Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2406-IV-son) · Sana: 09.08.2022 · Amalda
Deputat soʻrovini tayyorlash chogʻida deputat oʻzi aʼzo boʻlgan fraksiyadan yoki tegishli yoʻnalishdagi qoʻmitadan, shuningdek Qonunchilik palatasi Devoni tegishli boʻlimidan yoki boshqa mutaxassislar va ekspertlardan maslahat-uslubiy yordam koʻrsatilishini soʻrashi mumkin.
Deputat soʻrovi uni yuboruvchi deputat aʼzo boʻlgan fraksiyada roʻyxatga olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili deputatning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolariga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashga koʻmaklashadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-6205124
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 254-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2406-IV-son). neolex.uz/uz/laws/law-6205122/254 (lex.uz/docs/-6205124)