Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2406-IV-son) · Sana: 09.08.2022 · Amalda
Qonunchilik palatasining yopiq majlislarida bayonnomalar va stenogrammalar yuritiladi. Bayonnoma majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Qonunchilik palatasining yopiq majlisi stenogrammasi, shuningdek mazkur majlisda koʻrib chiqilayotgan masalalarga taalluqli hujjatlar, deputatlarni roʻyxatga olishda ovozlarni hisoblash elektron tizimining hisobga olish maʼlumotlari va ovoz berish, shu jumladan nomma-nom ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasi devoniga maxfiy hujjat rejimida saqlash uchun topshiriladi. Deputatlarni Qonunchilik palatasining yopiq majlisi stenogrammasi va unga qoʻshimcha qilingan materiallar bilan tanishtirish bevosita Qonunchilik palatasining devonida tanishuvchilarning imzosi olingan holda amalga oshiriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-6205124
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 74-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2406-IV-son). neolex.uz/uz/laws/law-6205122/74 (lex.uz/docs/-6205124)