Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2406-IV-son) · Sana: 09.08.2022 · Amalda
Muhokama etilayotgan masala boʻyicha munozaralar Qonunchilik palatasi tomonidan belgilangan vaqt oʻtishi bilan yoki deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadigan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan tugatilishi mumkin.
Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi munozaralarni tugatish toʻgʻrisida taklif olgach, deputatlarga soʻzga chiqish uchun yozilganlar va soʻz olganlar soni toʻgʻrisida maʼlum qiladi, soʻzlovchilar roʻyxatiga yozilgan, ammo soʻzga chiqmagan deputatlardan qaysi biri soʻzga chiqishni talab qilishini aniqlaydi va deputatlarning maʼqullashi bilan ularga soʻz beradi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-6205124
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 84-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2406-IV-son). neolex.uz/uz/laws/law-6205122/84 (lex.uz/docs/-6205124)