Bojxona bojlaridan ozod qilinadigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, xom ashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (519-son)
21.09.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-son Farmoniga muvofiq farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar ehtiyoji uchun keltiriladigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan dorixona ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari, shuningdek, laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish (shu jumladan dorixona ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha 2028-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojlaridan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
2028-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojlaridan ozod qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari, kosmetika vositalari hamda biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqaruvchilar, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar ehtiyoji uchun keltiriladigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan dorixona ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish (shu jumladan, dorixona ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
2028-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojlaridan ozod qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari, kosmetika vositalari hamda biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqaruvchilar, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar ehtiyoji uchun keltiriladigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan dorixona ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
2028-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojlaridan ozod qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari, kosmetika vositalari hamda biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqaruvchilar, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar ehtiyoji uchun keltiriladigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan dorixona ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatlarga muvofiq olib kiriladigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ular uchun butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, dori vositalari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq tovarlar shartli chiqarib yuborilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinib, bojxona toʻlovlarini toʻlash majburiyati tiklanishi inobatga olinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan texnologik va laboratoriya uskunalari, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, dori vositalari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda boʻshagan mablagʻlar toʻliq hajmda qonunda belgilangan jarimalarni qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-sentabr,
519-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-sentabrdagi 519-son qaroriga 1-ILOVA
2028-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojlaridan ozod qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari kosmetika vositalari hamda biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqaruvchilar, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar ehtiyoji uchun keltiriladigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan dorixona ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish (shu jumladan, dorixona ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar, tibbiy buyumlari va qadoqlash materiallari
ROʻYXATI
T/r TIF tn kodlari* Dori vositalari (shu jumladan, dorixonada tayyorlash), tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar nomi 1. 3809 91 000 0 Oqartirish tezlatkichi 2. 3809 91 000 0 KNL yumshatkich 3. 3203 00 900 0 3204 11 000 0 3204 12 000 0 3204 13 000 0 3204 16 000 0 3204 19 000 0 3204 90 000 0 Boʻyoqlar, pigmentlar va boshqa boʻyovchi moddalar 4. 3507 90 900 0 M-MLV revertaza 5. 3809 91 000 0 RMP 180 ST hoʻllantiruvchi 6. 3809 91 000 0 STABILOL M-Neu — oqartirish stabilizatori 7. 3005 90 500 0 0,1 % benzalkoniy xloridli absorbsiyalovchi yostiqcha, 110 gr/m2, 1,2 sm, oʻram 8. 3507 90 900 0 Agaraza (ferment) 9. 3402 90 100 9 Koʻpik hosil boʻlishini nazorat qilish uchun agent (NF) 10. 3802 10 000 0 Faollashtirilgan koʻmir 11. 7612 90 300 0 Qogʻoz bilan kombinatsiyalangan aluminiy paketcha 12. 3105 10 000 0 Ammoniy gidrofosfat 13. 3102 21 000 0 Ammoniy sulfat 14. 3402 12 000 0 Benzalkoniy xlorid, benzalkonium xlorid 15. 3921 90 430 0 Laminirlangan blister plyonka 16. 3920 20 800 0 Blister oʻrov plenkasi (polipropilen rulonlarda, qalinligi 0,10 mm dan yuqori) 17. 3204 13 000 0 “Brilliant koʻki R” tashxis toʻplamini ishlab chiqarish uchun komponent 18. 3507 90 900 0 Bromelain (ferment) 19. 4823 90 859 8 Qogʻoz rulonlar, kengligi 36 sm dan kam emas 20. 4805 19 900 0 Gofralash uchun qogʻoz (rulonlarda) va oqartirilgan 21. 4805 40 000 0 Havo klapani uchun filtr qogʻozi 22. 4822 90 000 0 Qogʻoz va karton gʻaltak (tikuv matteriallarini oʻrash uchun) 23. 4819 40 000 0 Qogʻoz-plyonka oʻrami (paketcha) tikuv materialini qadoqlash uchun 24. 2710 19 860 0** Vazelin moyi 25. 3824 99 960 8 Film-qoplash uchun modda (laktoza monogidrat, gipromelloza, titan dioksid, triatsetin, qizil temir oksidi asosida) 26. 3404 90 000 9 Setilefir mumi 27. 3404 90 000 9 Emulsion mum 28. 2501 00 990 0 Geterotsiklik birikmalar 29. 2815 20 000 0 Kaliy gidroksid (Kaliy ishqori) 30. 3505 10 500 0 Gidroksipropildikraxmalfosfat 31. 3505 10 900 0 Gidroksietillangan kraxmal (gidroksietilkraxmal) 32. 1702 30 900 9 Suvsiz glukoza 33. 1702 50 000 0 Glukoza monogidrat (suvsiz) 34. 3404 90 000 9 Polietilen gomopolimeri, oksidlangan 35. 2103 30 100 0 Xantal kukuni 36. 1302 32 900 0 Guara mumi (Guara shirasi yelimi) 37. 1302 19 900 0 Gugulipid (2,5 % guggulteronlar) oʻsimlik ekstrakti 38. 3807 00 100 0 Oq qayin qatroni 39. 1702 30 500 0** Dekstroza (glukoza) 40. 1702 30 900 9 Dekstroza monogidrat 41. 3105 30 000 0 Diammoniy fosfat 42. 3105 40 000 0 Ammoniy digidrofosfat (ammoniy fosfat) 43. 9616 10 900 0 Nazal va/yoki oral sprey uchun dozator-purkagich qopqoqchasi bilan 44. 3503 00 100 9 Jelatin 45. 9602 00 000 9 Havodan namuna olish uchun jelatin filtrlar 46. 3203 00 100 0 Zeaksantin — oʻsimlikdan olingan pigment 47. 2101 20 200 0 Koʻk choy ekstrakti 48. 0910 12 000 0 Zanjabil ildizi (tuyilgan) 49. 3204 12 000 0 Indigokarmin (Indigokarmin E132) 50. 4016 99 970 9 Inyeksion tugun (lateks qismi) 51. 3501 10 900 0 Kazein 52. 3104 20 500 0 Kaliy xlorid 53. 2815 20 000 0 Kaliy gidroksid 54. 3105 10 000 0 Kaliy sulfat 55. 3104 20 900 0** Kaliy xlorid 56. 3926 90 970 9 Siydik toʻplash uchun kamera 57. 9602 00 000 9 Farmatsevtika mahsulotlari uchun boʻsh jelatin kapsulalar 58. 3505 10 500 0 Natriy karboksimetilkraxmal 59. 1521 10 000 0 Karnaub mumi 60. 1515 30 900 0** Kanakunjut moyi 61. 2915 21 000 0 Konsentrlangan sirka kislotasi (muzlatilgan) 62. 3506 91 000 0 Poluretan asosidagi kley komponent A (Yelim) 63. 3506 91 000 0 Poluretan asosidagi kley komponent V (qatiqlashtiruvchi) 64. 3824 99 960 8 Koagulyant Wilkast 65. 3921 90 600 0 Kombinirlangan (polimer) material aluminiy folga bilan (laminant tubalarni tayyorlash uchun polibirikish mahsulotlaridan plyonka) 66. 3926 90 970 9 Peshob yigʻgich uchun konnektor, nosteril 67. 3402 20 900 0 Konsentrlangan yuvish eritmasi 68. 3507 90 900 0 Koenzim 69. 8481 80 819 0 Uzaytirish liniyasi uchun uch yoʻlli kran, nosteril 70. 8481 80 819 0 Uch yoʻlli kran, nosteril 71. 3215 11 000 0 Oqimli bosma uchun boʻyoq, qora (Komponent A), toʻplamda erituvchisi bilan (Komponent B) 72. 3215 11 000 0 Markalash boʻyogʻi (kartridjda) 73. 3215 90 000 0 Markalash boʻyogʻi (siyoh) 74. 3215 19 000 0 Fleksografik boʻyoq va chuqur bosma uchun, rangli 75. 3215 11 000 0 Fleksografik boʻyoq va chuqur bosma uchun, qora 76. 3215 19 000 0 Ipaktrafaret boʻyoq, rangli tipografik 77. 1108 13 000 0** Kartoshka kraxmali 78. 1108 12 000 0 Makkajoʻxori kraxmali 79. 3505 10 900 0 Jelatillangan kraxmal 80. 3923 50 900 0 Vakuum trubkasi qopqogʻi (premium va oddiy), steril boʻlmagan 81. 3923 50 900 0 Fiksatorli prastmassa qopqoq, fiksatorli va silikagelli prastmassa qopqoq 82. 3203 00 100 0 Kurkumin 83. 1702 11 000 0 Laktoza, sut shakari, D-laktoza, laktoza monogidrat, laktoza angidrid (suvsiz), DC, spray dray, floulak, laktopress, D (+) laktoza monogidrat (99 mas. foiz yoki undak koʻp laktoza saqlagan, suvsiz laktoza sifatida ifodalangan, quruk moddaga nisbatan hisoblaganda) 84. 1505 00 900 0** Suvsiz lanolin 85. 3507 90 900 0 Lateks (carica raraua) 86. 4016 99 970 9 Y-port uchun lateks qism (Y-port uchun inyeksion tugun) 87. 3402 11 900 0 Natriy lauril sulfat (anion SFM) 88. 3824 99 960 8 Ludiprsss 89. 3203 00 100 0 Lyutein — oʻsimlik pigmenti 90. 3402 13 000 0 Makrogol glitseril gidroksistearat (Kremofor) 91. 3402 13 000 0 Makrogol glitserolgidroksistearat 92. 1702 90 500 0 Maltodekstrin 93. 1518 009100 Epoksidlangan soya moyi 94. 5603 14 100 9 Sirt zichligi 150 g/m.kv. dan yuqori boʻlgan, polimer material (PET) qoplamali viskoza materiali (nomato material) 95. 3926 90 970 9 Suyuqlik membranali filtr 96. 3926 90 920 0 Membranali filtr 97. 3204 19 000 0 Metilen koʻki 98. 3505 10 900 0 Modifitsiyalangan kraxmal 99. 2501 00 990 0 Dengiz tuzi 100. 3102 10 900 0 Mochevina (karbamid) 101. 3505 10 900 0 Natriy gidrosietilkraxmal 102. 2815 11 000 0 Natriy gidroksid 103. 2501 00 310 0 Natriy gidroxlorid 104. 2815 11 000 0 Uyuvchi natriy (Natriy gidroksid) 105. 3505 10 500 0 Natriy kraxmal glikolyat 106. 3102 50 000 0 Natriy nitrat 107. 2501 00 990 0** Natriy xlorid 108. 3402 13 000 0 Noionogen denaturatsiyalanmagan yuvish vositasi 109. 3402 13 000 0 Noionogen sirt aktiv modda Polisorbat, Triton 110. 5004 00 900 0 5402 48 000 0 5402 49 000 0 5402 51 000 0 5402 62 000 0 5402 52 000 0 Nosteril jarrohlik iplari: ketgut (2 metrdan kam boʻlmagan), ipak, lavsan (PE), kapron (PA), neylon (PA), polipropilen (PP), poliglikolid (PG), polilaktid (PL), glikolidning laktid bilan sopolimeri (PGL), glikolidning e-kaprolakton bilan sopolimeri (PGK), polidioksanon (PD) va boshqa polimerlar va sopolimerlar rulonlarda yoki gʻaltaklarda (50 metrdan kam boʻlmagan) 111. 5603 12 900 0 Nomato sintetik polotno — Meltblaun, 25 gr/m2 dan yuqori zichlikda 112. 5603 11 900 0 Nomato sintetik polotno — Meltblaun, 25 gr/m2 gacha zichlikda 113. 5603 12 900 0 Nomato sintetik polotno — Spanbond, 25 gr/m2 yuqori zichlikda 114. 5603 11 900 0 Nomato sintetik polotno — Spanbond, 25 gr/m2 gacha zichlikda 115. 5603 92 900 0 Nomato material 31 gr/m2 ogʻirlikda, 52 sm x 2300 m, rulon, yogʻoch sellyulozasi asosida 116. 5603 12 900 0 Nomato material SMMS (Spanbond — Meltblaun — Meltblaun — Spanbond), zichligi 25-70 gr/m. kv. 117. 5603 13 900 0 Nomato material SMMS (Spanbond — Meltblaun — Meltblaun — Spanbond), zichligi 71-150 gr/m. kv. 118. 5603 11 900 0 Nomato material SMMS (Spanbond — Meltblaun — Meltblaun — Spanbond), 25gr/m. kv. gacha zichlikda 119. 5603 12 900 0 Nomato material SMS (Spanbond — Meltblaun — Spanbond), zichligi 25 — 70 gr/m. kv. 120. 5603 13 900 0 Nomato material SMS (Spanbond — Meltblaun — Spanbond), zichligi 71 — 150 gr/m. kv. 121. 5603 11 900 0 Nomato material SMS (Spanbond — Meltblaun — Spanbond), 25 gr/m. kv. gacha zichlikda 122. 5603 12 100 0 Nomato material Spanleys zichligi 25 — 70 gr/m. kv. 123. 5603 13 100 0 Nomato material Spanleys zichligi 71 — 150 rp/m. kv. 124. 5603 11 100 0 Nomato material Spanleys zichligi do 25 gr/m. kv. 125. 5603 12 900 0 Nomato material Spanbel, Akvaspan, DNM (25 — 70 g/m. kv.) 126. 5603 13 900 0 Nomato material Sianbel, Akvaspan, DNM (71 — 150 g/m. kv.) 127. 5603 11 900 0 Nomato material Spanbel, Akvaspan, DNM (do 25 g/m. kv.) 128. 5603 14 100 9 Nomato material, kley bilan qoplangan, rulonlarda, 150 g/m. kv. dan koʻp boʻlgan sirt zichligida 129. 5603 12 100 0 Nomato material, yelim bilan qoplangan, rulonlarda, 25 g/m. kv. dan koʻp boʻlgan, 70 g/m. kv. gacha sirt zichligida 130. 5603 13 100 0 Nomato material, yelim bilan qoplangan, rulonlarda, 70 g/m. kv. dan koʻp boʻlgan, 150 g/m. kv. gacha sirt zichligida 131. 1515 90 990 0 Chakanda moyi 132. 3923 29 900 0 Avtoklav uchun paket 133. 3923 29 100 0 Polivinilxloriddan tibbiy buyumlar uchun paket 134. 3507 90 900 0 Pankreatin 135. 3507 90 900 0 Papain 136. 3504 00 900 0 Kazein pepton 137. 9612 10 100 0 Bosma lentasi (Qora lenta) 138. 3204 17 000 0 Pigmentli koʻk 139. 1702 11 000 0 Platsebo pelletlari 140. 3919 10 800 0 Uzi yopishuvchan PVX plyonka 141. 3921 90 410 0 Infuzion sistemalar uchun laminatlangan plastik qadoqlash plyonkasi 142. 3921 90 600 0 Kombinatsiyalangan plyonka (PET-AL-PE FILM, dori vositalarini blisterlash va qadoqlash uchun) 143. 3920 43 100 0 PVX plyonka 144. 3921 90 600 0 PVX PE PVDX bobina bilan plyonka 145. 3921 90 600 0 PVX-PE-PVDX (dori vositalarini blisterlash uchun) plyonka 146. 3920 10 400 0 Bosma polietilen plyonka, rulonlarda 147 3920 10 280 0 Soekstruzion uch qavatli bosma polietilen plyonka, 20 — 40 mkm 148. 3921 90 600 0 Soekstruzion uch qavatli plyonka (polipropilen va polietilen aralashmasidan tayyorlangan) 149. 3402 11 900 0 Paxta tolasi va tola chiqindilarini oqartirish va qaynatish uchun ishlatiladigan sirt faol moddasi 150. 3904 22 000 0 Plastiklashtirilgan polivinilxlorid 151. 3904 10 000 9 Polivinilxloridli qatron 152. 3507 90 900 0 Polimeraza 153. 3507 90 900 0 Polinukleotidkinaza 154. 3902 10 000 0 Bir marotaba ishlatiladigan plastik shprits ishlab chiqarish uchun granulalangan polipropilen 155. 3902 10 000 0 Polipropilen granulalari (tashqi va ichki qalpoqlar uchun) 156. 3402 13 000 0 Polisorbat-20, -80 157. 3901 20 900 0 Granulalashtirilgan polietilen 158. 3901 20 900 0 Granulalashtirilgan polietilen (NDPE), (LDPE), (LLDPE) 159. 3920 10 240 0 Polietilen qobiq (choʻziladigan, qavatsiz qalinligi 0,125 mm gacha) 160. 3923 21 000 0 Polietilen qobiq yelim bilan qoplangan oʻramlarda (12x18 sm, 25x30 sm, 30x45 sm, 45x60 sm, 60x75 sm, 60x90 sm) 161. 3919 90 000 0 Polietilen qobiq, yelim bilan qoplangan oʻramlarda 162. 4016 99 970 9 Qopqoqlar uchun rezina proklatkalar 163. 1521 90 990 0 Asalari mumi 164. 3809 91 000 0 Dogʻ ketkazuvchi RMP 480 165. 9616 10 100 0 Gigiyenik maqsadlar uchun moʻljallangan plastik purkagich 166. 2815 12 000 0 Natriy gidroksid eritmasi 167. 3507 90 900 0 Restriktaza 168. 4823 90 859 8 Plyonka bilan kombinirlangan qogʻoz yeng 169. 4016 99 970 9 Shprits uchun rezina salniklar 170. 1701 99 900 1 Saxaroza 171. 2503 00 900 0** To??langan oltingugurt 172. 3809 91 000 0 Setilon RMS 1220 173. 8481 80 790 0 Peshobyigʻgichning toʻkish klapani, nosteril 174. 3809 91 000 0 RMP 1109 hoʻllovich 175. 3809 91 000 0 Oqartirishni tezlatuvchi hoʻllovich 176. 3901 30 000 0 EVA sopolimeri (etilvinilatsetat) 177. 3902 30 000 0 Etilen bilan birgalikdagi propilen sopolimeri, granulalarda 178. 3809 91 000 0 Vodorod peroksid stabilizatori 179. 3809 91 000 0 Stabilon stabilizatori 180. 1701 99 900 1 Sukroza 181. 3204 11 000 0 Polivinilxlorid uchun superkonsentrat 182. 1702 11 000 0 Laktozaning quruq kukuni 183. 3201 90 900 0 Tanin 184. 3402 13 000 0 Tiloksapol 185. 5911 90 900 0 Suyuqlik, qon va ventilyatsion membrana filtrlari uchun matolar 186. 5603 12 100 0 Polimer asosdagi nomato material (25 g/m dan koʻp, lekin 70 g/m2 dan kam zichlikda) 187. 5603 13 100 0 Polimer asosdagi nomato ma??rial (70 g/m2 dan koʻp, lekin 150 g/m2 dan kam zichlikda) 188. 5603 11 100 0 Polimer asosdagi nomato material (25 g/m2 gacha zichlikda) 189. 3507 90 900 0 Tripsin 190. 3212 90 000 0 Tropeolin 191. 9019 20 000 0 Nazal kislorod kanyulyalari uchun koʻp kanalli PVX trubka, traxeostomik trubka (manjetli, manjetsiz), endotraxeal Merfi tipi (manjetli, manjetsiz), endotraxeal mustahkamlangan (manjetli), nosteril 192. 3923 30 109 0 Laminat tuba 193. 3507 90 900 0 Ferment 194. 4823 20 000 9 Qogʻoz filtr 195. 4805 40 000 0 Qogʻoz filtr (kengligi 36 sm dan koʻp emas) 196. 8421 99 000 8 Suyuqliklar uchun filtr 197. 9019 20 000 0 Qopqoqsiz nafas olish filtri, nosteril 198. 4805 40 000 0 Filtr qogʻozi 199. 3212 10 000 0 Issiq bosma naqsh uchun pigment folga 200. 3204 12 000 0 Xinolin sarigʻi 201. 3104 20 100 0 Kaliy xlorid 99,8 % t.t.u. 202. 3824 99 960 8 Sellaktoza 203. 3215 90 000 0 Shpritslarning markirovkasini qoʻyish uchun shprits korpusiga oʻlchov shkal?sini yozish uchun siyoh, qora rang 204. 3507 90 900 0 Ishkoriy fosfataza 205. 2101 20 200 0 Qora choy ekstrakti 206. 5603 13 100 0 Akril yelim bilan qoplangan, elastik notoʻqima material, rulonlarda, yuza zichligi 86 g/m. kv. 207. 3402 90 100 9 Gidroksi-silikon moyi ekstrakti 208. 3402 12 000 0 Simetikon emulsiyasi (Simetikon) 209. 3506 91 000 0 Inyeksion ignalar uchun epoksidli yelim 210. 3204 19 000 0 Erioxrom kora 211. 1518 00 910 0 Kremofor EL 212. 3402 13 000 0 Oktoksinol 40 213. 3824 99 960 8 Purite (oksixlor kompleks) 214. 3923 50 900 0 Flakonlar uchun oʻtkir uchli tipli plastik dozator 215. 7002 39 000 0 Drot (shpritsli ampula uchun farmatsevtik shishali nay va vakuumli toʻldiruvchi, turli oʻlchamlarda) 216. 3926 90 970 9 Siydik qabul qilgich oʻtkazgichi uchun qalpoq, nosteril 217. 2501 00 990 0 Normal solin 218. 2207 10 000 0 Etanol 219. 3504 00 900 0 Soya peptoni 220. 3504 00 900 0 Trik toʻqima peptoni 221. 7010 90 790 0 Borosilikatli tibbiy flakonlar, 1 tipi 222. 3920 99 900 0 Steril parafilm 223. 5906 91 000 0 Prorezinli toʻqima (neopren) 224. 3502 90 700 0 Albumin 225. 3502 90 200 0 Quruq albumin hisobida albumin eritmasi 226. 4016 99 970 9 Liofillangan preparatlar uchun rezina tiqinlar 227. 7010 90 710 0 7010 10 000 0 Shisha ampulalar (bor-silikatli shisha,) 1 ml, 2 ml, 3 ml, 5 ml, 10 ml, 15 ml, 20 ml 228. 7010 90 710 0 7010 90 790 0 Shisha flakonlar (bor-silikatli shisha) 1 ml, 2 ml, 3 ml, 5 ml, 10 ml, 15 ml, 20 ml, 30 ml, 50 ml, 100 ml 229. 7010 90 210 0 7010 90 710 0 7010 90 790 0 Liofillangan preparatlar uchun shisha flakonlar 1 ml, 2 ml, 3 ml, 5 ml, 10 ml, 15 ml, 20 ml, 30 ml, 50 ml, 100 ml 230. 1505 00 900 0 Lanolini angidridi 231. 3404 90 000 9 Polietilen mum 232. 3923 29 900 0 Plyumatning ikkilamchi paketlari 100 ml,250 ml, 500 ml, 3000 ml 233. 3403 99 000 0 Ishlab chiqarish liniyasining aseptik qismlari uchun yuqori haroratli moylovchi 234. 2710 19 840 0 Gidravlik moy (DIVINOL NLPIS046; DIVINOL L0) 235. 3402 11 900 0 Dispergator, naftalin sulfon kislotasi natriyli tuzi 236. 3204 12 000 0 Karmuazin E122 (qizil kislota boʻyogʻi 2S, ttu) 237. 3402 13 000 0 Kolifor 188 238. 3923 50 900 0 Preparatlarni mustahkamlash uchun polipropilen paketlarda majmuaviy qopqoqlar 239. 3926 90 970 9 Vena ichi kateteri uchun qopqoq periferik ignasi bilan (qoʻshimcha porti bilan), (qoʻshimcha portisiz), nosteril 240. 3926 90 970 9 Foleya kateteri uchun qopqoq (2-kanalli, 2-kanalli ayollar uchun va 3-kanalli), noyesteril 241. 3926 90 970 9 Uzaytiruvchi liniya uchun uch yoʻlli Luyer-slip kraniklar konnektori uchun qopqoq, nosteril 242. 3926 90 970 9 Drenaj qopcha oʻtkazgichi uchun qopqoq, nosteril 243. 3926 90 970 9 Dializator konnektori uchun qopqoq, nosteril 244. 3926 90 970 9 Luyer-lok konnektori uchun qopqoq, (nosteril) 245. 3926 90 970 9 Uzaytiruvchi liniya uchun uch yoʻlli Luyer-lok kraniklar konnektori uchun qopqoq, nosteril 246. 3926 90 970 9 Uzaytiruvchi liniya uchun Luyer-lok qopqoq, nosteril 247. 3926 90 970 9 Uch yoʻlli kranik uchun Luyer-lok, Luyer-slip qopqogʻi, nosteril 248. 3926 90 970 9 Igna -kapalak uchun Luyer-slip qopqogʻi, nosteril 249. 3926 90 970 9 “Luyer-lok” tipli konnektor uchun qopqoq, nosteril 250. 3926 90 970 9 Nafas filtri qopqogʻi, nosteril 251. 3923 50 900 0 SPC paketlar SFC CAPS uchun majmuaviy qopqoqlar 252. 3926 90 970 9 “Luyer-lok” konnektori, nosteril 253. 3926 90 970 9 Dializator konnektori (nosteril) 254. 3926 90 970 9 Duodenal zond uchun konnektor, nosteril 255. 3926 90 970 9 Nazal kanyulya uchun konnektor, nosteril 256. 3926 90 970 9 Nelaton kateteri uchun konnektor, nosteril 257. 3926 90 970 9 Traxeostomik nay uchun konnektor (manjeti bilan), (manjetsiz), nosteril 258. 3926 90 970 9 Drenaj nay uchun konnektor, nosteril 259. 3926 90 970 9 Endotraxeal nay uchun konnektor (Merfi tipi, manjeta bilan), (Merfi tipi, manjetsiz), nosteril 260. 3926 90 970 9 Meʼda zondi konnektori, nosteril 261. 3926 90 970 9 Kichik venalarga yuborish uchun “Kapalak” igna konnektori, nosteril 262. 3926 90 970 9 Gemodializ toʻplami uchun Luyer-lok konnektori (nosteril) 263. 3926 90 970 9 Igna kapalak uchun Luyer-lok konnektori, nosteril 264. 3926 90 970 9 Uzaytiruvchi liniya kraniki uchun Luyer-lok konnektori, nosteril 265. 3926 90 970 9 Igna kapalak uchun Luyer-slip konnektori, nosteril 266. 3926 90 970 9 Infuziyani uzaytiruvchi liniya uchun luyer-slip konnektori, nosteril 267. 3926 90 970 9 Luyer-slip konnektori gaykasi bilan, nosteril 268. 3926 90 970 9 Kislorod niqobi konnektori, nosteril 269. 3926 90 970 9 Nazogastral oziqlantirish zondi konnektori, nosteril 270. 3926 90 970 9 Luyer-lok qulf bilan konnektor, nosteril 271. 3926 90 970 9 Geparin liniyasidagi “Luyer-lok” tipi konnektori, nosteril 272. 3215 19 000 0 Ampulaga yozish uchun boʻyoq (koʻk) 273. 3926 90 970 9 Fiksatsiya uchun mustahkamlagich (qattiq), nosteril 274. 3926 90 970 9 Fiksatsiya uchun mustahkamlagich (yumshoq), nosteril 275. 3926 90 970 9 Drenaj sistema uchun silikonli qopqoq, nosteril 276. 4016 99 970 9 Flakonlar uchun buraladigan qopqoqlar 277. 3402 13 000 0 Makrogol glitserilritsinoleat (Kollifor EL) 278 1516 20 100 0 Gidrogenizirlangan kastor moyi 279 3824 99 960 8 Molekulyar elak, absorbent 280. 3926 90 970 9 Dozatorlar uchun uchlik 281. 3923 29 900 0 Tibbiy buyumlarni etilen oksid bilan sterilizatsiya qilish uchun paket 282. 3926 90 970 9 Drenaj qopcha uchun oʻtkazgich (konnektor), nosteril 283. 3926 90 970 9 Nazal kislorodli kanyulya uchun oʻtkazgich, nosteril 284. 3926 90 970 9 Kislorodli nazal kanyulya uchun tishchali halqa, nosteril 285. 3916 90 900 0 Yuz niqoblarp uchun plastik arqon 286. 3916 90 900 0 Plastik arqon, koʻndalang kesimli 1mm dan koʻp 287. 1518 009100 Plastifikator PVX (oʻsimlik moylari asosida) 288. 3920 49 100 9 Plyonka PVX (0,2 -0,24 mm qalinlikda) 289. 3920 43 100 0 Suppozitoriyalarni oʻrash uchun issiqlikka chidamli PVX plyonka (0,2 mm qalinlikda) 290. 3926 90 970 9 Gemodializ toʻplami uchun “JIyep-lok” tipidagi aylanadigan konnektor, nosteril 291. 3902 10 000 0 Polipropilen granulalar 292. 3907 20 110 0 Polietilenglikol 6000 (Makrogol 6000) 293. 3402 90 100 9 Koʻpikka qarshi emulsiya 294. 3920 62 190 1 PET plyonka, BOPET plyonka (0,35mm dan katta boʻlmagan qalinlikda.) 295. 3926 90 970 9 Qonni yigʻish uchun PET probirka, nosteril 296. 4016 99 970 9 Liofilizatsiya qilingan preparatlar uchun rezinali tiqinlar 297. 3926 90 970 9 Foleya kateteri uchun rezinali klapan 298. 3926 90 970 9 Retsirkulyatsion ilgak — gemodializ toʻplami uchun biriktiruvchi. nosteril 299. 3824 99 960 8 Seskvioleinat sorbitan 300. 3902 10 000 0 Sirpantiruvchi qoʻshimcha (amideruk kislota) 301. 3403 99 000 0 Yogʻ kislotalari murakkab efirlari asosidagi yogʻlovchi 302. 3926 90 970 9 Kislorodli nazal kanyulya uchun biriktiruvchi, nosteril 303. 3926 90 970 9 Gemodializ uchun T-simon konnektor, nosteril 304. 3926 90 970 9 Gemodializ toʻplamning nasos segmenti uchun uch yoʻlli konnektor, nosteril 305. 3926 90 970 9 Nazal kanyulya fiksatori, nosteril 306. 3926 90 970 9 Transdutser filtri, nosteril 307. 7010 90 210 0 Liofillangan kukunlar uchun flakonlar 50 ml, 100 ml 308. 3926 90 970 9 Rangli rezina fiksatori 309. 5004 00 900 0 Ipakli toʻqilgan iplar (qalinligi 0,001 dan 1,29 mm gacha, uzunligi 100 dan 5000 metrgacha, oʻramlar yoki bobinalarda) 310. 3926 90 970 9 Probirkalar uchun shtativ 13 va 16 mm 311. 1702 50 000 0 D-Fruktoza 312. 5806 32 100 0 Velkro yopishgichi (neylon-40%, poliester-60%); (neylon-60%, poliester-40%); (neylon-100%) 313. 3921 19 000 0 Etilenvinilatsetatdan varaqlar (EVA) 314. 5811 00 000 0 Neoprendan tekstil koʻp qavatli material 315. 3206 49 700 0 Kobik Opadray II sariq 85Gʻ62534 316. 3206 49 700 0 Kobik Opadray II sariq 32K620003 317. 3206 49 700 0 Kobik Opadray II pushti 32K14834 318. 3206 49 700 0 Kobik Opadray II sariq 03Gʻ12967 319. 3206 49 700 0 Kobik Opadray II pushti 39K640000 320. 3206 49 700 0 Kobik Opadray II pushti 03Gʻ240121 321. 3206 49 700 0 Kobik Opadray 14Gʻ150002 toʻq qizil 322. 3206 49 700 0 Opadray 04Gʻ650000 toʻq qizil 323. 3206 49 700 0 Opadray II yashil 32K510012 324. 3206 49 700 0 Opadray II oq 32K580012 325. 3206 49 700 0 Opadray II yashil 32K510049 326. 3206 49 700 0 Opadray sariq 85Gʻ42129 327. 3206 49 700 0 Opadray II koʻk 85G205004 328. 3206 49 700 0 Opadray 03Gʻ265027 jigarrang 329. 3206 49 700 0 Opadray II 32K580012 oq 330. 3206 49 700 0 Opadray II 32K280000 oq 331. 3206 49 700 0 Opadray 11 85Gʻ421129 sariq 332. 3206 49 700 0 Opadray 04Gʻ650000 qizil 333. 3206 49 700 0 Opadray II 85Gʻ13912 334. 3901 90 800 0 Polietilen gomopolimer 335. 3901 90 800 0 3812 20 900 0 Polietilenadipat, REA 336. 3402 20 900 0 Tozalagich 337. 3824 99 960 8 Polioksietilen efiri, emulgator 338. 3502 90 700 0 Odam albumini 339. 3507 90 900 0 Gialuronidaza 340. 2815 11 000 0 Natriy gidroksid 341. 4016 99 970 9 Qopqoqlar uchun rezinali tiqin 342. 4016 99 970 1 Insulinli rezina tiqinlari 343. 7010 90 790 0 Shisha (borosilikat) flakon 344. 3502 90 700 0 Odam zardobi albumini
* TIF TN boʻyicha tovarlarning yakuniy kodlariga bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida aniqlik kiritiladi;
** Xom ashyo va materiallar, shu jumladan, farmatsevtikada ishlab chiqarish uchun.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-sentabrdagi 519-son qaroriga 2-ILOVA
2028-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojlaridan ozod qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari kosmetika vositalari hamda biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqaruvchilar, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar ehtiyoji uchun keltiriladigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan dorixona ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari
ROʻYXATI
T/r TIF TN kodi* Texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari nomi 1. 8481 80 190 0 Avariya uchun dush (boʻy, koʻz uchun) 2. 8415 83 000 0 Avtomatik ventilyatsion kameralar (konditsioner, qurilmaydigan sovitish moslamasi) 3. 8481 30 990 8 Tutunni olib tashlash tizimining avtomatik amortizatorlari 4. 8481 80 850 9 Havo oqimini boshqarishning avtomatik/yarimavtomatik moslamalari 5. 8423 81 900 0 Analitik tarozilar (0-220 gr) 6. 7309 00 590 0 Inyeksion suvlarni saqlash uchun bak (eritmalarni tayyorlash) 7. 4601 92 050 0 Polietilen paket ishlab chiqarish boʻyicha ekstruder bambuk tolasi 8. 8481 20 900 9 Vakuumli klapan 9. 8415 81 009 0 Ishlab chiqarish binolarining ventilyatsion sistemasi (NVAC) 10. 9016 00 100 0 Analitik tarozilar 11. 8423 82 900 0 Platformali tarozilar 12. 9406 90 900 1 Havo beradigan shlyuz 13. 3917 29 000 0 Termoplast-avtomat-mashina uchun havo shlangi 14. 8414 59 400 0 Soʻrib oluvchi ventilyatorlar 15. 8424 89 000 9 Aerozol qismlarning generatori 16. 8543 70 900 0 Ozon generatori 17. 8425 42 000 0 Gidravlik aylantiruvchi moslama 18. 3926 90 970 9 TPA uchun sterjen gilza 19. 3506 91 000 0 Polimer asosli tayyor yelimlar 20. 8509 40 000 0 Granulyator 21. 8540 89 000 0 VEJX uchun Deyterli lampa 22. 3920 61 000 0 Dozatorlar-turli hajmli pipetkalar (1-1000 ml) 23. 7309 00 590 0 Suyuqliklarni tayyorlash uchun idish (zanglamaydigan poʻlat) 24. 7309 00 100 0 Azot saqlash uchun idish 25. 8504 40 880 0 Invertor 26. 9016 00 100 0 Infraqizil tarozi 27. 3926 90 970 9 Laboratoriya hayvonlarini saqlash uchun qafas 28. 4010 19 000 0 Konveyer tasmalari 29. 7309 00 590 0 Boʻsh konteynerlar (zanglamaydigan poʻlatdan 1000 l) 30. 8422 19 000 0 Laboratoriya idishlarini yuvadigan mashina 31. 9405 10 910 9 Lampalar toʻplami 32. 8543 70 900 0 Hasharotlarni yoʻq qilish lampasi 33. 8540 89 000 0 VEJX uchun lampa, korobkasi bilan 34. 5910 00 000 0 Ipak anadazali jihoz uchun transporter lentasi 35. 8428 10 200 1 Farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan liftlar 36. 8537 10 990 0 Qoliplar uchun matritsa 37. 8422 11 000 0 Qopqoqlarni va/yoki rezina tiqinlarni tozalash, sterilizatsiya qilish va quritish uchun mashina 38. 8481 80 739 9 Membranali klapan 39. 7310 10 000 0 Unversal oʻlchagich (spirt/suv) 40. 3920 61 000 0 Sichqonlar, kapamushlar, dengiz choʻchqalari uchun metabolik hujayralar 41. 7326 90 980 7 Shamollatish uchun metapl panjara 42. 8543 70 900 0 Metall detektorlar 43. 8422 19 000 0 Inventarizatsiya uchun yuvish jihozlari 44. 8501 10 910 0 Quvur ishlab chiqarish boʻyicha ekstruder uchun motor (infuzion sistemalar uchun) 45. 3214 10 100 9 Epoksid qatronlar eritmasi uchun toʻldiruvchi 46. 8413 70 810 0 Naychalar tizimili, markazdan qochuvchi, bir pogʻonali nasos 47. 4010 39 000 0 Qadoqlovchi mashina uchun neylon sim 48. 5608 19 190 0 Kapsulalarni sayqallash uchun neylon setka 49. 8523 21 000 0 Kirish nazorati uchun qurilma 50. 8424 89 000 9 Tabletkalarni qoplash uchun qurilma 51. 9403 10 910 0 Puansonlarni tozalash uchun qurilma (metall stellaj-shkaf) 52. 9403 10 580 0 Puansonlarni tozalash uchun qurilma (metall stol) 53. 8414 60 000 0 Bir joyli laminar shkaf 54. 7210 70 800 0 Boʻyalgan ruxli poʻlat oʻram 55. 7210 49 000 0 Ruxli poʻlat oʻram 56. 3918 10 900 0 Ishlab chiqarish sexini va barcha omborlar va yordamchi xonalar polini qoplash uchun PVX 57. 7308 30 000 0 Topshirish oynasi (metall) (Passbox) 58. 3917 32 000 9 Laboratoriya asboblari uchun plastik shlanglar 59. 3920 49 900 0 PVX dan tayyorlangan plyonkalar, 20 smx50 m, 2 mm, rangsiz, oʻramda, bogichlari bilan komplektda 60. 6815 10 900 9 VEJX uchun plunjer zichlash 61. 9403 20 800 0 Aylanadigan stol 62. 9403 20 800 0 Uzatma stol (zanglamaydigan) 63. 7020 00 800 0 Qoplama oynalar 64. 5911 90 900 0 Tabletkalarni zichlash uchun polirovkalash uchligi 65. 7308 90 980 9 Pol relslari 66. 8413 70 810 0 Sirkulyatsion pompa-nasos (markazdan qochuvchi, bir pogʻonali) 67. 7308 90 980 9 Rangli poʻlatdan tayyorlangan shift 68. 7020 00 800 0 Predmet oynasi 69. 8423 81 900 0 Pretsizion tarozilar 70. 8413 20 000 0 Dezinfeksiya vositalarini purkash uchun asbob 71. 7309 00 590 0 Havoni saqlash uchun qabul qiluvchi rezervuar 72. 8205 59 809 9 Qoʻlda olib yuriladigan metall namuna oluvchi 73. 4016 93 000 8 Sterilizatsiya eshigining prokladkasi 74. 8472 90 990 0 Mixli zichlovchi ishlab chiqarish apparati komplektda 75. 8531 10 300 0 Yonginga qarshi qurilma 76. 7320 20 200 9 TPA va ekstrudera uchun prujina 77. 8207 30 900 0 Tabletkalovchi mashina uchun puansonlar (komplekt) 78. 8481 80 990 7 Toza muhit uchun taqsimlovchi tizim 79. 3214 10 100 9 Plintus uchun epoksid qatron eritmasi 80. 7309 00 590 0 Saqlash va taqsimlash uchun rezervuar 81. 3214 90 000 9 Mustaqil tekislanadigan polni epoksid qoplash 82. 8507 90 300 0 Separator 83. 3921 19 000 0 Kompressor uchun separator 84. 7326 90 980 7 Qadoqlovchi dastgoh uchun silikon taglik 85. 3926 90 970 9 Ipakni traforetlovchi jihozlar uchun silikonli rolik 86. 3923 50 900 0 VEJX uchun koʻk vintli qopqoqchalar 87. 8415 82 000 0 Xonani konditsionerlashtirish tizimi 88. 8424 90 000 0 Qobiq qoplash jihozi uchun almashtirish qismi 89. 9403 20 800 0 Tarozilar uchun maxsus antivibrator stol 90. 9403 20 800 0 Asboblar va kimyoviy reagentlar uchun maxsus stol 91. 9603 50 000 9 Kapsulalarni sayqallovchi mashina uchun spiral choʻtka 92. 7308 90 980 9 Zanglamaydigan poʻlatdan tayyorlangan qafas uchun stellajlar 93. 9029 10 000 9 Mikroorganizmlar koloniyalari hisoblagichi 94. 8302 10 000 0 Olinadigan sharnir (aluminiy oksidi qotishmasi) 95. 8536 49 000 0 Yigʻish dastgohining taymer rele-shpritsi 96. 9017 80 900 0 Plyonka qalinligi (0,001 mm dan boshlab)ni nazorat qilish uchun qalinlik oʻlchagich (raqamli) 97. 8516 80 200 9 Isitgich tuguni 98. 8501 20 000 9 Qadoqlash mashinasining universal dvigateli 99. 3919 90 000 0 Polietilen paketni kavsharlash apparati uchun qadoqlash tasmasi 100. 4016 93 000 8 Forsunka uchun zichlashtiruvchi manjet 101. 9032 10 890 0 Suvni sovitish uchun moʻljallangan qurilmalar 102. 8505 11 000 0 Metall zarrachalarini tutish uchun qurilmalar 103. 8543 70 900 0 UF-kamerasi 104. 5911 90 900 0 VEJX uchun teflonli filtr 105. 9603 40 900 0 Markalovchi mashina uchun siyohli valiklar 106. 7318 24 000 9 TPA uchun shtir 107. 9603 50 000 9 Yigʻmada taqsimlovchi choʻtkalar 108. 9405 10 980 9 Ishlab chiqarish sexi uchun elektr yoritgich (shu jumladan jigarrang lampalar)/ Barcha omborlarni va boshqa yordamchi xonalarni yoritish 109. 8423 10 100 0 Elektron tarozi 0,004 dan 100 kg gacha 110. 4016 99 970 9 Vaksina uchun tiqinlar 111. 8309 90 900 0 Majmuaviy aluminiy qopqoqlar 112. 3923 10 000 0 Vaksina, zardob va boshqa dori vositalarini vaqtinchalik saqlash va tashish uchun koʻp marotaba qoʻllaniladigan termokonteyner, toʻplamda xladoelement bilan 113. 7610 90 900 0 3-D Konnektor 114. 3403 99 000 0 Antikorroziyali suyuqlik (BL3) 115. 7318 15 700 9 Rommelag jihozi uchun olti boshli vint 116. 7318 15 900 9 Zanglamaydigan poʻlatdan buraladigan tiqin vinti 117. 8543 20 000 0 Notoʻqima materiallarni tikish uchun ultratovush signallar generatori 118. 9032 89 000 0 Ikki konturli haroratli, quyish shaklli kontroller 119. 7616 99 900 9 Havoni berish uchun ventilyatsion diffuzor 120. 7311 00 910 0 Gazni tashish va saqlash uchun zanglamaydigan poʻlatdan idish, 800 l. 121. 8481 80 510 0 Avtoklav uchun issiqlikni boshqaruvchi klapan 122. 3926 90 970 9 Laboratoriya hayvonlarini saqlash uchun qafas 123. 3403 19 900 0 Konsistent moylovchi (LE 4702; LE 3752 400g) 124. 8422 19 000 0 Flakonlarning ultratovush yuvish uchun mashina (jihoz) 125. 9403 10 980 0 Flakonlarning yorugʻlik nazoratini amalga oshirish uchun mashina (jihoz) 126. 9403 10 980 0 Shpritslarning yorugʻlik nazoratini amalga oshirish uchun mashina (jihoz) 127. 9032 10 890 0 Metall yacheykali termoyetat (bakterial endotoksin tahlilni tekshirish uchun) 128. 8516 90 000 0 Isitish elementi 129. 3926 90 970 9 Dori vositalarini ishlab chiqarish uchun yoʻnaltirilgan tiqin 130. 8481 80 870 0 Pnevmatik membranali klapan 131. 8537 10 910 0 Koʻrinadigan zarralarni aniqlash uchun asbob (svetokontrol) 132. 8481 40 900 0 Proporsional elektromagnit klapani 133. 8538 90 910 0 Qaytuvchan osmosli kengaytiruvchi modul (elektron) 134. 8536 49 000 0 Suyuqlik yoʻnalishi relyesi 135. 7616 99 900 9 Havoni tortib olish uchun qopqokli reshetka 136. 3403 99 000 0 Moylovchi material (GEAR oil KLUBER GN) 137. 8481 90 000 0 Dori vositalarini ishlab chiqarish jihozi uchun yoʻnaltirilgan tiqinni harakatlanishi uchun klapan sterjeni 138. 7115 90 000 0 Oliy qotishmali tigel, Platina 90%, Rodiy 10% 139. 8545 90 100 0 Yuqori haroratli pech uchun TEN 140. 4016 93 000 8 Kompressor korpusidan suyuqlik oqishining oldini olish yoki kamaytirish uchun qurilmalar (Val) 141. 8413 70 350 0 Sirkulyatsion nasos 142. 9032 81 000 0 Raqamli elektropnevmatik pozitsioner 143. 9612 20 000 0 Siyohli tasma 144. 3916 20 000 0 PVX polga qoʻyiladigan qoplamalarni kavsharlash uchun shnur 145. 8415 83 000 0 Modulli konditsioner 146. 8481 40 900 0 Elektromagnitli lopas klapani 147. 4010 36 000 0 Tishli tashish kamari 148. 7315 11 900 0 Poʻlat zanjir 149. 8481 80 591 0 Vakuumli regulator 150. 9603 50 000 9 Tozalovchi choʻtkalar 151. 8504 40 880 0 Invertorlar 152. 3926 90 970 9 Tiqinlar 153. 7315 19 000 0 Gʻildirakchali zanjir qismi
* TIF TN boʻyicha tovarlarning yakuniy kodlariga bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-sentabrdagi 519-son qaroriga 3-ILOVA
2028-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojlaridan ozod qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari kosmetika vositalari hamda biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqaruvchilar, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar ehtiyoji uchun keltiriladigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan dorixona ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari
RUYXATI
T/r TIF TN kodi* Farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlarining nomi 1. 9406 90 900 1 Toza xona (farmatsevtika ishlab chiqarish uchun aseptik sharoitni bir maromda saqlab turish uchun materiallar, qurilma tizimi) quyidagilardan tashkil topgan: toza xonalarni funksiyalash uchun moʻljallangan ajratuvchi devor konstruksiyalar (karkas, yopiq va oynali devor panellari, eshiklar, oynalar); toza xonalarni funksiyalash uchun moʻljallangan ventilyatsiya va konditsionerlangan oqim bilan tortib oluvchi tizim; toza xonalarni funksiyalash uchun moʻljallangan germetik panellar va yoritgichli kassetali shiftlar va montaj aksessuarlari; toza xonalarni funksiyalash uchun moʻljallangan antistatik pollar tizimli drenajlar bilan; havoni tayyorlash tizimi (toza xonalarni funksiyalar mumkin boʻlmagan oqimli, tortuvchi va qayta sirkulyatsiyalovchi ventilyatsion qurilmagan berilgan harorat, namlik, bosim, havo hajmi va tozaligi koʻrsatkichlarini avtomatik taʼminlash tizimi bilan, havoni yigʻish va olib tashlash qurilmasi, havo taqsimlagichlar yakuniy filtrlari bilan, havoni boshqaruvchi qurilmalar, datchik apparaturalar va avtomatika elementlari va boshqalar); toza xonalarni sovituvchi massalar bilan taʼminlovchi sovuq ishlab chiqaruvchi qurilmalar, muhandislik tizimlari boshqarish tizimi; toza xonalarni ishlab chiqaruvchi va texnologik meblirovka havo shlyuzlari; toza xonalarni funksiyalash uchun moʻljallangan havo balansini bir maromda saqlab turuvchi tizim; toza xonalar ichida toza zonalarni tashkil qiluvchi filtrli ventilyator modullar. 2. 7610 90 900 0 Sendvich-panellar uchun likop 3. 7308 90 510 0 7308 90 590 0 Sendvich-panellar
* TIF TN boʻyicha tovarlarning yakuniy kodlariga bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-sentabrdagi 519-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 26-bandida:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dorixona sotuv zali peshtaxtalarining kamida 10 foizida dorivor oʻsimliklar xom ashyosidan tayyorlangan biologik faol qoʻshimchalar va dori vositalari joylashtiriladi”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 993-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 1243-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi “g” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-avgustdagi 641-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi “g” kichik bandidagi “50” raqami “75” raqami bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 17-fevraldagi 78-son qarorining 1-bandidagi “Qibray” soʻzi “Zangiota” soʻzi bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 29-ilovaning 9-bandida:
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, jumladan, Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti davlat standartlariga, shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga majburiy rioya etish”;
“l” kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“dorixona sotuv zali peshtaxtalarining kamida 10 foizini dorivor oʻsimliklar xoma shyosidan tayyorlangan biologik faol qoʻshimchalar va dori vositalari uchun ajratish kerak”.
