʻyiladi.
3. Yozilgan shaxsiy hisobvaraqlar qoldiqlariga muvofiq barcha masʼul ijrochilar boʻyicha qoldiq qaydnomasi toʻldiriladi.
4. Har bir balans hisobvaraq boʻyicha yigʻma varaqcha tutiladi, unda tegishli hisobvaraq boʻyicha qoldiq qoʻl bilan yozish orqali aks ettiriladi. Qoldiq qaydnomasi va yigʻma varaqchalar qoldiqlari bilan shaxsiy hisobvaraqlar qoldiqlarini hisoblab chiqish yoʻli vositasida solishtirish amalga oshiriladi. Yigʻma varaqchalarga kiritilgan qoldiqning toʻgʻriligi javobgar ijrochi va bosh buxgalter yoki uning topshirigʻiga koʻra boshqa xodimlar tomonidan (yigʻma varaqchaning shakli 1-ilovada keltirilgan) imzolanib tasdiqlanadi.
5. Asosiy vositalar eskirishini, xavf-xatar(risk)larni hisoblash operatsiyalari boʻyicha shaxsiy hisobvaraqlar va yigʻma varaqchalar ochiq holda yuritiladi.
6. Yigʻma varaqchalar asosida qoʻlda boshlangʻich balans tuziladi (balans shakli 2-ilovada keltirilgan). Balans tekshirilganidan keyin uni tuzgan xodim, bosh buxgalter va bank boʻlimining boshqaruvchisi tomonidan imzolanadi.
7. Xuddi shu tartibda shaxsiy hisobvaraqlar, yigʻma varaqchalar va koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari (balansdan tashqari hisobvaraq) boʻyicha balanslar ochiladi.
8. Mijozlardan toʻlov hujjatlarini qabul qilish yuqorida qayd etilgan talablar bajarilganidan soʻng amalga oshiriladi.
9. Mijozlarning hisobvaraqlari, budjet va bank ichki hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
10. Favqulodda vaziyatlarda mijozlarga toʻlov hujjatlarini taqdim etishning quyidagi tartibi oʻrnatiladi:
toʻlovchi va oluvchilarga bankning bitta boʻlimida xizmat koʻrsatilganda 4 (toʻrt)ta nusxada, ulardan:
1-nusxa operatsiya oʻtkazilganidan soʻng kunlik hujjatlarga topshiriladi;
2-3-nusxalar vakil (bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi) buxgalterga topshiriladi;
4-nusxa operatsiyaning bajarilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma sifatida mijozga qaytariladi.
toʻlovchi va oluvchilarga banklarning turli boʻlimlarida xizmat koʻrsatilganda 5 (besh)ta nusxada, ulardan:
1-nusxa operatsiya oʻtkazilganidan soʻng kunlik hujjatlarga topshiriladi;
2-3-nusxalar vakil (bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi) buxgalterga topshiriladi;
4-nusxa vakillik hisobvaraqqa xizmat koʻrsatadigan buxgalterga topshiriladi;
5-nusxa operatsiyaning bajarilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma sifatida mijozga qaytariladi.
11. Agar mijozning topshirigʻini bajarish vaqtida ish haqi, xizmat safari xarajatlari, kredit shartnomalari uchun mablagʻlar berishni hisobga olish varaqchalari, berilgan pul chek daftarchalari, jismoniy shaxslarning hisob-kitob cheklarini hisobga olish varaqchalari mavjud boʻlmasa, ular yangidan ochiladi va soʻngra, albatta, qayta tekshiriladi. Oʻzaro kredit munosabatlari oldingi munosabatlarni keyinchalik aniqlash sharti bilan yangi kredit shartnomasini tuzish orqali yangilanadi. Qimmatli qogʻozlar, lizing va faktoring operatsiyalari boʻyicha ham xuddi shunday.
12. Amaliyot kuni tugaganidan soʻng har bir javobgar ijrochi toʻlov hujjatlari, kundalik kassa daftarlari asosida sanasi, toʻlov hujjatining raqami (3 xonali), korrespondentlanuvchi hisobvaraq raqami (20 xonali), banklar kodi, operatsiya turi, kassa rejasi (operatsiyalar mavjud boʻlsa) boʻyicha belgi(simvol)larni koʻrsatgan holda har bir shaxsiy hisobvaraq boʻyicha, avval kredit operatsiyalari boʻyicha jamini chiqargan holda, keyin xuddi shu tartibda debet operatsiyalari boʻyicha, bundan soʻng mazkur shaxsiy hisobvaraq boʻyicha qoldiq yoziladi. Barcha hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar aks ettirilganidan soʻng hujjatlarning asl nusxalari buxgalteriya daftari va kunlik balansni tuzish bilan shugʻullanuvchi masʼul ijrochi xodimga topshiriladi. Xuddi shuningdek, debet va kredit boʻyicha aylanmalarni koʻrsatgan holda masʼul ijrochilar boʻyicha qoldiq qaydnomalari tuziladi.
Harakatda boʻlgan shaxsiy hisobvaraqlar bilan ajratib olinib debet va kredit boʻyicha aylanmalar hisoblanadi, ular yigʻma varaqchaga yoziladi va mazkur balans hisobvaragʻi qoldigʻiga kiritiladi. Bundan soʻng mazkur balans hisobvaragʻining barcha shaxsiy hisobvaraqlari boʻyicha qoldiqlari hisoblanadi va yigʻma varaqcha hamda qoldiq qaydnomasining qoldigʻi bilan solishtiriladi.
13. Buxgalteriya jurnalini tuzish bilan shugʻullanuvchi xodim toʻlov hujjatlarining asl nusxalarini, Markaziy bankning boʻlinmalaridan vakillik hisobvaraqning koʻchirmalari bilan birgalikda olingan kassa daftarlarini, banklararo hujjatlar roʻyxatini masʼul ijrochilardan olganidan soʻng ushbu hujjatlarni balans hisobvaraqlarining debeti ketma-ketligi boʻyicha tanlaydi va balans hisobvaragʻiga har bir debetlangan summani yoza boshlaydi. Masalan:
20200-balans hisobvaragʻi Korrespondentlanuvchi hisobvaraq raqami Summasi 10101 VVV K SSSSSSSS NNN 5000 10301 VVV K SSSSSSSS NNN 2000 JAMI: 7000
Barcha hisobvaraqlar boʻyicha yozish xuddi shunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Tugatilishi bilan barcha debet aylanmalar boʻyicha natija chiqariladi. Soʻngra barcha kredit aylanmalari boʻyicha oʻxshash faoliyat amalga oshiriladi. Kredit aylanmalari jami debet aylanmalari jamiga mos kelishi zarur. Buxgalteriya jurnali tuzilganidan keyin ushbu xodim yigʻma varaqchalarni oladi va javobgar ijrochilarning yigʻma varaqchalarga kiritilgan aylanmalarini buxgalteriya jurnalining maʼlumotlari bilan solishtirishni amalga oshiradi. Ushbu maʼlumotlar toʻgʻri kelsa, yigʻma varaqchani imzolaydi, ularni aktiv va passiv qoldiqlar boʻyicha alohida tanlab oladi. Shundan soʻng kunlik balansni tuzish uchun qoldiqlarni yozadi. Balansni rasmiylashtirish yuqorida bayon etilgan.
14. Kunlik hujjatlarni shakllantirish, ularni tekshirish va saqlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15. Tijorat banki boʻlimining vakillik hisobvaragʻini yurituvchi xodim yuqorida koʻrsatilgan tartibda mazkur hisobvaraqda debet va kredit boʻyicha amaliyotlarni aks ettirganidan keyin, vakillik hisobvaragʻining krediti boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalarning uch nusxadan iborat boʻlgan roʻyxatini tuzadi.
Tuzilgan roʻyxatlar ushbu xodim tomonidan imzolanadi va hujjatlarni asl nusxalari bilan birga uch nusxada tijorat banki boʻlimining bosh buxgalteriga topshiriladi.
Bosh buxgalter tegishli tekshiruvdan keyin roʻyxatni va toʻlov hujjatlarining ikkinchi nusxalarini imzolaydi, shuningdek, ularni boʻlimning dumaloq muhri bilan tasdiqlaydi va roʻyxatning birinchi nusxasini toʻlov hujjatlarining ikkinchi hamda uchinchi nusxalari bilan birga Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining buxgalteriya hisobi, hisoboti va davlat budjetining kassa ijrosi boshqarmasiga yetkazish uchun tijorat bankining masʼul chopar-xodimiga topshiradi. Tijorat bankining mansabdor shaxslari tomonidan tasdiqlanib, Markaziy bankka topshiriladigan toʻlov hujjatlarining roʻyxati MB boʻlinmalari tomonidan uning vakillik hisobvaragʻi orqali amalga oshirish boʻyicha tijorat bankining topshirigʻi hisoblanadi. Roʻyxatning ikkinchi nusxasi va hujjatlarning asl nusxalari buxgalteriya jurnali, balansni tuzish va kunlik hujjatlarni tikish bilan shugʻullanuvchi xodimga topshiriladi. Roʻyxatning oxirgi nusxasi tijorat bankining vakillik hisobvaragʻini yurituvchi xodimga roʻyxatlarni vakillik hisobvaragʻining krediti boʻyicha tikib qoʻyish uchun qaytariladi.
16. Tijorat banki boʻlimining masʼul xodimi vakillik hisobvaragʻidan olingan, Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining Buxgalteriya hisobi, hisoboti va davlat budjetining kassa ijrosi boshqarmasi Toʻlov tizimi sektori rahbari va tijorat bankining vakillik hisobvaragʻini yurituvchi javobgar ijrochisi tomonidan tasdiqlanib, Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining muhri bilan tasdiqlangan koʻchirmani, shuningdek, ularga doir roʻyxatlar va toʻlov hujjatlarini oladi hamda ularni tijorat banki boʻlimining bosh buxgalteriga topshiradi. Ushbu hujjatlarni tijorat banklar boʻlimlaridan Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga yetkazish paytida va ularni Buxgalterlik hisobi, hisoboti va davlat budjetining kassa ijrosi boshqarmasiga yetkazish hamda olib qaytishda ularning toʻliqligi uchun tijorat banki boʻlimining masʼul chopar-xodimi javobgardir.
17. Tijorat bank boʻlimining bosh buxgalteri shaxsan masʼul xodimdan vakillik hisobvaraqdan koʻchirma va uning ilovalarini olganidan keyin ularni tekshiradi va tekshirib boʻlgandan soʻng belgilangan tartibda mablagʻ oʻtkazish boʻyicha operatsiyani bajarish uchun bank boʻlimining vakillik hisobvaragʻini yurituvchi xodimga topshiradi.
18. Favqulodda vaziyatlar tugaganidan soʻng banklar bir maromda odatdagi ish tartibiga oʻtish uchun quyidagilarni amalga oshiradilar:
1) Favqulodda vaziyatlar davrida ishlagan barcha hisobvaraqlar uchun har bir shaxsiy hisobvaraq boʻyicha debet va kredit aylanmalari alohida hisoblanadi va jami chiqariladi. Ishonchliligini tekshirish uchun favqulodda vaziyatlar boshlangan kundagi boshlangʻich balans boʻyicha qoldiq va favqulodda vaziyatlar tugagan kundagi qoldiqlar qoʻyiladi. Masalan:
“Gulbahor” MChJ depozit hisobvaragʻi boʻyicha” Favqulodda vaziyatlar boshlangan kundagi qoldiq — 20 000 Uch kun davomidagi aylanmalar: Debet boʻyicha — 150 000 Kredit boʻyicha — 160 000 Favqulodda vaziyatlar tugagan kundagi qoldiq — 30 000
2) Har bir shaxsiy hisobvaraq boʻyicha solishtirilgan maʼlumotlar dasturiy (AISKB, ASBT, AVRAXSYS va boshqalar) majmualarga kiritiladi va “Bank amaliyot kuni” qaroridan keyin shaxsiy hisobvaraq, qoldiq qaydnomasi, aylanma qaydnoma va balansni oladi, ular favqulodda vaziyatlar tugagan kunda qoʻl bilan toʻldirilgan shaxsiy hisobvaraqlar va balanslarning qoldiqlari bilan solishtiriladi. Shundan soʻnggina mijozga xizmat koʻrsatishga kirishiladi.
19. Bir maromdagi ish tartibiga oʻtgan kundan ikki oyga kechikmay bosh banklar tekshiruv dalolatnomasini tuzgan holda favqulodda vaziyatlar yuz bergan kunlarda oʻziga boʻysunuvchi boʻlinmalarda bank amaliyotlari oʻtkazilishining toʻgʻriligini tekshirishni tashkil qiladi. Tekshiruv natijalari bank Boshqaruvi yigʻilishida koʻrib chiqiladi.
20. Mazkur ish tartibi har bir alohida holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining maxsus farmoyishi asosida tatbiq etiladi.
Rais oʻrinbosari M. JUMAGALDIYEV
1-ILOVA
2-ILOVA
Bank kodi Tayyorlangan sana birlik Soʻm/tiyin _______________________ Bankning_________________________filiali (bank filiali nomi) BALANSI _________________________ (kun, oy, yil) Balans hisobvaragʻi Sana KIRIM QOLDIGʻI Sana Aylanmalar Sana CHIQIM QOLDIGʻI DEBET KREDIT DEBET KREDIT DEBET KREDIT 1. AKTIVLAR 10100 Kassadagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari 10101 10103 10105 10107 10111 Jami: 10300 Bankning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi (MB) hisobvaraqlari 10301 10305 10309 10397 Jami: 10500 Bankning boshqa banklardagi hisobvaraqlari 10501 10505 10597 Jami: 10700 Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari 10701 10705 10709 10711 10715 10719 10797 10799 Jami: 10900 Oldi-sotdiga moʻljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar 10901 10905 10909 10999 Jami: 11100 Sotib olingan debitorlik qarzlari ― Faktoring 11101 11103 11105 11195 11199 Jami: 11300 Sotib olingan veksellar 11301 11305 11309 11311 11315 11319 11395 11399 Jami: 11500 Mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan trattalari boʻyicha majburiyatlari 11501 11505 11509 11511 11515 11519 11521 11599 Jami: 11700 Bankning toʻlanmagan akseptlari boʻyicha mijozlarning majburiyatlari 11701 11705 Jami: 11900 Markaziy bankka berilgan qisqa muddatli kreditlar 11901 Jami: 12100 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar 12101 12105 12109 12199 Jami: 12300 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar 12301 12305 12309 12399 Jami 12500 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar 12051 12505 12509 12599 Jami: 12600 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar 12601 12605 12609 12699 Jami: 12700 Davlat korxona va tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli ssudalar 12701 12705 12709 10105 12799 Jami: 12900 Qoʻshma korxonalarga berilgan qisqa muddatli ssudalar 12901 12905 12909 12999 Jami: 13100 Xususiy korxonalar, xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar 13101 13105 13109 13199 Jami: 13300 Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar 13301 13305 13399 Jami: 13500 Hukumatga berilgan oʻrta muddatli kreditlar 13501 13505 13599 Jami: 13700 Jismoniy shaxslarga berilgan oʻrta muddatli kreditlar 13701 13705 13799 Jami: 13800 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan oʻrta muddatli kreditlar 13801 13805 13899 Jami: 13900 Davlat korxona va tashkilotlariga berilgan oʻrta muddatli kreditlar 13901 13905 13999 Jami: 14100 Qoʻshma korxonalarga berilgan oʻrta muddatli kreditlar 14101 14105 14199 Jami: 14300 Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar 14301 14305 14399 Jami: 14500 Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar 14501 14505 14599 Jami: 14700 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar 14701 14705 14799 Jami: 14900 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar 14901 14905 14999 Jami 15000 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar 15001 15005 15099 Jami: 15100 Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar 15101 15105 15199 Jami: 15300 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar 15301 15305 15399 Jami: 15500 Xususiy korxonalar, xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar 15501 15505 15599 Jami: 15700 Sud jarayonidagi kreditlar va lizing 15701 15799 Jami: 15900 Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar 15901 15905 15909 15911 15913 15919 15921 15923 15997 15999 Jami: 16100 Bosh bank/filiallardan olinadigan mablagʻlar 16101 16105 16109 Jami: 16300 Aktivlar boʻyicha hisoblangan foizlar 16301 16305 16309 16311 16315 16319 16321 16397 16399 Jami: 16500 Asosiy vositalar 16501 16505 16509 16511 16515 16519 16521 16525 16529 16531 16535 16539 16541 16545 16549 16551 Jami: 16700 Bankning boshqa xususiy mulklari 16701 16705 16799 Jami: 16900 Hosilaviy instrumentlarning revalvatsiyasi natijasidaoʻzlashtirilmagan foyda 16901 16905 16909 Jami: 17100 Valyuta savdosi va valyuta pozitsiyalari 17101 17105 Jami 17300 Tranzit hisobvaraqlari 17301 17305 Jami 17500 Hukumat hisobvaraqlari 17509 17515 Jami 19900 Boshqa aktivlar 19901 19903 19905 19908 19909 19911 19919 19921 19923 19925 19929 19931 19935 19939 19941 19945 19949 19991 19995 19997 19999 Jami Razdel boʻyichaJAMI 2. MAJBURIYATLAR 20200 Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar 20202 20204 20206 20208 20210 20212 20214 20216 20218 20296 Jami 20400 Jamgʻarma depozitlar 20402 20404 20406 20408 20410 20412 20414 20416 20418 20496 Jami 20600 Muddatli depozitlar 20602 20604 20606 20608 20610 20612 20614 20616 20618 20696 Jami 20800 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobvaraqlari 20802 20806 20896 Jami 21000 Boshqa banklarning hisobvaraqlari 21002 21006 21010 Jami 21200 Boshqaruv (menejer) cheklari 21202 Jami 21400 Bankning toʻlanmagan akseptlari 21402 21406 Jami 21600 Olingan qisqa muddatli kreditlar 21602 21606 21610 21612 21614 21616 21620 21696 Jami 21800 Olingan oʻrta muddatli kreditlar 21802 21806 21810 21812 21814 21816 21822 21896 Jami 22000 Olingan uzoq muddatli kreditlar 22002 22006 22010 22012 22014 22016 22022 22096 Jami 22200 Bosh bank/filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar 22202 22206 22210 Jami 22400 Toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar 22402 22406 22410 22412 22414 22416 22422 22496 Jami 22600 Mijozlarning boshqa depozitlari 22602 22606 22608 22610 22612 22696 Jami 22800 Hosilaviy instrumentlar boʻyicha revalvatsiya natijasida amalga oshmagan zararlar va boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar 22802 22806 22810 22812 22816 22896 Jami 23200 Kliring transaksiyalari 23202 23204 23206 23208 23210 Jami 23400 Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari 23402 23404 23406 23410 23416 23422 23424 23426 23430 23432 Jami 23600 Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar 23602 23604 23606 23608 23610 23696 23698 Jami 29800 Boshqa majburiyatlar 29801 29802 29803 29804 29806 29810 29812 29816 29822 29826 29830 29840 29842 29846 29896 Jami Razdel boʻyicha JAMI 3. KAPITAL 30300 Ustav kapitali 30303 30306 30309 30312 30315 30318 30321 30324 Jami 30600 Qoʻshimcha kapital 30603 Jami 30900 Zaxira kapitali 30903 30905 30906 Jami 31200 Taqsimlanmagan foyda 31203 31206 Jami 31500 Boshlangʻich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qoʻshimcha qiymat 31501 Jami Razdel boʻyicha JAMI 4. DAROMADLAR 40200 MBdagi hisobvaraqlar boʻyicha foizli daromadlar 40201 40205 Jami 40400 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar 40401 40405 40409 Jami 40600 Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizli daromadlar 40601 40605 40609 40613 40617 40621 40694 Jami 40800 Sotib olingan veksellar boʻyicha foizli daromadlar 40801 40805 40809 40813 40817 40821 Jami 41000 Mijozlarning majburiyatlari boʻyicha hisoblangan foizlar 41001 41005 41009 41013 41017 41021 41025 Jami 41200 Bankning toʻlanmagan akseptlari yuzasidan mijozlar majburiyatlari boʻyicha foizli daromadlar 41201 41205 Jami 41400 MBga berilgan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 41401 Jami 41600 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 41601 41605 41609 Jami 41800 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 41801 41805 41809 Jami 42000 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 42001 42005 42009 Jami 42200 Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 42201 42205 42209 Jami 42400 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 42401 42405 42409 Jami 42600 Xususiy korxonalar, xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 42601 42605 42609 Jami 42800 Boshqa banklarga berilgan oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 42801 42805 Jami 43000 Hukumatga berilgan oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 43001 43005 Jami 43200 Jismoniy shaxslarga berilgan oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 43201 43205 Jami 43300 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 43301 43305 Jami 43400 Davlat korxona va tashkilotlariga berilgan oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 43401 43405 Jami 43600 Qoʻshma korxonalarga berilgan oʻrta muddatli ssudalar boʻyicha foizli daromadlar 43601 43605 Jami 43800 Xususiy korxonalar, shirkatlar va korporatsiyalarga berilgan oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 43801 43805 Jami 44100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 44101 44105 Jami 44200 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 44201 44205 Jami 44300 Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 44301 44305 Jami 44400 Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 44401 44405 Jami 44500 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 44501 44505 Jami 44600 Xususiy korxonalar, xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 44601 44605 Jami 44700 Sud jarayonidagi kreditlar boʻyicha foizli daromadlar 44701 Jami 44800 Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha foizli daromadlar 44801 44805 44809 44813 44815 44817 Jami 44900 Boshqa foizli daromadlar Jami 45200 Foizsiz daromadlar 45201 45202 45209 45213 45217 45221 45221 45229 45233 45237 45241 45241 45245 45249 45253 45257 45261 45294 Jami 45400 Xorijiy valyutadagi foyda 45401 45405 45409 Jami 45600 Tijorat operatsiyalaridan olingan foyda 45601 45605 Jami 45800 Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar 45801 45805 45809 Jami 45900 Boshqa foizsiz daromadlar 45901 45905 45909 45913 45917 45921 45994 Jami Razdel boʻyicha JAMI 5. XARAJATLAR 50100 Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar boʻyicha foizli xarajatlar 50101 50104 50106 50108 50111 50114 50116 50118 50121 50126 Jami 50600 Jamgʻarma depozitlar boʻyicha foizli xarajatlar 50601 50604 50606 50608 50611 50614 50616 50618 50621 50626 Jami 51100 Muddatli depozitlar boʻyicha foizli xarajatlar 51101 51104 51106 51108 51111 51114 51116 51118 51121 51126 Jami 51600 MBning hisobvaraqlari boʻyicha foizli xarajatlar 51601 51606 51611 Jami 52100 Boshqa banklarning hisobvaraqlari boʻyicha foizli xarajatlar 52101 52106 52111 Jami 52600 Bankning toʻlanmagan akseptlari boʻyicha foizli xarajatlar 52601 52606 Jami 53100 Qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar 53101 53106 53111 53116 53118 53121 53126 53195 Jami 53600 Oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar 53601 53606 53611 53616 53618 53621 53626 53695 Jami 54100 Uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar 54101 54106 54111 54116 54118 54121 54126 54195 Jami 54900 Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizli xarajatlar 54902 Jami 55100 Foizsiz xarajatlar 55102 55106 55110 55114 55122 55124 55126 55130 55134 55138 55142 55146 55150 55154 55158 55162 55195 Jami 55300 Xorijiy valyutalarda koʻrilgan zararlar 55302 55306 Jami 55600 Tijorat operatsiyalaridan koʻrilgan zararlar 55602 55606 Jami 55800 Investitsiyalardan koʻrilgan zararlar 55802 55806 Jami 55900 Boshqa foizsiz xarajatlar 55902 55906 55910 55995 Jami 56100 Bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar 56102 56106 56110 55114 56118 56122 56195 Jami 56200 Ijara va taʼminot xarajatlari 56202 56206 56210 56214 56218 Jami 56300 Xizmat safari va transport xarajatlari 56302 56306 56310 56314 Jami 56400 Maʼmuriy xarajatlar 56402 56406 56410 56414 56418 Jami 56500 Reprezentatsiya va xayriya 56502 56506 56510 Jami 56600 Eskirish xarajatlari 56602 56606 56610 56614 56618 56622 56626 Jami 56700 Sugʻurta, soliq va boshqa xarajatlar 56702 56706 56710 56714 56718 56722 56795 Jami 56800 Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash 56802 56806 56810 56814 56818 56822 56826 56830 56895 Jami 56900 Foyda soligʻini baholash 56902 Jami Razdel boʻyicha JAMI
